Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.21K photos
685 videos
502 files
3.1K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

“Yevropa Ittifoqining xavfsizlik bo‘yicha davriy yangilanadigan hisobotlari rasmiy ro‘yxati” e’lon qilindi


👍 Mazkur ro‘yxat dori vositalari va tibbiy mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash, ularning qo‘llanishi jarayonida aniqlangan xavf omillarini monitoring qilish hamda xalqaro talablar asosida nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

E’lon qilingan ro‘yxat bilan Markazning rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⭕️⭕️⭕️

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan respublikamiz hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega korxonalar va tashkilotlar soniga oid statistik maʼlumotlar yangilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Yurtimizda davlat farmakopeyasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot institutlari diqqatiga!


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi 404-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildi tasdiqlanganligi munosabati bilan, 2026-yil 12-fevral kuni soat 10:00 da Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining katta majlislar zalida “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida gibrid (oflayn va onlayn) shaklda vebinar o‘tkaziladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
🟦🟦🟦

Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi


Joriy yilning 10-fevral kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida “RIVER MED PHARM” MChJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 15 nomdagi hamda “REKA-MED FARM” MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan 26 nomdagi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir doirasida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ul mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Shuningdek, mahalliy dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida uchrayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2🔥2
🟦🟦🟦

JSST bilan hamkorlik kengaymoqda: Markaz laboratoriyalari global tarmoqlarga qabul qilindi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining ikki laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalari va biologik preparatlar sifat nazoratiga oid global tarmoqlariga affillangan a’zo maqomida qabul qilindi.

Mazkur a’zolik milliy laboratoriya tizimini xalqaro sifat nazorati mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirish, JSST tavsiya etgan standart va metodikalarni amaliyotga joriy etish hamda laboratoriya sinovlari natijalarining ishonchliligi va taqqoslanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2👏1
⭕️⭕️⭕️

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri yangilandi


😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan (04.02.2026):

↗️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri;

↗️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish uchun berilgan sertifikatlar reestri to‘g‘risidagi axborotlar yangilandi.

Ushbu ma’lumotlar bilan Markazning rasmiy veb-sahifasida tanishishingiz mumkin.

👍 Narkotiklar nazorati qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq savollar bo‘yicha quyidagi elektron pochta manzili nnqkomitet@ssv.uz va quyidagi raqamlar (71) 242-84-59, 203-01-01 (ichki 2180-2185) orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
🟦🟦🟦

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida BeOne Medicines Ltd. kopmaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Markazda Xitoyning yetakchi biofarmatsevtika kompaniyasi BeOne Medicines Ltd. bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda surunkali gepatit D ni davolashga mo‘ljallangan zamonaviy preparatlar hamda ularni mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazish, klinik tadqiqotlar va texnologiyalar transferi yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqblollari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi

2026 yilning 23-27 fevral kunlari
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida seminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.

Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.

Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.

📨 Ma'lumot uchun: pharmrelations@ssv.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🟦🟦🟦

“DARMON” axborot tizimini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi


“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida qo‘llanilayotgan “DARMON” elektron axborot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Markaz direktori Alisher Temirov boshchiligida muassasa mas’ul xodimlari, shunigdek, Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Hindiston davlatlari tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchi farmatsevtika kompaniyalarining ro‘yxatdan o‘tkazish bo'yicha ma'sul mutaxassislari ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
🟦🟦🟦

Uzpharmcontrol
: Qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi, jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi bekor bo‘lgan dorixona, dorixona filialining manzillari va xodimlari (provizorlar, farmatsevtlar)ning yagona reestrdagi ma’lumotlari yangilandi.

👍 Mazkur ro‘yxatda 144 ta dorixona va ularning filiallari manzillari hamda xodimlari o‘rin olgan.

😎 Eslatib o‘tamiz, Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan reestrga kiritilgan ma’lumotlar ular kiritilgan vaqtdan e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
🟦🟦🟦

Urgut tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi


Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, dori vositalari aylanishida shaffoflikni ta’minlash hamda elektron retsept tizimini amaliyotga samarali joriy etish maqsadida Samarqand viloyatining Urgut tumanida mazkur tizim bo‘yicha joyida o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

“Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni daqiqalarda, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zalida Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi buyrug' bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi ikkinchi nashri birinchi jildi bo'yicha gibrid (oflayn va onlayn) shaklda vebinar bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Endilikda tibbiyot muassasalarida retsept bilan beriladigan ayrim dori vositalari elektron retsept orqali tayinlanadi. Bu tizim bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Dastlabki bosqichda shifokorlar antibiotiklar, tizimli taʼsir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari hamda tizimli taʼsir etuvchi gormonal dori vositalarini elektron retsept asosida yozib beradi. Bemorlar esa ushbu elektron retsept orqali mazkur dori vositalarini dorixonalardan xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1🔥1
🟦🟦🟦

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislar tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari uchun farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari, shuningdek ushbu talablarga rioya etilmaganda yuzaga keladigan huquqiy javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan seminar tadbiri o‘tkazildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟦🟦🟦

Onlayn muloqotda dori vositalarini ro‘yxatga olish masalalari muhokama qilindi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari ishtirokida mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan Zoom platformasida muntazam onlayn muloqotlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrahsuvda “OMONMEDFARM” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 5 nomdagi dori vositalari hamda “ TEMUR MED FARM” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 51 nomdagi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Farmakonazorat qanday vazifalarni bajaradi? - Javob

👍 Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun onlayn ariza qanday topshiriladi? - Javob

👍 Dorixonada raqamli markirovkasiz dori vositalarini sotish taqiqlandi. Avval olingan markirovkasiz dori vositalarining taqdiri nima bo‘ladi? - Javob

👍 Farmmahsulotlar xavfsizligi bugungi kunda qay darajada taʼminlangan? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟦🟦🟦

“Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar o‘tkazildi


Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining ikkinchi nashri birinchi jildining tasdiqlanishi, uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va qo‘llash tartiblari, shuningdek, yetakchi xalqaro farmakopeyalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Yangi tartibga muvofiq, Markazga dori vositalari va tibbiy jihozlar namunalarini pochta aloqasi vositalari orqali yuborish amaliyoti to'xtatildi. Xo'sh endilikda farmatsevtika mahsulotlari namunalari qanday tartibda va qancha miqdorlarda taqdim etilishi kerak?


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi VMQ-738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ro'yxatdan o'tkazish bo'limi mutaxassisi Mohira Yusupova tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊

Согласно новому порядку, практика отправки образцов лекарственных средств и медицинских изделий в Центр через средства почтовой связи была прекращена.

Каким же образом и в каких количествах теперь должны представляться образцы фармацевтической продукции?


​Специалист отдела регистрации Центра безопасности фармацевтической продукции Мохира Юсупова дала разъяснения по обновленному порядку государственной регистрации лекарственных средств и медицинских изделий, утвержденному постановлением Кабинета Министров от 24 ноября 2025 года № ПКМ-738.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏5🔥4
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Samarqand shahrida tibbiyot uskunalarining metrologik nazoratiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

😎 Markazda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti — ISO 37001 joriy etiladi

😎 “Yevropa Ittifoqining xavfsizlik bo‘yicha davriy yangilanadigan hisobotlari rasmiy ro‘yxati” e’lon qilindi

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan respublikamiz hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega korxonalar va tashkilotlar soniga oid statistik maʼlumotlar yangilandi

😎 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

😎 JSST bilan hamkorlik kengaymoqda: Markaz laboratoriyalari global tarmoqlarga qabul qilindi

😎 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri yangilandi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida BeOne Medicines Ltd. kopmaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

😎 “DARMON” axborot tizimini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi

😎 Urgut tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

😎 “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi

😎 Onlayn muloqotda dori vositalarini ro‘yxatga olish masalalari muhokama qilindi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari namunalari qanday tartibda va qancha miqdorlarda taqdim etilishi bo'yicha tushuntirish berildi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Сотрудничество с ВОЗ расширяется: лаборатории Центра приняты в глобальные сети

Две лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции были приняты в статусе аффилированных членов в глобальные сети Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), осуществляющие контроль качества лекарственных средств и биологических препаратов.

Данное членство направлено на гармонизацию национальной лабораторной системы с международными механизмами контроля качества, внедрение в практику рекомендованных ВОЗ стандартов и методик, а также обеспечение достоверности и сопоставимости результатов лабораторных испытаний.

👉 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2👏2