Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.23K photos
692 videos
502 files
3.12K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida qanday kelishuvlarga erishildi?

🇺🇿🇸🇦 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi — mushtarak tarix, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar hamda demografik va geografik ko‘rsatkichlardagi o‘xshash jihatlar bog‘lab turadigan ikki davlat.

📈 Taʼkidlash joiz, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar tobora mustahkamlanmoqda.

🛫 Hamkorligimizning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotgan yana bir soha bor — sog‘liqni saqlash. Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari F.Tashpulatov tibbiyotda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish uchun xizmat safari bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrif davomida Saudiya Arabistonining qator tibbiyot muassasalari, nufuzli klinika va farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

🔷 Xususan, “Al Habib Medical Service Group” kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi negizida hamshiralar malakasini oshirish tizimini joriy qilish, bunda ushbu texnikumni tamomlagan hamshiralarni xorijiy tillarga o‘qitish va ularni kelajakda Saudiya Arabistonidagi klinikalarga ishga joylashtirish;

🔷 mazkur kompaniyaning respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tanlovida ishtirok etishi;

🔷 davlat-xususiy sheriklik asosida Farg‘ona va Nurafshon shaharlarida zamonaviy shifoxonalar barpo etish, ularni jihozlash hamda yangicha yondashuv asosida boshqarish loyihalari ko‘rib chiqildi.

🤝 Yakunda mazkur loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🏢 Shuningdek, safar doirasida “InterHealth Medical Company LLC” bilan yangicha yondashuv orqali davolash muddatini 15 kundan 7 kungacha qisqartirish orqali ko‘proq bemorlarni qabul qilish tizimini yurtimizda joriy qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

🔶 Mazkur kompaniya bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona va Qo‘qon shaharlaridagi filiallari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish yuzasidan ham kelishuvga erishildi.

💊 “Jamjoom Pharma” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida esa mazkur korxona tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalarini yurtimizda mahalliylashtirish maqsadida “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasterida yangi korxona qurishga kelishib olindi.

Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Sog‘liqni saqlash vazirligining bugungi Hayʼat yig‘ilishi asosiy mavzusi va maqsadi shu bo‘ldi.

Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Strategik rejalashtirish va salomatlik instituti, ixtisoslashtirilgan markazlar, respublika davolash muassasalari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirok etdi.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен (19.07.2024).xlsx
1.6 MB
Referent narxlar 19.07.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.
Реестр референтных цен (19.07.2024).pdf
3.8 MB
Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Aholini boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ushbu xastaliklarni kamaytirish, infeksiya o‘choqlarini jilovlash va bartaraf etishda muhim vosita hisoblanadi.

🔬Shu boisdan bugun yurtimizda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan. Unga ko‘ra, bolalar 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali tarzda emlanadi.

📊 Mazkur saʼy-harakatlar tufayli mamlakatimizda profilaktik emlash bilan qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etmoqda. Vaksinatsiya tadbirlari uchun esa 3 ming 138 ta emlash punkti ajratilgan.

📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavha orqali emlashning ahamiyati, yurtimizda bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari bilan yaqindan tanishasiz.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
JSST: Olti oyda qariyb 250 ming kishida vabo kasalligi aniqlandi

🌍 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida dunyo bo‘ylab vabo kasalligi tarqalish xavfi juda yuqori, deb baholandi. Xo‘sh, bunga qanday asos bor?

📊 Gap shundaki, joriy yilning birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan ko‘proq bemorda ushbu xastalik aniqlandi. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

📈 Aksariyat vabo o‘choqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida ro‘yxatga olingan. Afg‘onistonda qariyb 18,7 ming, Yamanda 6,6 mindan ortiq, Pokistonda esa 5200 dan ziyod kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.

🔎 “JSST dunyo bo‘ylab epidemiyalar soni ortishi va ularning tarqalish ko‘lami kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, global darajadagi xavfni juda yuqori, deb baholashda davom etmoqda”, — deyiladi hisobotda.

💉Chindan ham, hozir qator davlatlarda vaboga qarshi emlash vositalari yetishmovchiligi kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yil yanvar oyidan buyon 17 ta mamlakat 102 million doza vaksina so‘ragan bo‘lsa, ishlab chiqarish miqdori 51 million dozani tashkil etdi. Bugun esa zaxiradagi 7,5 million doza emlash vositasi qolgan, xolos.

‼️ Umuman, joriy yil yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
❗️JSST: Dunyoda 35 million nafar bola qizamiqdan himoyalanmagan

🦠 Uch yil davom etgan koronavirus pandemiyasi ko‘plab sohalarda uzilish va to‘xtalishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, dunyo bo‘ylab bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi ham keskin pasayishi kuzatildi.

📊 Mana, hozir epidemiologik vaziyat barqaror. Kasallik ortga chekingan. Ammo o‘tgan yili vaksina olmagan bolalar soni pandemiyadan avvalgi davr — 2019 yilga qiyoslaganda 2,7 million nafarga ko‘paygani afsuslanarli hol.

📋 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF tomonidan eʼlon qilingan yangi qo‘shma hisobot ayni shu muammo tahliliga bag‘ishlandi.

📈 Unda qayd etilishicha, 2022 yilda 13,9 million nafar o‘g‘il-qiz difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi bir martalik vaksinalarni qabul qilmagan bo‘lsa, 2023 yilda ular soni 14,5 million nafarga yetgan.

🔎 Bundan tashqari, qariyb 35 million bola qizamiqqa qarshi umuman emlanmagan yoki vaksinalarning tegishli dozasini olmagan.

💉Dunyo bo‘yicha 83 foiz o‘g‘il-qiz xuddi shu kasallikka qarshi bir dozada, 74 foizi esa 2 bosqichda emlangan. Biroq JSST tomonidan bu borada qamrovni 95 foizga yetkazish maqsad qilingan. Shu maʼnoda, erishilgan ko‘rsatkichlar qoniqarli emas.

‼️Shu bois tashkilot tegishli hukumatlarni bu muammoni bartaraf etish uchun faol chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirdi.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❗️JSST dorilarga chidamli sil va gepatit C ni davolash bo‘yicha tezkor xabarni eʼlon qildi

🌏 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir paytning o‘zida ham gepatit C, ham keng turdagi dorilarga yoki rifampitsinga chidamli tuberkulyozdan aziyat chekayotgan bemorlarni davolashga doir tezkor xabarni eʼlon qildi.

🔬Tadqiqotlar davomida tasdiqlanishicha, har ikki xastalikni birgalikda muolaja qilish bir qator afzalliklarga ega. Xususan, bunday terapiya davolash samaradorligini oshirib, kuzatuv ostidagi bemorlar soni kamayishi hamda o‘lim ko‘rsatkichlari qisqarishiga xizmat qiladi.

💊 Mazkur jarayonda qisqa yoki uzoq muddatli peroral muolaja kurslaridan foydalanish mumkin. Buning uchun dori vositalarining o‘zaro taʼsiri va bemorning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak.

📋 JSST kelgusida ushbu yondashuv asosida sil kasalligini davolashga doir tavsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.

📊 Eslatib o‘tamiz: tuberkulyozning oldini olish va uni to‘liq davolash mumkinligiga qaramay, bu xastalik yer yuzida har yili 1,6 million nafar odamning hayotiga zomin bo‘lmoqda. Gepatit esa yuqumli kasalliklar orasida o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va yiliga 1,3 million inson shu xastalikdan ko‘z yumadi.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Jahon matbuoti: Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda. O‘n olti nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi

🔬Shu kunlarda Hindistonning Gujarot shtatida epidemiologik vaziyat yomonlashgan. Jahon matbuoti xabarlariga ko‘ra, hudud bo‘ylab Chandipura deb ataluvchi xavfli virus tarqalmoqda.

📊 Shtat sog‘liqni saqlash vaziri Rashikesh Patelning qayd etishicha, hozirgacha 50 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan. 16 kishi infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Xo‘sh, bu xastalik haqida bizga nimalar maʼlum?

📍Ushbu virus ilk bor 1965 yili Hindistonning Maharashtra shtatiga qarashli Chandipura qishlog‘ida aniqlangan va keyin shu joy nomi bilan atala boshlangan.

📈 O‘shandan buyon mamlakatda vaqti-vaqti bilan epidemiya avj olishi kuzatiladi. Jumladan, 2003 yili xastalik 329 bolada qayd etilib, 183 nafarining umriga zomin bo‘lgandi.

🩺 Mazkur patologiya tibbiyotda kam o‘rganilgan, faqat chivinlar chaqishi orqali yuqishi haqida maʼlumotlar bor. U isitma, bosh og‘rig‘i, talvasa (sudorogi), shish, diareya belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Og‘ir holatlarda behushlik, koma va o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.

🔎 Chandipura uchun maxsus davo muolajasi va vaksinalar mavjud emas. Epidemiyaga qarshi kurashda asosan profilaktik choralar qo‘llanilyapti. Xususan, virus avj olgan hududlarda malation kukuni sepilmoqda.

‼️O‘z navbatida, yuqori tana harorati kuzatilgan bemorlar nazorat ostiga olinib, ularga intensiv muolajalar buyurilyapti.

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Surxondaryo viloyatida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Q.M. fuqaro A.A.ga hech qanday hujjatsiz 31 turdagi dori vositalarini 13,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbir davomida Q.M. tomonidan omborxona sifatida foydalanib kelingan Termiz shahri “Maʼrifat” mahallasi hududidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelingan 763 turdagi umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari hamda 182 quti kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен (23.07.2024).xlsx
1.6 MB
Referent narxlar 23.07.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.
❗️Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti OIV diagnostikasiga doir tavsiyalarini yangiladi

📊 Maʼlumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda OIV infeksiyasini yuqtirgan qariyb 40 million nafar bemor bor. Ular soni yiliga 1,5 million kishiga ortyapti. Eng yomoni, kasallik har yili 600 ming kishini hayotdan olib ketmoqda.

📈 Mutaxassislar bunday o‘sish dinamikasini xastalikka erta bosqichda tashxis qo‘yilmasligi bilan izohlaydi.

🩺 Masalan, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga qarashli 53 mamlakatda (Markaziy Osiyo davlatlari ham shu ro‘yxatda) OIVga chalingan bemorlarning to‘rtdan bir qismi o‘z xastaligidan bexabar bo‘lsa, qariyb yarmi o‘z tashxisini juda kech bosqichda biladi.

📋 Shularni inobatga olib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti OIV diagnostikasiga doir tavsiyalarini yangiladi.

🧪 Undan OIV/OITS hamda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa infeksiyalar uchun ekspress-test xizmatlari ko‘lami hamda o‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini kengaytirishga doir ko‘rsatmalar o‘rin olgan.

🗓 Ekspertlarning xulosa qilishicha, 2030 yilgacha OIVning aholi salomatligiga tahdid sifatidagi global xavfini kamaytirishga doir ustuvor maqsadlarga erishish mumkin.

‼️ Buning uchun hukumatlar xastalikning oldini olish, unga qarshi kurashish, infeksiyani erta bosqichda aniqlash va samarali davolash uchun zarur resurslar ajratishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Farmatsevtika mahsulotlar xavfsizligi markazi” davlat muassasasi «Postmarketing nazorat boshqarmasi» Huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha noqonuniy muomalada aniqlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha maʼlumot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 10:00 da "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi, Soliq qo‘mitasi hamda "Asl belgisi" milliy axborot tizimi operatori "CRPT TURON" MCHJ hamkorligida dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimini joriy etishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin:
https://us02web.zoom.us/j/83715170368?pwd=iOj6aEdIWDqBzwNPWaHSRkj9afLkeR.1

Konferensiya ID: 837 1517 0368
Ishtirokchi kodi: 111414

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(99) 436-56-13 Asqarov Azizxon;
Telegram:@AIAsqarov

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “PQM+” dasturi maslahatchisi – Andjela Oliver va konsultant – Ofeliya Villyalva Roxas 2024-yil 22-30-iyul kunlari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari uchun Sifat menejmenti tizimiga oid ixtisoslashgan malaka oshirish kurslarini olib bormoqda.

Markazning Toshkent, Andijon, Samarqand, Qarshi shaharlaridagi Dori vositalar sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyalari xodimlariga 5 kun davomida ma’lumotlarning yaxlitligi, uzluksizlikni boshqarish, kompyuter tizimlarini tekshirish; tendensiyalarni tahlil qilish, oʻzgarishlarni nazorat qilish mavzularida ta’lim beriladi.

Bu oʻz navbatida, laboratoriya xodimlarining malakasini oshirishda hamda kelgusida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining prekvalifikatsiyasi uchun ariza topshirishda samarali tayyorgarlik sifatida xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Andijon va Surxondaryo viloyatlarida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.B. tegishli hujjatlari bo‘lmagan 30 quti “Elflok 100 ml” nomli dori vositasini Jalaquduq tumanidagi “Z.F.” MCHJga qarashli dorixonaga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi avtotransport vositasi va yashash xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 172,2 mln so‘mlik hujjatsiz dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Angor tuman bo‘limi viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 8 quti (288 kapsula) “Reduksin layt” va 8 quti “Detox Tea” nomli dori vositalarini 4,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktorinig buyrugʻiga asosan joriy yilning 23-24-iyul kunlari Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi xodimlari, ularning bilim va koʻnikmalarini, shuningdek professionallik darajasini baholash maqsadida Bilim va koʻnikmalarni baholash komissiyasi tomonidan 2 bosqichli sinovdan oʻtkazildi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👏1