Uzpharmcontrol
12.6K subscribers
2.97K photos
913 videos
504 files
3.93K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha ishlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda.

– Yaqinda bu tizimni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan yanada boyitib, shifokor va hamshiralarning haqiqiy ko‘makchisiga aylantiramiz,

– dedi davlatimiz rahbari.

Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash maqsad qilingan. Shu bois, so‘nggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat ishga tushirildi.

“Toshkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Ularda 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi o‘zgarishlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidladi.

Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor.

Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini ta’sis etish tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Markaz laboratoriyalarini prekvalifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha JSST texnik eksperti faoliyat boshladi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarini prekvalifikatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida O‘zbekistonga texnik ko‘mak ko‘rsatish uchun jalb etilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) texnik eksperti Nataliya Volovik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ekspert faoliyati laboratoriyalarda sifat menejmenti tizimini takomillashtirish, JSST bilan kelishilgan to‘g‘rilovchi va oldini oluvchi chora-tadbirlar rejasini (CAPA) amalga oshirish hamda laboratoriyalarni JSSTning navbatdagi baholashiga tayyorlash bo‘yicha maslahat va texnik ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.

JSST texnik ekspertining faoliyat boshlashi laboratoriyalar faoliyatini xalqaro talablarga muvofiq takomillashtirish, laboratoriya salohiyatini mustahkamlash hamda mamlakatda dori vositalari sifatini nazorat qilish tizimini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡2
🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi mudiri Ergashova Mukaramoy Jurabayevna II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak davlat mukofoti Mukaramoy Jurabayevnaning farmatsevtika sohasini rivojlantirish, dori vositalari xavfsizligini ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi samarali mehnati va kasbiy fidoyiligiga berilgan yuksak e’tirofdir.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi Mukaramoy Jurabayevnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏30🔥12👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Markaz jamoasi Mukarramoy Ergashovani yuksak davlat mukofoti bilan tabrikladi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi Markazning Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi mudiri Ergashova Mukarramoy Jurabayevnani II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Mazkur yuksak davlat mukofoti davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda inson salomatligini asrash, tibbiyot va farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, dori vositalari xavfsizligini ta’minlash hamda xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir.


Tantanali tadbir davomida M.Ergashovaning farmatsevtika sohasini rivojlantirish, dori vositalari xavfsizligini ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi samarali mehnati, yuksak kasbiy mahorati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍16👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Korrupsiyaga qarshi kurash — farmatsevtika sohasida ishonch, adolat va ochiqlik kafolati!


“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda qonunbuzarlik holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati tizimi yo‘lga qo‘yilgan.


Agar farmatsevtika sohasida qonun talablariga zid holatlar, xususan, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda bizga xabar bering:

🏷 Ishonch telefoni: (71) 203-01-01 (2385)
🏷 Telegram bot: t.me/uzpharmcontrolbot
🏷 Elektron pochta: farmkomitet@ssv.uz
🏷 Facebook: www.fb.com/uzpharmcontrol
🏷 Instagram: instagram.com/uzpharmcontrol

📩 Kelib tushgan har bir murojaat qonun talablariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilib, Markaz direktori tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

📝 Barcha murojaatlar maxfiylik tamoyili asosida ko‘rib chiqiladi hamda natijalari huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga yuboriladi.

☑️ Sohada halollik va shaffoflikni ta’minlash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡1
🟦🟦🟦

2030 yil 1 yanvardan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin


Hukumat qarori (577-son, 19.10.2026 y.) bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2030 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi faqat muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Gripp haqida noto‘g‘ri tushunchalar: qaysi afsonalarga ishonishni bas qilish kerak?


Gripp mavsumi boshlanishi bilan kasallikni davolash va uning oldini olishga oid turli xalqona tavsiyalar ham ko‘payadi. Antibiotiklar grippga qarshi yordam beradimi? Issiq choy kasallikni davolaydimi? Sovuqda qolishning o‘zi gripp bilan kasallanishga sabab bo‘ladimi?

Videoda gripp haqidagi eng keng tarqalgan 3 ta noto‘g‘ri tushunchani tahlil qilamiz hamda kasallikning oldini olish va davolashda shifokor tavsiyalariga amal qilish muhimligini tushuntiramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🟦🟦🟦

Mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etish hamda tadbirkorlar bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda 72 nomdagi dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilinib, ishlab chiqaruvchilarning murojaatlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🟦🟦🟦

Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasasida o‘lchash vositalarining metrologik tekshiruvi o‘tkazildi


Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va diagnostika natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida Andijon viloyat OITSga qarshi kurash markazida tibbiy o‘lchash vositalarining metrologik tekshiruvi o‘tkazildi. Unda uskunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi baholanib, ulardan to‘g‘ri foydalanish va o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyotdagi kechagi orzular bugun aniq natijalarga aylanmoqda

Prezidentimiz e’tibori tufayli soha tubdan transformatsiya qilinib, ko‘p yillardan buyon odamlarimizni qiynab kelayotgan o‘tkir muammolarning samarali yechimlari topilyapti.

SSV Matbuot xizmati tomonidan Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tayyorlangan videolavhada shu o‘zgarishlarning kechagi va bugungi manzarasi, erishilgan salmoqli natijalar aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3⚡1
⭕️⭕️⭕️

Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi


O
‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A.ning boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda avtotransport vositasi yuk xonasida 978 dona “Regapen” nomli dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Dorixonada elektron retsept qanday tartibda rasmiylashtiriladi? - Javob

👍 Dori vositalarini to‘g‘ri saqlashda nimalarga e’tibor berish kerak? - Javob

👍 Dorixonalarda narx belgilash tartibi buzilsa qanday choralar ko‘riladi? - Javob

👍 Farmatsevtika mahsulotlari sifati qanday tekshiriladi? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Ilmiy kengashda ilmiy salohiyatni oshirish va laboratoriyalarni xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari muhokama qilindi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisida ilmiy faoliyatni 2030-yilgacha rivojlantirish, yosh ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish hamda laboratoriyalarni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prekvalifikatsiyasiga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari, 93 ta ilmiy mavzudan iborat mavzular banki va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi mexanizmlar ko‘rib chiqildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
В рамках IPRP обсудят вопросы качества и биоэквивалентности лекарственных средств

5 ноября текущего года в конференц-зале Центра безопасности фармацевтической продукции состоится международный семинар с участием представителей регуляторных органов и специалистов фармацевтической отрасли из Швейцарии, Великобритании, Канады, Японии, Австралии, Сингапура, Бразилии, Франции и других стран.

В центре внимания участников будут международные подходы к оценке качества и биоэквивалентности лекарственных средств, механизмы распределения экспертной работы (work-sharing) при регистрации генерических лекарственных препаратов, а также перспективы укрепления международного сотрудничества и взаимодействия между регуляторными органами.

👉 Подродбно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2🔥2