Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.24K photos
707 videos
502 files
3.15K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

Dorixonalar binosining kirish qismida dorixonaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan peshlavha bo‘lishi kerak.

Dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishi kerak.

Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha dorixonalar dori vositalari va tibbiy buyumlarning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq sotilishini ta’minlashi shart.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3455, 31.08.2023 y. ) bilan yangilangan asosiy dori vositalari roʻyхati (ADVR) tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari roʻyхatini tuzish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq ADVR Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

📑 Mazkur roʻyхatdan tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda, хaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda, хodimlarni uni toʻgʻri qoʻllashga oʻrgatish, mahalliy farmatsevtika korхonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirishda, asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narхini shakllantirishda foydalaniladi.

Dori vositalari хalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli koʻrsatilgan holda ADVRga kiritiladi. Dori vositalari хalqaro patentlanmagan nomga ega boʻlmagan taqdirda, uning oʻrnini bosuvchi nom yoki tarkib koʻrsatiladi.

Yangi ro'yxatda 65 guruhga mansub dori vositalari o'rin egallagan. Batafsil bu manzilda tanishishingiz mumkin.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

Только сплоченные – мы единый народ, только вместе – мы сильная страна! С 32-летием независимости Республики Узбекистан, дорогие соотечественники!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sog'liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklaydi.

Xalqimiz farovonligi,
yurtimiz tinchligi abadiy bo'lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Salomatlik tuman boylik deb bejizga aytishmagan. Yurtdoshlarimiz va kelajak avlod sog‘ligini muhofaza qilish, ularni har tomonlama bezarar, sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga aynan shu yo'nalishda bir qator vazifalar yuklangan.

Markaz matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan ushbu lavhada sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritiladi.

👉 Full HD видео

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati              

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Компания Rommelag проведет семинар совместно с Центром безопасности фармацевтической продукции

Уважаемые предприниматели, ведущие деятельность в фармацевтической отрасли, представители и специалисты сферы!

Швейцарская компания Rommelag и Центр безопасности фармацевтической продукции приглашают вас на семинар «Система и технология BFS», который пройдет в Ташкенте.

На мероприятии квалифицированные специалисты представят новую продукцию, созданную на основе инновационных технологий компании Rommelag, расскажут об опыте работы с системой BFS и других новшествах в сфере.

☑️ Для участия в семинаре зарегистрируйтесь по ссылке ниже.

Время: 13 сентября 2023 года
Адрес: "InterContinental Tashkent" hotel

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции                   

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Bilasizmi

Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ular haqidagi ma’lumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar uchun ko‘rinadigan boshqa joylarga qo‘yish ta’qiqlanadi.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sizni hayratlantiruvchi, dunyoning
eng go‘zal, yetti dorixonasi (1-qism)

Dunyoda ko‘p asrlik tarixga ega yoki zamonaviy sanʼat asariga tenglashtirsa arzigulik ko‘plab dorixonalar mavjud. Yashil xoch belgisi, shaffof oynali tokchalar, oq xalatlar - bu dorixona haqida gap ketganda ko‘z oldimizga keladigan birinchi tasavvurlar.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dorivor o‘simlik mahsulotlarining sifatli bo‘lishi ularni o‘z vaqtida yig‘ib olinishida

Butun dunyo tibbiyot va farmatsiyasi taraqqiyotiga Ibn Sino o‘zining g‘oyat katta taʼsirini o‘tkazgani sir emas. Uning davrida farmatsiya mustaqil fan sifatida ajralmagan edi. Biroq Ibn Sino o‘zining farmatsevtika masalalariga oid fikrlarini buyuk asari bo‘lmish “Tib qonunlari”ning ayrim kitoblarida bayon etgan. Ulug‘ hakim dorivor o‘simlik mahsulotlarini sifatli bo‘lishi ularni o‘z vaqtida yig‘ishdan boshlanishini yaxshi bilgan.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dorixonalarda kuzatuv kamerasi bo'lishi majburiy hisoblanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq:

2020-yil 1-yanvardan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishdagi litsenziya talabi hisoblanadi (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno).

Mazkur talabning muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilishi litsenziyaning amal qilishini o‘rnatilgan tartibda tugatish uchun asos bo‘ladi.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘tgan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim postlar:

👉 Dori vositalarini qanday tog'ri qabul qilish kerak?

👉 Dori vositalarini saqlash xonalariga joylashtirishda farmakologik tartib hisobga olinishi lozim

👉 Qalbaki dori vositalarini qanday farqlash mumkin?

👉 Markazda Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

👉 Qanday holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi?

👉 Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining bir guruh mutaxassislari “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

👉 Dori vositalarini to‘g‘ri saqlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

👉 Tibbiy vositalarni noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

👉 O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi 3-jildini nashr etish ishlari yakunlanmoqda

👉 Yangilangan asosiy dori vositalari roʻyхati (ADVR) tasdiqlandi

👉 Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyati haqida ma'lumot berildi

👉 Dorixonalarda kuzatuv kamerasi bo'lishi majburiy hisoblanadimi?

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Reimbursatsiya bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini bepul olish imkonini beradi.

Reimbursatsiya dasturiga Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositasi kiritilgan.

Bu dori vositalarini qanday tartibda olish haqida yuqoridagi videolavhada tanishasiz.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Biofaol qo‘shimchalarning dori vositalaridan farqli jihatlari nimada?

Biologik faol qo‘shimchalar – inson organizmidagi fiziologik buzilishlarni oldini olish hamda sog‘lom balansni tiklash maqsadida ratsionini maqbul darajaga yetkazish yoki organizmni zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanib, davolovchi ta’sirga ega emas.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
💊 Dori vositalarini saqlashning umumiy xavfsizlik talablariga muvofiq, muassasa saqlash xonalarida dori vositalari quyidagi tartibda alohida-alohida qilib joylashtiriladi:

farmakologik gruppasiga ko‘ra;
qo‘llanish usuliga (ichki, sirtqi) ko‘ra;
agregat holatiga (suyuqlik, sochiluvchi va gaz holatida) ko‘ra;
dori vositalarining fizik va kimyoviy xususiyatlari va tashqi muhitning har xil omillari ta’siriga ko‘ra.

❗️Nomlari bir-biriga o‘xshash dori vositalarini va ichiladigan dozasi katta farq qiladigan dori vositalarini yonma-yon qo‘yib joylashtirish man etiladi.

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️Eslatma:

Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.

Asos: PQ-2647-son 26.12.2016

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sizni hayratlantiruvchi, dunyoning
eng go‘zal, yetti dorixonasi (2-qism)

AQSHda joylashgan yana bir go‘zallik - Nyu-Yorkning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan Manxettendagi mashhur Kiehl‘s dorixonasi. Kiraverishda mijozlarni Mr. Bones (Janob suyaklar) kutib oladi - oq xalat qiygan skelet – muassasaning o‘ziga xos tumori. XIX asrda, dorixona faoliyatini boshlaganda, farmatsevtlar Mr. Bones yordamida tashrif buyuruvchilarga dori vositalarining taʼsir qilish tamoyilini tushuntirganlar.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 Новости мировой фармацевтики

Novo Nordisk стала самой дорогой публичной компанией Европы

Датский производитель фармацевтических препаратов Novo Nordisk ненадолго сместил LVMH с позиции самой дорогой котируемой компании Европы на внутридневных торгах в пятницу. Акции Novo Nordisk выросли примерно на 17% после того, как 8 августа были опубликованы результаты крупного исследования препарата против ожирения Wegovy.

Автоматизированную аптеку разработали в Беларуси: лекарства там будут дешевле

Компания Eday Robotics из Гомеля разработала первую в стране аптеку-робота. Над проектом резиденты местного технопарка «Коралл» работали больше года. Среди плюсов автоматизированной аптеки – круглосуточный доступ к лекарствам и онлайн-консультации с фармацевтом. Также утверждается, что препараты здесь обойдутся дешевле.

FDA предоставило препарату Xtandi статус Priority Review для некоторых пациентов с раком простаты

Управление по санитарному надзору за качеством пищевых продуктов и медикаментов (FDA) США предоставило статус Priority Review препарату Xtandi (enzalutamide) от Pfizer и Astellas Pharma для лечения пациентов с неметастатическим кастрационно-чувствительным раком простаты (non-metastatic castration-sensitive prostate cancer, nmCSPC), также имеющим биохимический рецидив высокого риска (high-risk biochemical recurrence, BCR).

Разработан первый в мире пероральный препарат, снижающий содержание генетической формы «плохого холестерина»

Исследователи из Университета Монаша (Monash University) разработали и протестировали первый в мире пероральный препарат Мулвалаплин (Mulvalaplin, LY3473329), снижающий уровень липопротеина Lp(A). Препарат нацелен на форму холестерина, которая ранее не поддавалась лечению и во многом обусловлена генетикой. Исследования показали, что высокий уровень Lp(A), увеличивает вероятность сердечного приступа или инсульта, особенно у людей с семейной гиперхолестеринемией.

Российские учёные придумали, как избежать бактериального заражения имплантов

Учёные из МФТИ, Института биохимии и генетики УФИЦ РАН и Тамбовского государственного технического университета совместно разработали специальные покрытия, которые могут защитить импланты, вживляемые в человеческий организм, от микробных инфекций. Эти импланты, такие как протезы и медицинские устройства, используются для замещения или улучшения работоспособности органов и тканей в организме.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OAVda berilayotgan ayrim reklamalarda isteʼmolchilarni chalg‘ituvchi maʼlumotlardan foydalanilayotganligi sababli aholi orasida tushunmovchiliklar (BFQ/BADlarni dori vositasi sifatida, qaysidir bir kasallikdan davolanish yoki forig‘ bo‘lish maqsadida qabul qilish holatlari) kelib chiqmoqda.

Xo‘sh, biologik faol qo‘shimchalar o‘zi nima?

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 05.09.2023.pdf
13.5 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (05.09.2023)

Referent narx haqida batafsil bu manzilda tanishasiz.

@uzpharmcontrol
Tibbiy o'lchash vositalari qiyoslash tekshiruvidan o'tkazilishi shartmi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatda tibbiyot uchun mo‘ljallangan 37 turdagi o‘lchash vositalari va sinov vositalari o‘rin egallagan.

👉 Batafsil o'qish

SSVning Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube