Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, O‘zMSt ISO 13485:2025 standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida sertifikatlashtirish jarayonlarini raqamlashtirish va ariza beruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida smk.tris.uz milliy axborot tizimi joriy etilib, shu yilning 1-yanvaridan to‘liq ishga tushirildi.
Shu munosabat bilan, yangi axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish uchun ariza topshirish tartibini tushuntirish hamda hujjatlarni elektron shaklda to‘g‘ri rasmiylashtirishga ko‘maklashish maqsadida video qo‘llanma tayyorlandi.
Unda smk.tris.uz tizimidan foydalanish, ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarni kiritish, O‘zMSt ISO 13485:2025 standartini tanlash va zarur hujjatlarni yuklash tartibi ko'rsatib o'tilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat farmakopeyasi dori vositalari sifati va xavfsizligini ta’minlashda muhim mezon hisoblanadi
Joriy yilning 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika tarmogʻida ishlab chiqarishni kengaytirish hamda sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini bo'yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini amaliyotga joriy etish: muammolar va ularning oldini olish” mavzusida gibrid shakldagi vebinar tashkil etildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan dori iste’mol qilish — salomatlik uchun jiddiy xavf! Elektron retsept tizimi bu muammoni qanday hal etadi?
“Nurafshon TV” telekanalining “Mavzu atrofida” ko‘rsatuvida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Dilnoza Kamolova elektron retsept tizimining afzalliklari va uning dori vositalari nazoratidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Xorijda narkojinoyat qurboniga aylanib qolishdan ehtiyot bo‘ling!
Musofirchilikda oson pul topish ilinji ortida mudhish xatarlar yashiringan bo‘lishi mumkin. Bir lahzalik xato uzoq muddatli qamoq yoki hatto o‘lim jazosiga olib kelishi mumkinligini unutmang. Sizni uyda yaqinlaringiz kutmoqda.
O‘zbekiston fuqarosi degan sharafli nomga dog‘ tushirmang!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Uzpharmcontrol: Qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi, jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi bekor bo‘lgan dorixona, dorixona filialining manzillari va xodimlari (provizorlar, farmatsevtlar)ning yagona reestrdagi ma’lumotlari yangilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muhim imkoniyat: inspeksiyadan ozod bo‘lish tartibi
Tibbiy jihozlarni O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan yangi imkoniyat joriy etildi. Endilikda ishlab chiqaruvchilar yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlar muayyan talablarga javob bergan holda ishlab chiqarish inspeksiyasidan qonuniy asosda ozod etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrda "Dori vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomlarni taqsdiqlash haqida"gi 738-son qaroriga muvofiq, ariza beruvchi akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi tomonidan berilgan O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016 IDT) sertifikatini taqdim etsa, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ishlab chiqarish inspeksiyasi o‘tkazilmaydi.
Mazkur standart “Tibbiy buyumlar — Sifat menejmenti tizimlari — tartibga solish maqsadlari uchun talablar”ni belgilab, ishlab chiqarish jarayonlarining xalqaro talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Xabaringiz bor, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standartiga muvofiqlikni tasdiqlovchi akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organi tashkil etilgan. Ushbu organ tomonidan berilgan sertifikat tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari uchun qator qulayliklarni yaratadi.
Xususan, sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirda:
Manzil: 100002, Toshkent shahri, Ozod ko‘chasi, K. Umarov o‘tkazgichi, 16-uy
Telefon: +998 71 203-01-01 (ichki raqamlar: 2085, 2086, 2087) Faks: (71) 242-48-25
E-pochta: farmkomitet@ssv.uz
Telegram bot: @uzpharmcontrol_bot
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Giyohvandlik — hayotni ich-ichidan kemiruvchi zahar!
Giyohvand moddalar iste’moli atigi bir necha yilda inson qiyofasini tanib bo‘lmas darajaga keltiradi: tishlar to‘kilishi, jigar va buyrak yetishmovchiligi hamda ruhiy tanazzul shular jumlasidandir. Bir lahzalik orom evaziga o‘z sog‘lig‘ingiz va kelajak avlodingiz genofondini qurbon qilmang. Erta o‘lim va nogironlik — bu "shirin" zaharning haqiqiy bahosidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
Sohada nazorat jarayonlarining qonuniyligi va shaffofligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Bugun, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Biznes-ombudsman tashabbusi bilan nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi va shaffofligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda markaziy apparat xodimlari bilan bir qatorda boshqarmaning hududlardagi mutaxassislari ham onlayn tarzda ishtirok etib, muhokamalarda faol qatnashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
"SHAXNOZA - L" MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bahodir Yalangto‘sh MFY, Qorasuv ko‘chasi, 1b-uy manzilida joylashgan "SHAXNOZA - L" MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlarining buzilganligi holati aniqlandi.
Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 8 turdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi va 6 tudagi dori vositasi davlat ro’yxatidan o'tmaganligi ma'lum bo'ldi.
Holat bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining "SHAXNOZA - L" MChJga tegishi dorixona litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Samarqand tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda "SHAXNOZA - L" MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2023-yil 22-mayda berilgan 784119-sonli litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2