Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Согласно новому порядку, практика отправки образцов лекарственных средств и медицинских изделий в Центр через средства почтовой связи была прекращена.
Каким же образом и в каких количествах теперь должны представляться образцы фармацевтической продукции?
Специалист отдела регистрации Центра безопасности фармацевтической продукции Мохира Юсупова дала разъяснения по обновленному порядку государственной регистрации лекарственных средств и медицинских изделий, утвержденному постановлением Кабинета Министров от 24 ноября 2025 года № ПКМ-738.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏5🔥4
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
Сотрудничество с ВОЗ расширяется: лаборатории Центра приняты в глобальные сети
Две лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции были приняты в статусе аффилированных членов в глобальные сети Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), осуществляющие контроль качества лекарственных средств и биологических препаратов.
Данное членство направлено на гармонизацию национальной лабораторной системы с международными механизмами контроля качества, внедрение в практику рекомендованных ВОЗ стандартов и методик, а также обеспечение достоверности и сопоставимости результатов лабораторных испытаний.
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Две лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции были приняты в статусе аффилированных членов в глобальные сети Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), осуществляющие контроль качества лекарственных средств и биологических препаратов.
Данное членство направлено на гармонизацию национальной лабораторной системы с международными механизмами контроля качества, внедрение в практику рекомендованных ВОЗ стандартов и методик, а также обеспечение достоверности и сопоставимости результатов лабораторных испытаний.
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2👏2
Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari muomalasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
Samarqand viloyatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
Gigiyenik qo‘lqop asoschisi kim ekanligini bilasizmi?
Bir juft rezina qo‘lqop — tibbiyot tarixidagi eng jim, ammo eng buyuk ixtirolardan biri. U nafaqat shifokor qo‘lini himoya qildi, balki minglab hayotlar orasiga ko‘rinmas, ammo mustahkam xavfsizlik devorini qurdi. XIX asr oxirlarida shifokorlar operatsiyalarni ochiq qo‘l bilan bajargan. Aynan shu davrda bir hamshiraning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo tibbiyotda rezina qo‘lqopdan foydalanish g‘oyasini yuzaga chiqardi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini nima uchun kanalizatsiyaga tashlash mumkin emas?
Dori vositalari tarkibidagi kimyoviy moddalar suv bilan birga daryo va yer osti suvlariga borib tushadi. Zamonaviy tozalash inshootlari suvni bakteriyalardan tozalasalar-da, undagi erigan murakkab kimyoviy birikmalarni to‘liq zararsizlantira olmaydi.
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartini joriy etish bo’yicha onlayn seminar bo’lib o’tdi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zalida ISO 37001 standarti talablarini barcha xodimlarga tushuntirish hamda uning mexanizmlarini ish faoliyatiga integratsiya qilish yuzasidan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori o‘rinbosari Shoyadbek Vasiyev boshchiligida o‘tgan tadbirda Markaz mas’ullari hamda muassasaning hududlaridagi filiallari xodimlari ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
"BEST-PHARM MED SERVICE" MChJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Xorazm viloyati, Xonqa tumani, G‘ayrat MFY, Uzumzor kuchasi, 97-uy manzilida joylashgan "BEST-PHARM MED SERVICE" MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.
Holat bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining "BEST-PHARM MED SERVICE" MChJning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Urganch tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda "BEST-PHARM MED SERVICE MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2023-yil 17-martda berilgan 069521-sonli litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tartiblari muhokama qilindi
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori Alisher Temirov raisligida yurtimizda dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Onlayn uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 738-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilayotgan yangi talablar, ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlari va sohadagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirop shaklidagi dori vositalarni muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydi.
Chunki past haroratda dori tarkibidagi qand moddasi kristallashib, shifobaxsh moddalar cho‘kmaga tushadi. Bu nafaqat dori vositasining ta’sir kuchini yo‘qotadi, balki dozani aniq o‘lchashga xalaqit berib, nojo‘ya ta’sirlar xavfini tug‘dirishi mumkin.
Tavsiya: Sirop shakldagi dori vositalarini xona haroratida, quyosh nuri tushmaydigan quruq va qorong‘i joyda saqlash lozim. Har foydalanishdan oldin esa idishni yaxshilab chayqashni va qopqog‘ini mahkam yopishni unutmang.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
Litsenziyalash bo'yicha arizalarni onlayn yuborish mumkinmi?
Farmatsevika faoliyatini litsezniyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish, litsenziyaning muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish yuzasidan arizalarni Maxsus elektron “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn yo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.
Unda elektron platforma orqali ariza topshirish va kerakli hujjatlarni yuklash bilan bog‘liq barcha bosqichlar batafsil tushuntirilgan.
Qo‘llanmani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi
2026 yilning 23-27 fevral kunlari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida sminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.
Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.
Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Ijro intizomi — faoliyati samaradorligining bosh mezoni
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida 2025-yil yakunlari bo‘yicha ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, yil davomida 500 dan ortiq hujjatlar ijrosi ta’minlanib, davlat ahamiyatiga molik topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazorat tizimi o‘rnatildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
“BIRODAR NORIMMATOV” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Alisher Navoiy MFY, Shifokorlar ko'chasi, 3-uy manzilida joylashgan “BIRODAR NORIMMATOV” MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.
Holat bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining “BIRODAR NORIMMATOV” MChJga tegishi dorixona litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Beruniy tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “BIRODAR NORIMMATOV” MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 14-martda berilgan 229457-sonli litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Korrupsiyaga qarshi kurash — farmatsevtika sohasida ishonch, adolat va ochiqlik kafolati!
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda qonunbuzarlik holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Agar farmatsevtika sohasida qonun talablariga zid holatlar, xususan, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda bizga xabar bering:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbaki dori vositalariga qarshi qat’iy choralar: noqonuniy aylanmaga barham berilmoqda
O'zbekiston 24 telekanalida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko'rsatuvda mamlakatimizda noqonuniy dori vositalari aylanmasining oldini olish, aholining salomatligini himoya qilish hamda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4
Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
Mahalliy dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini jadallashtirish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish masalalari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda muhokama qilindi.
Unda “LAXISAM PHARMACEUTICALS” MCHJ, “NOVA PHARM” MCHJ QK hamda “NANO PHARMACEUTICALS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan jami 18 ta dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko'rib chiqildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron retsept: bemor va shifokor o‘rtasidagi qulaylik va shaffoflik sari muhim qadam
O‘zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan tok-shouda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov ushbu elektron retsept tizimning afzalliklari, joriy etilish bosqichlari hamda aholi va shifokorlar uchun yaratilayotgan qulayliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tizim nafaqat noqonuniy savdoning oldini oladi, balki dori vositalari xavfsizligini nazorat qilishda yangi davrni boshlab bermoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi
Tadbirda Adliya vazirligining mas’ul xodimlari bilan bir qatorda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari, shuningdek, intellektual mulk va tovarlar muomalasi sohasida faoliyat yurituvchi tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida joriy yilning 15-fevral sanasidan 15-mart sanasiga qadar respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1👏1