Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
686 videos
502 files
3.1K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Farmakonazorat qanday vazifalarni bajaradi? - Javob

👍 Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun onlayn ariza qanday topshiriladi? - Javob

👍 Dorixonada raqamli markirovkasiz dori vositalarini sotish taqiqlandi. Avval olingan markirovkasiz dori vositalarining taqdiri nima bo‘ladi? - Javob

👍 Farmmahsulotlar xavfsizligi bugungi kunda qay darajada taʼminlangan? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟦🟦🟦

“Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar o‘tkazildi


Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining ikkinchi nashri birinchi jildining tasdiqlanishi, uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va qo‘llash tartiblari, shuningdek, yetakchi xalqaro farmakopeyalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Yangi tartibga muvofiq, Markazga dori vositalari va tibbiy jihozlar namunalarini pochta aloqasi vositalari orqali yuborish amaliyoti to'xtatildi. Xo'sh endilikda farmatsevtika mahsulotlari namunalari qanday tartibda va qancha miqdorlarda taqdim etilishi kerak?


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi VMQ-738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ro'yxatdan o'tkazish bo'limi mutaxassisi Mohira Yusupova tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊

Согласно новому порядку, практика отправки образцов лекарственных средств и медицинских изделий в Центр через средства почтовой связи была прекращена.

Каким же образом и в каких количествах теперь должны представляться образцы фармацевтической продукции?


​Специалист отдела регистрации Центра безопасности фармацевтической продукции Мохира Юсупова дала разъяснения по обновленному порядку государственной регистрации лекарственных средств и медицинских изделий, утвержденному постановлением Кабинета Министров от 24 ноября 2025 года № ПКМ-738.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏5🔥4
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Samarqand shahrida tibbiyot uskunalarining metrologik nazoratiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

😎 Markazda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti — ISO 37001 joriy etiladi

😎 “Yevropa Ittifoqining xavfsizlik bo‘yicha davriy yangilanadigan hisobotlari rasmiy ro‘yxati” e’lon qilindi

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan respublikamiz hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega korxonalar va tashkilotlar soniga oid statistik maʼlumotlar yangilandi

😎 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

😎 JSST bilan hamkorlik kengaymoqda: Markaz laboratoriyalari global tarmoqlarga qabul qilindi

😎 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri yangilandi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida BeOne Medicines Ltd. kopmaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

😎 “DARMON” axborot tizimini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi

😎 Urgut tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

😎 “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi

😎 Onlayn muloqotda dori vositalarini ro‘yxatga olish masalalari muhokama qilindi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari namunalari qanday tartibda va qancha miqdorlarda taqdim etilishi bo'yicha tushuntirish berildi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
Сотрудничество с ВОЗ расширяется: лаборатории Центра приняты в глобальные сети

Две лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции были приняты в статусе аффилированных членов в глобальные сети Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), осуществляющие контроль качества лекарственных средств и биологических препаратов.

Данное членство направлено на гармонизацию национальной лабораторной системы с международными механизмами контроля качества, внедрение в практику рекомендованных ВОЗ стандартов и методик, а также обеспечение достоверности и сопоставимости результатов лабораторных испытаний.

👉 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2👏2
🟦🟦🟦

Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari muomalasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi


Samarqand viloyatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О достойном проведении священного месяца Рамазан"

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥6👍2
🟦🟦🟦🟦

Gigiyenik qo‘lqop asoschisi kim ekanligini bilasizmi?


Bir juft rezina qo‘lqop — tibbiyot tarixidagi eng jim, ammo eng buyuk ixtirolardan biri. U nafaqat shifokor qo‘lini himoya qildi, balki minglab hayotlar orasiga ko‘rinmas, ammo mustahkam xavfsizlik devorini qurdi. XIX asr oxirlarida shifokorlar operatsiyalarni ochiq qo‘l bilan bajargan. Aynan shu davrda bir hamshiraning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo tibbiyotda rezina qo‘lqopdan foydalanish g‘oyasini yuzaga chiqardi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Dori vositalarini nima uchun kanalizatsiyaga tashlash mumkin emas?


Dori vositalari tarkibidagi kimyoviy moddalar suv bilan birga daryo va yer osti suvlariga borib tushadi. Zamonaviy tozalash inshootlari suvni bakteriyalardan tozalasalar-da, undagi erigan murakkab kimyoviy birikmalarni to‘liq zararsizlantira olmaydi.

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
🟦🟦🟦

Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartini joriy etish bo’yicha onlayn seminar bo’lib o’tdi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zalida ISO 37001 standarti talablarini barcha xodimlarga tushuntirish hamda uning mexanizmlarini ish faoliyatiga integratsiya qilish yuzasidan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori o‘rinbosari Shoyadbek Vasiyev boshchiligida o‘tgan tadbirda Markaz mas’ullari hamda muassasaning hududlaridagi filiallari xodimlari ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
⭕️⭕️⭕️

"BEST-PHARM MED SERVICE" MChJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi


Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Xorazm viloyati, Xonqa tumani, G‘ayrat MFY, Uzumzor kuchasi, 97-uy manzilida joylashgan "BEST-PHARM MED SERVICE" MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.


Holat bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining "BEST-PHARM MED SERVICE" MChJning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Urganch tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda "BEST-PHARM MED SERVICE MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2023-yil 17-martda berilgan 069521-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
🟦🟦🟦

Dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tartiblari muhokama qilindi


"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori Alisher Temirov raisligida yurtimizda dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Onlayn uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 738-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilayotgan yangi talablar, ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlari va sohadagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Sirop shaklidagi dori vositalarni muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydi.


Chunki past haroratda dori tarkibidagi qand moddasi kristallashib, shifobaxsh moddalar cho‘kmaga tushadi. Bu nafaqat dori vositasining ta’sir kuchini yo‘qotadi, balki dozani aniq o‘lchashga xalaqit berib, nojo‘ya ta’sirlar xavfini tug‘dirishi mumkin.

Tavsiya: Sirop shakldagi dori vositalarini xona haroratida, quyosh nuri tushmaydigan quruq va qorong‘i joyda saqlash lozim. Har foydalanishdan oldin esa idishni yaxshilab chayqashni va qopqog‘ini mahkam yopishni unutmang.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
🟦🟦🟦

Litsenziyalash bo'yicha arizalarni onlayn yuborish mumkinmi?


Farmatsevika faoliyatini litsezniyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish, litsenziyaning muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish yuzasidan arizalarni Maxsus elektron “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn yo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.

Unda elektron platforma orqali ariza topshirish va kerakli hujjatlarni yuklash bilan bog‘liq barcha bosqichlar batafsil tushuntirilgan.

Qo‘llanmani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
🔴 🟦🟦🟦

Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi

2026 yilning 23-27 fevral kunlari
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida sminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.

Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.

Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.

📨 Ma'lumot uchun: pharmrelations@ssv.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟦🟦🟦

Ijro intizomi — faoliyati samaradorligining bosh mezoni


“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida 2025-yil yakunlari bo‘yicha ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, yil davomida 500 dan ortiq hujjatlar ijrosi ta’minlanib, davlat ahamiyatiga molik topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazorat tizimi o‘rnatildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
⭕️⭕️⭕️

“BIRODAR NORIMMATOV” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi


Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Alisher Navoiy MFY, Shifokorlar ko'chasi, 3-uy manzilida joylashgan “BIRODAR NORIMMATOV” MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.

Holat bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining “BIRODAR NORIMMATOV” MChJga tegishi dorixona litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Beruniy tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “BIRODAR NORIMMATOV” MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 14-martda berilgan 229457-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍4🔥3