Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
689 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan?

Javob: Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz berilish tartibini belgilash ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davrida aniqlanib, tegishli yo‘nalishdagi shifokor mutaxassislar tomonidan xulosalar rasmiylashtirib tasdiqlanadi.

Bunda:

👍 original dori vositasining qanday tartibda berilishi tasdiqlanganligiga;
👍 ushbu dori vositasi ishlab chiqaruvchi davlatning tartibga soluvchi davlat organi tomonidan qanday tartibda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berilganligiga;
👍 uning faol moddasining dozasi, dori shakli va qo‘llanish usuli hamda qadoqdagi soniga ham bog‘liq.

Shuni taʼkidlash joizki, faol moddalar, xususan, Paratsetamol, Ibuprofen saqlagan kombinirlangan dorilar retsept bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Chunki ushbu dori moddalarning boshqa faol moddalar bilan kombinatsiyalari farmakologik xossalarini kuchaytirishi, nojo‘ya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin.


Masalan:

👍 Askorbin kislotasi tabletka va draje (dumaloq) shaklida retseptsiz beriladiganlar qatoriga kirsa, uning inyeksion dori shakli esa retsept bilan beriladiganlar qatoriga kiradi.

👍 Paratsetamol yoki Ibuprofen tabletkalari, yosh bolalar uchun ularni saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda ishlatiladagan surtmalar va gellar retseptsiz beriladigan dorilar qatoriga kiradi.

Biroq, 500 mg. dan ortiq Paratsetamol, Ibuprofen saqlovchi majmuaviy dorilar retsept bilan sotiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏5🔥3
Toshkent shahridagi ayrim dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dorilarni sotib olishning imkoni bo‘lmayapti...

Javob: Bu noto‘g‘ri. Chunki retseptsiz sotiladigan dorilar toifasiga shamollashga qarshi, isitmani tushirish uchun, nazal spreylar, shamollash tufayli tanadagi og‘riqlarni bartaraf etish uchun ichadigan bir komponentli dorilar, yosh bolalar uchun Paratsetamol yoki Ibuprofen saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda ishlatiladagan surtmalar va gellar kiradi. Bundan tashqari, allergiyaga qarshi, ich ketishida va qabziyatda qo‘llaniladigan dorilar ham retseptsiz sotiladi.

Dorixonalardagi dorilarni retseptli yoki retseptsiz berilishi ularning qadog‘i va qo‘llash yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan bo‘lib, bu aholi va dorixona xodimlari uchun qulaylik yaratadi.

Toshkent shahri va 15 ta tajriba hududlarida joylashgan dorixonalarda joriy qilingan “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun telegram @ssv_pilotbot joriy qilindi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dorixona xodimlari bilan “Elektron retsept” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganmi?

Javob: Albatta, dorixonalarning 17 ming nafardan ortiq xodimlari “Elektron retsept” tizimi bilan ishlash bo‘yicha o‘qitildi. Bundan tashqari, onlayn o‘quv kurslar tashkil etildi hamda videodarsliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2👏2
Surunkali kasalligi bor bemorlar bu jarayonda qanday yo‘l tutadi? Har gal o‘zlariga kerakli dorilar uchun qayta retsept oladimi?

Javob: Surunkali xastaligi bor bemorlarga ambulator sharoitda retsept yozilganda, anabolik faollikka ega ayrim dori vositalari istisno tariqasida 60 kunlik, qolgan dori vositalari esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdorda belgilanishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, bunday bemorlarga “Elektron retsept” bo‘yicha kafolatlangan paketga kiritilgan dori vositalari dorixonalar tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida bepul beriladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥1
Shoshilinch holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lsa, kerakli dori vositalarini qanday oladi?

Javob: Bunday bemorlarga shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam xizmati tomonidan 67 turdagi, shoshilinch qabul bo‘limlari va oilaviy poliklinikalarda 34 turdagi asosiy dori vositalari bilan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🔥3👍1
Endilikda aholi ayrim dori vositalarini retseptsiz sotib ololmasligi sababli oilaviy poliklinikalar bemorlar oqimiga tayyormi?

Javob: Toshkent shahridagi 12 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 71 ta oilaviy poliklinika hamda 15 ta tajriba-sinov tuman (shahar)idagi 177 ta 1-tip, 141 ta 2-tip oilaviy poliklinika va 32 ta 2-tip oilaviy poliklinika filiallariga qatnov quvvatidan kelib chiqib, aholi biriktirilgan.

Shu sababli ushbu tibbiyot muassasalarining bemorlarni qabul qilish hamda tibbiy xizmat bilan qamrab olishga quvvati yetarli.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🔥3
Ayrim fuqarolar tizim “osilib” qolishi, uzoq yuklanishini aytmoqda. Chindam ham shundaymi?

Javob: Hozir tizim ishchi holatda. Agar internet tezligida nosozliklar kuzatilmasa, tizimdan muntazam foydalanish imkoniyati mavjud. Texnik mutaxassislar doimiy ravishda yuklamaga qarab, serverlarni optimizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

"Elektron resept" tizimi bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi “Call-markaz” tashkil etildi

Poytaxtimiz va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da dori vositalarining elektron resept asosida berilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani jamoatchilikda turli savollarni yuzaga keltirmoqda.

Shundan kelib chiqib, bu borada aholi murojaatlari va savollariga tezkor javob berish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" bazasida muntazam faoliyat yurituvchi 1003 qisqa raqamli “Call-markaz” tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

Ayni daqiqalarda bir guruh OAV vakillari va blogerlar Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan "Elektron resept" tizimi bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi “Call-markaz” faoliyati bilan tanishmoqda.

Shuningdek, ular Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da ushbu yangi modul joriy etilishi bilan bog‘liq savollariga malakali mutaxassislardan atroflicha javob olyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


Xabar berganimizdek, kecha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🔥1
🟦🟦

Dorixonalar reseptsiz dori sotmaydi: tizim qanday ishlaydi?

2025-yil 10-dekabr sanasidan boshlab Toshkent shahri va 15 ta tajriba hududlarida joylashgan dorixonalarda elektron resept amaliyoti boshlandi. Endi shifokor yozib beradigan DMED reseptisiz ayrim dori vositalarini olib bo‘lmaydi.

👍 Xo‘sh, o‘zi bu tizim qanday ishlaydi?

👍 Joylardagi tibbiyot muassasalari va dorixonalar yangi tizimga tayyormi?

👍 Istisno holatlarga qanday yechim berilyapti?

Shu kabi savollarga 🗣 studiyasida bo'lib o‘tayotgan jonli efir suhbatida Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari javob bermoqda.

📱 Telegram'da ko'rish 📱 YouTube'da ko'rish

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bundan buyon dorixonalarda barcha dori vositalari elektron retsept asosida sotiladimi?


Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruhga yuborilgan mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz berish tartibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi?


Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruhga yuborilgan mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Yangi tizim doirasida yuzaga kelgan savol va muammolar yuzasidan aholi qayerga murojaat qilishi kerak?


Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruhga yuborilgan mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Dorixona xodimlari bilan “Elektron retsept”dan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganmi?


Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruhga yuborilgan mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan litsenziyatlar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar yangilandi

😎 Mahalliy dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

😎 O‘zbekistonning milliy tartibga solish tizimini mustahkamlash JSST tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

😎 Dorixona faoliyatini tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

😎 Nazorat tadbirlari bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi

😎 Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi bo'yicha chet el farmkompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

😎 Qashqadaryoda viloyatida narkotik va psixotrop moddalarning muomalasini tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

😎 SST: “SIMULECT inyeksiya uchun” nomi ostida qalbakilashtirilgan dori vositasi aniqlandi

😎 "Elektron resept" tizimi bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi “Call-markaz” tashkil etildi

😎 Mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

😎 Kun.uz studiyasida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo'yicha jonli efir suhbati bo'lib o'tdi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🟦🟦🟦

“Elektron retsept” tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi


Sog‘liqni saqlash vazirligida davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarining yetakchi shifokorlari, tegishli idoralar vakillari va soha ekspertlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda "Elektron retsept” tizimini joriy etishning keyingi bosqichma-bosqich tartibini belgilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍4🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Global uyg‘unlashtirish bo‘yicha ishchi guruh (GHWP) rahbariyati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


GHWP rahbariyatining navbatdagi yig‘ilishida tashkilotning institutsional rivoji va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish doirasida GHWPning 29-yillik yig‘ilishida Regulyator organlari bo‘yicha rais o‘rinbosari etib saylangan Alisher Temirovga tashkilot doirasida xalqaro hamkorlik va tashqi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha mas’uliyat yuklatildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
🟦🟦🟦

Elektron retsept tizimi bo‘yicha dorixona tarmoqlari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi


Uchrashuvda elektron retsept tizimining amaliy mexanizmlari, dorixonalarda uni joriy etishning texnik va tashkiliy talablari, davlat va xususiy dorixonalar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlari, tizimning monitoringi va real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qiziqtirgan savollar muhokama qilinib, dorixonalar uchun yaratilayotgan qulayliklar, tizimning dori vositalarini noqonuniy realizatsiya qilishning oldini olishdagi ahamiyati, shuningdek, aholiga tezkor va xavfsiz xizmat ko‘rsatishdagi afzalliklari ta’kidlab o‘tildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
⭕️⭕️⭕️

Toshkent shahrida 165,2 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi


O‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Z.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 quti “Kitruda” va 2 ta quti “Tesentrik” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 165,6 mln so‘mga sotishga kelishib, pullarni AQSH dollarida hisoblab, 13 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🟦🟦🟦

Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


"Tashkent Pharma Park" uchrashuvlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM hamda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2