Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan narkologik xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida zamonaviy Call-markaz xizmati ishga tushirildi.
Murojaatlarning maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi.
respublikaning istalgan hududidan, narkologiya muassasalariga bevosita murojaat qilmasdan, shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etmagan holda, malakali mutaxassislardan tezkor va qulay tarzda maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
24/7 rejimida faoliyat yurituvchi Call-markaz faoliyati doirasida alkogolizm, toksikomaniya va narkomaniya bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha aholiga malakali mutaxassislar tomonidan professional maslahat hamda yo‘naltiruvchi yordam ham ko‘rsatiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1
Litsenziyalash yuzasidan arizalarni onlayn yo‘llash bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi
Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish, litsenziyaning muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish yuzasidan arizalarni Maxsus elektron “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn yo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Unda elektron platforma orqali ariza topshirish va kerakli hujjatlarni yuklash bilan bog‘liq barcha bosqichlar batafsil tushuntirilgan.
Qo‘llanmani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Elektron retsept tizimini joriy etish bo’yicha hududlardagi holat tahlil qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Elektron resept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari hamda “Elektron retsept” tizimini joriy etish jarayonining hududlardagi amaliy holati bo'yicha "ZOOM" platformasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda muassasaning hududlardagi mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Unda “Elektron retsept” tizimining Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan hududlarda joriy etish jarayoni, dorixonalar va tibbiyot muassasalarining tizimga integratsiyalashuv darajasi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi. Hududlardan kelib tushayotgan murojaatlar, texnik va tashkiliy masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Elektron resept” tizimi: Yangi tartib-taomillar yuzasidan soha xodimlariga tushuntirish berildi
SSVda poytaxtdagi tibbiyot tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muloqot bo'lib o'tdi.
Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari Alisher Boboyev, vazir o‘rinbosari Olim Omonov hamda Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini umumiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi VMQ-738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ro'yxatdan o'tkazish bo'limi mutaxassisi Gulbahor Shavkatbekova tushuntirish berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍7👏2
Chortoq tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda yangi tizimning mazmun-mohiyatini joylarda to‘g‘ri va to‘liq tushuntirish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida Namangan viloyati Chortoq tumanidagi xususiy dorixonalar hamda davolash-profilaktika muassasalari shuningdek mahalla fuqarolar yig'inlarida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
"Pharma Park” hududidagi Markaz laboratoriya binosini xalqaro standartlar asosida loyihalashtirish masalalari muhokama qilindi
Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida muassasa ma'sul xodimlari Germaniyaning "Köttermann GmbH & Co. KG" va “Lab and Production Solutions” kompaniyasi vakillari bilan “Tashkent Pharma Park” ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida joylashgan Markaz laboratoriya binosini xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, texnologik va muhandislik yechimlarini qo‘llash masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2
Обсуждены вопросы проектирования лаборатории Центра в «Tashkent Pharma Park» по международным стандартам
В рамках встречи директор Центра безопасности фармацевтической продукции Алишер Темиров совместно с ответственными сотрудниками учреждения провёл переговоры с представителями немецкой компании «Köttermann GmbH & Co. KG» и компании «Lab and Production Solutions».
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
В рамках встречи директор Центра безопасности фармацевтической продукции Алишер Темиров совместно с ответственными сотрудниками учреждения провёл переговоры с представителями немецкой компании «Köttermann GmbH & Co. KG» и компании «Lab and Production Solutions».
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍4🔥3
Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da dori vositalarining elektron retsept asosida berilishi amaliyoti joriy etilgach, aholida veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq ayrim savollar yuzaga kelmoqda.
Mazkur savollarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassisi Sabitjan To‘laganov batafsil javob berdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
После внедрения практики отпуска лекарственных средств по электронным рецептам в городе Ташкенте, а также в 15 районах (городах), где реализуется пилотный проект, у населения возник ряд вопросов, связанных с приобретением лекарственных средств, применяемых в ветеринарной практике.
На эти вопросы подробно ответил специалист Комитета по развитию ветеринарии и животноводства при Министерстве сельского хозяйства Сабитжан Тулаганов.
👉 Подробно
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
Prekursorlar miqdorlarini belgilash va qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Ishchi guruh yig‘ilishida prekursorlarning miqdorlari va ularning sinonimlari bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. Xususan, xalqaro me’yorlar va amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasida muomalasi cheklangan prekursorlar ro‘yxatidan 114 ta moddaning sinonimlari hamda 72 nomdagi prekursorning miqdorlari aniqlandi.
Muhokamalar jarayonida prekursorlar muomalasini huquqiy jihatdan tartibga solish, ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Qaysi dori retsept bilan yoki retseptsiz ekanini oson bilib oling!
Endi dori vositasini olishdan oldin u retsept asosidami yoki retseptsizmi, bir necha soniyada aniqlash mumkin.
Ma’lumki, Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman (shahar)larda “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat asosida ayrim dori vositalari retsept bilan berilmoqda.
👉 Xizmat orqali kerakli dori nomini kiritasiz;
👉 Uning retsept bilan yoki retseptsiz berilishi haqida to‘liq ma’lumot olasiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3
Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
Farmatsevtika faoliyatiga oid qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda so‘nggi yillarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish, yuqori talabga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliylashtirish, yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dorixona omborida tekshiruv o‘tkazildi
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi dorixonalardan biriga qarashli omborxona tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmonni imzoladi.
🆔 Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elektron resept asosida dori vositalarini sotib olish mexanizmlari qanday ishlaydi?
Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruhga yuborilgan mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov javob berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini retseptli yoki retseptsiz berilishi qanday mezonlarga ko'ra aniqlanadi?
Mavzu yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori, "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh eksperti Alisher Temirov "O'zbekiston 24" telekanalida tushuntirish berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1