Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.29K photos
718 videos
502 files
3.2K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Обсуждены вопросы обеспечения населения социально значимыми лекарственными средствами

В Центре безопасности фармацевтической продукции состоялась встреча с участием директора Центра Агзама Нартаева, ответственных лиц Торгового представительства Российской Федерации в Узбекистане Дмитрия Харохонова, Максима Москалева и представителя российской компании Nanolek Дмитрия Двинина.

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 27.10.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (27.10.2023)

@uzpharmcontrol
Tashqi beg‘araz ko‘mak, grant mablag‘lari hisobiga hamda insonparvarlik yordami sifatida kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilishiga va foydalanishga ruxsat beriladi.

Bunda, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga va foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli xulosa beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sifatini tasdiqlovchi hujjatsiz dori vositalarini sotgan dorixona faoliyatiga chek qo‘yildi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida “Tolib Farm” MCHJga tegishli Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 99-uyda joylashgan dorixonada o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, mazkur dorixona savdo zali va omborxonasidan noqonuniy muomalada bo‘lgan 24 turdagi (muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan 10 turdagi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan 14 turdagi) dori vositalari borligi aniqlangan.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🗂 Referent narxlar bazasi tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan respublikamizda davlat ro‘yxatidan o‘tgan dori vositalari haqida soha vakillari va iste’molchilarni yanada to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida, tashkilot rasmiy saytida dori vositalarining kengaytirilgan reyestri yuritilib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar 13558 ta nomdagi dori vositalarining referent narxlari qayd etilgan.

Endilikda mazkur dori vositalarining qadoq kesimidagi referent narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi www.uzpharminfo.uz axborot tizimida shakllanganligini va tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘zaro integratsiyani amalga oshirish, texnologik yo‘riqnoma kelishilgan holda amalga oshirish imkoniyati yaratilganligini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘tgan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim postlar:

👉 Eron bilan sohada hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi

👉 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Tashkiliy nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Anvar Amanov, Vazir kubogi sovrindori bo‘ldi

👉 Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati — parlament nazoratida

👉 Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorligida matbuot anjumani bo‘lib o'tdi

👉 Poytaxtimizda "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

👉 Markazda "Santo" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

👉 Dori vositalari tarkibida uchraydigan yot moddalar miqdori qanday aniqlanadi

👉 Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

👉 Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

👉 Sog'liqni saqlash vazirligida sohadagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

👉 Dorixonalarda dori vositalarining doimiy mavjudligini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish o'tkazildi

👉 Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotgan dorixona faoliyati tugatildi

👉 Sifatini tasdiqlovchi hujjatsiz dori vositalarini sotgan dorixona faoliyatiga chek qo‘yildi

👉 Referent narxlar bazasi tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Keyingi haftada #MedSafetyWeek da faol ishtirok eting

🌍 Mazkur haftalik doirasida 85 mamlakat dori vositalarining nojo'ya ta'sirlari haqida xabar berishni rag'banlatirish uchun birlashadi.

Safimizga qo'shiling va dori-darmonlarni hamma uchun xavfsiz bo'lishida bizga yordam bering! Qanday qilib deysizmi? Batafsil bu manzilda
--
Присоединяйтесь к нам на следующей неделе на #MedSafetyWeek

🌍 85 стран соберутся вместе, чтобы поощрять сообщение о предполагаемых побочных эффектах лекарств.

Присоединяйтесь и помогите нам сделать лекарства безопаснее для всех! Узнайте, как по ссылке

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Toshkent shahridagi dorixona muassasalari rahbarlari va mudirlari diqqatiga!

Shu yilning 31-oktabr kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan Toshkent sharida faoliyat yuritayotgan dorixona muassasalari ma'sullari uchun seminar-yigʻilish oʻtkaziladi.

Mazkur seminarda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda litsenziya talab va shartlari shuningdek, farmatsevtika sohasida yangi chakana savdo tashkilotlarini tashkil etishda amal qilinishi shart boʻlgan “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablari yuzasidan tushuntirish, tarʻgibot ishlari boʻlib oʻtadi.

Murojaat uchun telefon: (97)409-99-00
Manzil: TTA qoshidagi akademiy litsey

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi" jurnalining 2023-yil ikkinchi chorak soni nashrdan chiqdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan tayyorlangan "Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi" ilmiy amaliy farmatsevtka jurnalining 2023-yil ikkinchi chorak soni nashrdan chiqqanini maʼlum qilamiz. Mazkur jurnal oʻzbek va rus tilida har chorakda bir marta chop etiladi.

Sohada faoliyat yuritayotgan hurmatli tadbirkorlar, qadrli mutaxassislar!

Oʻz faoliyatingizdagi muhim yangiliklar, ilmiy ishlanmalar, xizmatlar va mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish niyatida boʻlsangiz unda “Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” jurnali tahririyati barchangizni hamkorlikka taklif etadi.

Murojaat uchun telefonlar:
(+99871) 203-01-01 ichki 2360 - 2362

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomga muvofiq:

Dorixonaning dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida plakat va devoriy gazeta osish, gullarni o‘stirish, polga gilam solish, pardalar osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun yo‘lak, xodimlar dam olish xonasi, kabinetlardan foydalanish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Qiyoslash laboratoriyasi akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Akkreditatsiya markazida ekspertlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining Qiyoslash laboratoriyasi faoliyati O‘z DSt 3444:2020 standarti talablariga muvofiq muvaffaqqiyatli baholandi hamda unga 2021-yil 14-sentyabrda rasmiylashtirilgan O‘ZAK.QL.0062-son akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma muddati uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan yurtimizdagi davlat va nodavlat tibbiyot muassalaridagi tibbiy o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur namunani to‘ldirgan holda laboratoriya xizmatdan foydalanish bo‘yicha murojaatingizni farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yo‘llashingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun:
(90) 929-53-47; (90) 315-86-89

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Ayni damda Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Akademik litsey binosida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida seminar-yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Toshkent shahridagi dorixona mas’ullari uchun seminar-yig‘ilish o’tkazildi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi masʼullari va Toshkent shahrida dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiya bilan shug‘ullanuvchi 100 ga yaqin tadbirkorlik sub'yektlari vakillari ishtirokida o'tkazilgan seminar-yig'ilishda sohaga doir bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalarining xavfsizligini taʼminlashda o‘z hissangizni qo‘shing!

Siz bemor, shifokor, tibbiy hamshira yoki farmatsevt bo‘lishingizdan qatʼiy nazar, nojo‘ya samaralar haqida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasiga xabar berib, dorilarni yanada xavfsizroq qilishda yordam berishingiz mumkin.

6-12 noyabr kunlari, dori vositalarining nojo‘ya samaralari haqida xabar berish muhimligi to‘g‘risida habardorlikni oshirish maqsadida, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar ishtirokidagi #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasida ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Внесите свой вклад в обеспечение безопасности лекарственных средств

Внесите свой вклад в обеспечение безопасности лекарственных средств. Независимо от того, являетесь ли вы пациентом, врачом, медсестрой или фармацевтом, вы можете помочь сделать лекарства более безопасными, сообщая о побочных эффектах в ГУ «Центр безопасности фармацевтической продукции».

С 6 по 12 ноября ГУ «Центр безопасности фармацевтической продукции» примет участие в глобальной кампании #MedSafetyWeek-2023, в которой участвуют более 85 агентств по регулированию лекарственных средств и несколько неправительственных организаций, чтобы повысить осведомленность о важности сообщения о побочных эффектах лекарств.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 31.10.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (31.10.2023)

@uzpharmcontrol
Namangan viloyatidagi dorixona muassasalari masʻullari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi tegishli Farmoniga asosan farmatsevtika tarmogʻi va respublika sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarni zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan majburiy sertifikatlash joriy etilishi munosabati bilan Namangan shahridagi dorixona masʻullari uchun seminar-uchrashuv tashkil etilmoqda.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan mazkur tadbirda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi dorixonalarni “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablariga muvofiq ravishda tashkillashtirish boʻyicha targʻibot tushuntirish ishlari olib boriladi.

🔘 Vaqti: 2023-yil 1-noyabr, soat 14:00
🔘 Manzil: Namangan shahar RSHTYOIM Namangan viloyat filialining majlislar zali

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qatʼiy bildiramiz va uning o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz" — Shavkat Mirziyoyev


"Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim", — dedi prezident Yaqin Sharqdagi voqelar yuzasidan fikr bildirib.

Telegrama
| Facebook | Instagram | Youtube
Kuchli taʼsir qiluvchi hamda qalbaki dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toyloq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “G.F.” MCHJ dorixonasi mudiri J.Q. fuqaro Z.T. ga 120 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 9 xil turdagi 671 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube