Ayrim farmakopeya maqolalarining amal qilish
muddatlarini to‘xtatilishi va yangilanishi haqida
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktorining 2026-yil 27-yanvardagi 36-sonli buyrug‘iga muvofiq, ayrim farmakopeya maqolalarining amal qilish muddatini to‘xtatish hamda muqobil va takomillashtirilgan farmakopeya maqolalarini joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan sana
Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral, hijriy 844-yilning 14-ramazon kunida tavallud topgani qayd etilgan.
Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Yurtimizda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Alisher Navoiy o‘zbek tili asoschisi va davlat arbobi, buyuk mutafakkir olim sifatida barcha turk elatlar yodida asrlar davomida saqlanajak.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏1
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo tajribasida elektron retsept tizimining dastlabki amaliyotlari 1980-yillarda Skandinaviya davlatlarida joriy etilgan.
1983 yilda Shvetsiyada elektron retsept sinov tariqasida qo‘llangani qayd etiladi. Keyinchalik Daniya, Niderlandiya va boshqa Yevropa mamlakatlari ushbu tizimni milliy darajada rivojlantirib, tibbiy axborot almashinuvini raqamlashtirishga erishgan.
Xususan, Daniyada 1990-yillardan boshlab MedCom platformasi orqali retseptlarni uzatish yo‘lga qo‘yilib, dori tayinlash xavfsizligini oshirish va xatolarni kamaytirishga xizmat qilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish doirasida elektron retsept mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etish amalga oshirilmoqda. Ushbu tizim tibbiyot muassasalari va dorixonalar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini avtomatlashtirish, dori vositalari tayinlanishini nazorat qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
Samarqand shahrida tibbiyot uskunalarining metrologik nazoratiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Samarqandda Metrologiya xizmati tomonidan tibbiyot muassasalarida o‘lchovlar aniqligi va uskunalarning metrologik nazoratini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda sohada amaldagi normativ-huquqiy talablar, jumladan, Vazirlikning 2024-yil 7-oktyabrdagi 313-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda majburiy metrologik tekshiruvdan o‘tkaziladigan tibbiyot uskunalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Markazda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standarti — ISO 37001 joriy etiladi
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish maqsadida ISO 37001 xalqaro standartini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Mazkur tashabbus davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, farmatsevtika sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda qaror qabul qilish jarayonlarining hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
“Yevropa Ittifoqining xavfsizlik bo‘yicha davriy yangilanadigan hisobotlari rasmiy ro‘yxati” e’lon qilindi
E’lon qilingan ro‘yxat bilan Markazning rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda davlat farmakopeyasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot institutlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi 404-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildi tasdiqlanganligi munosabati bilan, 2026-yil 12-fevral kuni soat 10:00 da Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining katta majlislar zalida “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida gibrid (oflayn va onlayn) shaklda vebinar o‘tkaziladi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
Joriy yilning 10-fevral kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida “RIVER MED PHARM” MChJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 15 nomdagi hamda “REKA-MED FARM” MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan 26 nomdagi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ul mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Shuningdek, mahalliy dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida uchrayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2🔥2
JSST bilan hamkorlik kengaymoqda: Markaz laboratoriyalari global tarmoqlarga qabul qilindi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining ikki laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalari va biologik preparatlar sifat nazoratiga oid global tarmoqlariga affillangan a’zo maqomida qabul qilindi.
Mazkur a’zolik milliy laboratoriya tizimini xalqaro sifat nazorati mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirish, JSST tavsiya etgan standart va metodikalarni amaliyotga joriy etish hamda laboratoriya sinovlari natijalarining ishonchliligi va taqqoslanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2👏1
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat uchun berilgan litsenziyalar reestri yangilandi
Ushbu ma’lumotlar bilan Markazning rasmiy veb-sahifasida tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida BeOne Medicines Ltd. kopmaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markazda Xitoyning yetakchi biofarmatsevtika kompaniyasi BeOne Medicines Ltd. bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda surunkali gepatit D ni davolashga mo‘ljallangan zamonaviy preparatlar hamda ularni mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazish, klinik tadqiqotlar va texnologiyalar transferi yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqblollari muhokama qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi
2026 yilning 23-27 fevral kunlari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida seminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.
Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.
Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
“DARMON” axborot tizimini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida qo‘llanilayotgan “DARMON” elektron axborot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Markaz direktori Alisher Temirov boshchiligida muassasa mas’ul xodimlari, shunigdek, Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Hindiston davlatlari tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchi farmatsevtika kompaniyalarining ro‘yxatdan o‘tkazish bo'yicha ma'sul mutaxassislari ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Uzpharmcontrol: Qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi, jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi bekor bo‘lgan dorixona, dorixona filialining manzillari va xodimlari (provizorlar, farmatsevtlar)ning yagona reestrdagi ma’lumotlari yangilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
Urgut tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi
Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, dori vositalari aylanishida shaffoflikni ta’minlash hamda elektron retsept tizimini amaliyotga samarali joriy etish maqsadida Samarqand viloyatining Urgut tumanida mazkur tizim bo‘yicha joyida o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tmoqda
Ayni daqiqalarda, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zalida Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi buyrug' bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi ikkinchi nashri birinchi jildi bo'yicha gibrid (oflayn va onlayn) shaklda vebinar bo‘lib o‘tmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda tibbiyot muassasalarida retsept bilan beriladigan ayrim dori vositalari elektron retsept orqali tayinlanadi. Bu tizim bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Dastlabki bosqichda shifokorlar antibiotiklar, tizimli taʼsir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari hamda tizimli taʼsir etuvchi gormonal dori vositalarini elektron retsept asosida yozib beradi. Bemorlar esa ushbu elektron retsept orqali mazkur dori vositalarini dorixonalardan xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1🔥1
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislar tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari uchun farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari, shuningdek ushbu talablarga rioya etilmaganda yuzaga keladigan huquqiy javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan seminar tadbiri o‘tkazildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Onlayn muloqotda dori vositalarini ro‘yxatga olish masalalari muhokama qilindi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari ishtirokida mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan Zoom platformasida muntazam onlayn muloqotlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Navbatdagi uchrahsuvda “OMONMEDFARM” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 5 nomdagi dori vositalari hamda “ TEMUR MED FARM” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 51 nomdagi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1