Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
688 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Tibbiyot sohasining fidoyi xodimlari!


Sizlarni — Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sog‘lom jamiyat — kuchli davlatning poydevoridir. Shu ulug‘ maqsad yo‘lida har kuni inson hayotini asrash, sog‘ligini tiklash va farovonligini ta’minlash uchun jonbozlik ko‘rsatayotgan siz, aziz soha vakillari, haqiqiy qahramonlarsiz.

Bugun mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda farmatsevtika sohasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarda sizning bilim va tajribangiz, mehnatsevarligingiz, insoniy fazilatlaringiz beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi nomidan har biringizni samimiy tabriklaymiz. Inson sog‘lig‘iga xizmat qilish — eng ulug‘ va sharafli burchdir. Shu burchni sidqidildan ado etayotgan barcha tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan
Alisher Temirov, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏17👍7🔥3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О мерах по поддержке медицинских и фармацевтических работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с работниками медицины и фармацевтики.

#Mirziyoyev #uchrashuv #sogliqnisaqlash #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍7🔥1👏1
Президент: «Замонавий тиббиётни фармацевтикасиз тасаввур қилиб бўлмайди»

Соғлиқни сақлаш соҳаси ходимлари куни муносабати билан ўтказилаётган учрашувда президент Шавкат Мирзиёев шифокорлар, ҳамширалар ва фармацевтика мутахассисларини табриклаб, байрамни эндиликда «Тиббиёт ва фармацевтика ходимлари куни» номи билан нишонлаш таклифини илгари сурди.

👉 https://kun.uz/kr/25363173

Kun.uz расмий канали
👍25👏7🔥5
🟦🟦🟦

“Tibbiy buyumlar — Sifat menejmenti tizimlari — Tartibga solish maqsadlari uchun talablar” standarti tasdiqlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–137-sonli Farmonida “ISO 13485 — Tibbiy jihozlar uchun sifat menejmenti tizimlari” xalqaro standarti talablariga moslashtirilgan milliy standartni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi belgilangan edi.

Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Tibbiy buyumlar — Sifat menejmenti tizimlari — Tartibga solish maqsadlari uchun talablar” nomli milliy standartni ishlab chiqdi va tasdiqladi.


O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) standarti 2025-yil 30-oktabrdan boshlab mamlakat hududida amalga kiritildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4👏2
🟦🟦🟦

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari!


Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi kasaba uyushmalari tizimida xizmat qilayotgan soha vakillarini samimiy tabriklaydi. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz tufayli mehnat jamoalarida adolat, himoya va birdamlik muhiti mustahkamlanmoqda.


Kasaba uyushmasi — bu faqat bir tashkilot emas, bu har bir xodimning orqa suyanchi, ishonchli tayanchi, adolat va ijtimoiy himoya ramzidir. Aynan sizlarning faoliyatingiz orqali har bir inson o‘z mehnati bilan faxrlanadi, o‘z jamoasining bir qismi sifatida o‘zini qadrlangan his etadi.

Mas’uliyatli va sharafli xizmatingizda yuksak natijalar, yangi yutuqlar va bardavom zafarlar sizga hamisha hamroh bo‘lsin.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
🟦🟦🟦

Markaz mutaxassislari “NOVAMED-2025” Butunrossiya xalqaro forumida ishtirok etmoqda


Unda 1000 dan ortiq ishtirokchilar jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Oman kabi davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Yaqinda davlatimiz rahbarining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

🆔 Xo‘sh, ushbu hujjatda farmatsevtlar uchun qanday yangiliklar o‘rin olgan?

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ma’sul xodimi Zufar Boboyev O'zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida shu haqida so'z yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥5
Чекланган нархлар реестри 11.11.2025.xlsx
1.4 MB
👍 Cheklangan narxlar

Yurtimizda 2025-yil 11-noyabr holatiga ko‘ra, retsept bo‘yicha beriladigan 12 684 ta nom va dozirovkadagi dori vositasiga cheklangan narxlar qayd etildi.

Yangilangan cheklangan narxlar reestri bilan yuqoridagi jadvalda shuningdek, quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

По состоянию на 11 ноября 2025 года в нашей стране зарегистрированы предельные цены на 12 684 наименования и дозировки лекарственных средств, отпускаемых по рецепту.

С обновлённым реестром предельных цен можно ознакомиться в таблице выше, а также по ссылке.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Утвержден стандарт O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) «Медицинские изделия — Системы менеджмента качества — Требования для целей регулирования»

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан №УП–137 от 19 августа 2025 года «О дополнительных мерах по регулированию обращения лекарственных средств и медицинских изделий» была поставлена задача по разработке и утверждению национального стандарта, который должен быть адаптирован к требованиям международного стандарта «ISO 13485 — Системы менеджмента качества для медицинских изделий».

Для выполнения данной задачи Агентство по техническому регулированию Республики Узбекистана (в сотрудничестве с Министерством здравоохранения) разработало и утвердило национальный стандарт O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) «Медицинские изделия — Системы менеджмента качества — Требования для целей регулирования».


👍 Стандарт O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) был введен в действие на территории страны, начиная с 30 октября 2025 года

👉 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2
🟦🟦🟦

Diqqat qiling: Antibiotik grippni davolamaydi!

Kuz–qish mavsumida odatda gripp hamda yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (ORVI) tarqalishining ortishi kuzatiladi. Shu munosabat bilan, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi yurtoshlarimizdan sog‘lig‘iga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishlari hamda dori vositalarini, ayniqsa antibakterial preparatlarni shifokor ko‘rsatmasisiz qabul qilmasliklarini so‘raydi hamda barchani ogohlikka chaqiradi.

Shifokor tavsiyasiz antibakterial dori vositalarini qabul qilish nafaqat samarasiz, balki bir qator salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3👏1