Uzpharmcontrol
12.6K subscribers
2.97K photos
913 videos
504 files
3.92K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🟤 🟦🟦

Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari diqqatiga


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish bilan bog'liq amaldagi tartiblar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori hamda Sog'liqni saqlash vazirining 2026-yil 14-apreldagi 2-son buyrug'i bilan tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish tartibi belgilangan.

Mazkur tartibga muvofiq, tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda ishlab chiqarish sharoitlari ISO 13485 xalqaro standarti bilan uyg'unlashtirilgan milliy standart talablariga muvofiqligi yuzasidan inspeksiyadan o'tkaziladi.


Shuningdek, tan olish (prequalification) asosida ro'yxatdan o'tkaziladigan, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JSST bilan hamkorlikda ro'yxatdan o'tkaziladigan "in vitro" diagnostika tibbiy jihozlari uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan boshlab tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda ishlab chiqaruvchining ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lishi talab etiladi.

Ma'lumot uchun, O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini olish masalalari yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organiga murojaat qilishingiz mumkin.


📼 Tel: 71 203-01-01 (ichki: 2085, 2086, 2087)
📼 Elektorn pochta: farmkomitet@ssv.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🟦🟦🟦

Toshkentda USP User Forum – 2026 xalqaro farmatsevtika forumi o‘tkaziladi


"Toshkent Pharma Park" klasteri majmuasida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini birlashtiruvchi USP User Forum – Toshkent 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Amerika Farmakopeyasi (USP) tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda farmatsevtika mahsulotlari sifati, zamonaviy sifat nazorati va xalqaro standartlarning amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
🟦🟦🟦

Markaz Latviyaning “Olpha” kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantiradi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi hamda Latviyaning farmatsevtika sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — “Olpha” AJ vakillari o‘rtasida farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏4⚡2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

Buxoroda “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 101 turdagi dori vositasi noqonuniy savdodan olindi


Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyatida “Arzon apteka bot” mobil ilovasida joylashtirilgan e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy dori vositalarini realizatsiyasi bilan bog‘liq jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, mazkur ilovada dorixona sifatida ko‘rsatilgan “Onlayn 5” nomli subyektning manzilida dorixona emas aslida “BTS” tezkor pochta xizmatining Buxoro viloyati ofisi faoliyat yuritayotgani fosh etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi

Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍4🔥4
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy hamda xavfsiz muomalasini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan sayyor seminar o‘tkazildi

😎 Menejment tizimlarini sertifikatlash organining akkreditatsiyadan o‘tganini qanday tekshirish mumkinligi haqida ma'lumot berildi

😎 Samarqand viloyatida dorixona rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda farmatsevtika sohasini raqamlashtirish, elektron retsept tizimini amaliyotga samarali joriy etish hamda dori vositalari muomalasida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

😎 "O‘zbekiston 24" telekanalining jonli efirida bo‘lib o‘tgan tok-shouda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov mamlakatda dori vositalari va tibbiy jihozlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi

😎 "Toshkent Pharma Park" klasteri majmuasida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini birlashtiruvchi USP User Forum – Toshkent 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Amerika Farmakopeyasi (USP) tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda farmatsevtika mahsulotlari sifati, zamonaviy sifat nazorati va xalqaro standartlarning amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi hamda Latviyaning farmatsevtika sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — “Olpha” AJ vakillari o‘rtasida farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

😎 Buxoroda “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 101 turdagi dori vositasi noqonuniy savdodan olindi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🟦🟦🟦

Hurmatli dorixona tashkilotlari rahbarlari!


Xabaringiz bor, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, "Elektron retsept" tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, "Elektron retsept" moduliga hali ulanmagan dorixonalarga DMED yagona tibbiyot axborot tizimining eHealth platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va tizimga ulanish tavsiya etiladi.

Mazkur platformaga ulanish orqali dorixonalar elektron retseptlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda tizim joriy etilishi jarayoniga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

📼 Platformaga ulanish uchun havola

📼 eHealth platformasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar (o‘zbek va rus tillarida)

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi dorixona tashkilotlarini mazkur imkoniyatdan foydalanib, eHealth platformasiga o‘z vaqtida ulanish choralarini ko‘rishga chaqiradi. Bu elektron retsept tizimini joriy etish jarayonini samarali tashkil etish va kelgusidagi ish faoliyatini uzluksiz davom ettirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
⭕️⭕️⭕️

Buxoroda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 101 turdagi dori vositasi noqonuniy savdodan olindi


Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va sertifikatsiz 100 dan ortiq dori vositalari muomaladan olindi. Qizig‘i, ilovada dorixona deb ko‘rsatilgan manzillardan birida aslida pochta xizmati joylashgani ma’lum bo‘ldi. (#video)

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
🟦🟦🟦

“Kantreykol” dori vositasining ayrim seriyalari normativ hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlandi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan o‘tkazilgan postmarketing nazorati tadbirlari doirasida “Kantreykol” (Aprotinin) dori vositasining ayrim seriyalari bo‘yicha laboratoriya sinovlari o‘tkazilib, ularning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi aniqlandi. Shu sababli mazkur seriyalarni tibbiyotda qo‘llashni to‘xtatish, muomaladan to‘liq qaytarib olish va belgilangan tartibda yo‘q qilish choralarini ko‘rish talab etiladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2⚡1
🟦🟦🟦

Toshkent farmatsevtika institutida Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


Toshkent farmatsevtika institutida Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda institut faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini rivojlantirish hamda 2026/2027-o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟦🟦🟦

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi


2027-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, mutaxassislarning kasbiy malakasi endi mustaqil va shaffof baholanadi, bunda xodimlarning amaldagi malaka toifalari, ish staji hamda kasbiy va ilmiy salohiyati inobatga olinadi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Специалисты Узбекистана и Латвии обсудили перспективы сотрудничества двух стран в фармацевтической сфере

Подробнее

O‘zb | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Tuzalib ketish — farm-kompaniya uchun zarar: AQSHda farmatsevtika biznesining parda orti


Uzoq yillardan buyon Amerikada yashab kelayotgan hamyurtimiz Madina Akmal (Madina New York) o'z intervyusida Amerika sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimi haqidagi kuzatuvlari bilan bo‘lishdi. Uning fikricha, mamlakatdagi o‘ta qimmat tibbiyot va dori vositalari bozori insonlarni batamom davolashdan ko‘ra, kasallikni nazoratda ushlab turish va doimiy dori xaridiga yo‘naltirilgan.

📺 To'liq video

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5👏1
⭕️⭕️⭕️

Instagram sahifamizga obuna bo‘ling!


Dori vositalari va tibbiy jihozlar xavfsizligi, farmatsevtika sohasidagi muhim yangiliklar, rasmiy e’lonlar, foydali tavsiyalar hamda dolzarb ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib kuzatib borishni istasangiz Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘ling:

📱 www.instagram.com/uzpharmcontrol
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⭕️⭕️⭕️⭕️

Dorixonalardagi reyd: 86 turdagi sertifikatsiz va 5 turdagi yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi aniqlandi


“Arzon apteka”dagi e’lonlar ortidan o‘tkazilgan reydlar dorixonalardagi jiddiy qonunbuzarliklarni ochib berdi. Toshkent shahridagi nazorat tadbirlari davomida sertifikatsiz 86 turdagi va yaroqlilik muddati o‘tgan 5 turdagi dori vositasi savdodan olindi. Ayrim dorixonalarda esa farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya talabi buzilgani aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍5