Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
689 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
👍 Elektron retsept bo’yicha Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhiga kelib tushgan muhim savollar va javoblar

Bugungi kunda “Elektron retsept” tizimiga nechta tibbiyot tashkiloti va dorixona ulangan? - Javob

Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi tizimga ulanmagan xususiy klinikaga murojaat qilgan bemor retseptni qanday oladi? - Javob

Hozir retseptli dorilarning necha foizi elektron shaklda beriladi? - Javob

Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi hamma shifokorlar retsept yozish uchun zarur uskunalar bilan taʼminlanganmi? - Javob

Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan? - Javob

Toshkent shahridagi ayrim dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dorilarni sotib olishning imkoni bo‘lmayapti... - Javob

Dorixona xodimlari bilan “Elektron retsept” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganmi? - Javob

Surunkali kasalligi bor bemorlar bu jarayonda qanday yo‘l tutadi? Har gal o‘zlariga kerakli dorilar uchun qayta retsept oladimi? - Javob

Shoshilinch holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lsa, kerakli dori vositalarini qanday oladi? - Javob

Endilikda aholi ayrim dori vositalarini retseptsiz sotib ololmasligi sababli oilaviy poliklinikalar bemorlar oqimiga tayyormi? - Javob

Ayrim fuqarolar tizim “osilib” qolishi, uzoq yuklanishini aytmoqda. Chindam ham shundaymi? - Javob

Hayvonlar uchun mo‘ljallangan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxati haqida qayerdan ma'lumot olish mumkin? - Javob

Elektron resept asosida dori vositalarini sotib olish mexanizmlari qanday ishlaydi? - Javob

Elektron resept tizimiga o‘tishning birinchi bosqichida qaysi guruhga mansub dori vositalari elektron resept asosida beriladi? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1
🟦🟦🟦

Markazning Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirgan ishlar sarhisobi


2025-yil davomida tezkor tadbirlar doirasida muomaladan olingan dori vositalari ekspertizadan o‘tkazlib, natijada 59 754 nomdagi 6 875 776 o‘ram dori vositasi sifat talablarga javob bermasligi sababli qo‘llashga yaroqsiz deb topildi.

Hamda noqonuniy va sifati kafolatlanmagan farmasevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
🟦🟦🟦🟦

Yangi yil bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?

👍 Yangi yil bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

👍 31-dekabr qo'shimcha dam olish kuni;

👍 1-yanvar — Yangi yil bayrami;

👍 2-yanvar — qo'shimcha dam olish kuni;

👍 3-yanvar (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun odatiy, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo'shimcha dam olish kuni.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.

🕐 Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:

“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;

👍 “Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);

👍 “Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;

🇺🇿 Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
"2026 — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unga ko‘ra, “2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3🔥2👏2
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi

Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍6👏3🔥1
🟦🟦🟦

Telegram kanallar servis analitikasi "Tgstat" maʼlumotiga ko‘ra, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasining @Uzpharmcontrol telegram kanalida berib borilgan xabarlar 2025 yil davomida 6.5 mln marta o‘qildi.

🔔 Shuningdek, yil davomida kanalda:

🕊 1100 dan ortiq post nashr qilindi;
🕊 4000 yangi obunachilar qo‘shildi;
🕊 170 ta kanal bizdan iqtibos oldi;
🕊 748 marta postlarimiz repost qilindi;
🕊 50 mingga yaqin kishi postlarimizni ulashdi.

👀 Kanalimizga joylanayotgan axborotlarning ko‘p o‘qilishlari va faol reaksiyalar faoliyatimizga bo‘lgan ishonch va qiziqish ortib borayotganidan darak beradi.

@Uzpharmcontrol kanali yangi 2026 yilda ham barcha foydalanuvchilarni dolzarb axborot va yangiliklar bilan xabardor qilishda davom etadi!

Ishonch va eʼtiboringiz uchun rahmat.


Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥8👏4
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va JFDA: hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

😎 Xorazm viloyatidagi tibbiy muassasalarda metrologiya xizmatlari amalga oshirildi

😎 Kitob tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi

😎 Xatirchi tumanida “Elektron retsept” tizimini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

😎 Markazning Andijon filialida antikorrupsiya tizimi samaradorligi tahlil qilindi

😎 Toshkent shahrida dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi

😎 Elektron retsept bo’yicha Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhiga kelib tushgan muhim savollarga javoblar berildi

😎 Telegram kanallar servis analitikasi "Tgstat" maʼlumotiga ko‘ra, Markazning @Uzpharmcontrol telegram kanalida berib borilgan xabarlar 2025 yil davomida 6.5 mln marta o‘qildi.

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
🟦🟦🟦

Mеtrologiya xizmati yo'nalishida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob
qilindi

2025-yil davomida kelib tushgan murojaatlar asosida 9 494 dona tibbiy o‘lchash vositasi metrologik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. Bu ko‘rsatkich tibbiyot muassasalari tomonidan metrologik talablarga bo‘lgan mas’uliyat sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
🟦🟦🟦

Ro'yxatdan o'tkazish yo'nalishida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi


2024 yilda mahalliy va xorijiy dori vositalaridan jami 941 ta nomdagisi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 2 184 taga yetdi. Ya’ni, ro‘yxatga olingan dori vositalari soni ikki barobardan ortiq oshdi. Mazkur o‘sish ishlab chiqaruvchilar faolligining kuchaygani, ichki bozor ehtiyojlarining kengaygani hamda dori vositalarini tartibga solish mexanizmlarining amaliy samaradorligi izchil ortib borayotganidan dalolat beradi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
🟦🟦🟦

Korrupsiyaga qarshi kurash yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi


Markazda 2025-yilda ishga qabul qilish to‘liq ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilib, barcha jarayonlar youtube ijtimoiy platforma orqali real vaqt rejimida uzatib borildi. Ishga qabul qilingan va boshqa ishga o‘tkazilgan barcha nomzodlar bo‘yicha 100 foiz tekshiruvlar o‘tkazildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
🟦🟦🟦

Yuridik masalalar yo'nalishida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi


Yil davomida sohani huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan 10 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi qabul qilinib, belgilangan tartibda tasdiqlandi. Xususan, Prezidentning PF–137-son Farmoni hamda uning ijrosi bo'yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining VMQ–738-son qarori tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va sohada sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
TA’ZIYA

Farmatsevtika sohasida samarali faoliyat olib borgan fidoyi xodim, Sog'liqni saqlash a'lochisi Abduvali Nabiev 78 yoshda vafot etdi.


A. Nabiev 1947 yil 16 aprel Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1971 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Turli yillarda Toshkent viloyati Chinoz tumani markaziy kasalxonasi shifokori, O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti kichik ilmiy xodimi, “Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi” Davlat markazi Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi bosh mutaxassisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Abduvali Naviyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
😢35🙏16💔5👏1
🟦🟦🟦

Davlat farmakopeyasi — sifat va ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi izchil yondashuv


So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur jarayonda normativ-huquqiy bazani xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, ilmiy asoslangan standartlarni joriy etish hamda dori vositalari sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa deb belgilandi.

Shu nuqtayi nazardan, Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish bo‘limining 2025-yildagi faoliyati ushbu strategik maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘lib, buning natijasi o’laroq Davlat farmakopeyasiga kiritilgan farmakopeya maqolalarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqish, amaliyotga joriy etib borish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🙏3👏2🔥1
🟦🟦🟦

Hurmatli foydalanuvchilar!

😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining “DARMON” axborot tizimida rejalashtirilgan profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 31-dekabr soat 10:00 dan 2026-yil 3-yanvar soat 23:59 gacha mazkur axborot tizimi faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Tizim faoliyati tiklangani haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


E’tiboringiz uchun rahmat!


😎 В связи с проведением плановых профилактических работ в информационной системе «DARMON» Центра безопасности фармацевтической продукции, работа данной информационной системы будет временно приостановлена с 10:00 31 декабря 2025 года по 23:59 3 января 2026 года.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

О возобновлении работы системы будет сообщено дополнительно.


Благодарим за понимание!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🟦🟦🟦

Postmarketing nazorati orqali farmatsevtika bozorida mas’uliyat kuchaytirildi


Nazorat tadbirlari doirasida 366 ta dorixonadan 425 nomdagi 3 390 qadoq farmatsevtika mahsuloti xarid qilinib, tegishli laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi. Sinov bayonnomalari va hujjatlar tahlili natijasida 26 nomdagi farmatsevtika mahsuloti amaldagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq ekani aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
🔴 🟦🟦🟦

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiradi: GPP sertifikatiga ega bo‘lmagan dorixonalar diqqatiga!


O‘zbekiston Respublikasi Рrеzidеntining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha сhога-tadbirlаr to‘g‘risida” PF-20-son Fаrmоnining 2-ilovasi 4-bandi “v”-kichik bandiga muvofiq, 2025 yil 1 yanvarga qadar — farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026 yil 1 yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur farmatsevtika amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan.

Shunga kо‘rа, mаzkur tаlablarlаr O‘zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qаrоri bilаn tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim оrqаli ауrim faoliyat turlаrini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomga kiritilgan va bugungi kunda Nizomning 29-ilovasi 9-bandiga muvofiq “Zarur farmatsevtika (dоriхоnа) amaliyoti (GPP)” davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lish va rioya etish litsenziya talab va shartlaridan biri hisoblanadi.


Mazkur talablarni qonunchilik hujjati bilan belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda lisenziyatlarga nisbatan yuqorida qayd etilgan ta’sir choralari ko‘rilishi haqida litsenziyalovchi organ OGOHLANTIRADI.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍1
🟦🟦🟦

Prezident topshrig’i bilan O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollarlik omonatlar ochildi


Prezident topshrig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍4
🟦🟦🟦

Dori vositalari sifatini ta’minlash bo‘yicha laboratoriya ishlari tahlil qilindi


2025 yil davomida Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan jami 6 367 ta sinov bayonnomasi rasmiylashtirildi. Mazkur ko‘rsatkich laboratoriya yuklamasining yuqoriligini, dori vositalari muomalasining barcha bosqichlarida sifat nazoratiga bo‘lgan talab keskin oshganini ko‘rsatadi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3
🟦🟦🟦

Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi foliyati sarhisob qilindi


Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasida olib borilayotgan sinovlar zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etilib, ularning natijalari yuqori darajadagi ishonchlilik bilan ajralib turdi. Xususan, laboratoriya O‘zDSt 2762:2018 — “Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)” standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan inspeksiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, amalga oshirilayotgan farmako-toksikologik sinovlarning xalqaro talablarga mosligi va natijalarning ishonchliligini tasdiqladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏5
🟦🟦🟦

Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi tomonidan olib borilgan ishlar sarhisobi


Hisobot davrida Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi faoliyati nafaqat sinovlar soni, balki ularning qamrovi va yo‘nalishlari bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar bo‘yicha 4 100 ta normativ hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, 5 600 ta laboratoriya sinovlari amalga oshirildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏2