Davlat Farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uyg‘unligining yangi bosqichi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini tubdan isloh qilish, dori vositalari sifatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish hamda aholini xavfsiz va yuqori samarador preparatlar bilan ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda Davlat farmakopeyasini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, uning ikkinchi nashrini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish farmatsevtika mahsulotlari muomalasini tartibga solish hamda sifat nazorati tizimini yangi, strategik bosqichga ko‘taruvchi muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

👏8👍6🔥3
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiradi: Shifokor retsepti bilan beriladigan dori vositasini retseptsiz berish javogarlikka sabab bo'ladi
Hurmatli yurtdoshlar! Agar Siz retsept bilan berilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining dorixonalarda retseptsiz sotilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining rasmiy @Uzpharmcontrol_bot telegram boti orqali yoki farmkomitet@ssv.uz elektron pochta manziliga murojaat yuborishingizni so’raymiz.
Eslatib o’tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, dastlabki bosqichda antibiotiklar, tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial hamda gormonal dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash va dorixonalarda aynan elektron retsept orqali berish tartibi joriy etilgan.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Nojo‘ya reaksiyalar yagona elektron tizim orqali nazorat qilinadi
SSVning 2026-yil 21-yanvardagi 15-sonli buyrug‘i bilan "Dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish hamda elektron axborot tizimini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida" nizom tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, nojo‘ya reaksiyalar haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish, jamlash va tahlil qilish uchun “Farmakonazorat” milliy axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi. Ushbu tizim orqali dori vositalari va vaksinalarni qo‘llash bilan bog‘liq barcha nojo‘ya holatlar markazlashgan holda qayd etilib, tahliliy baholanadi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏2
“NISHAN PHARM BUSINESS” MCHJga qarashli dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Nazorat: Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida joylashgan “NISHAN PHARM BUSINESS” mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi. Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 2 turdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi hamda davlat ro’yxatidan o’tmaganligi aniqlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri texnoparki majlislar zalida farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, tegishli davlat organlari vakillari, mahalliy va xorijiy investorlar, tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar va distribyutorlar, shuningdek, farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
"Farmakonazorat" milliy elektron axborot tizimi faoliyati yo’lga qo’yildi
Davlatimiz rahbarining farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida dori vositalaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan nojo‘ya reaksiyalarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimi ishga tushirildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorligida ishlab chiqilgan ushbu tizim dori vositalari xavfsizligini kuchaytirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish hamda farmakonazorat sohasida samarali boshqaruv mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Jamoatchilik va soha vakillari e’tiboriga
2025-yilning IV choragi (oktyabr–dekabr oylari) davomida respublika hududida faoliyat yuritayotgan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlari tomonidan rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari, shuningdek, sinovlar natijasida normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan farmatsevtika mahsulotlari bo'yichi rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi kengaytirildi
"O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi" davlat muassasasi Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tarkibidagi sinov laboratoriyasining akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. Mazkur laboratoriya O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 xalqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, akkreditatsiya sohasi kengaytirilishi uning sinov va tahlil imkoniyatlarini yanada oshiradi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥4
Xorazm viloyatida elektron retsept tizimi: dorixonalar faoliyatida yangi bosqich
Xorazm viloyati Urganch shahrida dorixona va tibbiyot muassasalari faoliyatida elektron retsept tizimini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 570-sonli qarori ijrosi, elektron retsept asosida dori vositalarini tayinlash va rasmiylashtirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Buxoro viloyatida 20 ga yaqin ichki dorixona GPP va GSP standartlari bo‘yicha sertifikatlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ichki dorixonalarni GPP va GSP standartlari asosida qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 20 ga yaqin tibbiyot muassasasi ichki dorixonalari ushbu talablar asosida sertifikatlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2👏2
"Farmakonazorat" milliy elektron axborot tizimi faoliyati yuzasidan onlayn seminar o'tkazildi
Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida “Farmakonazorat” milliy elektron axborot tizimida ishlash bo'yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda 100 dan ortiq tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan minglab tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
Forwarded from Hudud Inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ягона орзу йўлида бирлашган мамлакат.
Ўзбекистон футбол ассоциацияси томонидан дунёнинг энг етакчи телеканалларидан бири "BBC" учун махсус видеоролик тақдим этилди.
Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
Ўзбекистон футбол ассоциацияси томонидан дунёнинг энг етакчи телеканалларидан бири "BBC" учун махсус видеоролик тақдим этилди.
Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
👍5
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bemorga beriladigan retseptda qanday maʼlumotlar aks etishi kerak?
🧾 Retsept — shifokorning farmatsevtik maʼlumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatlarini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi elektron yoki yozma shakldagi ko‘rsatmasi hisoblanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
Farg’ona va Namangan viloyatlarida Elektron retsept tizimi bo’yicha seminarlar o’tkazildi
Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va dori vositalari aylanmasida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan elektron retsept tizimini joriy etish ishlari doirasida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hamda Namangan viloyati Namangan shahrida dorixona va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning 2025-yil 28-yanvardagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–13-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ayni kunlarda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Sinov markazi laboratoriyasini JSST tomonidan prekvalifikatsiyadan o‘tkazish jarayoni faol bosqichda davom etmoqda.
Hozirda Sinov markazi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida JSST inspeksiya guruhi vakillari Mohamed Refaat Abdelfattah va Natércia Guerra Simoes tomonidan joyida baholash (inspeksiya) jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6
Diqqat: O‘zMSt ISO 13485:2025 bo‘yicha sertifikatlashtirish — ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tarkibida Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi faoliyat yuritmoqda.
😎 Sertifikatlashtiruvchi organ haqida
Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi tomonidan 2025-yil 17-noyabrda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, Milliy reyestrga O‘ZAK.MT.0039 raqami bilan kiritilgan hamda O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish vakolatiga ega.
👍 O‘zMSt ISO 13485 sertifikati nima beradi?
O‘zMSt ISO 13485 sertifikati tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarishda sifat hamda xavfsizlikni tizimli ravishda ta’minlash imkonini beradi, milliy va xalqaro miqyosda tan olinadi hamda IAF qo‘shma belgisi bilan rasmiylashtirilgan sertifikatlar orqali 100 dan ortiq davlatda amal qiladi.
🇺🇿 Qonunchilikda belgilangan imtiyozlar:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qaroriga muvofiq, O‘zMSt ISO 13485 sertifikatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarning tibbiy buyumlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda ishlab chiqarish sharoitlari inspeksiya qilinmaydi, natijada davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni tezlashadi hamda ma’muriy yuklama sezilarli darajada kamayadi.
👍 Sertifikatlashtirish shartlariga ko‘ra:
O‘zMSt ISO 13485 sertifikati 3 yil muddatga beriladi, uning amal qilish davrida har yili rejali nazorat auditi o‘tkaziladi hamda 18 ta texnik soha bo‘yicha baholash imkoniyati mavjud.
👍 Sertifikatlashtirish jarayonlari
Tizim to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, arizalar https://smk.tris.uz milliy axborot tizimi orqali qabul qilinadi, tizimdan foydalanish bo‘yicha batafsil video qo‘llanma esa Uzpharmcontrol telegram kanalida joylashtirilgan.
(ichki raqamlar — 2085, 2086, 2087)
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1
Raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar ro‘yxati kengaytiriladi
Aholini sifatli va ishonchli dori vositalari hamda tibbiy jihozlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda majburiy raqamli markirovkalash tizimi doirasi kengaytirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, ayrim yangi turdagi dori vositalari va tibbiy jihozlar uchun 2026-yildan boshlab tajriba loyihasi, 2027-yildan esa majburiy raqamli markirovkalash joriy etilish belgilandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi.
✈️ Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️ Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda.
👍 Jamoatchilik muhokamasi ertaga, 28 yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!➡️ uzbekistan2030.uz➡️ regulation.gov.uz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.X. (muqaddam sudlangan) tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 10 dona “Regapen” nomli dori vositasini fuqaroga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Сертификация по O‘zMSt ISO 13485:2025 — новые возможности для производителей
Как мы сообщали ранее, в соответствии с приказом Министра здравоохранения Республики Узбекистан в структуре государственного учреждения «Центр безопасности фармацевтической продукции» осуществляет деятельность Орган по сертификации систем менеджмента качества.
Орган по сертификации систем менеджмента качества аккредитован Узбекским центром аккредитации 17 ноября 2025 года, внесён в Национальный реестр под номером O‘ZAK.MT.0039 и наделён полномочиями по проведению сертификации на соответствие стандарту
O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT).
Сертификат O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) обеспечивает системное управление качеством и безопасностью при производстве медицинских изделий и медицинской техники, признаётся на национальном и международном уровнях, а сертификаты, оформленные с использованием совместного знака IAF, действуют более чем в 100 странах мира.
Сертификат O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) выдается сроком на 3 года. В течение срока его действия ежегодно проводится плановый инспекционный аудит, а также предусмотрена возможность оценки по 18 техническим областям.
Процессы сертификации полностью цифровизированы. Заявки принимаются через национальную информационную систему https://smk.tris.uz подробная видеоинструкция по работе с системой размещена в Telegram-канале Uzpharmcontrol.
👍 Для справок: +998 (71) 203-01-01
(внутренние номера — 2085, 2086, 2087)
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Как мы сообщали ранее, в соответствии с приказом Министра здравоохранения Республики Узбекистан в структуре государственного учреждения «Центр безопасности фармацевтической продукции» осуществляет деятельность Орган по сертификации систем менеджмента качества.
😎 О сертифицирующем органе
Орган по сертификации систем менеджмента качества аккредитован Узбекским центром аккредитации 17 ноября 2025 года, внесён в Национальный реестр под номером O‘ZAK.MT.0039 и наделён полномочиями по проведению сертификации на соответствие стандарту
O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT).
👍 Что даёт сертификат O‘zMSt ISO 13485?
Сертификат O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) обеспечивает системное управление качеством и безопасностью при производстве медицинских изделий и медицинской техники, признаётся на национальном и международном уровнях, а сертификаты, оформленные с использованием совместного знака IAF, действуют более чем в 100 странах мира.
🇺🇿 Льготы, предусмотренные законодательством. В соответствии с постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 24 ноября 2025 года № 738, при государственной регистрации медицинских изделий производителей, имеющих сертификат O‘zMSt ISO 13485, инспекция производственных условий не проводится. Это позволяет ускорить процесс государственной регистрации и существенно снизить административную нагрузку.
👍 Условия сертификации:
Сертификат O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) выдается сроком на 3 года. В течение срока его действия ежегодно проводится плановый инспекционный аудит, а также предусмотрена возможность оценки по 18 техническим областям.
👍 Процедуры сертификации

🔥9👍2👏1