Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.29K photos
718 videos
502 files
3.2K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
❗️Diqqat eslatma

Kelgusida etilenglikol va/yoki dietilenglikol bilan kontaminatsiyalangan dori vositalarining qabul qilinishi natijasida kuzatiladigan noxush holatlarni oldini olish maqsadida, Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktorining tegishli buyrug’i qabul qilingan.

Hozirda toza holda va dori vositalari tarkibidagi yordamchi modda sifatida qo‘llaniladigan propilenglikol, glitserin, sorbitol, polietilenglikol, makragol va boshqa glikollar tarkibida yot modda sifatida uchraydigan EG va DEGlarni aniqlash bo‘yicha ОФС 42 Уз-0015-5346-2023-son “Определение подлинности и количества этиленгликоля и диэтиленгликоля в лекарственных препаратах” umumiy farmakopeya maqolasi tasdiqlangan bo’lib, amaliyotga joriy etilgan.

Shu munosabat bilan, ariza beruvchilardan, dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish davrida, tarkibida 0,1 %dan ortiq miqdorda EG va DEG yot moddalari uchrashi mumkin boʻlgan taʼsir etuvchi moddalar va/yoki yordamchi moddalar sifatida qoʻllanilgan etoksillangan substansiyalar:
▪️ glitserin,
▪️ propilenglikol,
▪️ sorbitol,
▪️ makragol,
▪️ polietilenglikol va boshqa glikollar saqlovchi inyeksion, infuziyon, yumshoq, ichish uchun qoʻllaniladigan suyuq dori shakillari va suppozitoriyalar tarkibida ushbu yot moddalarni aniqlash boʻyicha usullar va me'yorlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, ularning normativ hujjatlariga ushbu yot moddalarni aniqlash boʻyicha usullar va meʼyorlarni kiritish talab etilishini va sinov jarayonlari olib borilishini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 24.10.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (24.10.2023)

@uzpharmcontrol
Guvohnoma dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Poytaxtimizda "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z
ishini boshladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda AQSH, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Ukraina, Rossiya va Qozog‘iston kabi qator mamlakatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Состоялась встреча с представителями компании Santo

25 октября текущего года в Центре безопасности фармацевтической продукции состоялась встреча с представителями компании Santo, входящей в польскую международную фармацевтическую группу Polpharma.

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markazda "Santo" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Markaziy va Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlarida faoliyat yurituvchi Polshaning “Polpharma” xalqaro farmatsevtika guruhi tarkibiga kiruvchi “Santo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalari tarkibida uchraydigan yot moddalar miqdori qanday aniqlanadi

Avval xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda poytaxtimizda "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda. Mazkur anjumanda chiqish qilgan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Zufar Boboyev, suyuq dori vositalari tarkibida uchraydigan yot moddalar miqdorini aniqlash bo'yicha amalga oshirilgan tajriba haqida maʻruza qildi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.Sh. va I.M. fuqaro G.K. ga 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 18 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Furqat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.H.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi M.M. fuqaro D.M. ga 61 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Markaz direktori Agzam Nartayev hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi masʼullari Dmitriy Xaroxonov, Maksim Moskalev va Rossiyaning "Nanolek" kompaniyasi vakili Dmitriy Dvinin ishtorikida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan taʼminlashda "Nanolek" kompaniyasining kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalarini hamda kompaniya vaksinalarini sertifikatlashtirish masalalari muhokama qilindi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sog'liqni saqlash vazirligida sohadagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Raqobatni qo'mitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda "Biz sizni eshitamiz" loyihasi doirasida "Farmatsevtika sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʻminlash" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dorixonalarda dori vositalarining doimiy mavjudligini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi JSST, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda "Dori taʼminoti xarajatlarini qoplash tizimini joriy qilinishi yuzasidan maʼlumotni manfaatdor tomonlarga taqdim etish" mavzusida yigʻilish oʻtkazdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️ ТАЙИНЛОВ

Азизов Абдулла Абдисаламович Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги директори лавозимига
тайинланди.

А. Азизов 2003 йилда Япониянинг Нагоя университети, 2004 йилда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетини тамомлаган. Шунингдек, Даниянинг Орхус университетида магистратура, Орхус техника коллежида IT-дастурчи мутахассислиги бўйича таҳсил олган.

2006–2019 йилларда Даниядаги қатор нуфузли компанияларда масъул лавозимларда, 2019–2020 йилларда Ўзбекистон Давлат солиқ қўмитаси раиси ўринбосари ҳамда 2020–2022 йилларда Соғлиқни сақлаш вазирининг ўринбосари вазифаларида фаолият кўрсатган.

А. Азизов тайинловга қадар “Олмалиқ кон-металлургия комбинати” АЖ бошқаруви раисининг ўринбосари лавозимида ишлаб келаётганди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
"Abu Ali ibn Sino va sivilizatsiya" mavzusida xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda

Ayni kunlarda Buxoro shahrida buyuk mutafakkir va alloma dunyoga "Avitsenna" nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali Ibn Sino faoliyatiga bag‘ishlangan "Abu Ali ibn Sino va sivilizatsiya" mavzusidagi XII Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.

Unda 12 davlatdan tashrif buyurgan 60 ga yaqin olimlar, xalqaro ekspertlar, doktorantlar qatorida Farmatsevtika mahsulotlarlari xavfsizligi markazi Farmakopeya qo'mitasi raisi Kamola Nuridullayeva ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotgan dorixona faoliyati tugatildi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Oltinobod MFY, Toshkent koʻchasi, 42-uy, 86-xonadonda faoliyat yuritib kelgan "Ilhom doctor pharm” MCHJga tegishli dorixonada oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra, mazkur dorixona savdo zalidan 42 turdagi muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan, shulardan 32 turdagi dori vositalari esa davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda sotuvga qo'yilganligi aniqlandi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Обсуждены вопросы обеспечения населения социально значимыми лекарственными средствами

В Центре безопасности фармацевтической продукции состоялась встреча с участием директора Центра Агзама Нартаева, ответственных лиц Торгового представительства Российской Федерации в Узбекистане Дмитрия Харохонова, Максима Москалева и представителя российской компании Nanolek Дмитрия Двинина.

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 27.10.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (27.10.2023)

@uzpharmcontrol
Tashqi beg‘araz ko‘mak, grant mablag‘lari hisobiga hamda insonparvarlik yordami sifatida kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilishiga va foydalanishga ruxsat beriladi.

Bunda, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga va foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli xulosa beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sifatini tasdiqlovchi hujjatsiz dori vositalarini sotgan dorixona faoliyatiga chek qo‘yildi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida “Tolib Farm” MCHJga tegishli Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 99-uyda joylashgan dorixonada o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, mazkur dorixona savdo zali va omborxonasidan noqonuniy muomalada bo‘lgan 24 turdagi (muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan 10 turdagi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan 14 turdagi) dori vositalari borligi aniqlangan.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🗂 Referent narxlar bazasi tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan respublikamizda davlat ro‘yxatidan o‘tgan dori vositalari haqida soha vakillari va iste’molchilarni yanada to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida, tashkilot rasmiy saytida dori vositalarining kengaytirilgan reyestri yuritilib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar 13558 ta nomdagi dori vositalarining referent narxlari qayd etilgan.

Endilikda mazkur dori vositalarining qadoq kesimidagi referent narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi www.uzpharminfo.uz axborot tizimida shakllanganligini va tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘zaro integratsiyani amalga oshirish, texnologik yo‘riqnoma kelishilgan holda amalga oshirish imkoniyati yaratilganligini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube