Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
689 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Mahalliy dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


Xabar berganimizdek, kecha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yangilangan tartib yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz direktori Alisher Temirov va muassasa mas’ullari hamda 60 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
🟦🟦🟦

Dorixona faoliyatini tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika binosida Bektеmir va Yangihayot tumanlarida faoliyat yuritayotgan dorixona xodimlari bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi dorixona faoliyatini amalga oshirishda belgilangan litsenziya talab va shartlarini eslatish, sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etish zarurati yuzasidan amaliy tushuntirish berish hamda dorixonalar faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4
Укрепление национальной системы регулирования Узбекистана определено ВОЗ как приоритетное направление

Во время состоявшейся онлайн-встречи между Центром безопасности фармацевтической продукции и ВОЗ было подчеркнуто, что модернизация фармацевтической отрасли и сферы медицинских изделий Республики Узбекистан на основе международных стандартов является одним из приоритетных направлений государственной политики.

👉 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏3👍1🔥1
🟦🟦🟦

Nazorat tadbirlari bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshiriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish hamda ularning realizatsiyasini tartibga solish sohasida joyiga chiqqan holda o'tkaziladigan nazorat tadbirlari bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Dorixonalarda “Elektron retsept” tizimi joriy etilishi litsenziya talabi sifatida belgilanmoqda


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son qarori bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasportiga o'zgartirish kiritilmoqda.


Unga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab, Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil yakuniga qadar esa respublikaning barcha hududlaridagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli bilan belgilangan maʼlumotlarni real vaqt rejimida almashilishini taʼminlashi shart.

Eslatib o’tamiz, dorixonalar tomonidan retsept asosida beriladigan dori vositasini retseptsiz berganlik uchun qonunchilikda dorixona xodimiga nisbatan javobgarlik belgilangan. Endilikda bunday dori vositalarini xarid qilishda yurtdoshlarimiz dorixonaga albatta shifokor tomonidan tizimga kiritilgan elektron retsept asosida murojaat etishlari tavsiya qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏5🔥4
💴💴💴💴💴💴

Oq xalatdagi korrupsiya: nega O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi alohida e’tiborni talab qiladi va bunga qanday choralar ko‘rish kerak
?

Farmatsevtika sohasi sog‘liqni saqlash tizimining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biridir. Bu yerda har qanday xato yoki qabul qilingan noto‘g‘ri qaror inson salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur yo‘nalishning o‘ziga xosligi – katta moliyaviy oqimlar, murakkab texnik ekspertiza, ko‘p bosqichli ma’muriy jarayonlar (ro‘yxatga olish, litsenziyalash, akkreditatsiya, ta’minot, tenderlar) bilan chambarchas bog‘liqligidadir.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2
👍👍👍👍👍👍

Центр, как первый аккредитованный орган, получил полномочия на сертификацию по национальному стандарту O‘zMSt ISO 13485:2025


😎 Орган по сертификации систем менеджмента качества Центра безопасности фармацевтической продукции успешно прошёл государственную аккредитацию и получил свидетельство об аккредитации установленного порядка на осуществление деятельности.

👉 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4👏3
🟦🟦🟦

Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi bo'yicha chet el farmkompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Kecha poytaxtimizda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangilangan tartibi yuzasidan chet el farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining yurtimizdagi vakolatxonalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida Markaz mas’ullari, shuningdek, Chet el farmatsevtika kompaniya va ishlab chiqaruvchilar vakolathonalari assotsiatsiyasi rahbari Muxabbat Askarova hamda 100 ga yaqin kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3🔥2
🟦🟦🟦

Qashqadaryoda viloyatida narkotik va psixotrop moddalarning muomalasini tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Qashqadaryo viloyatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Prezidentimizning 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar va tizim oldida turgan yangi talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Состоялась встреча с зарубежными фармацевтическими компаниями по обновлённому порядку государственной регистрации лекарственных средств

Вчера в столице была проведена встреча с представителями зарубежных фармацевтических компаний и представительств производителей, действующих в нашей стране, посвящённая обновлённому порядку государственной регистрации лекарственных средств и медицинских изделий, утверждённому постановлением Кабинета Министров № 738 от 24 ноября 2025 года.


В круглом столе приняли участие директор Центра безопасности фармацевтической продукции Алишер Темиров, ответственные сотрудники Центра, а также председатель Ассоциации представительств иностранных фармацевтических компаний и производителей Мухаббат Аскарова и более 100 представителей компаний.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍5🔥2👏2
🟦🟦🟦

JSST: “SIMULECT inyeksiya uchun” nomi ostida qalbakilashtirilgan dori vositasi aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan SIMULECT (basiliksimab) nomidan qalbakilashtirilgan dori vositasining aniqlangani yuzasidan rasmiy ogohlantirish e’lon qilindi. Qalbakilashtirilgan mahsulot 2024-yil dekabr va 2025-yil noyabr oylarida Ruanda, Bolgariya va Turkiyada aniqlanib, JSSTga rasman ma’lum qilingan.

Ma'lumot uchun, SIMULECT – bu buyrak transplantatsiyasidan so‘ng ko'chirib o'tkazilgan organning o‘tkir rad etilishini oldini olishda qo‘llaniladigan, monoklonal antitanachalar sinfiga mansub immunosupressiv preparatdir. Preparat odatda shifoxonalarda vena ichiga yuborish uchun kukun ko‘rinishida, erituvchi ampula bilan yoki ularsiz yetkazib beriladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏4🔥3
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi


👍 Dori vositasi xaridi uchun tovar va kassa chekini berish majburiymi? - Javob

👍 Yoshlar o'rtasida psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish bo'yicha nimalar qilmog'imiz zarur? - Javob

👍 Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalasini tartibga solish qanday nazorat qilinmoqda? - Javob

👍 Paratsetamol qabul qilishda nimalarga e'tibor berish kerak? - Javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
⭕️⭕️⭕️⭕️

Sog‘liqni saqlash vazirligida "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Ishchi guruh tomonidan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarining murojaatlari, shuningdek, tizim ishga tushirilgan dastlabki kunlarda uning faoliyati, jumladan, poliklinikalarga bo‘ladigan yuklamalar, dori vositalarini berish tartibi va raqamli xizmatlar ishining barqarorligi tahlil qilinyapti.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4
🟦🟦🟦

Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda "Elektron retsept" tizimini joriy etish bo'yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi


"Elektron resept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davolash xavfsizligini oshirish va bemorlar salomatligini himoya qilish, shifokorlarning dori tayinlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish, dori vositalarini tayinlash jarayonini tartibga solish, sog‘liqni saqlash tizimida raqamli hisobga o‘tish, shuningdek, kontrafakt yoki noto‘g‘ri qo‘llanilayotgan dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishdan iborat.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Без рецепт класслар кесимида.xls
54.1 KB
🟦🟦🟦🟦

Reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi?

"Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, reseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda, shuningdek, Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida ko‘rsatiladi.

Reseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin.


👍 Hozirga kunda 1846 turdagi reseptsiz beriladigan dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, yuqoridagi jadvalda tibbiyot amaliyotida eng ko‘p qo‘llanilayotganlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8🔥4👍3
Bugungi kunda “Elektron retsept” tizimiga nechta tibbiyot tashkiloti va dorixona ulangan?

Javob: Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli jami 152 ta davlat tibbiyot tashkiloti va 1 496 ta dorixonaning barchasi to‘liq “Elektron retsept” tizimiga ulangan. Hozircha poytaxtdagi mavjud 1 945 ta xususiy tibbiyot tashkilotidan 796 tasi (41 foiz) ushbu tizimga integratsiya qilingan.

Tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta hududda (Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Chortoq, Kitob, Xatirchi, Denov, Bulung‘ur, Ishtixon, Shovot, Chimboy, Quva, Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyo‘l, Samarqand shaharlari) jami 383 ta davlat tibbiyot tashkiloti va 1 319 ta dorixonaning barchasi, mavjud 858 ta xususiy tibbiyot tashkilotidan 547 tasi (64 foiz) ushbu tizimga ulangan.

Mazkur hududlardagi qolgan xususiy klinikalar esa retsept yozilmasligi, faoliyati to‘xtatilganligi kabi sabablar bilan tizimga ulanmagan.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi tizimga ulanmagan xususiy klinikaga murojaat qilgan bemor retseptni qanday oladi?

Javob: Bu holatda bemorlar o‘zi biriktirilgan oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorga yoki shoshilinch tibbiyot muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
Hozir retseptli dorilarning necha foizi elektron shaklda beriladi?

Javob: Bugungi kunda retseptli dorilarning 98,9 foizi elektron shaklda beriladi. 1,1 foizi, yaʼni alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari anʼanaviy shaklda (maxsus retsept blanka) beriladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏2👍1
Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi hamma shifokorlar retsept yozish uchun zarur uskunalar bilan taʼminlanganmi?

Javob:
Toshkent shahar va tajriba-sinov loyihasi joriy qilinayotgan 15 ta tuman va shahardagi davlat tibbiyot muassasalari retsept yozish uchun zarur bo‘lgan 9 turdagi uskunalar — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (monoblok, planshet, chek-printer va tarmoq qurilmalari) bilan taʼminlangan.

👍 “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tibbiyot muassasalari takliflari asosida, shifokorlardan iborat Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1👏1
Retsept bilan sotiladigan dori vositalari ro‘yxati qanchalik to‘g‘ri shakllantirilgan?

Javob: Dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz berilish tartibini belgilash ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davrida aniqlanib, tegishli yo‘nalishdagi shifokor mutaxassislar tomonidan xulosalar rasmiylashtirib tasdiqlanadi.

Bunda:

👍 original dori vositasining qanday tartibda berilishi tasdiqlanganligiga;
👍 ushbu dori vositasi ishlab chiqaruvchi davlatning tartibga soluvchi davlat organi tomonidan qanday tartibda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berilganligiga;
👍 uning faol moddasining dozasi, dori shakli va qo‘llanish usuli hamda qadoqdagi soniga ham bog‘liq.

Shuni taʼkidlash joizki, faol moddalar, xususan, Paratsetamol, Ibuprofen saqlagan kombinirlangan dorilar retsept bilan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Chunki ushbu dori moddalarning boshqa faol moddalar bilan kombinatsiyalari farmakologik xossalarini kuchaytirishi, nojo‘ya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin.


Masalan:

👍 Askorbin kislotasi tabletka va draje (dumaloq) shaklida retseptsiz beriladiganlar qatoriga kirsa, uning inyeksion dori shakli esa retsept bilan beriladiganlar qatoriga kiradi.

👍 Paratsetamol yoki Ibuprofen tabletkalari, yosh bolalar uchun ularni saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda ishlatiladagan surtmalar va gellar retseptsiz beriladigan dorilar qatoriga kiradi.

Biroq, 500 mg. dan ortiq Paratsetamol, Ibuprofen saqlovchi majmuaviy dorilar retsept bilan sotiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏5🔥3
Toshkent shahridagi ayrim dorixonalarda retseptsiz sotiladigan dorilarni sotib olishning imkoni bo‘lmayapti...

Javob: Bu noto‘g‘ri. Chunki retseptsiz sotiladigan dorilar toifasiga shamollashga qarshi, isitmani tushirish uchun, nazal spreylar, shamollash tufayli tanadagi og‘riqlarni bartaraf etish uchun ichadigan bir komponentli dorilar, yosh bolalar uchun Paratsetamol yoki Ibuprofen saqlagan suspenziyalar, siroplar, bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda ishlatiladagan surtmalar va gellar kiradi. Bundan tashqari, allergiyaga qarshi, ich ketishida va qabziyatda qo‘llaniladigan dorilar ham retseptsiz sotiladi.

Dorixonalardagi dorilarni retseptli yoki retseptsiz berilishi ularning qadog‘i va qo‘llash yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan bo‘lib, bu aholi va dorixona xodimlari uchun qulaylik yaratadi.

Toshkent shahri va 15 ta tajriba hududlarida joylashgan dorixonalarda joriy qilingan “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun telegram @ssv_pilotbot joriy qilindi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2