Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.24K photos
708 videos
502 files
3.15K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Реестр референтных цен 15.09.2023.pdf
13.6 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (15.09.2023)

Referent narx haqida batafsil
bu manzilda tanishasiz.

@uzpharmcontrol
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiy o‘lchash vositalari doimiy ravishda nazoratdan o'tkazilishi lozim

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha tibbiy texnikalar metrologik nazoratidan o‘tkazilishi lozim.

Hurmatli mutaxassislar, yurtimizdagi davlat va nodavlat tibbiyot muassalari rahbarlari! Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Qiyoslash laboratoriyasi tibbiy o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha o'z xizmatlarini taklif etadi.

Arizangizni quyidagi namunani to'ldirgan holda farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yo'llashingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot olish uchun:
(90) 929-53-47; (90) 315-86-89

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Aholiga 3,2 mlrd so‘m miqdordagi sifatsiz dorilar sotilishining oldi olindi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov maʼlum qildi. Shu bilan bir qatorda, kuchli taʼsir qiluvchi, narkotik hamda psixotrop moddalarni saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq fosh etilgan 90 ta jinoyat ishi doirasida 423 mln so‘mlik dori vositalari noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️ TAYINLOV

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nartayev Agzam Orumbayevich vazirlik huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori etib tayinlandi.

A. Nartayev o‘z faoliyati davomida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda bir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavsizligi markazi” davlat muassasasining Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizdagi har uchinchi bola yod tanqisligidan aziyat chekmoqda. Ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich 80 foizgacha yetadi.

Prezident qaroriga ko'ra, 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar maktab va bog‘chalarda yod preparatlari bilan bepul ta’minlanadi. Shuningdek, har chorshanba kuni umumrespublika yod ichish kuni etib belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Необходимо ли проводить сравнительные испытания медицинских измерительных приборов?

Минздрав утвердил перечень медицинских средств измерений и испытательных приборов, подлежащих метрологической проверке. В список вошли 37 видов средств измерений и испытательных приборов, предназначенных для медицины.

👉 Подробно

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции                   

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Toshkent farmatsevtika institutida masʼul lavozimlarda ishlagan farmatsevt, Oliy ta‘lim a‘lochisi, professor Latif Ikromov 91 yoshida vafot etdi.

Latif Ikromov 1932 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. 1954 yilda Toshkent farmatsevtika institutini tomomlab, aspiranturadagi tahsilini Moskva farmatsevtika institutida davom ettirgan.

Moskvadan qaytgach, mehnat faoliyatini Toshkent farmatsevtika institutida “Sud kimyo kursida” assistent sifatida boshlagan.

1959-1996 yillarda kunduzgi farmatsiya fakultetining dekani, “Farmatsevtik kimyo” kafedrasida katta o‘qituvchi, “Sud kimyo kursi”da dotsent, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, ilmiy kengash kotibi kabi mas‘ul lavozimlarda ishlagan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mehnat faoliyatini farmatsevtika sohasiga baxsh etgan jonkuyar pedagog Latif Ikromovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘tgan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim postlar:

👉 96 million so‘mlik dori vositalari fosh etildi

👉 KOICA va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorlikni yo’lga qo’yadi

👉 Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

👉 Farmmahsulotlarini sertifikatlashitirishda qanday hollarda namuna tanlab olinmaydi?

👉 Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan 2023 yilning 9 oyi davomida 1660 ta tibbiy o‘lchash vositasi qiyoslandi

👉 Antibiotiklarni qo‘llash chog‘ida anafilaktik yoki allergik shok kuzatilganda nima qilish kerak?

👉 Dori vositalarini saqlash va qabul qilishda nimalarga e'tibor berish kerak?

👉 Tibbiy o‘lchash vositalari doimiy ravishda nazoratdan o'tkazilishi lozim

👉 Aholiga 3,2 mlrd so‘m miqdordagi sifatsiz dorilar sotilishining oldi olindi

👉 Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nartayev Agzam Orumbayevich vazirlik huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

👉 Toshkent farmatsevtika institutida masʼul lavozimlarda ishlagan farmatsevt, Oliy ta‘lim a‘lochisi, professor Latif Ikromov 91 yoshida vafot etdi

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti o‘tkaziladi

Shu yil 26-28 sentyabr kunlari Samarqandda “Global Pharmaceutical Leadersʼ Club“ tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘magida IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti o‘tkaziladi. Unda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendensiyalari muhokama qilinadi.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.

☑️ Asos: O'RQ-399-son 04.01.2016

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Nyu-Yorkda bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi va AQSHdagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Президент Шавкат Мирзиёев 18 сентября провел Нью-Йорке ряд двусторонних встреч и диалог с соотечественниками в США

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 19.09.2023.pdf
13.5 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (19.09.2023)

@uzpharmcontrol
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.I.ning boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonida 150 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi mavjudligi aniqlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu dori vositalarini 400 AQSH dollariga o‘tkazgan I.Sh.ning yonidan 36 dona qizil va oq rangli dori vositalari hamda AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Xalqaro tibbiyot ko’rgazmasi o'z ishini boshladi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-21-22 sentabr kunlari poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “UzMedExpo – 2023” XV Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi. Bugun rasman start olgan ko'rgazmada O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Rossiya, Turkiya davlatlaridan 80 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ijtimoiy tarmoqlarda 4 ming 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan

Biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, shifobaxsh va maʼdanli suvlarning reklamasida qayd etilgan xususiyati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligidan 150 dan ortiq holat bo‘yicha eskpert xulosasi olinib, 103 ta holat bo‘yicha kamchiliklar bartaraf etilgan.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 Новости мировой фармацевтики

FDA одобрило Ojjaara от GSK против миелофиброза

Британская GSK получила одобрение FDA на пероральный препарат для лечения анемии у пациентов с типом рака костного мозга, называемым миелофиброзом. В июле 2023 года регулятор отложил принятие решения по данной заявке и потребовал дополнительные данные об исследованиях.

Ученые выяснили, почему у людей с диабетом раны заживают медленнее

Исследователи из Университета Питтсбурга объяснили, почему раны при диабете заживают медленно. Сделано открытие, показавшее, что снижение скорости заживления ран у людей с диабетом связано с нарушением функций экзосом. Это наноразмерные «частицы-посредники», выделяемые клетками в межклеточную среду.

Акционеры Novartis одобрили выделение Sandoz

Акционеры швейцарской фармацевтической компании Novartis AG на внеочередном собрании одобрили выделение подразделения Sandoz, производящего препараты-дженерики и биосимиляры, говорится в пресс-релизе Sandoz.

J&J представила новый логотип и сменила название Jannsen

Johnson & Johnson обновила логотип и представила новый визуальный стиль. Новый имидж должен отразить изменения в компании, которая теперь «уделяет исключительное внимание инновациям в сфере здравоохранения и решению самых сложных проблем» в этой области, говорится на сайте производителя.

GMP-конференция 2023 года: теория и практика в формате мастер-класса

29 сентября на площадке VIII Всероссийской GMP-конференции с международным участием в Екатеринбурге пройдет мастер-класс, который будет состоять из двух частей – теоретической и практической.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Markaziy Osiyo muvofiqlashtiruvchi organlari uchrashuvi” tashkil etildi

Ayni kunlarda Qozog‘istonda Amerika Qo‘shma Shtatlari Farmakopeyasi Konvensiyasi – USP va Qozog‘iston Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish milliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyo muvofiqlashtiruvchi organlari uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Rasmiy bayonot

Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.

Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.

Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 22.09.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (22.09.2023)

@uzpharmcontrol