Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.24K photos
705 videos
502 files
3.14K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
❗️OAV: Rossiyada 200 ga yaqin dori sotuvi to‘xtatilishi mumkin

«Xolod» nashriga ko‘ra, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarini RFda ko‘plab dori vositalari, jumladan, antibiotiklar ishlab chiqarish hamda import qilish to‘xtatilgani haqida xabardor etgan.

Rossiyaliklar 200 ga yaqin dori vositalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘z bo‘ysunuvidagi tibbiyot muassasalariga yo‘llagan maktubida Rossiyada ishlab chiqarilishi va import qilinishi to‘xtatiladigan 196 ta xorijiy dori vositalari sanab o‘tilgan.

Unga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga ba’zi antibiotiklar, OIV infeksiyasi, saraton, epilepsiya, Parkinson kasalligi va ruhiy kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dorilar kiritilgan. Ro‘yxatga, shuningdek, anestetik va antipiretik vositalar, yo‘tal, qizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal, qizilcha va boshqa infeksiyalarga qarshi import qilinayotgan dorilar hamda vaksinalar kiradi.

Zamonaviy antibiotiklarning yo‘q bo‘lib ketishi - ayniqsa tashvishli.

Nashr ta’kidlashicha, eng katta tashvish Rossiyada ba’zi antibiotiklarning yo‘qolishi bilan bog‘liq. Sog‘liqni saqlash vazirligining ro‘yxatiga 14 ta antibiotik, antibakterial va antiviral preparatlar kiradi.

Ro‘yxatda keltirilgan bir qator dori vositalari eskirgan yoki rus analoglariga ega. Ayni paytda, rossiyalik jeneriklar import qilingan asl dori vositalaridan sifat jihatidan past va ko‘proq nojo‘ya ta’sirlarga ega, deya ta’kidlaydi nashr shifokorlarga tayanib.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Poytaxtimizda "UzMedExpo - 2023" –
XV Xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi

Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari:

▪️Tibbiyot jihozlari
▪️Stomatologiya
▪️Ortopediya va reabilitatsiya
▪️Farmatsevtika
▪️Tibbiyot turizmi
▪️Sarflanuvchi materiallar
▪️Go‘zallik va salomatlik

Ko‘rgazma xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashish, soha mutaxassislari bilan aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekistonning istiqbolli bozorida o‘z kompaniyangiz faoliyatini tanitish imkonini beradi.

O'tkazilish sanasi: 20-21-22 sentabr kunlari
Manzil: “O'zekspomarkaz” №1- pavilion.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘tgan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim postlar:

👉 Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

👉 Shifokor dori vositasini tayinlashda, bemor esa mazkur dori vositasini qabul qilishda nimalarga e'tibor berishi kerak?

👉 “Tapentadol” dori vositasi muomalada bo‘lishi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

👉 O‘zbekiston - Turkiya: Farmatsevtika sohasida aloqalar mustahkamlanmoqda

👉 Farmatsevtik faoliyatga litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi

👉 Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tovuqlar ostiga yashirgan shaxs fosh qilindi

👉 Deligatsiyamizning Turkiyaga safari davom etmoqda

👉 O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam olishadi

👉 Delegatsiyamiz TÜSEB va TÜSKA vakillari bilan uchrashdi

👉 Amerikalik olimlar spirtli ichimliklarga qaramlikni davolashning yangi usulini topishdi

👉 Poytaxtimizda "UzMedExpo - 2023" – XV Xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 Новости мировой фармацевтики

Новый антираковый препарат продлил жизнь детям с опухолью мозга
в два раз
а

Ученые из Мичиганского университета здравоохранения и Детского центра опухолей головного мозга Чада Карра установили, что новый антираковый препарат ONC201 способен почти в 2 раза повысить выживаемость детей с агрессивными опухолями головного мозга.

Зарегистрирован новый first-in-class препарат для борьбы с бронхиальной астмой

Компания «Астразенека» получила регистрационное удостоверение на лекарственный препарат «Тезспире» (МНН — тезепелумаб). Это первое в своём классе средство для лечения обструктивных заболеваний дыхательных путей.

FDA вынесло предупреждение Amazon, Walmart и другим компаниям за продажу незарегистрированных ЛП

Управление по санитарному надзору за качеством пищевых продуктов и медикаментов США (FDA) предупредило гигантов розничной торговли Amazon и Walmart, а также четыре другие компании о вероятных дисциплинарных мерах за распространение и маркетинг неутвержденных OTC-продуктов для лечения контагиозного моллюска, кожного заболевания.

Ученые разработали новые формы таблеток для улучшения эффективности лечения

Ученые из института Макса Планка разработали новые формы таблеток, которые позволят улучшить эффективность лечения. Обычные таблетки имеют стандартные формы, такие как круги или овалы, которые обеспечивают удобство их глотания, но не дают возможности контролировать высвобождение активных ингредиентов.

Taysha Gene Therapies ускорит разработку препарата против синдрома Ретта

Синдром Ретта - это редкое нарушение развития нервной системы, вызванное мутациями в Х-связанном гене MECP2, необходимом для нейрональной и синаптической функции в головном мозге.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalarini qanday tog'ri qabul qilish kerak?

Agar preparat kuniga bir marta buyurilgan bo'lsa, unda siz dori vositasini kunning istalgan vaqtida emas, balki bir vaqtning o'zida qabul qilishingiz kerak.

Agar preparatni kuniga ikki marta qabul qilish buyurilgan bo'lsa, unda dozalar orasidagi interval 12 soatga teng bo'lishi kerak (masalan, ertalab soat 8 da va kechqurun 20:00 da).

Agar preparatni kuniga ikki marta qabul qilish buyurilgan bo'lsa, unda dozalar orasidagi interval 8 soatgacha qisqartiriladi (masalan, soat 6.00 da, 14.00 da va 20.00 da).

❗️Dori vositalarini qabul qilishda albatta shifokor ko'rsatmasiga qat'iy amal qilish zarur!

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️Dori vositalarini saqlash xonalariga joylashtirishda farmakologik tartib hisobga olinishi lozim

Saqlash jarayonida bir oyda kamida bir marta idishlarning ahvoli, dori vositalari tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar ko‘zdan kechirilishi lozim. Idishlar zararlangan bo‘lsa, darhol ularning nuqsonlarini bartaraf etish yoki uning ichidagi dorini boshqa idishga solish kerak.

Dori vositalarining tashqi ko‘rinishi o‘zgargan bo‘lsa belgilangan tartibda ularning sifati tekshiriladi va ishlatishga yaroqliligi aniqlanadi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini xavfsiz qo‘llashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Ushbu animatsion videorolikda dori vositalarini qo‘llashda kuzatiladigan xatolar va ularning oldini olishga qaratilgan zarur tavsiyalar berilgan.

Hurmatli yurtdoshlar!

Dori vositalarni qo‘llash chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan holatda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga murojaat qiling.

Quyidagi havolada ko‘rsatilgan shakldagi xabarnomani farmakonadzor@ssv.uz elektron pochtasiga yoki 100002, Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy manziliga jo‘nating.

Murojaat uchun: (71) 203-01-01 | 4144

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
Qalbaki dori vositalarini qanday farqlash mumkin

Shoira Nazarova, Postmarketing nazorati boshqarmasi boshlig‘i:

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni 3-moddasida:

“Qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum” deb taʼrif berilgan.

Qalbakilashtirish ham tovar nomiga (savdo nomi), ham jenerik dori vositalariga tegishli bo‘lishi mumkin. Bunda, tarkibida tegishli yoki tegishli bo‘lmagan ingrediyentlar kiritilgan, faol moddalar yo'q yoki yetarli bo‘lmagan hamda sohta qadoqlangan mahsulotlarni kuzatishimiz mumkin. Ularni esa laboratoriya tahlil natijalari bo‘yicha sifatli yoki sifatsizligi aniqlanadi va tegishli hulosa beriladi.

☝️ Yuqoridagilardan kelib chiqib, dori vositasini xarid qilayotganda quyidagilarga eʼtibor berishimiz kerak:

💰 Narx – qalbaki dori vositalari dorixonalarda original dori narxiga nisbatan arzon bo‘ladi.

💊 Mahsulot qadog‘i – undagi harflar va raqamlar noaniq, tasvirlar xira va karton qutining o‘zi yupqa va shaklini yaxshi ushlamaydi.

📊 Seriya raqam, shtrix-kod, ishlab chiqarish sanasi tushunib bo‘lmaydigan darajada noaniq bo‘ladi.

📝 Qo'llash yo‘riqnoma varag‘i xuddi nusxalanganga o‘xshaydi. Qadoqdagi va dorining o‘z qolipidagi ishlab chiqarilgan sana va saqlash muddatlari bir biriga mos kelmasligi mumkin.

Xarid qilayotgan dori vositasida yuqorida sanab o‘tilgan belgilar sizni shubhalantirsa, dorixona tomonidan mazkur dori vositasiga tegishli muvofiqlik sertifikatini so‘rang. Agarda bunday sertifikat mavjud bo‘lmasa ushbu holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markazda Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

O'zbekiston mustaqilligining 32 yilligini Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Unda, Markaz xodimlari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olmazor tuman bo'linmasi, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi ma'sullari va Olmazor tuman Madaniyat bo'limi ijodkorlari qatnashdi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Qanday holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi?

Davolovchi shifokor tomonidan infografikada ko'rsatilgan holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, (01.07.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3277)

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 29.08.2023.pdf
13.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (29.08.2023)

@uzpharmcontrol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Milliy tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Президент ознакомился с условиями, созданными в Национальном медицинском центре

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari  xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
​​Soha fidoiylari mehnatlari e‘tirof etildi

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xususan, farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining bir guruh mutaxassislari “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular quyidagilar:

Abdullayev Saidislom Rustamovich — Farmakologiya qo‘mitasi raisi;

Abduraxmonov Baxrom Sunnatovich — Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi raisi;

Ishanxanov Shuxratxon Xikmatxonovich — Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i;

Kayumova Lobar Nurutdinova
Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi keyingi sifat nazoratini o‘tkazuvchi guruh bosh mutaxassisi;

Yusupova Ilixamiya Muxamedovna
Farmakopeya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalarini to‘g‘ri saqlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Ravshan Abdullayev, Farmakologik nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi:

— Eng avvalo dori vositasini qo‘llash yo‘riqnomasini diqqat bilan o‘qib chiqish va unga aniq amal qilish har doim juda muhim ekanligini tushunib olish lozim.

Taʼkidlash joiz, turli dori vositalari ko‘pincha 2° dan 25°gacha bo‘lgan diapazon oralig‘idagi haroratda saqlanadi. Bunda harorat, namlik va yorug‘lik ularni saqlash tartibida muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamma dori vositasini sovutgichda saqlash noto‘g‘ri

Xona harorati odatda 15°-25° gradus shuningdek, iqlim sharoitiga qarab 30°S gacha bo‘lgan harorat darajasini nazarda tutadi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab shkafda saqlashingiz maqsadga muvofiq.

8°dan 15° gradusgacha bo‘lgan salqin haroratda ayrim dori vositalarini sovutgichda saqlashga ruxsat beriladi

Bunda 8°S past haroratda fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni sovutgichda saqlash mumkin emas.

Dori vositalari sovuq joyda saqlash deganda sovutgichda 2°C dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlash tushuniladi

Bunda dori-darmonlarni sovutgichning devoriga yaqin joyda joylashtirib, ularning muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Odatda shamchalar (svecha), turli ko‘z tomchilar, linimentlar, inyeksiya eritmalari, ferment tabletkalari shu tarzda saqlanadi.

Sovutgichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlarni yonma-yon turishi qatʼiyan man etiladi

Dori-darmonlarni saqlashda yorug‘lik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham eʼtibor berish kerak. Agar ko‘rsatmada "qorong‘u joyda saqlang" deb aytilgan bo‘lsa, unda siz dori qadog‘ini yorug‘likdan to‘liq himoya qilishingiz kerak.

Quruq joyda havo namligi 50% dan oshmasligi kerak

Yodda tuting tibbiyot qutichasi (aptechka) suv va isitish moslamalari yaqinida bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatdan uzoqroq saqlash mumkin emas. Qadoq ochilgandan keyin odatda ko‘rsatmada yozilgan saqlash muddati sezilarli darajada kamayishi mumkin. Bundan tashqari, ochilgan preparatlar baʼzan boshqa sharoitlarda saqlanishi kerak bo‘ladi.

Dori vositalarini saqlash qoidalariga amal qiling va salomatligingizga aslo beeʼtibor bo‘lmang!

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
6 mlrd. soʻmlik tibbiy vositalarni noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlar va dori vositalarining yurtimizga yashirincha olib kirilishiga boʻlgan urinishlarga qarshi tegishli organlar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.N. oʻzining “Lasetti” rusumli avtomashinasidagi umumiy qiymati 50 million soʻmlik 163 dona tish uchun moʻljallangan tibbiy vositalarni fuqaro N. E. ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Tezkor tadbir Fargʻona viloyatida davom ettirilib, uning Margʻilon shahridagi yashash xonadoni va stomatologiyasi koʻzdan kechirilganida, tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 4 milliard soʻmlik 21 879 dona tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tadbirga aloqadar fuqaro F.D.ning ham Fargʻona viloyatidagi yashash xonadoni koʻzdan kechirilganida, xonadonda umumiy qiymati 1,5 mlrd. soʻmlik 9707 dona tish uchun tibbiy vositalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu shaxsning koʻrsatmasi asosida umumiy qiymati 450 million soʻmlik 3539 dona tish uchun vositalar noqonuniy saqlanyotgan manzillar aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 6 mlrd. soʻmlik 35 288 dona sifati kafolatlanmagan “stomatologik tibbiy vositalar” ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli maʼlumot berishi shart.

Bunda mazkur maʼlumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda isteʼmolchilarga yetkazilishi mumkin.

Asos: "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Rommelag kompaniyasi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazadi

Farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan hurmatli tadbirkorlar, soha vakillari va qadrli mutaxassislar!

Shvetsariyaning Rommelag kompaniyasi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi barchangizni "BFS tizimi va texnologiyalari" mavzusida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi seminarga taklif etadi.

Poytaxtimizda o‘tkaziladigan seminar davomida malakali mutaxassislar Rommelag kompaniyasining yangi innovatsion texnologiyalar asosida yaratilgan mahsulotlari, BFS tizimida ishlash tajribasi, shuningdek sohaga oid qator yangiliklar borasida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etadi.

Seminarda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish so'raladi.

Vaqti: 13-sentabr, 2023-yil
Manzil: "InterContinental Tashkent" hotel

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Как правильно принимать лекарства?

Если препарат назначен 1 раз в сутки, то пить нужно лекарство в одно и тоже время, а не в любое в течении суток.

Если таблетки нужно принимать дважды в день, то интервал между приемами должен быть равен 12 часам (например, прием в 8 ч - утром и в 20 ч - вечером).

Если прием трехкратный, то интервал между приемами сокращается до 8 часов (например, в 6.00, в 14.00 и в 20.00). Крайне важно прием таблеток распределить равномерно.

Пресс-служба Центра безопасности фармацевтической продукции                   

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi 3-jildini nashr etish ishlari yakunlanmoqda

Xalqimizda to‘yga to‘yona bilan borishdek qadrli anʼana bor! Mamlakatimiz yildan-yilga iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta yutuqlarga erishib borayotgan bir davrda mamlakatimiz farmatsevtika sohasi ham jadal surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Mahalliy korxonalarimiz tomonidan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish o‘ta muhim dolzarblikni kasb etadi.

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 3-jildi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Uning elektron shakli muomalaga chiqarilgan bo‘lsa, shu kunlarda Davlat farmakopeyasi 1-nashri, 3-jildini kitob shaklida nashr etish ishlari yakunlanmoqda.

Bugun soha mutaxassislariga taqdim etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 1-nashri 3-jildining umumiy hajmi 2100 sahifadan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 1 nashri 3-jildiga: dorivor o‘simlik xom ashyosi va dorivor o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan dori vositalar; gomeopatik preparatlar; tibbiyotda qo‘llash uchun vaksinalar; tibbiyotda qo‘llash uchun immun zardoblar; tibbiyotda qo‘llash uchun bioterapevtik mahsulotlar; radiofarmatsevtik preparatlar, hamda tibbiyotda choklash ishlarida qo‘llash uchun materiallar guruhlariga mansub bo‘lgan dori vositalari jami 541 ta farmakopeya maqolalari kiritilgan.

Batafsil

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube