PREP.UZ - 🏠👩‍💻👨‍💻
836 subscribers
759 photos
247 videos
35 files
1.18K links
Download Telegram
17-iyul kuni o'tkazilgan Onlayn testda eng yuqori natijaga erishgan abituriyentlar bilan tanishing. Biz ularni yuqori natijalar bilan tabriklaymiz! 🎉

Imtihonlarga oz qoldi. O'z bilimingizga baho bermoqchi bo'lsangiz, shanba kunlari o'tkaziladigan testlarimizda ishtirok eting va imtihonlarga tayyorlaning.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tekis tezlanuvchan harakatda yo'lni hisoblashni ushbu video orqali o'rganib oling. Videodars muallifi Oybek Qudratov. To'liq Fizika videokursini Prep.uz saytidan topasiz
Azizlar, barchangizga Qurbon hayiti muborak bo'lsin!

Sizga, oila a'zolaringizga va yaqinlaringizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, uylaringizga qut-baraka tilaymiz!
Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

📆 2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (bugun) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.
Prezident maktablari bitiruvchilariga qo'shimcha imtiyozlar

Prezident qarori bilan Prezident maktabi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda va kontrakt to'lovlarini to'lashda qo'shimcha imtiyozlar berish ko'zda tutilgan. Unga ko'ra,

2021/2022 o'quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanadi.

Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi
​​ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST

Imtihonlarga ro'yxatdan o'tish ham yakunlandi. Endi bo'lsa, o'z bilimlaringizni testlar orqali sinash va imtihonga maksimal kuch bilan tayyorlanish vaqti keldi. Aynan shunday imkoniyatni Prep.uz tomonidan butun respublika abituriyentlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Onlayn test yordam beradi.

📅 Test sanasi: 24-iyul (shanba)
🕘 Test vaqti: 19:00 – 22:30

Onlayn test DTM standartlari asosida, o’zbek va rus tillarida bo‘lib, majburiy va quyidagi asosiy fanlardan o'tkaziladi:

🇺🇿 Ona tili va adabiyot (🇷🇺 Русский язык и литература)
🧮 Matematika (Математика)
🇬🇧 Ingliz tili (Английский язык)
🧬 Biologiya (Биология)
🧪 Kimyo (Химия)
🧲 Fizika (Физика)
Tarix (История)
🌍 Geografiya (География)

Onlayn testda qatnashib bilimingizga aniq baho bering. Boshqa abituriyentlarga nisbatan bilimingizni solishtirib, yana kuchliroq o'qish uchun yangi kuch oling. Bor bilimingizni imtihon vaqtida ko'rsata olish uchun Onlayn test orqali imtihonlarga ruhan tayyorlaning.

Testda qatnashish uchun:
📲 Telefondan: Ilovani yuklab oling
💻 Kompyuterdan: prep.uz/test
Talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklashga oid e'lon

2021/2022 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda:

➡️ respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar – transfer.edu.uz;

➡️ xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar – transfer.dtm.uz.

❗️Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib o‘tamiz.

⚠️ Shunga ko‘ra, o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalardan transfer.dtm.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda arizasi holatini doimiy kuzatib borishini, zaruratga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.

❗️Unutmang, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 2021-yil 5-avgust (shu kuni ham).
24-iyul kuni o'tkazilgan Onlayn testda eng yuqori natijaga erishgan abituriyentlar bilan tanishing. Biz ularni yuqori natijalar bilan tabriklaymiz! 🎉

Imtihonlarga juda ham oz vaqt qolmoqda. O'z bilimingizga baho bermoqchi bo'lsangiz, shanba kunlari o'tkaziladigan testlarimizda ishtirok eting va imtihonlarga tayyorlaning.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Balandlikdan boshlang'ich tezlik bilan otilgan jism qanday harakat qilishini bilasizmi? Berilgan videodarsdan qiziqarli lavhani ko'rib ko'proq tushunchaga ega bo'ling. Kurs muallifi tajribali fizik Oybek Qudratov
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Ўқишни кўчиришда ўтиш бали 66,1 балл этиб белгиланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги 53 та ОТМга хориждан ёки Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан ўқишни кўчириш бўйича ўтиш бали тўплаш мумкин бўлган максимал баллнинг 35 фоизи (66,1 балл) этиб белгилангани маълум қилинди.

Ўтган йили ўтиш бали 56,7 балл эди. Жорий йилда ўтиш балини ўтган йилги ҳар бир йўналишга кириш бали неча бўлган бўлса, ўшандай қилиб белгилашмоқчи эди. Аммо бундай қилинмади. Яна бир бор асосан хориждаги талаба-ёшларга ён босилди ва ўтиш бали максимал баллнинг атиги 35%и этиб белгиланди. Бу ҳатто 3 баҳо ҳам дегани эмас.

💰Ўтиш балини тўплаган талабалар оддий тўлов-контрактни тўлашади, ўтиш балига етмаганлар эса юқоридаги расмда кўрсатилган миқдорларда контракт тўлашади.

ℹ️ ОЎМТВ тизимидаги ОТМ рўйхати

Бошқа ОТМларга ўтиш балини юқори турувчи вазирликлар белгилайди, масалан тиббиётни Соғлиқни сақлаш, юриспруденцияни Адлия вазирлиги ва ҳ.к.


👉 @xushnudbek 👈
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.
⚡️Kirish test sinovlari qachon boshlanishi e'lon qilindi

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 2-son qaroriga ko‘ra, pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 5-avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.
⚡️ Kirish imtihonlariga ajratilgan vaqt va testlar soni qisqartirildi

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo‘ldi.

Bunda:

➡️ birinchi bo‘limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;

➡️ikkinchi bo‘limdagi abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriqlari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;

➡️majburiy uchta fanga jami 63 ball, abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi.
To‘lov muddati ijodiy imtihoni bor yo‘nalishga topshirganlar uchun 1 kunga uzaytirildi

📌 Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❗️ 5 ta fandan test topshiriladigan yo‘nalishlarga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirishga ulgurmaganlar uchun to‘lov muddati uzaytirilmadi.
O‘zbekistonda geologiya yo'nalishida ta'lim beradigan Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kombinatining yangi misni boyitish fabrikasi ochilishidagi nutqida kadrlar masalasi haqida kuyunib gapirdi:

Ushbu yo‘nalishdagi birinchi qadam sifatida biz rossiyalik sheriklarimiz bilan birgalikda Olmaliq shahrida «MISiS» milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti filialini tashkil etdik.

Bundan tashqari, mamlakatimizda Geologiya fanlari universiteti ham tashkil etildi. U geologiya sohasidagi 5 ta ilmiy-tadqiqot markazini o‘z ichiga oladi.

Universitet bazasida Moskva davlat universiteti bilan birgalikda qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Kuni kecha Toshkentda geologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha Italiyaning Piza universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishildi”, - dedi davlat rahbari.
#Qabul2021
Test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1-avgustdan boshlanadi

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish onlayn ro‘yxatdan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021-yil 1-avgust sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yuridik universitet uchun o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali belgilandi

Xorijiy OTMlar, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 56 foizi (105,84 ball) etib belgilandi. Bu 3 bahoning eng past ko‘rsatgichi degani.

ℹ️ O‘tgan yili Toshkent davlat yuridik universiteti fakultetlarining kirish ballari o‘zbek 🇺🇿 guruhlariga 170 balldan hamda rus 🇷🇺 guruhlari 150 balldan yuqori bo‘lgan.
​​BUGUN ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST

Yangi tartibdagi testlarni ishlamoqchimisiz? O'z bilimingizga baho berib, qolgan abituriyentlarning natijalarini bilmoqchimisiz? Imtihonda vaqtni to'g'ri taqsimlashni o'rganmoqchimisiz? Aynan shunday imkoniyatni Prep.uz tomonidan butun respublika abituriyentlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Onlayn test yordam beradi.

📅 Test sanasi: 31-iyul (shanba)
🕘 Test vaqti: 19:00 – 22:00

Onlayn test DTMning yangi standartlari (70 ta test) asosida, o’zbek va rus tillarida bo‘lib, majburiy va quyidagi asosiy fanlardan o'tkaziladi:

🇺🇿 Ona tili va adabiyot (🇷🇺 Русский язык и литература)
🧮 Matematika (Математика)
🇬🇧 Ingliz tili (Английский язык)
🧬 Biologiya (Биология)
🧪 Kimyo (Химия)
🧲 Fizika (Физика)
Tarix (История)
🌍 Geografiya (География)

Onlayn testda qatnashib bilimingizga aniq baho bering. Boshqa abituriyentlarga nisbatan bilimingizni solishtirib, yana kuchliroq o'qish uchun yangi kuch oling. Bor bilimingizni imtihon vaqtida ko'rsata olish uchun Onlayn test orqali imtihonlarga ruhan tayyorlaning.

Testda qatnashish uchun:
📲 Telefondan: Ilovani yuklab oling
💻 Kompyuterdan: prep.uz/test
​​Imtihonlar boshlanishiga bir kun qoldi. Abituriyentlarga tavsiyalar

Imtihondan oldin yoshlarda hayajonlar va qo‘rquv bo‘lishi tabiiy. Kun.uz sinov qarshisida stressga tushayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga mutaxassis tavsiyalarini taqdim etadi.

Sir emaski, ba'zi holatlarda o‘ta kuchli hayajonlanish abituriyentda bilgan savollariga ham javob bera olmaslik, texnik xatolarga yo‘l qo‘yish kabi holatlarni boshlab keladi. Kuchli stress, qo‘llarning qaltirashi kabilar imtihonda bor imkoniyatlaridan foydalana olmaslikka, fikrlar chalg‘ishiga olib keladi. Bu esa imtihon natijalariga ta'sir qilmay qolmaydi.

Psixolog: “Imtihondan 1-2 kun avval o‘qishni to‘xtatgan ma'qul”

Psixolog Rozaliya Gabdulhakova abituriyentlar yo‘l qo‘yadigan katta xatolardan biri – tayyorgarlikning so‘nggi kunlarida, ya'ni imtihondan oldingi kunlarda mukkasidan ketib o‘qish ekanini aytdi.

“Imtihonga yaqin qolganda ko‘p o‘qish deyarli hech narsani o‘zgartirmaydi, aksincha charchagan va zo‘riqqan miya imtihonda pand berishi mumkin. Shuning uchun imtihondan 1-2 kun avval o‘qishni to‘xtatgan ma'qul.

Bir kun avval to‘yib uxlash kerak. Buning uchun telefondan voz kechib, qorong‘iroq va sokin xonada dam olish kerak. Shuningdek, yetarlicha dam olish uchun o‘y-xayollarni ham to‘g‘ri yo‘naltirish talab qilinadi. Kelajak orzular, yaxshi rejalar haqida o‘ylash foydali bo‘ladi.

Testdan oldin ham xayolga kelgan turli keraksiz o‘ylar, fikrlarni cheklab faqat yaxshi narsalar, yorqin kelajak haqida o‘ylash kerak. Shunday muhim jarayon oldidan abituriyent atrofidagi har bir holat hisobga olinishi yaxshi natija beradi”.

Gastroenterolog: “Imtihon oldidan energetik ichimliklar tavsiya qilinmaydi”

“Imtihonlardan 1-2 kun oldin, ayniqsa, imtihon kuni har qanday notanish mahsulotlardan voz kechish, tabiiy mahsulotlardan iborat sog‘lom ovqatlanish kerak. Chunki notanish mahsulotlar organizmda qanday hazm bo‘lishi ma'lum emas.

Tarkibida shakar va tuz ko‘p bo‘lgan ovqatlardan tiyilish lozim. Imtihon oldidan energetik ichimliklar, shakar, shokolad, pechene va boshqa shirinliklar mutlaqo tavsiya etilmaydi.

Abituriyentning nonushtasi u avvaldan iste'mol qilib yurgan, sinalgan mahsulotlar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Nonushta uchun turli bo‘tqalar, tuxum, sutli kokteyllar, issiq go‘shtli taomlar, sabzavotli va mevali salatlar, sariyog‘li va pishloqli buterbrodlar, issiq choy, kakao va sharbatlar, na'matak, kompot va kisel tavsiya etiladi”.

Organizm uchun asosiy energiya manbai glyukoza bo‘lib, tanamiz uni uglevodlarga boy ovqatlardan oladi. Uglevodlar esa non va un mahsulotlarida, don mahsulotlarida, ko‘plab meva va rezavorlar sharbatida ko‘p bo‘ladi. Miya yetarli darajada ishlashi uchun uni doimo glyukoza bilan oziqlantirish kerak.