Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.26K photos
711 videos
502 files
3.17K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Dorixonada tayyorlangan steril eritmalar sifatini nazorat qilishga doir qanday talablar qo'yilgan?

Steril eritmalarni tayyorlash va sifatini nazorat qilish "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga, Davlat farmakopeyasi talablariga yoki sifat nazorati sohasidagi boshqa hujjatga muvofiq amalga oshiriladi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi barcha OAV vakillarini, jurnalist va blogerlarni “Ibn Sino merosi” tanlovida faol ishtirok etishga taklif etadi!

Buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sino tomonidan yuqori baholangan dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish, dorivor o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari haqida aholiga yetkazish maqsadida teleko‘rsatuv, rolik, maqola tayyorlab, elektron OAVda, teleradiokanallarda yoki shaxsiy blogingizda e’lon qilgan bo‘lsangiz havolasi bilan birga bizga yo‘llang!

Tanlovga materiallarni joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar @dorivortanlov_bot telegram boti orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlov shartlari bilan to‘liq quyidagi veb-sayt orqali tanishishingiz mumkin.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
"Meditop Pharmaceutical Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 4-oktabr kuni “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktori Agzam Nartayev, Vengriyaning "Meditop Pharmaceutical Ltd" kompaniyasi boshqaruv direktori, dr.Zoltan Aks va kompaniya ta’sischisi dr.Devid Greskovits bilan uchrashdi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatiga ISO 9001 standarti joriy etiladi

ISO 9001 standarti dunyodagi eng mashhur sifat menejmenti tizimi standarti bo‘lib, dunyo bo‘ylab 180 mamlakatlardagi tashkilotlarni sertifikatlashtirgan. Mazkur standart Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan eʼlon qilingan 9000 seriyali standartlardan muvofiqlikni baholash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona standartdir.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Rasmiy munosabat

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda "Benzonal" dori vositasining taqchilligi bo'yicha turli xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi quyidagilarni ma’lum qiladi.

“Benzonal” (xalqaro patentlanmagan nomi – benzobarbital) preparati vrach retsepti asosida beriladigan dori vositasi hisoblanadi. U kelib chiqishi turli bo‘lgan, shu jumladan fokal va Djekson xurujlari hollarida, shuningdek, tutqanoqning talvasali shakllarini davolashda qo‘llanadi.

Yurtimizda tarkibida benzobarbital moddasini saqlovchi 6 nomdagi (3 ta xorijiy va 3 ta mahalliy) dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan tibbiyot amaliyotida foydalanishga ruxsat berilgan.

Jumladan, Rossiyaning “Usole-Sibirskiy ximfarmzavod”, “TatXimFarmPreparati” hamda Armanistonning “Arpimed” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Benzonal” savdo nomidagi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz “Neogalenpharm”, “Remedy Group” va “Merrymed Farm” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan “Benzonal-NGP”, “Benzonal-RG”, “Mer Benzonal” savdo nomidagi dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi “Benzonal” dori vositasini erkin muomalaga chiqarilishida hech qanday to‘siq va cheklovlar yo‘qligini ma’lum qilib, mazkur preparatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashtirishda mahalliy va chet el ishlab chiqaruvchilariga o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.

Ayni kunlarda aholining ushbu dori vositasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Официальное разъяснение

В социальных сетях распространяется информация о дефиците лекарственного препарата «Бензонал». Центр безопасности фармацевтической продукции при Министерстве здравоохранения сообщает по этому поводу следующее:

«Бензонал» (международное непатентованное наименование – бензобарбитал) – это лекарственный препарат, который назначается по рецепту врача. Он применяется для лечения эпилептических приступов различного генеза, в том числе фокальных и джексоновских, а также судорожных форм эпилепсии.

В нашей стране государственную регистрацию и разрешение на применение в медицинской практике имеют лекарственные препараты 6 наименований (3 – зарубежных и 3 – отечественных), содержащих бензобарбитал. Это:

лекарственное средство с торговым наименованием «Бензонал» производства российских компаний АО «Усолье-Сибирский химфармзавод», АО «Татхимфармпрепараты» и армянской компании ООО «Арпимед», а также лекарственные средства с торговыми наименованиями «Бензонал-NGP», «Бензонал-RG», «Мер Бензонал» местных компаний-производителей «Neogalenpharm», «Remedy Group» и «Merrymed Farm».

Центр безопасности фармацевтической продукции сообщает, что каких-либо препятствий или ограничений для свободного обращения препарата «Бензонал» нет и выражает свою готовность оказать помощь отечественным и зарубежным производителям в государственной регистрации и сертификации данного препарата в рамках своих полномочий.

В настоящее время в целях удовлетворения потребности населения в данном лекарственном препарате компетентными организациями принимаются соответствующие меры.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Kontrafaktga qarshi kurash – 2023” XI xalqaro forumi o’z ishini boshladi

Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O’zbekiston tomonidan Sog’liqni saqlash vaziligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Россияга расмий ташрифи доирасида бугун Қозон шаҳрида қатор тадбирлар бўлиб ўтди.

В рамках официального визита Президента Шавката Мирзиёева в Россию сегодня состоялся ряд мероприятий в городе Казани

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
💊 Tayyorlanadigan va tayyorlangan dori vositalarining sifati qanday nazorat qilinadi?

"Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq, dorixonada tayyorlanadigan va tayyorlangan dori vositalarining sifatini nazorat qilish quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:

qabul qilish nazorati;
yozma nazorat;
og‘zaki nazorati;
organoleptik nazorat;
fizikaviy nazorat;
kimyoviy nazorat;
tayyorlangan dori vositalarini tarqatishdan oldingi nazorat.

❗️Barcha tayyorlangan dori vositalari tarqatib yuborish chog‘ida albatta yozma, organoleptik nazorat qilinishi shart.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasiga qanday talablar qo'yilgan?

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 06.10.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (06.10.2023)

@uzpharmcontrol
Mutaxassislarimiz Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universitetiga tashrif buyurdi

Avval xabar berganimizdek, "Kontrafaktga qarshi kurash – 2023” XI xalqaro forumida ishtirok etayotgan vakillarimiz bugun Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Markaz mutaxassislari Elvira Svechnikova va Murodjon Kahorov universitet rektori Igor Narkiyevich bilan uchrashdi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom"ga muvofiq:

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda nazorat kassa-mashinasi hamda to‘lov terminallaridan foydalanish talablariga rioya etilishi shart!

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Tibbiy o‘lchash vositalari doimiy ravishda nazoratdan o'tkazilishi lozim

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiy muassasalar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari:

🧭 O‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnikaning metrologik nazorati o‘tkazilishini; tibbiy texnikaning davriy sinovlardan o‘tkazilishini; tibbiy texnikaning metrologik ta’minoti va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul xodimlar malakasini oshirishni ta’minlashi belgilangan.

Mazkur masalalar bo'yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Qiyoslash laboratoriyasi o'z xizmatlarini taklif etadi. Buning uchun arizangizni quyidagi namuna shaklida farmkomitet@ssv.uz elektron manziliga yo'llang.

Batafsil ma'lumot olish uchun:
(90) 929-53-47; (90) 315-86-89

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Россияга расмий ташрифи: самарали музокаралар ва муҳим келишувлар

Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Россию: плодотворные переговоры и важные договоренности

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘tgan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim postlar:

👉 Toshkent farmatsevtika instituti TOP-1000 reytingga kirish uchun daʼvogar sifatida qayd etildi

👉 Dorixona sharoitida inyeksion va infuzion dori vositalarini tayyorlashga qanday talablar qo'yilgan?

👉 Metrologiya sohasida xususiy sektor faoliyati kengaytiriladi - Senat

👉 Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Dryu Vaysman va Katalin Karikoga berildi

👉 Turli dori vositalarini aralash qabul qilish xavfli nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqaradi

👉 Dorixonada tayyorlangan steril eritmalar sifatini nazorat qilishga doir qanday talablar qo'yilgan?

👉 "Meditop Pharmaceutical Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

👉 SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatiga ISO 9001 standarti joriy etiladi

👉 Ijtimoiy tarmoqlarda "Benzonal" dori vositasining taqchilligi bo'yicha tarqalgan turli xabarlar yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rasmiy munosabat bildirdi

👉 "Kontrafaktga qarshi kurash – 2023” XI xalqaro forumi bo'lib o'tdi

👉 Tayyorlanadigan va tayyorlangan dori vositalarining sifati qanday nazorat qilinadi?

👉 Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasiga qanday talablar qo'yilgan?

👉 Mutaxassislarimiz Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universitetiga tashrif buyurdi

👉 Tibbiy o‘lchash vositalari doimiy ravishda nazoratdan o'tkazilishi lozim

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
Abu Ali Ibn Sino "Biofarmatsiya" fanining asoschisimi?

Dori turlarining tana aʼzolariga taʼsir qilishida ularning tashqi ko‘rinishi, hidi, mazasi, rangi, qovushqoqligining ahamiyati hamda mijoz, yaʼni tananing issiqlik yoki sovuqlikka moyilligining o‘zaro bog‘liqligi Ibn Sino tomonidan chuqur o‘rganilgan.

Bu xususiyatlar chuqur tahlil qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda yangi yo‘nalish bo‘lgan "Biofarmatsiya" fanining asosi bo‘lib hisoblanadi. Afsuski, dori tayyorlashga oid ko‘pchilik asarlarda amerikalik olimlar Levi va Vagner biofarmatsiyaning asoschilari deb hisoblanadi.

Vaholanki, bu olimlar «biofarmatsiya» atamasini birinchi marta 1961-yilda qo‘llaganlar, xolos.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini nojo'ya ta'siri kuzatilganda nima qilish kerak?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmakologiya qo'mitasi bosh mutaxassisi Botir Mavlyanov dori vositalarini qo'llash va nojo'ya ta'sirlar kuzatilganda ahamiyat berish kerak bo'lgan muhim jihatlar to'g'risida ma'lumot berdi.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga muvofiq:

Dori vositasi qadog'idagi yorliqlar aniq, tushunarli tarzda, oson ko‘rinadigan va o‘chmaydigan harflar bilan, yaxshi o'qiladigan shriftda yozilgan bo'lishi va mahsulotning butun yaroqlilik muddati davomida saqlanishi kerak.
--
Маркировка упаковки лекарственного средства наносится четкими, разборчивыми, легко заметными и несмываемыми буквами, хорошо читаемым шрифтом и должна сохраняться в течение всего срока годности лекарственного средства.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции  

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ijtimoiy dorixonaning oddiy dorixonadan qanday farqi bor?

Dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini chakana narxlarda, xarid narxining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi eng kam chakana savdo ustamasi bilan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega farmatsevtika mahsulotlarini qat’iy belgilangan narxlarda sotish, dori vositalarini imtiyozli retseptlar bo‘yicha tavsiya qilish ijtimoiy dorixonaning asosiy faoliyat turlari sanaladi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube