Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
687 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Qashqadaryoda viloyatida narkotik va psixotrop moddalarning muomalasini tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Qashqadaryo viloyatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Prezidentimizning 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar va tizim oldida turgan yangi talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Состоялась встреча с зарубежными фармацевтическими компаниями по обновлённому порядку государственной регистрации лекарственных средств

Вчера в столице была проведена встреча с представителями зарубежных фармацевтических компаний и представительств производителей, действующих в нашей стране, посвящённая обновлённому порядку государственной регистрации лекарственных средств и медицинских изделий, утверждённому постановлением Кабинета Министров № 738 от 24 ноября 2025 года.


В круглом столе приняли участие директор Центра безопасности фармацевтической продукции Алишер Темиров, ответственные сотрудники Центра, а также председатель Ассоциации представительств иностранных фармацевтических компаний и производителей Мухаббат Аскарова и более 100 представителей компаний.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍5🔥2👏2
🟦🟦🟦

JSST: “SIMULECT inyeksiya uchun” nomi ostida qalbakilashtirilgan dori vositasi aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan SIMULECT (basiliksimab) nomidan qalbakilashtirilgan dori vositasining aniqlangani yuzasidan rasmiy ogohlantirish e’lon qilindi. Qalbakilashtirilgan mahsulot 2024-yil dekabr va 2025-yil noyabr oylarida Ruanda, Bolgariya va Turkiyada aniqlanib, JSSTga rasman ma’lum qilingan.

Ma'lumot uchun, SIMULECT – bu buyrak transplantatsiyasidan so‘ng ko'chirib o'tkazilgan organning o‘tkir rad etilishini oldini olishda qo‘llaniladigan, monoklonal antitanachalar sinfiga mansub immunosupressiv preparatdir. Preparat odatda shifoxonalarda vena ichiga yuborish uchun kukun ko‘rinishida, erituvchi ampula bilan yoki ularsiz yetkazib beriladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏4🔥3
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Dori vositasi xaridi uchun tovar va kassa chekini berish majburiymi? - Javob

👍 Yoshlar o'rtasida psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish bo'yicha nimalar qilmog'imiz zarur? - Javob

👍 Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalasini tartibga solish qanday nazorat qilinmoqda? - Javob

👍 Paratsetamol qabul qilishda nimalarga e'tibor berish kerak? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
⭕️⭕️⭕️⭕️

Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Ishchi guruh tomonidan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarining murojaatlari, shuningdek, tizim ishga tushirilgan dastlabki kunlarda uning faoliyati, jumladan, poliklinikalarga bo‘ladigan yuklamalar, dori vositalarini berish tartibi va raqamli xizmatlar ishining barqarorligi tahlil qilinyapti.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4
🟦🟦🟦

Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo'yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi


"Elektron resept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davolash xavfsizligini oshirish va bemorlar salomatligini himoya qilish, shifokorlarning dori tayinlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish, dori vositalarini tayinlash jarayonini tartibga solish, sog‘liqni saqlash tizimida raqamli hisobga o‘tish, shuningdek, kontrafakt yoki noto‘g‘ri qo‘llanilayotgan dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishdan iborat.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Без рецепт класслар кесимида.xls
54.1 KB
🟦🟦🟦🟦

Reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi?

"Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, reseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda, shuningdek, Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida ko‘rsatiladi.

Reseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin.


👍 Hozirga kunda 1846 turdagi reseptsiz beriladigan dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, yuqoridagi jadvalda tibbiyot amaliyotida eng ko‘p qo‘llanilayotganlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8🔥4👍3
Bugungi kunda “Elektron retsept” tizimiga nechta tibbiyot tashkiloti va dorixona ulangan?

Javob: Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli jami 152 ta davlat tibbiyot tashkiloti va 1 496 ta dorixonaning barchasi to‘liq “Elektron retsept” tizimiga ulangan. Hozircha poytaxtdagi mavjud 1 945 ta xususiy tibbiyot tashkilotidan 796 tasi (41 foiz) ushbu tizimga integratsiya qilingan.

Tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta hududda (Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Chortoq, Kitob, Xatirchi, Denov, Bulung‘ur, Ishtixon, Shovot, Chimboy, Quva, Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyo‘l, Samarqand shaharlari) jami 383 ta davlat tibbiyot tashkiloti va 1 319 ta dorixonaning barchasi, mavjud 858 ta xususiy tibbiyot tashkilotidan 547 tasi (64 foiz) ushbu tizimga ulangan.

Mazkur hududlardagi qolgan xususiy klinikalar esa retsept yozilmasligi, faoliyati to‘xtatilganligi kabi sabablar bilan tizimga ulanmagan.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi tizimga ulanmagan xususiy klinikaga murojaat qilgan bemor retseptni qanday oladi?

Javob: Bu holatda bemorlar o‘zi biriktirilgan oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorga yoki shoshilinch tibbiyot muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
Hozir retseptli dorilarning necha foizi elektron shaklda beriladi?

Javob: Bugungi kunda retseptli dorilarning 98,9 foizi elektron shaklda beriladi. 1,1 foizi, yaʼni alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari anʼanaviy shaklda (maxsus retsept blanka) beriladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏2👍1
Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi hamma shifokorlar retsept yozish uchun zarur uskunalar bilan taʼminlanganmi?

Javob:
Toshkent shahar va tajriba-sinov loyihasi joriy qilinayotgan 15 ta tuman va shahardagi davlat tibbiyot muassasalari retsept yozish uchun zarur bo‘lgan 9 turdagi uskunalar — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (monoblok, planshet, chek-printer va tarmoq qurilmalari) bilan taʼminlangan.

👍 “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tibbiyot muassasalari takliflari asosida, shifokorlardan iborat Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1👏1
Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan?

Javob: Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz berilish tartibini belgilash ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davrida aniqlanib, tegishli yo‘nalishdagi shifokor mutaxassislar tomonidan xulosalar rasmiylashtirib tasdiqlanadi.

Bunda:

👍 original dori vositasining qanday tartibda berilishi tasdiqlanganligiga;
👍 ushbu dori vositasi ishlab chiqaruvchi davlatning tartibga soluvchi davlat organi tomonidan qanday tartibda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berilganligiga;
👍 uning faol moddasining dozasi, dori shakli va qo‘llanish usuli hamda qadoqdagi soniga ham bog‘liq.

Shuni taʼkidlash joizki, faol moddalar, xususan, Paratsetamol, Ibuprofen saqlagan kombinirlangan dorilar retsept bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Chunki ushbu dori moddalarning boshqa faol moddalar bilan kombinatsiyalari farmakologik xossalarini kuchaytirishi, nojo‘ya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin.


Masalan:

👍 Askorbin kislotasi tabletka va draje (dumaloq) shaklida retseptsiz beriladiganlar qatoriga kirsa, uning inyeksion dori shakli esa retsept bilan beriladiganlar qatoriga kiradi.

👍 Paratsetamol yoki Ibuprofen tabletkalari, yosh bolalar uchun ularni saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda ishlatiladagan surtmalar va gellar retseptsiz beriladigan dorilar qatoriga kiradi.

Biroq, 500 mg. dan ortiq Paratsetamol, Ibuprofen saqlovchi majmuaviy dorilar retsept bilan sotiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏5🔥3
Toshkent shahridagi ayrim dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dorilarni sotib olishning imkoni bo‘lmayapti...

Javob: Bu noto‘g‘ri. Chunki retseptsiz sotiladigan dorilar toifasiga shamollashga qarshi, isitmani tushirish uchun, nazal spreylar, shamollash tufayli tanadagi og‘riqlarni bartaraf etish uchun ichadigan bir komponentli dorilar, yosh bolalar uchun Paratsetamol yoki Ibuprofen saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda ishlatiladagan surtmalar va gellar kiradi. Bundan tashqari, allergiyaga qarshi, ich ketishida va qabziyatda qo‘llaniladigan dorilar ham retseptsiz sotiladi.

Dorixonalardagi dorilarni retseptli yoki retseptsiz berilishi ularning qadog‘i va qo‘llash yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan bo‘lib, bu aholi va dorixona xodimlari uchun qulaylik yaratadi.

Toshkent shahri va 15 ta tajriba hududlarida joylashgan dorixonalarda joriy qilingan “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun telegram @ssv_pilotbot joriy qilindi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dorixona xodimlari bilan “Elektron retsept” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganmi?

Javob: Albatta, dorixonalarning 17 ming nafardan ortiq xodimlari “Elektron retsept” tizimi bilan ishlash bo‘yicha o‘qitildi. Bundan tashqari, onlayn o‘quv kurslar tashkil etildi hamda videodarsliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2👏2
Surunkali kasalligi bor bemorlar bu jarayonda qanday yo‘l tutadi? Har gal o‘zlariga kerakli dorilar uchun qayta retsept oladimi?

Javob: Surunkali xastaligi bor bemorlarga ambulator sharoitda retsept yozilganda, anabolik faollikka ega ayrim dori vositalari istisno tariqasida 60 kunlik, qolgan dori vositalari esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdorda belgilanishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, bunday bemorlarga “Elektron retsept” bo‘yicha kafolatlangan paketga kiritilgan dori vositalari dorixonalar tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida bepul beriladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥1
Shoshilinch holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lsa, kerakli dori vositalarini qanday oladi?

Javob: Bunday bemorlarga shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam xizmati tomonidan 67 turdagi, shoshilinch qabul bo‘limlari va oilaviy poliklinikalarda 34 turdagi asosiy dori vositalari bilan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🔥3👍1
Endilikda aholi ayrim dori vositalarini retseptsiz sotib ololmasligi sababli oilaviy poliklinikalar bemorlar oqimiga tayyormi?

Javob: Toshkent shahridagi 12 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 71 ta oilaviy poliklinika hamda 15 ta tajriba-sinov tuman (shahar)idagi 177 ta 1-tip, 141 ta 2-tip oilaviy poliklinika va 32 ta 2-tip oilaviy poliklinika filiallariga qatnov quvvatidan kelib chiqib, aholi biriktirilgan.

Shu sababli ushbu tibbiyot muassasalarining bemorlarni qabul qilish hamda tibbiy xizmat bilan qamrab olishga quvvati yetarli.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3🔥3
Ayrim fuqarolar tizim “osilib” qolishi, uzoq yuklanishini aytmoqda. Chindam ham shundaymi?

Javob: Hozir tizim ishchi holatda. Agar internet tezligida nosozliklar kuzatilmasa, tizimdan muntazam foydalanish imkoniyati mavjud. Texnik mutaxassislar doimiy ravishda yuklamaga qarab, serverlarni optimizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

"Elektron resept" tizimi bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi “Call-markaz” tashkil etildi

Poytaxtimiz va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da dori vositalarining elektron resept asosida berilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani jamoatchilikda turli savollarni yuzaga keltirmoqda.

Shundan kelib chiqib, bu borada aholi murojaatlari va savollariga tezkor javob berish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" bazasida muntazam faoliyat yurituvchi 1003 qisqa raqamli “Call-markaz” tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

Ayni daqiqalarda bir guruh OAV vakillari va blogerlar Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan "Elektron resept" tizimi bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi “Call-markaz” faoliyati bilan tanishmoqda.

Shuningdek, ular Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da ushbu yangi modul joriy etilishi bilan bog‘liq savollariga malakali mutaxassislardan atroflicha javob olyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


Xabar berganimizdek, kecha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🔥1