Uzpharmcontrol
7.94K subscribers
765 photos
326 videos
240 files
1.37K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01
Web-sayt: www.uzpharm-control.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari uchun tashkil etilgan o'quv-seminar qizg'in davom etmoqda

Markazning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi mutaxassisi Kamola Hakimova trening taassurotlari bilan bo'lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Tezkor tadbirda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari eskpertizadan o’tkazildi

Farmreyd: Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilingan 10006 oʻramdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertiza qilinganda, tahillar natijasiga ko'ra ularning tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi aniqlandi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Антиструмін-Дарниця” dori vositasidan bolalar nobud bo‘lgani mutlaqo asossiz!

Telegramda Ukraina kompaniyasiga tegishli “Антиструмін-Дарниця” preparati surati ilova qilingan holda tarqalgan audio xabarlar bo'yicha "Millar" dasturida izoh berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Как правильно хранить лекарства?

Неправильное хранение лекарственных средств может нанести серьезный вред здоровью человека. Каких же правил следует придерживаться для их правильного хранения? С этим вопросом мы обратились к Эльвире Свечниковой, начальнику отдела фармаконадзора Центра безопасности фармацевтической продукции.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Farmreyd: Kuchli taʼsir qiluvchi noqonuniy dori vositasini pullamoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB hamda Qo‘qon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1978 yilda tug‘ilgan, Artizanbo‘yi MFYda yashovchi M.Sh. yashash xonadonida 100 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositasini 9 million 500 ming so‘m evaziga sotgan vaqtda ushlandi.

Shuningdek, yashash xonadonida 10 dona “Tropikamid” va 61 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositasini saqlab yurganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiradi!

Xabaringiz bor, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chortoq tuman tez yordam bo‘limi feldsheri tomonidan yashirin sex sharoitida tayyorlangan “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin B6” nomli qalbaki dori vositalari Andijon, Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilganligi aniqlandi.

Ushbu xabar yuzasidan, SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi (idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar) barcha tashkilotlarni ogohlikka chaqirib, quyidagilari ma’lum qiladi.

Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish farmatsevtika sohasida litsenziya talablari va shartlari etib belgilangan.

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati” to’g’risidagi qonunning 20-moddasiga muvofiq, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

❗️Shu o‘rinda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanib, litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib kelishini eslatib o‘tamiz.

Yuqoridagilarga asosan, mazkur litsenziya talablari va shartlarini buzgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi (idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar) barcha tashkilotlarni faoliyat uchun berilgan litsenziyasi bekor qilinib, qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 kun davomida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari uchun tashkil etilgan trening o'z nihoyasiga yetdi

"Umumiy texnik hujjatdan (CTD) foydalangan holda farmatsevtika mahsulotlari hujjatlarini baholash" bo'yicha PQM+ dasturi doirasida o'tkazilgan seminar yakunida markaz mutaxassislariga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan sana

Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral, hijriy 844-yilning 14-ramazon kunida tavallud topgani qayd etilgan.

Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Yurtimizda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Alisher Navoiy o‘zbek tili asoschisi va davlat arbobi, buyuk mutafakkir olim sifatida barcha turk elatlar yodida asrlar davomida saqlanajak.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, ko‘p qirrali sheriklikni yangi mazmun bilan boyitish yo‘lida

По пути укрепления узбекско-белорусских отношений дружбы, наполнения многопланового партнерства новым содержанием

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Regulyatorlar va farmatsevtika biznesi: Yevrosiyo farmatsevtika forumida muloqot qanday bo'ladi?

🇰🇿 Qozogʻistonning Olmaota shahrida joriy yilning 29-fevral 1-mart kunlari 15-Yevrosiyo farmatsevtika forumi bo’lib o’tadi. Unda 350 dan ortiq ishtirokchi va 100 nafar maʼruzachi, shuningdek, sohani tartibga soluvchi davlat nazorat organlari mas’ullari, mintaqadagi yirik farmkompaniyalar vakillari ishtirok etadi.

Forum kun tartibida sohaga doir dolzarb masalalar bo’yicha muhokama panel sessiyalari va ekspetlar bilan yuzma-yuz diaologlar o'rin egallagan.

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Dori allergiyasi qanday namoyon bo‘ladi?

Allergiya inson organizmining begona, yot moddalarga nisbatan taʼsirchanlik qobiliyatini anglatadi. Allergiyaga dori vositasi dozasini oshirib yuborish, organizmning shu vositaga nisbatan o‘ta sezuvchanligi sabab bo‘lishi mumkin.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 09.02.2024.pdf
14.8 MB
Referent narxlar 09.02.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.

@uzpharmcontrol
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dorixonalarda qaysi turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘lishi majburiy hisoblanadi?

Mazkur savolga Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash boshqarmasi mutaxassisi Xolida O‘ralova javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Siklodol” dori vositasini bemorlarga maʼlum miqdorda berilayotganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

“Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi Andijon viloyatidagi dorixonada, retsept asosida beriladigan “Siklodol” dori vositasini bemorlarga maʼlum miqdorda berilayotgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan kompaniya rasmiy munosabat bildirdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Hafta dayjesti:

5-11 fevral kunlari Axborot resurslarimiz orqali e'lon qilingan eng muhim postlar.
--
Самые важные публикации за 5-11 февраля на наших новостных ресурсах.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🗓 Hafta dayjesti:

🔘 "USAID PQM +" dasturi doirasida "Dori vositalarini CTD formatida ro'yxatdan o'tkazish" mavzusida Markaz mutaxassislari uchun seminar trening tashkil etildi

🔘 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o'tdi

🔘 “Антиструмін-Дарниця” dori vositasi bilan bog'liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioxabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

🔘 Namanganda qalbaki dori vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimi ushlandi

🔘 Dorixona xodimi dori vositalarini dorixonaga qabul qilishida ularni sifatsiz va qalbakilashtirilmaganligini aniqlash bo'yicha tavsiyalar berildi

🔘 Tezkor tadbirda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari Markaz laboratoriyalarda eskpertizadan o’tkazildi

🔘 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi qalbaki dori vositalarini realizatsiya qilishning huquqiy oqibatlari haqida barcha dorixonalarni ogohlantirdi

🔘 Andijon viloyatidagi dorixonada, “Siklodol” dori vositasini bemorlarga maʼlum miqdorda berilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildiridi

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farmakonazorat qanday vazifalarni bajaradi?

Eslatib o'tamiz, Prezident farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab, dori vositalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etishda ularning xavfsizligini nazorat qilish tizimi joriy etiladi.

Maʼlumot o‘rnida, dori vositalarni qo‘llash chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlanganda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga murojaat qiling.

Quyidagi havolada ko‘rsatilgan shakldagi xabarnomani farmakonadzor@ssv.uz elektron pochtasiga yoki 100002, Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy manziliga jo‘nating.

Murojaat uchun: (71) 203-01-01 | 4144

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Shu kunning mavzusi” radioeshittirishida Markaz foliyati va soha haqida so‘z bordi

FM 103.1 O‘zbekiston radiokanalida efirga uzatilgan “Shu kunning mavzusi” radioeshittirishida "Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Markaz matbuot kotibi Lochinbek Xudayarov maʼlumot berdi.

Suhbatni shu manzilda tinglashingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Bugun butunjahon radio kuni

2011-yildan buyon 13-fevral sanasida dunyo bo‘yicha Xalqaro radio kuni nishonlanadi. Bu bayramni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad – radioni aloqa vositasi sifatidagi ahamiyatini, radio eshittirish kompaniyalarning xalqaro hamkorligini mustahkamlash, hamda yirik OAV va mahalliy radiostansiyalardan axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Ushbu kun munosabati bilan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi yurtimizda radio sohasida faoliyat yuritayotgan barcha radiojurnalistlarni tabriklaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube