PREP.UZ - 🏠👩‍💻👨‍💻
1.03K subscribers
759 photos
247 videos
35 files
1.18K links
Download Telegram
​​ ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST

Ko'plab abituriyentlar kirish imtihonlariga tayyorgarlikning oxirigi bosqichiga yetib kelmoqdalar. Hozir o'z bilimingizni aniq tekshirib olish va qolgan abituriyentlarnikiga nisbatan solishtirishning ayni vaqti.

Shunday imkoniyatni sizga Prep.uz tomonidan o‘tkaziladigan Onlayn test taqdim qiladi.

Butun respublika abituriyentlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Onlayn testda o'z bilimingizga aniq baho bering.

📅 Test sanasi: 15-may
🕘 Test vaqti: 20:00 – 23:00

Onlayn test DTM standartlari asosida, o’zbek va rus tillarida bo‘lib, majburiy va quyidagi asosiy fanlardan o'tkaziladi:

Ona tili va adabiyot (Русский язык и литература)
Matematika (Математика)
Ingliz tili (Английский язык)
Biologiya (Биология)
Kimyo (Химия)
Fizika (Физика)
Tarix (История)
Geografiya (География)

Testda qatnashish uchun:
📲 Telefondan: Ilovani yuklab oling
💻 Kompyuterdan: prep.uz/test
​​Samarqanddagi "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetiga chet ellik malakali mutaxassis prorektor tayinlandi

Professor Raymond Jozef Hoffman Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori etib tayinlandi. Bu haqda "Pravda Vostoka" xabar bermoqda.

Janob Hoffman - madaniy turizm va meros, shuningdek, dinshunoslik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan salohiyatli mutaxassis. U AQSHning «Harvard», Buyuk Britaniyaning «Oksford», Germaniyaning «Geydelberg» universitetlarida tahsil olib, MTS magistri, tarix va arxeologiya fanlari bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lgan -, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Hoffman Buyuk Britaniyadagi «Cambridge» va AQSHning «Cornell» kabi dunyoning yetakchi universitetlarida ilmiy ishlar bo‘yicha boshqaruv lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
​​⚡️BUGUN ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST!

Abituriyentlar tayyorgarlikni sekin asta oxirgi bosqichiga yetib bormoqdalar. O‘z bilimingizni aniq tekshirib olish va qolgan abituriyentlarnikiga nisbatan solishtirib olish vaqti keldi.

Shunday imkoniyatni sizga Prep.uz tomonidan o‘tkaziladigan Onlayn test taqdim qiladi.

Butun respublika abituriyentlari o‘rtasida bugun o‘tkaziladigan Onlayn testda qatnashing.

🕘 Test vaqti: 20:00 – 23:00

Onlayn test DTM standartlari asosida, o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, majburiy va quyidagi asosiy fanlardan o‘tkaziladi:

Ona tili va adabiyot (Русский язык и литература)
Matematika (Математика)
Ingliz tili (Aнглийский язык)
Biologiya (Биология)
Kimyo (Химия)
Fizika (Физика)
Tarix (История)
Geografiya (География)

Testda qatnashish uchun:
📲 Telefondan: Ilovani yuklab olish
💻 Kompyuterdan: prep.uz/test
#foydalanuvchi_fikri
Onlayn test haqida o'quvchilarimiz fikrlari 😊
Umumta'lim fanlari bo'yicha sertifikatsiyalash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi

Sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish (60 va undan yuqori) foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.

Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2x30=96 ball, 96x60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2x30=96 ball, 96x80/100=76,8).

Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun qanday ro'yxatdan o'tish mumkin?

Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abiturientlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” (my.dtm.uz sayti) orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish uchun qanday amalga oshiriladi?

To‘lov talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (334 500 so'm) amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g'risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.

Test sinovi balldan qoniqmasam, qayta topshirishim mumkinmi?

Ha, albatta. Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkin.
#bilasizmi

XVIII asrdan avval matematik ifodalarda amallar ketma-ketligini ko'rsatish uchun qavs emas, balki ifodalar ustidan chizilgan tekis to'g'ri chiziq ishlatilgan.

Matematika chuqurroq va oson o'rganib, imtihonlarga tayyorlanish uchun esa bizning Algebra kursimizga yoziling.
Forwarded from Xushnudbek.uz
Халқаро имтиҳон тизимларида юқори балл тўплаган ёшларга харажатларни қоплаб бериш бўйича давлат хизмати ишга туширилди

Ҳозирда имтиҳон топшириш харажати компенсация қилинадиган халқаро имтиҳон тизимлари рўйхатига GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT каби имтиҳонлар киритилган.

CAE, DAF, JLPT, HSK ва бошқалар бўйича харажатлар 2022 йил 1 январдан бошлаб компенсация қилинади.

❗️Ариза берувчи имтиҳон топшириш вақтида 31 ёшга тўлмаган Ўзбекистон фуқароси ёки фуқаролиги бўлмаган шахс бўлиши мумкин.

Ушбу давлат хизмати учун Давлат хизматлари марказлари ёки Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали мурожаат қилиниши керак.

Онлайн ариза юбориш учун ҳавола:
https://my.gov.uz/uz/service/413

Ҳозиргача жами 221 та ариза келиб тушган.

Имтиҳон топшириш харажати қуйидаги талабларга жавоб берганда компенсация қилинади:

камида белгиланган юқори балл (даража) қайд этилганда. Юқори даражалар рўйхати билан мана бу ерда танишишингиз мумкин;

махсус сертификат берилган санадан бошлаб 180 календарь кун ўтмасдан мурожаат қилганда;

махсус сертификатда кўрсатилган имтиҳон натижасининг ҳақиқийлиги ва тўғрилиги Ёшлар ишлари агентлиги томонидан тасдиқланганда.

SMS-хабар орқали ижобий жавоб олганидан сўнг, ариза берувчи компенсацияни олиш учун Халқ банкининг ўзи танлаган филиалига мурожаат этиши керак.


👉 @xushnudbek 👈
​​Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi

Hukumatning tegishli qarori bilan (307-son, 18.05.2021 yil), Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi. Bu haqda O‘zA (@uzauz) xabar bermoqda.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik liseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;

kelgusi yillarda Filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;

Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta’minlaydi.
​​DTM tomonidan umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlarini nashr qildi

📚 Davlat test markazi tomonidan barcha umumta’lim fanlaridan o‘zbek va rus tillarida test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi.

📌 To‘plamlardan 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan bo‘lib, ular o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

To‘plamlarni hududlardagi kitob do‘konlaridan xarid qilish mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyidagi videodarsni ko'rib, siz Ballada janri haqida va uning boshqa janrlardan ajratib turadigan jihatlarini bilib olasiz. Dars malakali Orzigul Hamroyeva tomonidan o'tilgan

Kanalimizga qo'shiling
Maktablarda o'quv yili yakuni bo'yicha imtihonlar qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi

Joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida:

5, 6, 7, 8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari 26-maydan 2 iyunga qadar ;

9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari og‘zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida 26-maydan 15-iyunga qadar o‘tkaziladi.
​​Bu yil «Yangi O‘zbekiston» universiteti ochiladi

«Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda hukumat vakili joriy yil yangi oliy ta’lim muassasalari ochilishi haqida aytib o‘tdi — deya ma’lum qilmoqda ’Xalq so‘zi’.

«Endilikda qariyb 25 foiz maktab bitiruvchilari talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish uchun ta’lim muassasalari soni 5 yil ichida qariyb 60 tadan 130 taga yetib qoldi.

Bundan tashqari, chet elning nufuzli OTMning filiallari tashkil qilinyapti. Bularning hammasi yoshlarimiz yaxshi bilim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu yildan boshlab 2021 yil 1 sentyabrgacha barcha hududlarda «Prezident maktablari» faoliyat boshlaydi. Ularga saralash shaffof bo‘ladi. Bunday maktablarda yoshlar Angliyaning Kembrij ta’lim tizimi asosida o‘qitiladi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekiston universitetini ochish yuzasidan ishlar olib borilmoqda», dedi Bosh vazir o‘rinbosari.
​​O'zingizdagi intizomni rivojlantirish uchun 4 qadam.

1. Xohish-istak kelishini kutmang.
Ko'pincha biz bir ishga qiziqish uyg'otmagunimizcha ishni boshlay olmaymiz. Aslida esa bu muhim emas. Chunki ishni boshlab bo'lganingizdan keyin "men istamayman" degan fikr xayolingizdan chiqib ketadi.

2. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazingiz.
Bu narsaga erishishni qanchalik kuchli xohlayotganingizni o'zingizga o'zingiz javob bering.
Ishga jiddiy yondashishingiz mumkin, lekin aslida ichingizda bu narsani xohlamayotgan bo'lsangiz, maqsadga erisha olmaysiz.
Har kuni tongda uyg'onganingizda, bugun shu ishni bajarmasdan uxlamayman va uni hoziroq boshlayman, deb ayting. Jarayon boshida zerikarli bo'ladi, lekin bora-bora o'rganish bo'lib qolib, qiziqarli bo'ladi. Bu jarayon odatga aylanib qolmagunichda, maqsaddan voz kechmang.

3. Bahonalardan voz keching.
"Boshqa ishni qilaqolay", "Havo bugun yaxshi emas", "Kayfiyatim yaxshi bo'lganida boshlayman", "Soat minuti 00 bo'lganida boshlayman" kabi bahonalarni xayolingizdan chiqarib tashlang. Ish jarayonida bilmagan narsalaringizni biladigan do'stlaringizdan va odamlardan so'rang. Nima bo'lgan taqdirda ham boshlagan ishingizni oxiriga yetkazing. Unutmangki, barcha buyuk insonlar yuqori intizomga ega bo'lganlar.

4. Boshlagan ishingizni muddatdan oldin bitiring.
Muddatdan avval bitirish bu intizomni yo'lga quyish usullaridan biri. Ishingizni muddatdan avval bitirmoqchimisiz, bajarishingiz kerak bo'lgan muddatni qisqartiring. Shu bilan loyihani ham tez muddatda, ham sifatli bajargan bo'lasiz.