Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.29K photos
717 videos
502 files
3.19K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Abu Ali Ibn Sino "Biofarmatsiya" fanining asoschisimi?

Dori turlarining tana aʼzolariga taʼsir qilishida ularning tashqi ko‘rinishi, hidi, mazasi, rangi, qovushqoqligining ahamiyati hamda mijoz, yaʼni tananing issiqlik yoki sovuqlikka moyilligining o‘zaro bog‘liqligi Ibn Sino tomonidan chuqur o‘rganilgan.

Bu xususiyatlar chuqur tahlil qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda yangi yo‘nalish bo‘lgan "Biofarmatsiya" fanining asosi bo‘lib hisoblanadi. Afsuski, dori tayyorlashga oid ko‘pchilik asarlarda amerikalik olimlar Levi va Vagner biofarmatsiyaning asoschilari deb hisoblanadi.

Vaholanki, bu olimlar «biofarmatsiya» atamasini birinchi marta 1961-yilda qo‘llaganlar, xolos.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini nojo'ya ta'siri kuzatilganda nima qilish kerak?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmakologiya qo'mitasi bosh mutaxassisi Botir Mavlyanov dori vositalarini qo'llash va nojo'ya ta'sirlar kuzatilganda ahamiyat berish kerak bo'lgan muhim jihatlar to'g'risida ma'lumot berdi.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga muvofiq:

Dori vositasi qadog'idagi yorliqlar aniq, tushunarli tarzda, oson ko‘rinadigan va o‘chmaydigan harflar bilan, yaxshi o'qiladigan shriftda yozilgan bo'lishi va mahsulotning butun yaroqlilik muddati davomida saqlanishi kerak.
--
Маркировка упаковки лекарственного средства наносится четкими, разборчивыми, легко заметными и несмываемыми буквами, хорошо читаемым шрифтом и должна сохраняться в течение всего срока годности лекарственного средства.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции  

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ijtimoiy dorixonaning oddiy dorixonadan qanday farqi bor?

Dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini chakana narxlarda, xarid narxining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi eng kam chakana savdo ustamasi bilan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega farmatsevtika mahsulotlarini qat’iy belgilangan narxlarda sotish, dori vositalarini imtiyozli retseptlar bo‘yicha tavsiya qilish ijtimoiy dorixonaning asosiy faoliyat turlari sanaladi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro sessiyasi bo'lib o'tmoqda

Shvetsariyaning Jeneva shahrida JSST Dori vositalari spesifikatsiyalari bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasining 57-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjumanda O‘zbekiston tomonidan ilk marotaba Sog'liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi vakillari jumladan, Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Xabibulla Djalilov va Davlat farmakopeyasi tahririyat kengashi ilmiy kotibi Akmal Zaynidinovlar ishtirok etmoqda.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ingalyator qanday kasalliklarni davolaydi?

Otorinolaringologiya tibbiy buyumlari guruhiga kiruvchi ingalyator eng avvalo, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, balg‘am ishlab chiqarish kabi alomatlar bilan birga o‘tkir respirator kasalliklarni davolash xususiyatiga ega.

Nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanish jarayonlari, masalan, surunkali bronxit, bronxial astma, surunkali faringitni va shu kabi nafas yo‘llarining virusli infeksiyalari bilan bog‘liq 20 ga yaqin kasallikni davolashda uning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

O‘pkadan qon ketishi, travmatik yoki spontan pnevmotoraks, yurak aritmiyasi, og‘ir yurak yetishmovchiligi, bullyoz emfizemada ingalyator ishlatish tavsiya etilmaydi.

Eslatma:
Ushbu tibbiy buyumni qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing hamda ko‘rsatmaga muvofiq dori vositasining dozasiga qatʼiy amal qiling.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 10.10.2023.pdf
13.8 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (10.10.2023)

@uzpharmcontrol
"Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom"ga muvofiq:

Dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizi dorivor o‘simliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari uchun ajratilishi lozim.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Raqamli markirovka tizimi nima va nega korxonalar uni joriy etishi kerak?

Mahsulotlarni raqamli markirovkalash - bu mahsulotning savdo aylanishini kuzatishda yordam beradigan chora-tadbirlar majmui. O‘zbekistonda hozirgi kunda tamaki, dori vositalari, maishiy texnika, shuningdek, spirtli ichimliklar va pivo kabi mahsulotlar majburiy markirovkalanishi shart.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalari spesifikatsiyalari bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasining 57-sessiyasi bo’lib o’tmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Jenevada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Dori vositalari spesifikatsiyalari bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasining 57-sessiyasi bo’lib o’tmoqda. Sessiyaning bugungi kun tartibida bir qator muhim masalalar bo’yicha qizg’in muhokamalar bo’lib o’tdi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yangi Namangan tumanida qalbaki dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.Sh. o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, “Piratsetam” dori vositasini qimmat narxlarda o‘tkazish maqsadida “Panavir” nomi ostida qayta qadoqlab ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tekshiruv davomida 672 quti “Piratsetam”, 299 quti “Panavir” nomi tushirilgan dori vositasi hamda 12 750 dona yorliq va 2 550 dona dori vositasi o‘rovi uchun maxsus quti ashyoviy dalil sifatida olingan.

☝️ Ushbi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida zarur amaliyotlar standarti talablarini joriy etish holati bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Brifingni quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 Новости мировой фармацевтики

FDA одобрило первый биоаналог «Актемры»

FDA одобрило Tofidence от Biogen, который станет первым биоаналогом «Актемры» компании Roche. Он разрешен для лечения пациентов с активным ревматоидным артритом от умеренной до тяжелой степени, у которых наблюдается неадекватный ответ на один или несколько базисных противоревматических препаратов.

В ЕАЭС утвердили руководство по определению особой значимости препаратов

В ЕАЭС утвердили руководство по ускоренной регистрации препаратов особой значимости. Оно позволяет производителям обосновать регистрацию препарата по ускоренной процедуре исходя из его уникальности, способности излечивать или обеспечивать контроль над тяжелыми формами заболеваний.

Sanofi и Janssen разработают первую в своем классе кандидатную вакцину от кишечной палочки

Sanofi будет сотрудничать с Janssen Pharmaceuticals в разработке первой в своем классе вакцины против внекишечной патогенной кишечной палочки. Компания будет разрабатывать и впоследствии продавать 9-валентную кандидатную вакцину против кишечной палочки (E. coli), разработанную Janssen, которая в настоящее время проходит III фазу испытаний.

Эксперимент по маркировке средств реабилитации начнется с 15 октября

В России с 15 октября начнется эксперимент по маркировке технических средств реабилитации. В перечень вошли такие виды продукции, как функциональные узлы протезов и специальные средства ‎при нарушениях функций выделения.

Takeda отзовет препарат для лечения рака легких в США после провала испытаний

Takeda Pharmaceutical заявила о том, что добровольно отзовет препарат для лечения рака легких Exkivity (mobocertinib) в США. Лекарство получило ускоренное одобрение FDA в 2021 году.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Vaksina biofarmatsevtik ishlab chiqarishi bo‘yicha o’quv treninglar bo'lib o'tmoqda

Ayni kunlarda Korea Respublikasing Inchxon shahrida Yonsei universitetining Songdo kampusida tashkil etilgan vaksina biofarmatsevtik ishlab chiqarishi bo‘yicha o’quv treninglar bo’lib o’tmoqda. Unda mamlakatimizdan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi mutaxassisi Xilola Nazrullayeva ishtirok etayapti.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalari xavfsizligi deyilganda - dori vositalarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilish va sog'likka zarar yetkazish xavfini baholashga asoslangan tavsifi tushuniladi.

Dori vositalarini ishlab chiqarishda inson organizmiga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfni to‘g‘ri baholash yo‘li bilan uning samaradorligi shuningdek, asosiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlanishi va ta’minlanishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi

Prezident farmoni (PF-168, 12.10.2023 y.) bilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablag‘lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha bo‘lgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. (Ilgari 3 yil edi)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Grippni davolashda nimalarga e'tibor berish kerak?

Kuz kelishi bilan turli mavsumiy kasalliklar ko'payadi. Ular orasida eng ko'p tarqaladigani bu gripp. Odatda ko'pchilik bu kasallikni davolashda antibiotiklarga murojaat qiladi.

Xo'sh, antibiotiklar o'zi grippni davolaydimi? Kasallik davrida dori vositalarini qabul qilishda nimalarga ahamiyat berish lozim?

Mavzu yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmakologiya qo'mitasi mutaxassisi Botir Mavlyanovni savolga tutdik.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 13.10.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (13.10.2023)

@uzpharmcontrol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев МДҲнинг Бишкек саммитида муҳим ташаббусларни илгари сурди ва ташкилотнинг олий мукофоти билан тақдирланди.

Президент Шавкат Мирзиёев выдвинул важные инициативы на Бишкекском саммите СНГ и награжден высшей наградой организации.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube