Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
688 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️

Farmreyd: 1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro “S.G‘.” tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘ziga qarashli bo‘lgan noturar binoda, tegishli hujjatlarsiz tibbiy dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotganligi fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu manzilda tegishli sharoitlarda saqlanmayotgan jami 66 turdagi 41 319 dona dori vositalari borligi aniqlanib, shundan 56 turdagi 36 361 dona dorilarning muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi.


Taʼkidlash lozimki, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 565 mln so‘mni tashkil etadi.


Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Чекланган нархлар реестри 28.11.2025.xlsx
1.4 MB
👍 Cheklangan narxlar

Yurtimizda 2025-yil 28-noyabr holatiga ko‘ra, retsept bo‘yicha beriladigan 12 779 ta nom va dozirovkadagi dori vositasiga cheklangan narxlar qayd etildi.

Yangilangan cheklangan narxlar reestri bilan yuqoridagi jadvalda shuningdek, quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

По состоянию на 28 ноября 2025 года в нашей стране зарегистрированы предельные цены на 12 779 наименования и дозировки лекарственных средств, отпускаемых по рецепту.

С обновлённым реестром предельных цен можно ознакомиться в таблице выше, а также по ссылке.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston akkreditatsiya markazida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organiga berilgan tegishli akkreditatsiya guvohnomasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.

Mazkur guvohnoma miliiy sertifikatlashtirish organining malakasi, mustaqilligi, xolisligi va sifat menejmenti tizimlarini professional darajada baholash bo‘yicha texnik tayyorgarligini tasdiqlaydi.


Shuningdek, akkreditatsiya jarayoni ILAC va IAF xalqaro tuzilmalari bilan hamkorlik qiluvchi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgani, Milliy sertifikatlashtirish organi tomonidan beriladigan sertifikatlarning xalqaro maydonda tan olinishiga keng yo‘l ochadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16🔥10👍6
Saida Mirziyoyeva yurtimizda giyohvand moddalar savdosiga qarshi jiddiy kurash e’lon qilinganini ma’lum qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥8👍4
🟦🟦🟦

Yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalarini nazoratga olish masalalari muhokama qilindi


Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazida Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, IIV Jamoat xavfsizligi xizmati, IIV Akademiyasi, IIV Kriminalogiya tadqiqot instituti va tegishli idoralar mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏3👍2
🟦🟦🟦

Markaz mutaxassislari Xitoyda o‘tayotgan xalqaro regulyator seminarida ishtirok etmoqda


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasida dori vositalari va tibbiy jihozlarni tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro malaka oshirish seminarida ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir Xitoy Tibbiy mahsulotlarni tartibga solish milliy boshqarmasi (NMPA) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tashkilot Xitoy hududida dori vositalari, tibbiy buyumlar, biotexnologik mahsulotlar va boshqa sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq texnologiyalarni nazorat qiluvchi asosiy regulyator organ hisoblanadi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6
🟦🟦🟦

Markaz - birinchi akkreditatsiyalangan organ sifatida O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish vakolatiga ega bo'ldi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, faoliyat uchun berilgan guvohnomani qabul qildi.

Mazkur akkreditatsiya farmatsevtika bozori ishtirokchilari uchun sifat boshqaruvi sohasida yagona, barqaror va xalqaro zamon talablariga moslashtirilgan tizimni shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib, mamlakatimizda tibbiy buyumlar xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqaruvchilar faoliyatini modernizatsiya qilish va global standartlarga mos raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Markaz sifat menejmenti bo'yicha akkreditatsiya guvohnomasi olindi
#29nov

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍11
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:


😎 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirmoqda

😎 Markaz xodimi “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

😎 Farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi

😎 Navoiy viloyatida tibbiy muassasalarda metrologiya xizmatlari amalga oshirildi

😎 O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standartiing ahamiyati haqida ma'lum qilindi

😎 Markaz mutaxassisi Bakuda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy kongressda ishtirok etdi

😎 Markaz mutaxassislari WHO-NNB va WHO-GNP qo‘shma yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda

😎 Yevropa–O‘zbekiston biznes assosatsiyasi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

😎 Dori vositalarini ishlab chiqarish va import jarayonlaridagi muammolar muhokama qilindi

😎 Jizzaxda narkotik va psixotrop moddalarning muomalasini tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

😎 Prekursorlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi

😎 Alisher Temirov, Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organiga berilgan tegishli akkreditatsiya guvohnomasini tantanali ravishda qabul qilib oldi

😎 Saida Mirziyoyeva yurtimizda giyohvand moddalar savdosiga qarshi jiddiy kurash e’lon qilinganini ma’lum qildi

😎 Yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalarini nazoratga olish masalalari muhokama qilindi

😎 Markaz mutaxassislari Xitoyda o‘tayotgan xalqaro regulyator seminarida ishtirok etmoqda

😎 Markaz - birinchi akkreditatsiyalangan organ sifatida O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish vakolatiga ega bo'ldi

😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
🟦🟦🟦

Giyohvandlikka qarshi kurash: Respublikadagi vaziyat, ko‘rilayotgan choralar va yangi strategiyalar


🎤 2025 yil, 1 dekabr kuni shu mavzuda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi:

🏷 Manzil: Navoiy 30
🏷 Vaqti: 11:00
🏷 Ishtirok etadi: IIV, SSV, DXX, Narkotik va o‘qotar qurollarni nazorat qilish Agentligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo'mitasi, Bojxona qo‘mitasi, SMTI

Tadbirga OAV xodimlari taklif etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🟦🟦🟦

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Bugun poytaxtimizda “Giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish — qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan muhim masala” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
🟦🟦🟦

Andijon viloyatida dorixona xodimlari uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi


Andijon viloyatida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi hamda Anidjon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida dorixona tarmog‘i xodimlari uchun profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — dori vositalari muomalasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, dorixonalar faoliyatida shaffoflik va tartib-intizomni kuchaytirish, shuningdek sohada raqamlashtirish jarayonlarini yanada samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
⭕️⭕️⭕️

Sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz!

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatining eng muhim tamoyillaridan biri — halollik, ochiqlik va adolatdir. Bizning maqsad esa — aholiga xavfsiz, sifatli va ishonchli dori vositalarini yetkazish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Agar siz qonunbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va korrupsiyaviy harakatlarga duch kelsangiz zudlik bilan biz bilan bog‘laning:

🏷 Ishonch telefoni: (71) 203-01-01 (2385)
🏷 Telegram bot: t.me/uzpharmcontrolbot
🏷 Elektron pochta: farmkomitet@ssv.uz
🏷 Facebook: www.fb.com/uzpharmcontrol
🏷 Instagram: instagram.com/uzpharmcontrol

📩 Murojaatingiz maxfiylik tamoyiliga to‘liq rioya etgan holda ko‘rib chiqiladi va natijalari qonuniy baho berish uchun tegishli organlarga taqdim etiladi.

☑️ Farmatsevtika sohasida shaffoflik va adolatni birgalikda ta’minlaylik!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
🟦🟦🟦

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qanday bajarilmoqda?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov O'zbekiston miliiy axborot agentligi Uza.uz'ga shu haqda ma’lumot berdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💴💴💴💴💴💴

Korrupsiya — halokatga olib boradigan yo‘l


U jamiyatning rivojlanishini sekinlashtiradi, adolatni yemiradi va odamlar ishonchini barbod qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurash — kelajagimizni asrash demakdir.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

Namangan viloyatida 1 mlrd 416 mln so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosining oldi olindi


O‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” MCHJ ombori mudiri A.I. Namangan shahar, “Ilg‘or” MFY hududidagi noturar binoda turli nomdagi qalbaki hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 1,4 mlrd so‘mlik 1 337 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Чекланган нархлар реестри 02.12.2025.xlsx
1.4 MB
👍 Cheklangan narxlar

Yurtimizda 2025-yil 2-dekabr holatiga ko‘ra, retsept bo‘yicha beriladigan 12 793 ta nom va dozirovkadagi dori vositasiga cheklangan narxlar qayd etildi.

Yangilangan cheklangan narxlar reestri bilan yuqoridagi jadvalda shuningdek, quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

По состоянию на 2 декабря 2025 года в нашей стране зарегистрированы предельные цены на 12 793 наименования и дозировки лекарственных средств, отпускаемых по рецепту.

С обновлённым реестром предельных цен можно ознакомиться в таблице выше, а также по ссылке.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi: hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, har bir imkoniyatni samarali loyihaga aylantirish, barcha sohalarda odamlarning roziligiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom ettiriladi.

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Джизак: реформы, направленные на выявление точек роста регионов, превращение каждой возможности в эффективный проект, создание для людей лучших условий во всех сферах, будут последовательно продолжены.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Hukumat qarori bilan tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilangan.

👍 Xo‘sh, bu amaliyot qachondan qo‘llanila boshlaydi?

👍 Yangi tartib qanday afzalliklarga ega?

🎞 Yuqoridagi videorolik orqali shu savollarga javob topshingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⭕️⭕️⭕️

"OILA PHARM 1" MCHJga qarashli dorixona lisenziyasi bekor qilindi

😎 Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Taraqqiyot MFY, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 53-uy manzilida joylashgan "OILA PHARM 1" MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💴💴💴💴💴💴

Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning umumiy vazifamiz


Halollikni qadrlaydigan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyatda barqarorlik va ishonch mustahkam bo‘ladi. Korrupsiya esa nafaqat iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi, balki odamlar orasidagi ishonchni yemiradi, adolat tamoyillarini izdan chiqaradi. Shuning uchun har bir fuqaro, har bir jamoa va har bir tizim bu illatga qarshi birdek mas’uldir.

⚖️ Qonun ustuvorligi, halollik va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qilingan jamiyatda korrupsiyaga aslo o'rin yo'q!

Keling, bu illatni birgalikda yengamiz!


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2