Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.23K photos
692 videos
502 files
3.12K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
“Farmatsevtika mahsulotlar xavfsizligi markazi” davlat muassasasi «Postmarketing nazorat boshqarmasi» Huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha noqonuniy muomalada aniqlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha maʼlumot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 10:00 da "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi, Soliq qo‘mitasi hamda "Asl belgisi" milliy axborot tizimi operatori "CRPT TURON" MCHJ hamkorligida dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimini joriy etishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin:
https://us02web.zoom.us/j/83715170368?pwd=iOj6aEdIWDqBzwNPWaHSRkj9afLkeR.1

Konferensiya ID: 837 1517 0368
Ishtirokchi kodi: 111414

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(99) 436-56-13 Asqarov Azizxon;
Telegram:@AIAsqarov

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “PQM+” dasturi maslahatchisi – Andjela Oliver va konsultant – Ofeliya Villyalva Roxas 2024-yil 22-30-iyul kunlari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari uchun Sifat menejmenti tizimiga oid ixtisoslashgan malaka oshirish kurslarini olib bormoqda.

Markazning Toshkent, Andijon, Samarqand, Qarshi shaharlaridagi Dori vositalar sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyalari xodimlariga 5 kun davomida ma’lumotlarning yaxlitligi, uzluksizlikni boshqarish, kompyuter tizimlarini tekshirish; tendensiyalarni tahlil qilish, oʻzgarishlarni nazorat qilish mavzularida ta’lim beriladi.

Bu oʻz navbatida, laboratoriya xodimlarining malakasini oshirishda hamda kelgusida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining prekvalifikatsiyasi uchun ariza topshirishda samarali tayyorgarlik sifatida xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Andijon va Surxondaryo viloyatlarida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.B. tegishli hujjatlari bo‘lmagan 30 quti “Elflok 100 ml” nomli dori vositasini Jalaquduq tumanidagi “Z.F.” MCHJga qarashli dorixonaga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi avtotransport vositasi va yashash xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 172,2 mln so‘mlik hujjatsiz dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Angor tuman bo‘limi viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 8 quti (288 kapsula) “Reduksin layt” va 8 quti “Detox Tea” nomli dori vositalarini 4,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktorinig buyrugʻiga asosan joriy yilning 23-24-iyul kunlari Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi xodimlari, ularning bilim va koʻnikmalarini, shuningdek professionallik darajasini baholash maqsadida Bilim va koʻnikmalarni baholash komissiyasi tomonidan 2 bosqichli sinovdan oʻtkazildi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏1
Реестр референтных цен (26.07.2024).pdf
2.5 MB
Referent narxlar 26.07.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.

🕊@uzpharmcontrol
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gepatit — xavfli kasallik. Agar o‘z vaqtida oldi olinmasa, organizmda jiddiy asoratlar qoldirishi mumkin.

🔬 Xastalikni keltirib chiqaruvchi virus 1967 yil Nobel mukofoti laureati, amerikalik shifokor Samuel Barux tomonidan aniqlangan bo‘lib, ushbu olimning tug‘ilgan kuni sharafiga har yili dunyoda 28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️“Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (446-son, 24.07.2024 y.) qabul qilindi

🏢 Qarorga ko‘ra, “Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning o‘rnida davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi (Bolalar shifoxonasi) tashkil etiladi.

Bolalar shifoxonasining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

🔹18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;

🔹tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;

🔹Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;

🔹tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.

🗓 2024 yil 1 sentyabrgacha Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda taʼmirlash ishlarini o‘tkazish orqali uni bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har kim o‘z salomatligi uchun, avvalo, o‘zi masʼul. Uzoq va sog‘lom umr kechirish shartlari esa aslida juda oddiy: to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va rejalashtirilgan kun tartibi...

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Qashqadaryo viloyatida 311,5 mln so‘mlik hujjatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotuvga qo‘ygan dorixona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi, DXX va viloyat bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yakka tartibdagi tadbirkor J.A. tegishli tartibda litsenziya olmasdan Qarshi shahri A.Oripov ko‘chasida o‘zboshimchalik bilan dorixona tashkil qilib, dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan 269 turdagi 311,5 mln so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
А.Темиров Дори воситалари ва соғлиқни сақлаш сифати бўйича Европа директорати раҳбарияти билан учрашди

Айни кунларда хизмат сафари билан Франциянинг Страсбург шаҳрида бўлиб турган Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази директори Алишер Темиров, Соғлиқни сақлаш ва дори воситалари сифати бўйича Европа директорати (European Directorate for the Quality of Medicines & HealthCare, EDQM) раҳбарияти билан учрашди.

Учрашувда томонлар аҳолини сифатли, хавфсиз ва арзон фармацевтика маҳсулотлари билан таъминлаш бўйича икки ташкилот ўртасида ўзаро ҳамкорлик алоқаларини кенгайтириш, GEON OMCL назорат лабораторияларининг умумевропа тармоғига қўшилиш орқали Марказ лабораториялари салоҳиятини ошириш ва такомиллаштириш бўйича қўшма дастурларни ишлаб чиқиш ҳамда махсус шартларда намунавий стандартларини харид қилиш ва етказиб бериш масалаларини муҳокама қилди.

Шу билан бирга Европа фармакопея комиссиясининг тегишли қарорига асосан “Ўзбекистон Республикаси Давлат фармакопеясини яратишда Европа фармакопеяси матнларини нусхалаштириш ва уйғунлаштириш ҳуқуқини тақдим қилиш тўғрисида”ги келишув ижроси бўйича амалга оширилаётган ишлар хусусида сўз юритилди.

Мулоқот давомида А.Темиров мамлакатимизда фармацевтика тармоғини ривожлантириш ва тартибга солиш борасида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар ҳақида маълумот бериб, “Tashkent Pharma Park” фармацевтика кластери фаолияти, шунингдек, янги дори воситалари учун ўз фармакопея стандартлари ишлаб чиқиладиган махсус назорат лабораториясини ишга тушириш ва жиҳозлаш режалари ҳақида видео тақдимот ўтказди.

Маълумот учун, Соғлиқни сақлаш ва дори воситалари сифати бўйича Европа директорати (European Directorate for the Quality of Medicines & HealthCare, EDQM) Европа Кенгашининг ишчи органларидан бири бўлиб, унинг асосий вазифаси сифатли дори воситалари ва соғлиқни сақлаш хизматларидан фойдаланишда инсонларга кўмаклашиш, шунингдек, аҳоли саломатлигини муҳофаза қилишдан иборат.

Учрашув якунида EDQM раҳбарияти “Toshkent Pharma Park” фармацевтика кластери ҳудудида барпо этиладиган янги лабораторияга алоҳида қизиқиш билдириб, Ўзбекистонда фармацевтика соҳасини тартибга солиш сиёсати сезиларли даражада ривожланаётганини алоҳида таъкидлади.

Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Матбуот хизмати

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏3👍1