Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
686 videos
502 files
3.1K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🔴 🟦🟦🟦

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiradi: GPP sertifikatiga ega bo‘lmagan dorixonalar diqqatiga!


O‘zbekiston Respublikasi Рrеzidеntining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha сhога-tadbirlаr to‘g‘risida” PF-20-son Fаrmоnining 2-ilovasi 4-bandi “v”-kichik bandiga muvofiq, 2025 yil 1 yanvarga qadar — farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026 yil 1 yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur farmatsevtika amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan.

Shunga kо‘rа, mаzkur tаlablarlаr O‘zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qаrоri bilаn tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim оrqаli ауrim faoliyat turlаrini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomga kiritilgan va bugungi kunda Nizomning 29-ilovasi 9-bandiga muvofiq “Zarur farmatsevtika (dоriхоnа) amaliyoti (GPP)” davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lish va rioya etish litsenziya talab va shartlaridan biri hisoblanadi.


Mazkur talablarni qonunchilik hujjati bilan belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda lisenziyatlarga nisbatan yuqorida qayd etilgan ta’sir choralari ko‘rilishi haqida litsenziyalovchi organ OGOHLANTIRADI.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
🔴 🟦🟦🟦

Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi

2026 yilning 23-27 fevral kunlari
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida seminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.

Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.

Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.

📨 Ma'lumot uchun: pharmrelations@ssv.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
⭕️⭕️⭕️

Narx belgilash tartibini buzgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi


Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Uchtepa ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan «FARM EFFEKT» MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
🔴 🟦🟦🟦

Markaz mutaxassislari Rossiyada o'tkazilgan
sinov jarayonlarida ishtirok etdi


Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyasi mutaxassislari Rossiya yetakchi farmatsevtika kompaniyasida virusga qarshi dori vositasining sinov jarayonlarida ishtirok etdi. Tadqiqotlar davomida interferon alfa-2b va taurin asosidagi preparatning sifati va biologik faolligi baholandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
⭕️⭕️⭕️

Namanganda qonunga xilof ravishda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish faoliyati aniqlandi


Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.F.” MCHJ rahbari O.D. (muqaddam sudlangan) “Orzu” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida qonunga xilof ravishda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, undan umumiy bahosi 502,9 mln so‘mlik 9 turdagi 138 031 quti dori vositalari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan boshqa xom ashyolar ashyoviy dalil sifatida olindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Farg’ona va Namangan viloyatlarida Elektron retsept tizimi bo’yicha seminarlar o’tkazildi

😎 Sinov markazi laboratoriyasini JSST tomonidan prekvalifikatsiyadan o‘tkazish jarayoni faol bosqichda davom etmoqda

😎 Raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar ro‘yxati kengaytiriladi

😎 JSST prekvalifikatsiyasidan o‘tish uchun qanday talablar qo‘yilgan?

😎 Markaz laboratoriyasining prekvalifikatsiyadan o‘tishi tadbirkorlarga nima beradi?

😎 Xonobodda elektron retsept tizimi amaliyotda qanday ishlayapti?

😎 O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi raqamlashtirilmoqda: elektron poliklinika, shifoxona va retsept tizimi joriy etiladi

😎 Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi

😎 Narx belgilash tartibini buzgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi

😎 Markaz mutaxassislari Rossiyada o'tkazilgan
sinov jarayonlarida ishtirok etdi

😎 Nojo‘ya reaksiyalar yagona elektron tizim orqali nazorat qilinadi

😎 Namanganda qonunga xilof ravishda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish faoliyati aniqlandi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalari gapirganda nima degan bo'lardi?

Если бы лекарственные препараты могли говорить, что бы они сказали?

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7👏4
Специалисты Центра приняли участие в испытательных процессах, проведённых в России

Специалисты лаборатории Центра безопасности фармацевтической продукции приняли участие в научно-практических испытаниях, проведённых в лаборатории ведущей фармацевтической компании, расположенной в городе Зеленоград Российской Федерации.

👉 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍6
🟦🟦🟦

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va IPRP — Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi hamkorligida dori vositalarining sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan IPRP manfaatdor tomonlar uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.


Uchrashuv Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Singapur, Braziliya, Fransiya va boshqa davlatlarning regulyator organlari vakillari hamda farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida ochiq muloqot shaklida tashkil etiladi.


Tadbir davomida dori vositalari sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar, regulyator fanlar sohasidagi dolzarb masalalar, IPRP ishchi guruhlarining so‘nggi faoliyati, jumladan generik dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ishlarni taqsimlash mexanizmlari, shuningdek xalqaro regulyator hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Farmatsevtika sanoati vakillari dori vositalari sifati va bioekvivalentligiga oid masalalar yuzasidan muhokama uchun mavzularni taklif qilishlari mumkin. Taklif etiladigan mavzular nomi, muammoning qisqacha tavsifi, amaldagi yoki taklif etilayotgan yondashuvlar, shuningdek tegishli ishchi guruhga qaratilgan savollarni o‘z ichiga olishi lozim.

👍 Vaqti: 2026 yil 26 mart

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor ko‘chasi, "Tashkent Pharma Park" farmasevtika klasteri

📨 Ma’lumot va takliflar uchun: pharmrelations@ssv.uz

Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Dori vositasining nojo‘ya taʼsiri kuzatilganda fuqarolar kimga va qay tartibda murojaat qilishi kerak? - Javob

👍 Yurtimizda dori vositalarining sifati qanday nazorat qilinadi? - Javob

👍 Qanday hollarda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilinadi? - Javob

👍 Farmakonazorat qanday faoliyat va u qanday talablar asosida amalga oshiriladi? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3
🟦🟦🟦

Elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha Andijonda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'sullari tomonidan Andijon shahrida elektron retsept tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Xususan tibbiyot muassasalari va dorixonalar faoliyati, elektron retseptlar bilan ishlash mexanizmi hamda axborot tizimlari holati tahlil qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi

2026 yilning 23-27 fevral kunlari
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi USP bilan hamkorlikda hamda ICH ko‘magida "Klinik tadqiqotlarda shaffoflik, xavfsizlik va ilmiy qat’iylikni oshirishda xalqaro uyg‘unlashgan yondashuvlardan foydalanish" mavzusida seminar trening o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur trening klinik tadqiqotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ishtirokchilar xavfsizligini kuchaytirish hamda ilmiy yondashuvlarning qat’iyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yondashuvlar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinadi.

Trening doirasida klinik tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ICH E5(R1), E6(R3), E8(R1), E17, E19 hamda M13A qo‘llanmalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi.

Treningda faqat klinik tadqiqotlar homiylari, klinik bazalar, tadqiqot jarayonlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar hamda soha mutaxassislari quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan holda ishtirok etishi mumkin.

📨 Ma'lumot uchun: pharmrelations@ssv.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
⭕️⭕️⭕️

Muddati o'tgan dori vositalarini sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan "NARZIYEV MANSUR" MChJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.

Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 2 turdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi va davlat ro’yxatidan o'tmaganligi hamda 2 turdag dori vositasining yaroqlilik muddati o’tib ketganligi aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan litsenziyatlar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar yangilandi.


Bu haqida qo‘yidagi havola orqali Markaz veb-saytida tanishishingiz mumkin:

👍 Dori vositalarini ishlab chiqarish, dori vositalarini tayyorlash, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun amal qilish muddati tugagan litsenziyalar ro‘yxati;

👍 Dori vositalarini ishlab chiqarish, dori vositalarini tayyorlash, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyani amal qilish muddatini vaqtincha to‘xtatib turgan yuridik shaxslar ro‘yxati;

👍 Dori vositalarini ishlab chiqarish, dori vositalarini tayyorlash, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun o‘z hohshiga ko‘ra litsenziyani tugatgan yuridik shaxslar ro‘yxati;

👍 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun amal qilish muddati tugagan litsenziyalar ro‘yxati;

👍 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun o‘z hohshiga ko‘ra litsenziyani tugatgan yuridik shaxslar ro‘yxati;

👍 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyani amal qilish muddatini vaqtincha to‘xtatib turgan yuridik shaxslar ro‘yxati;

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦

“DARMON” axborot tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida qo‘llanilayotgan “DARMON” axborot tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaz direktori Alisher Temirov boshchiligida muassa ma'sullari, Sog'liqni saqlash loyihalari markazi mutasaddilari, shuningdek Rossiya, Sloveniya, Fransiya, Germaniya va Hindiston farmatsevtika kompaniyalarining ro'yxatdan o'tkazish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislari ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2
🟦🟦🟦

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda


Quyi palata majlisida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🟦🟦

Ayni damda “O‘zbekiston 24” telekanalida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan tok-shou bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rsatuvda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov ishtirok etib, DMED tizimi, “elektron retsept” mexanizmi hamda ularning dori vositalari aylanishidagi shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan fikr bildirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Yurtimizda davlat farmakopeyasi bilan bog‘liq yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot institutlari diqqatiga!


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi 404-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildi tasdiqlanganligi munosabati bilan, 2026-yil 12-fevral kuni soat 10:00 da Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining katta majlislar zalida “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi” mavzusida gibrid (oflayn va onlayn) shaklda vebinar o‘tkaziladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥1
⭕️⭕️⭕️

Muvofiqlik sertifikatisiz hamda muddati o’tgan dori vositalarini sotayotgan dorixonaga chora ko’rildi


Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, Namangan viloyati, Chortoq tumani, Zafar Diyor MFY Istiqlol ko'chasi 2-uy manzilida joylashgan "KAVSAR HEALTH CENTER" MChJga tegishli dorixonadan olingan 51 turdagi dori vositalariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi, 14 turdagi dori vositalari esa amaldagi tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestrida qayd etilmaganligi hamda 21 turdagi dori vositalarining yaroqlilik muddati o‘tganligi aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF–137-sonli Farmoniga muvofiq “Tibbiy buyumlar — Sifat menejmenti tizimlari — Tartibga solish maqsadlari uchun talablar” nomli milliy standartni ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinganligi haqida xabar bergan edik.

Xo'sh ushbu standartning O‘zbekiston va tibbiyot sohasi uchun ahamiyati nimada?

Mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi mutaxassisi Mirzoxidjon Akbaraliyev javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8