Yevropa–O‘zbekiston biznes assosatsiyasi davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash va hayotiy fanlar sektoridagi eng muhim masalalar — dori vositalari va tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi, sertifikatlash mexanizmlarini takomillashtirish, narxlarni tartibga solish, innovatsion terapiyalarni moliyalashtirish, shuningdek, noqonuniy va soxta farmatsevtika mahsulotlari aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1
Dori vositalarini ishlab chiqarish va import jarayonlaridagi muammolar muhokama qilindi
Joriy yilning 26-noyabr kuni "Tashkent Pharm Park" binosida “Dori vositalarini ishlab chiqarish va import qilishdagi muammolar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Markaziy bank, CRPT Turon, Soliq qo‘mitasi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Zarur amaliyotlar markazi mas'ullari ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.N. fuqaro B.S.ga xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 9 turdagi jami 542 quti dori vositalarini 6 400 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xulosalariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, shuningdek saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2🔥1
Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindarovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👏7🔥4
Jizzaxda narkotik va psixotrop moddalarning muomalasini tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Prezidentimizning 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar va tizim oldida turgan yangi talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Prekursorlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazida Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya va tegishli tashkilotlari vakillari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosini ta’minlash, yurtimizda narkotik moddalar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar aylanmasini qat’iy va samarali tartibga solish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan Qonun loyihasi muhokama qilindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1
4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Davlat xizmatlari SI asosida ishlaydi! Aholiga yiliga 23 mlrd so‘m tejaladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugungi "Byurokratiyani bartaraf etish" forumida davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
Farmreyd: 1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro “S.G‘.” tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘ziga qarashli bo‘lgan noturar binoda, tegishli hujjatlarsiz tibbiy dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotganligi fosh etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu manzilda tegishli sharoitlarda saqlanmayotgan jami 66 turdagi 41 319 dona dori vositalari borligi aniqlanib, shundan 56 turdagi 36 361 dona dorilarning muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi.
Taʼkidlash lozimki, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 565 mln so‘mni tashkil etadi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Чекланган нархлар реестри 28.11.2025.xlsx
1.4 MB
Yurtimizda 2025-yil 28-noyabr holatiga ko‘ra, retsept bo‘yicha beriladigan 12 779 ta nom va dozirovkadagi dori vositasiga cheklangan narxlar qayd etildi.
Yangilangan cheklangan narxlar reestri bilan yuqoridagi jadvalda shuningdek, quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
—
По состоянию на 28 ноября 2025 года в нашей стране зарегистрированы предельные цены на 12 779 наименования и дозировки лекарственных средств, отпускаемых по рецепту.
С обновлённым реестром предельных цен можно ознакомиться в таблице выше, а также по ссылке.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbekiston akkreditatsiya markazida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov, Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organiga berilgan tegishli akkreditatsiya guvohnomasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.
Mazkur guvohnoma miliiy sertifikatlashtirish organining malakasi, mustaqilligi, xolisligi va sifat menejmenti tizimlarini professional darajada baholash bo‘yicha texnik tayyorgarligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, akkreditatsiya jarayoni ILAC va IAF xalqaro tuzilmalari bilan hamkorlik qiluvchi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgani, Milliy sertifikatlashtirish organi tomonidan beriladigan sertifikatlarning xalqaro maydonda tan olinishiga keng yo‘l ochadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16🔥10👍6
Saida Mirziyoyeva yurtimizda giyohvand moddalar savdosiga qarshi jiddiy kurash e’lon qilinganini ma’lum qildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥8👍4
Yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalarini nazoratga olish masalalari muhokama qilindi
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazida Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, IIV Jamoat xavfsizligi xizmati, IIV Akademiyasi, IIV Kriminalogiya tadqiqot instituti va tegishli idoralar mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏3👍2
Markaz mutaxassislari Xitoyda o‘tayotgan xalqaro regulyator seminarida ishtirok etmoqda
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasida dori vositalari va tibbiy jihozlarni tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro malaka oshirish seminarida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbir Xitoy Tibbiy mahsulotlarni tartibga solish milliy boshqarmasi (NMPA) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tashkilot Xitoy hududida dori vositalari, tibbiy buyumlar, biotexnologik mahsulotlar va boshqa sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq texnologiyalarni nazorat qiluvchi asosiy regulyator organ hisoblanadi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6
Markaz - birinchi akkreditatsiyalangan organ sifatida O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish vakolatiga ega bo'ldi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, faoliyat uchun berilgan guvohnomani qabul qildi.
Mazkur akkreditatsiya farmatsevtika bozori ishtirokchilari uchun sifat boshqaruvi sohasida yagona, barqaror va xalqaro zamon talablariga moslashtirilgan tizimni shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib, mamlakatimizda tibbiy buyumlar xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqaruvchilar faoliyatini modernizatsiya qilish va global standartlarga mos raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏6
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Markaz sifat menejmenti bo'yicha akkreditatsiya guvohnomasi olindi
#29nov
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
#29nov
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍11
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Giyohvandlikka qarshi kurash: Respublikadagi vaziyat, ko‘rilayotgan choralar va yangi strategiyalar
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun poytaxtimizda “Giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish — qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan muhim masala” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
Andijon viloyatida dorixona xodimlari uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi
Andijon viloyatida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi hamda Anidjon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida dorixona tarmog‘i xodimlari uchun profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — dori vositalari muomalasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, dorixonalar faoliyatida shaffoflik va tartib-intizomni kuchaytirish, shuningdek sohada raqamlashtirish jarayonlarini yanada samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
Sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz!
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatining eng muhim tamoyillaridan biri — halollik, ochiqlik va adolatdir. Bizning maqsad esa — aholiga xavfsiz, sifatli va ishonchli dori vositalarini yetkazish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Agar siz qonunbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va korrupsiyaviy harakatlarga duch kelsangiz zudlik bilan biz bilan bog‘laning:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1