Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
686 videos
502 files
3.1K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Dori vositalarini standartlashtirishda yetakchi farmakopeyalar sinov usullarini qo‘llash tartibi tasdiqlandi


Farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari va sifat nazorati laboratoriyalari uchun yangi tartib joriy etilmoqda. Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'iga muvofiq, endilikda zarur sinov usullari Davlat farmakopeyasida nazarda tutilmagan bo'lsa, dori vositalarini baholashda Yevropa, AQSh, Yaponiya farmakopeyalari va JSST Xalqaro farmakopeyasi shuningdek Farmakopeya muhokama guruhi (PDG)ga a’zo davlatlar farmakopeyalarida belgilangan sinov usullaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

🌐 Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

👍 Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Farmatsevtika faoliyatida xavfni tahlil etish qanday amalga oshiriladi? - Javob

👍 Dori vositalarini qanday tog'ri qabul qilish kerak? - Javob

👍 Dori vositalarini to‘g‘ri saqlashda nimalarga e’tibor berish kerak? - Javob

👍 Hozir kunda dorixonalarda sotilayotgan dori vositalarini xavfsiz deya ayta olamizmi? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
“GIYOH” xususiy klinikasida metrologiya tekshiruvlari amalga oshirildi

Tibbiy xizmatlar sifati va o‘lchash natijalarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Metrologiya xizmati tomonidan xususiy tibbiyot muassasalarida reja asosida tekshiruvlar olib borilmoqda. Navbatdagi metrologiya nazorat tadbiri Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “GIYOH” xususiy klinikasida amalga oshirildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Yangi tartib bo‘yicha tibbiy jihozlarni tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazishda qanday amalga oshiriladi?


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi VMQ-738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ro'yxatdan o'tkazish bo'limi mutaxassisi Bibizada Aymurzayeva tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏1
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiradi: GPP sertifikatiga ega bo‘lmagan dorixonalar diqqatiga!

😎 Farmakopeya qo‘mitasi faoliyati: 2025 yil natijalari va tizimli o‘zgarishlar tahlili

😎 Dori vositasini umumiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qanday namunalar taqdim etiladi?

😎 Klinik tadqiqotlar sohasiga bag'ishlangan trening o'tkaziladi

😎 “Dr. Reddy’s Laboratories Ltd” kompaniyasi tomonidan "Telsartan H" dori vositasining ayrim seriyasi muomaladan qaytarib olinmoqda

😎 2025-yilda narkotik vositalar muomalasi ustidan nazorat qanday olib borildi?

😎 Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda GMP sertifikati ham talab etiladimi?

😎 Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda yangi talablar joriy etilmoqda

😎 Tibbiy jihozlar yo‘nalishida ekspertiza salohiyati va xalqaro hamkorlik kengaymoqda

😎 Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

😎 Farmatsevtik preparatlarga qo‘yiladigan texnik talablarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi

😎 Dori vositalari tan olish yo‘li bilan davlat ro‘yxatdan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?

😎 O'zbekistonda farmakologik vositalar hamda dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

😎 Farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibi belgilandi

😎 “NISHAN PHARM BUSINESS” MCHJga qarashli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

😎 “Ekustim” dori vositasini standartlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot yakuniy bosqichda

😎 Dori vositalarini standartlashtirishda yetakchi farmakopeyalar sinov usullarini qo‘llash tartibi tasdiqlandi

😎 “GIYOH” xususiy klinikasida metrologiya tekshiruvlari amalga oshirildi

😎 Yangi tartib bo‘yicha tibbiy jihozlarni tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazishda qanday amalga oshiriladi?

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
⭕️⭕️⭕️

Sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz!

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatining eng muhim tamoyillaridan biri — halollik, ochiqlik va adolatdir. Bizning maqsad esa — aholiga xavfsiz, sifatli va ishonchli dori vositalarini yetkazish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Agar siz qonunbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va korrupsiyaviy harakatlarga duch kelsangiz zudlik bilan biz bilan bog‘laning:

🏷 Ishonch telefoni: (71) 203-01-01 (2385)
🏷 Telegram bot: t.me/uzpharmcontrolbot
🏷 Elektron pochta: farmkomitet@ssv.uz
🏷 Facebook: www.fb.com/uzpharmcontrol
🏷 Instagram: instagram.com/uzpharmcontrol

📩 Murojaatingiz maxfiylik tamoyiliga to‘liq rioya etgan holda ko‘rib chiqiladi va natijalari qonuniy baho berish uchun tegishli organlarga taqdim etiladi.

☑️ Farmatsevtika sohasida shaffoflik va adolatni birgalikda ta’minlaylik!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
🟦🟦🟦

O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy jihozlar sohasida muhim normativ hujjatlar tasdiqlandi


O‘tgan haftada yurtimizda tibbiy jihozlar va dori vositalari bo‘yicha klinik tadqiqotlarni o‘tkazish, farmatsevtik preparatlarga texnik talablarni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda farmakopeya maqolalarini Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibini belgilovchi to‘rtta muhim normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2🔥1
⭕️⭕️⭕️⭕️

Sog'liqni saqlash vazirligi antibiotiklar bo‘yicha tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritidi


Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 15-yanvaridan boshlab dorixonalarda antibiotik dori vositalari faqat elektron retsept asosida berilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Aslida, Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan antibiotiklarni elektron retsept asosida berish tartibi tasdiqlangan bo'lib, mazkur tartib 2025-yil 16-dekabrdan boshlab amalga kiritilgan.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Xorijiy dori vositalarini umumiy tartibda va tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladigan sertifikat va guvohnomalarning haqqoniyligi qanday tartibda tekshiriladi?


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi VMQ-738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ro'yxatdan o'tkazish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Nigora Nuritdinova tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4
🟦🟦🟦

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va IPRP — Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi hamkorligida dori vositalarining sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan IPRP manfaatdor tomonlar uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.


Uchrashuv Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Singapur, Braziliya, Fransiya va boshqa davlatlarning regulyator organlari vakillari hamda farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida ochiq muloqot shaklida tashkil etiladi.


Tadbir davomida dori vositalari sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar, regulyator fanlar sohasidagi dolzarb masalalar, IPRP ishchi guruhlarining so‘nggi faoliyati, jumladan generik dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ishlarni taqsimlash mexanizmlari, shuningdek xalqaro regulyator hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Farmatsevtika sanoati vakillari dori vositalari sifati va bioekvivalentligiga oid masalalar yuzasidan muhokama uchun mavzularni taklif qilishlari mumkin. Taklif etiladigan mavzular nomi, muammoning qisqacha tavsifi, amaldagi yoki taklif etilayotgan yondashuvlar, shuningdek tegishli ishchi guruhga qaratilgan savollarni o‘z ichiga olishi lozim.

👍 Vaqti: 2026 yil 26 mart

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor ko‘chasi, "Tashkent Pharma Park" farmasevtika klasteri

📨 Ma’lumot va takliflar uchun: pharmrelations@ssv.uz

Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2
⭕️⭕️⭕️

Tibbiy jihozlarni tasniflash bo‘yicha yangi qoidalar tasdiqlandi


Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan tibbiy jihozlarning turlari bo‘yicha nomenklatura klassifikatsiyasi hamda ularni qo‘llash xavfi darajasiga ko‘ra tasniflash qoidalari tasdiqlandi. Yangi tartibga muvofiq, tibbiy jihozlar xavf darajasidan kelib chiqib aniq toifalarga ajratiladi va ularni baholash, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda nazorat qilish jarayonlari yagona tizim asosida amalga oshiriladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
⭕️⭕️⭕️

Dori vositalari va tibbiy jihozlar tanqisligi sharoitida ularni tezkor ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalari va tibbiy jihozlarning vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan holatlarda tibbiy yordam uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartibni tasdiqladi. Mazkur hujjatga muvofiq, hayot uchun muhim ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan, majburiy sertifikatlash sharti asosida yurtimizga olib kirilishi va tibbiyot amaliyotida qo‘llanishiga ruxsat etiladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3
⭕️⭕️⭕️

Dori vositalari va tibbiy jihozlarning xavfsizligi bo‘yicha farmakologik nazoratning yangi tartibi tasdiqlandi


Dori vositalari yoki tibbiy jihozlar qo‘llanilganda nojo‘ya reaksiya, samarasizlik yoki hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlar yuzaga kelsa, bu haqda vakolatli organni belgilangan muddatlarda xabardor qilish majburiy bo‘ladi. Mazkur tartib sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasining xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun.


Mard va jasur Vatan himoyachilari, fursatdan foydalanib barchangizni ota-onalaringiz, oilalaringiz, butun xalqimiz bilan birgalikda keng nishonlayotgan bugungi shonu sharaf ayyomi — Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi nomidan sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilab qolamiz!

Barchangizga el-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi doimo yor bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Oʻzbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turishi, buning uchun tezkor, yuqori texnologiyali, yangi jang sharoitlariga mos boʻlishi kerak.


Президент Шавкат Мирзиёев:
Армия Узбекистана всегда должна быть готовой к защите народа, а для этого - быть мобильной, высокотехнологичной и адаптированной к новым условиям ведения боя.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Shaxsiy ma’lumotingizni firibgarlarga bermang!

🏢 Hurmatli fuqarolar! Ayni kunlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ogoh bo‘ling!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Yangi tartbiga muvofiq guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qanday amalga oshiriladi?


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi VMQ-738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ro'yxatdan o'tkazish bo'limi mutaxassisi Surayyo Razikova tushuntirish berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
⭕️⭕️⭕️

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan respublikamiz hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega korxonalar va tashkilotlar soniga oid statistik maʼlumotlar yangilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
👍 Elektron retsept bo’yicha Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhiga kelib tushgan muhim savollar va javoblar

Bugungi kunda “Elektron retsept” tizimiga nechta tibbiyot tashkiloti va dorixona ulangan? - Javob

Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi tizimga ulanmagan xususiy klinikaga murojaat qilgan bemor retseptni qanday oladi? - Javob

Hozir retseptli dorilarning necha foizi elektron shaklda beriladi? - Javob

Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi hamma shifokorlar retsept yozish uchun zarur uskunalar bilan taʼminlanganmi? - Javob

Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan? - Javob

Toshkent shahridagi ayrim dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dorilarni sotib olishning imkoni bo‘lmayapti... - Javob

Dorixona xodimlari bilan “Elektron retsept” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganmi? - Javob

Surunkali kasalligi bor bemorlar bu jarayonda qanday yo‘l tutadi? Har gal o‘zlariga kerakli dorilar uchun qayta retsept oladimi? - Javob

Shoshilinch holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lsa, kerakli dori vositalarini qanday oladi? - Javob

Endilikda aholi ayrim dori vositalarini retseptsiz sotib ololmasligi sababli oilaviy poliklinikalar bemorlar oqimiga tayyormi? - Javob

Ayrim fuqarolar tizim “osilib” qolishi, uzoq yuklanishini aytmoqda. Chindam ham shundaymi? - Javob

Hayvonlar uchun mo‘ljallangan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxati haqida qayerdan ma'lumot olish mumkin? - Javob

Elektron resept asosida dori vositalarini sotib olish mexanizmlari qanday ishlaydi? - Javob

Elektron resept tizimiga o‘tishning birinchi bosqichida qaysi guruhga mansub dori vositalari elektron resept asosida beriladi? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Xabar berganimizdek,
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, O‘zMSt ISO 13485:2025 standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida sertifikatlashtirish jarayonlarini raqamlashtirish va ariza beruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida smk.tris.uz milliy axborot tizimi joriy etilib, shu yilning 1-yanvaridan to‘liq ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan, yangi axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish uchun ariza topshirish tartibini tushuntirish hamda hujjatlarni elektron shaklda to‘g‘ri rasmiylashtirishga ko‘maklashish maqsadida video qo‘llanma tayyorlandi.

Unda smk.tris.uz tizimidan foydalanish, ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlarni kiritish, O‘zMSt ISO 13485:2025 standartini tanlash va zarur hujjatlarni yuklash tartibi ko'rsatib o'tilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM