Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.24K photos
708 videos
502 files
3.15K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Реестр референтных цен 19.09.2023.pdf
13.5 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (19.09.2023)

@uzpharmcontrol
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.I.ning boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonida 150 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi mavjudligi aniqlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu dori vositalarini 400 AQSH dollariga o‘tkazgan I.Sh.ning yonidan 36 dona qizil va oq rangli dori vositalari hamda AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Xalqaro tibbiyot ko’rgazmasi o'z ishini boshladi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-21-22 sentabr kunlari poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “UzMedExpo – 2023” XV Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi. Bugun rasman start olgan ko'rgazmada O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Rossiya, Turkiya davlatlaridan 80 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ijtimoiy tarmoqlarda 4 ming 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan

Biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, shifobaxsh va maʼdanli suvlarning reklamasida qayd etilgan xususiyati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligidan 150 dan ortiq holat bo‘yicha eskpert xulosasi olinib, 103 ta holat bo‘yicha kamchiliklar bartaraf etilgan.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 Новости мировой фармацевтики

FDA одобрило Ojjaara от GSK против миелофиброза

Британская GSK получила одобрение FDA на пероральный препарат для лечения анемии у пациентов с типом рака костного мозга, называемым миелофиброзом. В июле 2023 года регулятор отложил принятие решения по данной заявке и потребовал дополнительные данные об исследованиях.

Ученые выяснили, почему у людей с диабетом раны заживают медленнее

Исследователи из Университета Питтсбурга объяснили, почему раны при диабете заживают медленно. Сделано открытие, показавшее, что снижение скорости заживления ран у людей с диабетом связано с нарушением функций экзосом. Это наноразмерные «частицы-посредники», выделяемые клетками в межклеточную среду.

Акционеры Novartis одобрили выделение Sandoz

Акционеры швейцарской фармацевтической компании Novartis AG на внеочередном собрании одобрили выделение подразделения Sandoz, производящего препараты-дженерики и биосимиляры, говорится в пресс-релизе Sandoz.

J&J представила новый логотип и сменила название Jannsen

Johnson & Johnson обновила логотип и представила новый визуальный стиль. Новый имидж должен отразить изменения в компании, которая теперь «уделяет исключительное внимание инновациям в сфере здравоохранения и решению самых сложных проблем» в этой области, говорится на сайте производителя.

GMP-конференция 2023 года: теория и практика в формате мастер-класса

29 сентября на площадке VIII Всероссийской GMP-конференции с международным участием в Екатеринбурге пройдет мастер-класс, который будет состоять из двух частей – теоретической и практической.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Markaziy Osiyo muvofiqlashtiruvchi organlari uchrashuvi” tashkil etildi

Ayni kunlarda Qozog‘istonda Amerika Qo‘shma Shtatlari Farmakopeyasi Konvensiyasi – USP va Qozog‘iston Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish milliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyo muvofiqlashtiruvchi organlari uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Rasmiy bayonot

Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.

Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.

Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 22.09.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (22.09.2023)

@uzpharmcontrol
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятининг Чуст туманида юз берган болалар соғлиғи билан боғлиқ нохуш ҳолатдан қаттиқ ташвишда, улар тез фурсатда соғайиб кетишини тилайди. Давлат раҳбари бу борадаги вазият тўғрисида ахборотни мунтазам олиб бормоқда. Вилоят ҳокими ва масъулларга масалани алоҳида назоратга олиш, сабабларини аниқлаш ва тегишли таклифлар киритиш бўйича топшириқлар берилган.

Президент Шавкат Мирзиёев глубоко встревожен происшествием, связанным со здоровьем детей, в Чустском районе Наманганской области, желает им скорейшего выздоровления. Глава государства регулярно получает доклад о ситуации. Хокиму области и ответственным лицам даны поручения взять ситуацию под особый контроль, выявить причины и внести соответствующие предложения.

Facebook|Instagram|Twitter
"Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq:

Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Markaz laboratoriyalari mutaxassislari uchun navbatdagi o'quv kursi tashkil etildi

Shu yil 18-22 sentabr kunlari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari uchun "O'z DSt ISO/IEC 17043:2015 Muvofiqlikni baholash. Malakani tekshirish uchun umumiy talablar" mavzusida malaka oshirish o'quv kursi bo'lib o'tdi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Antibiotiklar virusni, jumladan shamollash va grippni davolamaydi!

Antibiotiklarni qachonki shikofor sizga resept bilan tayinlasa, shundagina uning nazorati ostida qo‘llashingiz mumkin.

Qo‘llayotgan antibiotiklaringizni boshqa insonlarga (xususan oila a’zolaringizga ham) bermang!

Infeksiya yuqishini oldini olish maqsadida doimo qo‘llaringizni yuvib yuring.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
25 sentabr - Butunjahon farmatsevtlar kuni

Butunjahon farmatsevtlar kuni 2009 yilda Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro farmatsevtlar federatsiyasi Kengash yig'ilishi tomonidan har yili 25-sentabr kuni nishonlanishi belgilangan. An’anaga ko‘ra, Xalqaro farmatsevtlar federatsiyasi soha mutaxassislarini shu kunda insonlar salomatligini yaxshilashda farmatsevtlarning rolini namoyish etuvchi turli tadbirlarni o‘tkazishga chorlaydi.

Fursatdan foydalanib, SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi sohada faoliyat yuritayotgan barcha farmatsevtlar va soha mutaxassilarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Immunobiologik preparatlar sifatini nazorat qiluvchi yurtimizdagi yagona laboratoriya

Tashkil etilganiga salkam 30 yil bo‘lgan, yuksak malaka va uzoq yillik tajribaga ega yuqori toifali soha mutaxassislari faoliyat yuritayotgan “Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi” Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining tayanch laboratoriyalardan biri hisoblanadi. Laboratoriya dori vositalari va tibbiyot buyumlarining mikrobiologik, biologik, immunobiologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Vengriyaning "EGIS" kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev, Vengriya farmbozorida nufuzli o‘rinda turuvchi "EGIS" kompaniyasi ijrochi direktori Csaba Poroszlai boshchiligidagi deligatsiyani qabul qildi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“SAMO” MCHJ korxonasining farmatsevtik faoliyati bo’yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda

SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “SAMO” MChJ korxonasida farmatsevtik faoliyat bo’yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv davomida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lish va korxona tomonidan majburiy rioya qilish shart bo’lgan litsenziya talab va shartlari bo’yicha holatlar o’rganilmoqda.

Shuningdek, Markazning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalari tomonidan “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti”ga muvofiq, “Antistrumin” dori vositasining xavfsizlik ko‘rsatgichlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tahlil jarayonlari ketmoqda.

Shu o‘rinda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi keng jamoatchilikka murojaat qilib, tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu dori vositasi bilan bog‘liq holat sabablari aniqlanib, maʼlum qilinmaguncha, asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qoladi.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga muvofiq:

Dori vositalarini ishlab chiqarishda inson organizmiga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfni to‘g‘ri baholash yo‘li bilan uning samaradorligi shuningdek, asosiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlanishi va ta’minlanishi kerak.
--
При разработке лекарственных средств должны быть определены и обеспечены основные показатели безопасности лекарственного средства путем осуществления надлежащей оценки потенциальных рисков вредного воздействия лекарственного средства на организм человека, а также на его эффективность.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции  

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
IV Yevroosiyo farmatsevtika sammiti o‘z ishini boshladi

UZ:
Global Pharmaceutical Leaders’ Club tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan IV Yevroosiyo farmatsevtika sammiti o‘z ishini boshladi.

Eslatib o'tamiz, bu galgi sammitga go'zal va hamisha navqiron Samarqand shahri mezbonlik qilmoqda.
--
RU: IV Евразийский фармацевтический саммит, организованный Global Pharmaceutical Leaders’ Club совместно с Агентством по развитию фармацевтической отрасли и Центром безопасности фармацевтической продукции, начал свою работу.

Напоминаем, что в этом году саммит проходит в красивом и вечно молодом городе Самарканде.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
LIVE: Yevroosiyo farmatsevtika sammiti

UZ:
To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev boshchiligida Markaz mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
--
RU: В этом престижном мероприятии, которое проводится уже в четвертый раз, принимает участие и группа специалистов Центра безопасности фармацевтической продукции во главе с его директором Агзамом Нартаевым.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
LIVE: Yevroosiyo farmatsevtika sammiti

UZ:
Sammitda so‘zga chiqqan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev O‘zbekistonda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi hamda qalbaki, sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar shuningdek, farmatsevtika faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarini qayta ko'rib chiqish taklifi xususida to‘xtalib o‘tdi.
--
RU: Выступивший на саммите директор Центра безопасности фармацевтической продукции Агзам Нартаев рассказал о порядке государственной регистрации лекарственных средств, изделий медицинского назначения и медицинской техники в Узбекистане, а также о проводимой работе по борьбе с оборотом фальсифицированных, недоброкачественных лекарственных средств и изделий медицинского назначения.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube