Специалисты Центра приняли участие в испытательных процессах, проведённых в России
Специалисты лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции приняли участие в научно-практических испытаниях, проведённых в лаборатории ведущей фармацевтической компании, расположенной в городе Зеленоград Российской Федерации.
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Специалисты лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции приняли участие в научно-практических испытаниях, проведённых в лаборатории ведущей фармацевтической компании, расположенной в городе Зеленоград Российской Федерации.
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍6
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va IPRP — Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi hamkorligida dori vositalarining sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan IPRP manfaatdor tomonlar uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Singapur, Braziliya, Fransiya va boshqa davlatlarning regulyator organlari vakillari hamda farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida ochiq muloqot shaklida tashkil etiladi.
Tadbir davomida dori vositalari sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar, regulyator fanlar sohasidagi dolzarb masalalar, IPRP ishchi guruhlarining so‘nggi faoliyati, jumladan generik dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ishlarni taqsimlash mexanizmlari, shuningdek xalqaro regulyator hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Farmatsevtika sanoati vakillari dori vositalari sifati va bioekvivalentligiga oid masalalar yuzasidan muhokama uchun mavzularni taklif qilishlari mumkin. Taklif etiladigan mavzular nomi, muammoning qisqacha tavsifi, amaldagi yoki taklif etilayotgan yondashuvlar, shuningdek tegishli ishchi guruhga qaratilgan savollarni o‘z ichiga olishi lozim.
Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3
Elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha Andijonda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'sullari tomonidan Andijon shahrida elektron retsept tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Xususan tibbiyot muassasalari va dorixonalar faoliyati, elektron retseptlar bilan ishlash mexanizmi hamda axborot tizimlari holati tahlil qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi
2026 yilning 23-27 fevral kunlari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida seminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.
Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.
Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Muddati o'tgan dori vositalarini sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan "NARZIYEV MANSUR" MChJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.
Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 2 turdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi va davlat ro’yxatidan o'tmaganligi hamda 2 turdag dori vositasining yaroqlilik muddati o’tib ketganligi aniqlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from Rasmiy xabarlar I Официальные новости
Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.
📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan litsenziyatlar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar yangilandi.
Bu haqida qo‘yidagi havola orqali Markaz veb-saytida tanishishingiz mumkin:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
“DARMON” axborot tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida qo‘llanilayotgan “DARMON” axborot tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaz direktori Alisher Temirov boshchiligida muassa ma'sullari, Sog'liqni saqlash loyihalari markazi mutasaddilari, shuningdek Rossiya, Sloveniya, Fransiya, Germaniya va Hindiston farmatsevtika kompaniyalarining ro'yxatdan o'tkazish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislari ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda
Quyi palata majlisida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Ayni damda “O‘zbekiston 24” telekanalida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan tok-shou bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rsatuvda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov ishtirok etib, DMED tizimi, “elektron retsept” mexanizmi hamda ularning dori vositalari aylanishidagi shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan fikr bildirmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda davlat farmakopeyasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot institutlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi 404-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildi tasdiqlanganligi munosabati bilan, 2026-yil 12-fevral kuni soat 10:00 da Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining katta majlislar zalida “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida gibrid (oflayn va onlayn) shaklda vebinar o‘tkaziladi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥1
Muvofiqlik sertifikatisiz hamda muddati o’tgan dori vositalarini sotayotgan dorixonaga chora ko’rildi
Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, Namangan viloyati, Chortoq tumani, Zafar Diyor MFY Istiqlol ko'chasi 2-uy manzilida joylashgan "KAVSAR HEALTH CENTER" MChJga tegishli dorixonadan olingan 51 turdagi dori vositalariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi, 14 turdagi dori vositalari esa amaldagi tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestrida qayd etilmaganligi hamda 21 turdagi dori vositalarining yaroqlilik muddati o‘tganligi aniqlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xo'sh ushbu standartning O‘zbekiston va tibbiyot sohasi uchun ahamiyati nimada?
Mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassisi Mirzoxidjon Akbaraliyev javob berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Tarkibida kuchli ta’sir etuvchi moddalar mavjud tabletkalar savdosi fosh etildi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.D. fuqaro Sh.X.ga 5 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 200 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan vositalarni 6,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda uning Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi xonadonidan 16 quti 480 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini noto‘g‘ri saqlash inson salomatligi uchun jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Xo‘sh, ularni saqlashda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? Keling, bu haqida dori vositalarining o‘zidan eshitamiz.
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4👍3
Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati baholanadi
Hukumatning 2018 yil 7 maydagi 341-son qaroriga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash va toifalash to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
«Farmakonazorat» milliy elektron axborot tizimi bo‘yicha respublika miqyosida o‘quv-seminar tashkil etildi
Dori vositalari xavfsizligini ta’minlash va nojo‘ya ta’sirlar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan «Farmakonazorat» milliy elektron axborot tizimi bo‘yicha respublika miqyosida onlayn o‘quv-seminar tashkil etildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Ayrim farmakopeya maqolalarining amal qilish
muddatlarini to‘xtatilishi va yangilanishi haqida
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktorining 2026-yil 27-yanvardagi 36-sonli buyrug‘iga muvofiq, ayrim farmakopeya maqolalarining amal qilish muddatini to‘xtatish hamda muqobil va takomillashtirilgan farmakopeya maqolalarini joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan sana
Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral, hijriy 844-yilning 14-ramazon kunida tavallud topgani qayd etilgan.
Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Yurtimizda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Alisher Navoiy o‘zbek tili asoschisi va davlat arbobi, buyuk mutafakkir olim sifatida barcha turk elatlar yodida asrlar davomida saqlanajak.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏1
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1