Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

👍6👏3🔥1
Telegram kanallar servis analitikasi "Tgstat" maʼlumotiga ko‘ra, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasining @Uzpharmcontrol telegram kanalida berib borilgan xabarlar 2025 yil davomida 6.5 mln marta o‘qildi.
@Uzpharmcontrol kanali yangi 2026 yilda ham barcha foydalanuvchilarni dolzarb axborot va yangiliklar bilan xabardor qilishda davom etadi!
Ishonch va eʼtiboringiz uchun rahmat.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥8👏4
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
Mеtrologiya xizmati yo'nalishida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2025-yil davomida kelib tushgan murojaatlar asosida 9 494 dona tibbiy o‘lchash vositasi metrologik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. Bu ko‘rsatkich tibbiyot muassasalari tomonidan metrologik talablarga bo‘lgan mas’uliyat sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
Ro'yxatdan o'tkazish yo'nalishida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2024 yilda mahalliy va xorijiy dori vositalaridan jami 941 ta nomdagisi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 2 184 taga yetdi. Ya’ni, ro‘yxatga olingan dori vositalari soni ikki barobardan ortiq oshdi. Mazkur o‘sish ishlab chiqaruvchilar faolligining kuchaygani, ichki bozor ehtiyojlarining kengaygani hamda dori vositalarini tartibga solish mexanizmlarining amaliy samaradorligi izchil ortib borayotganidan dalolat beradi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Korrupsiyaga qarshi kurash yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Markazda 2025-yilda ishga qabul qilish to‘liq ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilib, barcha jarayonlar youtube ijtimoiy platforma orqali real vaqt rejimida uzatib borildi. Ishga qabul qilingan va boshqa ishga o‘tkazilgan barcha nomzodlar bo‘yicha 100 foiz tekshiruvlar o‘tkazildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
Yuridik masalalar yo'nalishida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Yil davomida sohani huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan 10 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi qabul qilinib, belgilangan tartibda tasdiqlandi. Xususan, Prezidentning PF–137-son Farmoni hamda uning ijrosi bo'yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining VMQ–738-son qarori tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va sohada sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
TA’ZIYA
Farmatsevtika sohasida samarali faoliyat olib borgan fidoyi xodim, Sog'liqni saqlash a'lochisi Abduvali Nabiev 78 yoshda vafot etdi.
A. Nabiev 1947 yil 16 aprel Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1971 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Turli yillarda Toshkent viloyati Chinoz tumani markaziy kasalxonasi shifokori, O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti kichik ilmiy xodimi, “Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi” Davlat markazi Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi bosh mutaxassisi kabi lavozimlarda ishlagan.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Abduvali Naviyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

😢35🙏16💔5👏1
Davlat farmakopeyasi — sifat va ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi izchil yondashuv
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur jarayonda normativ-huquqiy bazani xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, ilmiy asoslangan standartlarni joriy etish hamda dori vositalari sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa deb belgilandi.
Shu nuqtayi nazardan, Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish bo‘limining 2025-yildagi faoliyati ushbu strategik maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘lib, buning natijasi o’laroq Davlat farmakopeyasiga kiritilgan farmakopeya maqolalarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqish, amaliyotga joriy etib borish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🙏3👏2🔥1
Hurmatli foydalanuvchilar!
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Tizim faoliyati tiklangani haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
—
Приносим извинения за доставленные неудобства.
О возобновлении работы системы будет сообщено дополнительно.
Благодарим за понимание!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Postmarketing nazorati orqali farmatsevtika bozorida mas’uliyat kuchaytirildi
Nazorat tadbirlari doirasida 366 ta dorixonadan 425 nomdagi 3 390 qadoq farmatsevtika mahsuloti xarid qilinib, tegishli laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi. Sinov bayonnomalari va hujjatlar tahlili natijasida 26 nomdagi farmatsevtika mahsuloti amaldagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq ekani aniqlandi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiradi: GPP sertifikatiga ega bo‘lmagan dorixonalar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Рrеzidеntining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha сhога-tadbirlаr to‘g‘risida” PF-20-son Fаrmоnining 2-ilovasi 4-bandi “v”-kichik bandiga muvofiq, 2025 yil 1 yanvarga qadar — farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026 yil 1 yanvarga qadar — boshqa dorixonalar Zarur farmatsevtika amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan.
Shunga kо‘rа, mаzkur tаlablarlаr O‘zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qаrоri bilаn tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim оrqаli ауrim faoliyat turlаrini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomga kiritilgan va bugungi kunda Nizomning 29-ilovasi 9-bandiga muvofiq “Zarur farmatsevtika (dоriхоnа) amaliyoti (GPP)” davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lish va rioya etish litsenziya talab va shartlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur talablarni qonunchilik hujjati bilan belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda lisenziyatlarga nisbatan yuqorida qayd etilgan ta’sir choralari ko‘rilishi haqida litsenziyalovchi organ OGOHLANTIRADI.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍1
Prezident topshrig’i bilan O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollarlik omonatlar ochildi
Prezident topshrig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍4
Dori vositalari sifatini ta’minlash bo‘yicha laboratoriya ishlari tahlil qilindi
2025 yil davomida Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan jami 6 367 ta sinov bayonnomasi rasmiylashtirildi. Mazkur ko‘rsatkich laboratoriya yuklamasining yuqoriligini, dori vositalari muomalasining barcha bosqichlarida sifat nazoratiga bo‘lgan talab keskin oshganini ko‘rsatadi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3
Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi foliyati sarhisob qilindi
Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasida olib borilayotgan sinovlar zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etilib, ularning natijalari yuqori darajadagi ishonchlilik bilan ajralib turdi. Xususan, laboratoriya O‘zDSt 2762:2018 — “Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)” standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan inspeksiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, amalga oshirilayotgan farmako-toksikologik sinovlarning xalqaro talablarga mosligi va natijalarning ishonchliligini tasdiqladi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏5
Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi tomonidan olib borilgan ishlar sarhisobi
Hisobot davrida Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi faoliyati nafaqat sinovlar soni, balki ularning qamrovi va yo‘nalishlari bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar bo‘yicha 4 100 ta normativ hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, 5 600 ta laboratoriya sinovlari amalga oshirildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏2
Tibbiy jihozlar sifatini nazorat qilish yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati hamda xavfsizligi — bu faqat texnik jarayon emas, balki bevosita inson hayoti va tibbiy xizmat sifati bilan bog‘liq strategik yo‘nalishdir. Shu nuqtayi nazardan, 2025 yil Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi faoliyatida tizimli yondashuv, yuqori mas’uliyat va aniq natijalar bilan yodda qoldi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakunlanayotgan 2025-yil Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi uchun oddiy hisobotlar yili emas, balki tizimli o‘zgarishlar, aniq raqamlar va real natijalar yili bo‘ldi.
2025-yil — yo‘lning oxiri emas, balki yanada ulkan maqsadlar sari boshlanayotgan yangi bosqichdir. Ortda aniq natijalar, oldinda esa katta mas’uliyat va yuksak maqsadlar bor.
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥2
Hurmatli hamkasblar, aziz jamoamiz aʼzolari!
Yana bir mazmunli, masʼuliyatli va samarali yil — 2025 yil ham o‘z yakuniga yetmoqda. Yangi yil ostonasida turib, avvalo, har biringizni ushbu yil davomida ko‘rsatgan fidokorona mehnatingiz, kasbiy sadoqatingiz va yuksak masʼuliyatingiz uchun samimiy minnatdorlik bilan tabriklayman.
2025 yil Markazimiz faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqich bo‘ldi. Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasida xavfsizlikni taʼminlash, davlat nazoratini kuchaytirish, raqamlashtirish, xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuv va ochiqlikni taʼminlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, bu natijalar ortida raqamlar emas, balki ahil jamoa, aniq maqsad va sermahsul mehnat turibdi.
Yakunlanayotgan yil davomida farmatsevtika mahsulotlari muomalasini tartibga solish va nazorat qilish, xususan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish, farmakologik va postmarketing nazorati, raqamli markirovkalash hamda laboratoriya sinovlari tizimi izchil takomillashtirildi. Shu bilan birga, Markaz faoliyatiga ISO 9001 xalqaro sifat menejmenti tizimining joriy etilishi boshqaruv jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirdi.
Ayniqsa, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar — elektron retsept, “DARMON” axborot tizimi, litsenziyalash va nazorat jarayonlarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishi Markaz faoliyatini yangi sifat darajasiga olib chiqdi.
Jahon xalqaro maydonida esa Markazning institutsional nufuzi mustahkamlanib, yetakchi regulyator tuzilmalar bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu yutuqlarning barchasi — har bir bo‘lim, har bir mutaxassisning halol va vijdonan mehnati samarasidir. Shu bois, sizlarni Markazning eng katta boyligi, deb bilaman.
Albatta, oldimizda yangi vazifalar, yangi marralar turibdi. 2026 yil bizdan yana-da yuqori masʼuliyat, tashabbuskorlik va zamonaviy yondashuvlarni talab qiladi. Ishonchim komilki, bugun shakllangan kuchli jamoa bilan biz oldimizga qo‘yilgan barcha maqsadlarga albatta yetamiz.
Yangi yil barchangiz uchun sog‘lik, oilaviy farovonlik, xotirjamlik va yangi kasbiy yutuqlar olib kelsin. Markazimiz ravnaqi, yurtimiz aholisi salomatligi yo‘lida birgalikda, bir maqsad sari ishlashda davom etamiz.
Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin!
Alisher Temirov,
Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi direktori
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥12👏9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
—
Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
—
Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥5👍2👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
—
Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
—
Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7👏3