Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.24K photos
702 videos
502 files
3.14K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🟩🟩🟩🟩🟩🟩

Ўтган ҳафта давомида каналимизда эълон қилинган энг муҳим постлар:

Кучли таъсир қилувчи дори воситаларининг муомалага киритилишининг олди олинди

Беморга бериладиган рецептда қандай маълумотлар акс этиши керак?

Туркий давлатлар ташкилотининг соғлиқни сақлаш вазирлари йиғилиши ва Туркий дунё тиббиёт Конгресси бўлиб ўтди

Сифатсиз дори воситалари ва тиббий буюмлар қандай усулда йўқ қилинади?

Туркий дунё бўйлаб тиббий интеграцияга кенг йўл очувчи форум қардош мамлакатларнинг медиа оламида ҳам ўзига хос акс-садо берди

Роммелаг компанияси Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази билан ҳамкорликда семинар ўтказади

Марказ томонидан маҳаллий ва хорижий дори воситаларига нисбатан белгиланган чекланган нархлар тўғрисидаги маълумотлар янгиланди

Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Матбуот хизмати

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Дори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техникани рўйхатдан ўтказилганлик гувоҳномаси асосида тиббиёт амалиётида қўлланилишида ариза берувчи томонидан бажарилиши шарт бўлган талаблар ва шартлар қуйидагилардан иборат:

☑️дори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техникани рўйхатдан ўтказиш учун мурожаат қилган ариза берувчи томонидан уларнинг тиббиёт амалиётида қўлланилишида қонун ҳужжатларига сўзсиз риоя этиш;

☑️гувоҳноманинг амал қилиш даврида ариза берувчи томонидан Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги марказига рўйхатдан ўтказиш ҳужжатларига ўзгартириш ёки қўшимчалар киритиш тўғрисидаги тўлиқ маълумотларни тақдим этиш;

☑️дори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техникага доир техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги норматив ҳужжатлар талабларига, дори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техникани рўйхатдан ўтказиш ҳужжатларида келтирилган маълумотларга қатъий риоя этиш;

☑️Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази томонидан кўрсатилган камчиликларни ўз вақтида бартараф этиш, шунингдек, дори воситалари, табиий буюмлар ва тиббий техника намуналарини ҳамда бошқа материалларни "Дори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техникани давлат рўйхатидан ўтказиш ҳамда рўйхатдан ўтказилганлик гувоҳномаси бериш тартиби тўғрисида"ги низомнинг 15-бандида назарда тутилган муддатларда тақдим этиш.

Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Матбуот хизмати

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Дори воситалари ва тиббиёт буюмларини импорт қилишда божхона расмийлаштируви учун йиғим бекор қилинади

Президент фармони (ПФ–140, 15.08.2023 й) билан айрим норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга ўзгартиришлар киритилди.

Унга мувофиқ:

2024 йил 1 январдан алоҳида давлатлардан олиб кириладиган маҳсулотларнинг мувофиқлигини мажбурий баҳолашдан озод этиш тартиби бекор қилинади;

2024 йил 1 январдан импорт товарларни давлат тилида маркировка қилиш тартибига ўзгартириш киритилади;

2025 йил 1 январдан дори воситаларини ва тиббиёт буюмларини импорт қилишда божхона қийматининг 1,2 фоизи миқдорида божхона расмийлаштируви учун йиғим бекор қилинади.

Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Матбуот хизмати

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Multivitaminlar va monovitaminlar o‘rtasidagi farq nimada?

Monovitaminlar odatda inson tanasida ma’lum bir vitamin yetishmasligi aniqlanganda buyuriladi. Ular profilaktik maqsadlarda qo‘llanilmaydi va faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha davolash uchun buyuriladi.

Monovitaminlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular organizmda ancha yaxshi so‘riladi.

Multivitaminlar esa aksincha, profilaktika maqsadida buyuriladi. Doza miqdori monovitaminlarga qaraganda pastroq. Odatda kompozisiya 2 yoki undan ortiq komponentni o‘z ichiga oladi. Barcha multivitaminlarning tarkibi vitaminlarning muvofiqligini hisobga olgan holda tanlanadi.

Vitamin yetishmasligi ko‘pincha tartibsiz ovqatlanish, noto‘g‘ri turmush tarzi tufayli shakllanganligi sabab, profilaktika maqsadida yilning istalgan vaqtida vitamin-mineral komplekslarini qabul qilish mumkin.

❗️Diqqat: Har qanday dori vositalari va vitaminlarni qabul qilishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shifokor dori vositasini tayinlashda, bemor esa mazkur dori vositasini qabul qilishda nimalarga e'tibor berishi kerak?

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti shifokorlar bemorga dori vositasi tayinlashda hamda bemor ushbu dori vositasini qabul qilishida amal qilish lozim bo'lgan uch qoida haqida eslatdi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️“Tapentadol” dori vositasi muomalada bo‘lishi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

“Tapentadol” kuchli ta'sir qiluvch dori vositasi tibbiyotda o‘rtacha va og‘ir intensivlikdagi o‘tkir va surunkali og‘riq sindromida, operatsiyadan so‘ng va og‘riqli diagnostika jarayonlarida qo‘llaniladi. Mazkur dori vositasini muntazam iste’mol qilish qaramlikni shakllantirib, uni notibbiy maqsadlarda suiiste’mol qilish nafas olish tizimining buzilishi, bosh miya shikastlanishi va ruhiy tushkunlikga tushish, anamnez holatida talvasa sindromi, jigar yetishmovchiligi, o‘t qopi patologiyasi va o‘tkir pankreatit, qon bosimini tushish holatlarini keltirib chiqaradi.

Ma’lumot uchun, 2014 yilda BMTning giyohvandlik bo‘yicha ekspertlar qo‘mitasi tomonidan “Tapentadol” dori vositasining nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berilgan. Shuningdek Rossiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Latviya, Ispaniya va boshqa davlatlarda "Tapentadol" dori vositasi milliy nazorat ostiga olingan ro‘yxatlariga kiritilgan.

AQShning narkotiklarga qarshi boshqarmasi jadvali “Tapentadol”ni ko‘proq odamni bo‘shashtirish uchun ishlatiladigan kuchli opioidlar morfin, oksikodon va fentanil turkumidagi II ro‘yxatga kiritgan.

Yurtimizda “Tapentadol” dori vositasining noqonuniy savdosi hamda iste’molining oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 19 avgustdagi tegishli qaroriga muvofiq, mazkur dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati (II-ro‘yxat)ga kiritildi.

❗️“Tapentadol” dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestridan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Mazkur dori vositasini qonunga xilof ravishda olish, saqlash va o‘tkazganlik uchun qonunchilikda tegishli jinoiy javobgarlik belgilangan.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 22.08.2023.xlsx
1.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (22.08.2023)

@uzpharmcontrol
O‘zbekiston - Turkiya: Farmatsevtika sohasida aloqalar mustahkamlanmoqda

Tibbiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri bu — xalqaro maydonga chiqish, tibbiyoti rivojlangan davlatlar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish, xorij tajribasini o‘rganish va joriy qilishdir.

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-17 avgust kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Turkiya sog‘liqni saqlash forumi doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Turkiya dori vositalari va tibbiy jihozlar agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur kelishuvga binoan, ayni kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya vakillari rasmiy tashrif bilan Anqara shahrida bo‘lib turibti.

Dastlab vakillarimiz Turkiya dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligining Tahlil va nazorat hamda Fizika-kimyoviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv davomida mazkur laboratoriyalar ISO 17025 xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligi, JSST prekvalifikatsiya talablari bo‘yicha 2024 yil may oyida inspektsiyadan o‘tishi qayd etildi.

Ta'kidlash joiz, delegatsiyamizning Turk davlatiga tashrifidan ko‘zlangan maqsad, Turkiya farmatsevtika sohasini o‘rganish, jumladan dori vositalari siyosati, davlat xaridlari, farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha maʼlumot almashishdir.

Vakillarimizning Turkiya davlatiga amaliy tashrifi davom etmoqda.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Statistika

📑 Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi tegishli idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 142 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 17 mlrd. 459 mln. so‘mlik salkam 295 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
Bilasizmi

Farmatsevtik faoliyatga litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

👉 litsenziya berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;

👉 talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;

👉 talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri maʼlumotlarning mavjudligi;

👉 Pasportlarga muvofiq o‘tkazilishi shart bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.

❗️Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tovuqlar ostiga yashirgan shaxs fosh qilindi

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs o‘tirgan “Lasetti” avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina salonining orqa o‘rindig‘ida turgan qog‘oz qutida turgan tovuqlar tadbir ishtirokchilarining e’tiborini tortdi. Qarangki, parrandalar ostiga bug‘doy kepagi bilan niqoblab yashirin bo‘lma hosil qilinganligi va ularning ichiga 241 dona “Midaks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Mazkur qonunbuzarlik holatini ildizi bilan bartaraf etish maqsadida tezkor tadbir Namangan shahrida davom ettirilib, fuqarolardan birining yashash xonadoni va yordamchi xonalari ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish davomida bu yerda istiqomat qiluvchi shaxs 1 dona qog‘oz qutida 236 dona “Midaks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘z ixtiyori bilan taqdim etdi.

Ikkala holatda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 477 dona dorilarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 143 mln. so‘mdan oshmoqda.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Deligatsiyamizning Turkiyaga safari davom etmoqda

Amaliy tashrif bilan Turkiyaning Anqara shahrida bo’lib turgan vakillarimiz tashrif doirasida Turkiya dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi rahbari Dr. Asım Hocaoğlu bilan uchrashdi.

Maʼlumot uchun, Turkiya farmatsevtika va tibbiy buyumlar agentligi (TİTCK) – 1946 yil Farmatsevtika va tibbiy preparatlar bosh boshqarmasi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda farmatsevtika sohasini nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O'zbekiston va Turkiya o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘z mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlari nazorati, xususan ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, laboratoriya tekshiruvlari, GxP talabi bo'yicha inspektsiya o'tkazish shuningdek, faoliyatni litsenziyalashdagi talab va shartlar haqida batafsil ma‘lumot berib, bu yo'nalishda regulator organlarning tutgan o'rni haqida alohida to'xtatlib o'tildi.

Shuningdek, O'zbekiston farmatsevtika sohasining rivojlanish strategiyasi va istiqboli mavzusida taqdimot o'tkazilib, mamlakatimiz aholisini sifatli, arzon va xavsiz dori vositalari bilan ta'minlashda olib borilayotgan ishlar xususida so'z yurtildi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bugun ma’lumotlar juda ko‘p, biroq aholiga ishonchli axborot tarqatadigan manbalar, afsuski, kam.

"Rasmiy xabarlar/Официальные новости" kanali barcha davlat tashkilotlarining rasmiy ma’lumotlari e’lon qilinadigan yagona axborot platformasidir.

🗝 Agar Siz xabarlarni doim birinchi manbadan olishni istasangiz, "Rasmiy xabarlar/Официальные новости" kanali (@Rasmiy_xabarlar_Official) ni kuzatib boring.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari  xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Bilasizmi

Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan retseptda dori vositasi uning bir marotaba qo‘llanadigan eng yuqori dozasidan ko‘proq dozada tayinlangan holatlarda dorixona xodimi ushbu dori vositasi eng yuqori dozasining yarmiga teng dozasini berishi shart.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam olishadi

Yaqinlashayotgan bayram munosabati bilan 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni beriladi. Sentyabr oyi boshida barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin bo‘ladi.

1-sentabr, juma – Mustaqillik kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni;

2-sentabr, shanba:

- 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (“2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmon);

- 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3-sentabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

31 avgust, payshanba kuni xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishlari mumkin bo‘ladi.

Boisi Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Delegatsiyamiz TÜSEB va TÜSKA vakillari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya vakillari rasmiy tashrif bilan Anqara shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasidagi navbatdagi uchrashuv Turkiya Sog‘liqni saqlash instituti (TÜSEB) hamda Turkiya sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati va akkreditatsiya instituti (TÜSKA) vakillari bilan bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun, Turkiya Sog‘liqni saqlash instituti mamlakat sog‘liqni saqlash fanlari va texnologiyalari sohasida tizimli asosda olib borilayotgan innovatsiyalar bo‘yicha tadqiqotlarga rahbarlik qilish, ushbu sohadagi amaliyotchilar va tadqiqotchilarni ilmiy, texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tarkibida 9 ta ilmiy tadqiqot instituti faoliyat yuritadi.

Uchrashuvda TÜSEB Bosh kotib o‘rinbosari Ibrahim Halil Kayral tashkilot faoliyati to‘g‘risida taqdimot qilib, mamlakat sog‘liqni saqlash fanlari va texnologiyalari sohasida rejalashtirilgan va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohadagi muammolarni aniqlash va takliflar berish tashkilotning asosiy vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

TÜSEB qoshidagi Turkiya sog‘liqni saqlash sifati va akkreditatsiya instituti prezidenti Dr. Figen Çizmesi Şenel o‘z taqdimotida institut tomonidan tibbiy muassasalarni akkreditatsiyalash, jumladan, laboratoriyalar, gemodializ markazlari, kasalxonalar va stomatologiya, otolaringologiya yo‘nalishlari bo‘yicha akkreditatsiya standartlari ishlab chiqilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar tegishli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida yo‘l xaritasini ishlab chiqish va aniq vazifalarni rejalashtirib olishga kelishib olishdi.

Uchrashuv yakunida mezbonlar vakillarimizni 2023 yiling 24-27 sentyabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan ISQua 40-Xalqaro konferensiyasiga taklif qildi.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 25.08.2023.pdf
13.4 MB
Referent narxlar

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi. (25.08.2023)

@uzpharmcontrol
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada kuchaytirish, ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rasmiylashtiruvini o‘z vaqtida taʼminlash maqsadida kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning TIF TN kodlarini joriy etiladi.

Asos: VMQ-399-son 19.08.2023

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Amerikalik olimlar spirtli ichimliklarga qaramlikni davolashning yangi usulini topishdi

Ogayo shtati universiteti tibbiyot markazi xodimlari gen terapiyasidan foydalangan holda yangi vaksina yaratishdi. U xavfsiz adenovirusga oqsilni kodlovchi genni biriktirish mexanizmiga asoslanadi.

Vaksina miyaning dofamin gormoni ishlab chiqarish uchun mas'ul bo'lgan qismiga ta'sir qiladi. Spirtli ichimliklarga ruju qo'yganlarda ushbu moddaning sintezi keskin pasayadi, shuning uchun spirtli ichimliklardan voz kechish juda qiyin bo'ladi. Biroq yangi preparatni qabul qilgandan so'ng tana ko'proq dopamin ishlab chiqarishni boshlaydi.

Mutaxassislar vaksinani maymunlarda sinab ko'rishdi. Primatlar spirtli ichimliklarga qaram bo'lib, keyin emlanishdi. Shundan keyin bir muncha vaqt o'tgach, hayvonlar spirtli ichimliklarni ommaviy ravishda rad eta boshladi. Tez orada maymunlarning 90 foizdan ortig'i spirtli ichimliklarga bo'lgan ishtiyoqini yo'qotdi. Amerikalik shifokorlar bu ixtironi odamlarga yordam berishiga umid qilmoqda.

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube