Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
689 videos
502 files
3.11K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
Masʼullarga farmatsevtika tarmog‘idagi muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berildi

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Farmatsevtika agentligi direktorining axboroti eshitildi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
USAID ekspertlari Markaz faoliyatini o'rganish ishlarini olib bormoqda

"PQM+" dasturi texnik direktori Dr. Sule Fanuvong va maslahatchi Amanda Levin Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida eskpertlar Markazning ro'yxatdan o'tkazish faoliyatini tubdan yangilash va JSSTning GBT vositasi asosida baholashni yo'lga qo'yish shuningdek, dori vositalarini hujjatlarini qabul va tekshirish amaliyotini takomilashtirish bo'yicha o'z takliflarini bildirishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezideti farmoniga muvofiq “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” faoliyatini takomillashtirish belgilangan bo'lib, shu kunlarda mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalari qadog‘idagi Data Matrix kod nimani anglatadi?

Ushbu savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Maxsus raqamli markirovkalashni joriy etish boʻlimi boshlig'i Ravshan Hamidov javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sohaga GxP standartlarining joriy etilishi nima beradi?

Aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash uchun ular xalqaro darajada e’tirof etilgan standartlar asosida ishlab chiqarilishi, saqlanishi, laboratoriya ekspertizasidan va klinik tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda farmatsevtika faoliyatinning ushbu talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida GxP konsepsiyasi joriy etilgan.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil topganiga 5 yil toʻldi

Mazkur Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5653-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoasini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Samarqand, Jizzax va Toshkent shahrida o'tkazilgan tezkor tabirlarda “Reduksin Layt”,“Benzonal”, “Karbamazepin” va “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo'zg'atildi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр предельных цен 02.02.2024.pdf
14.9 MB
Referent narxlar 02.02.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.

@uzpharmcontrol
Markazda USAID vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev, AQSh Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish idorasi direktori Cherri Gumapas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tomchi dorilarni qabul qilishda nimalarga ahamiyat berish zarur?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmakologik nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ravshan Adbullayev, tomchi dorilarni qabul qilish bo'yicha muhim tavsiyalar bilan bo'lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Markazda Dr. Sule Fanuvong ishtirokida maslahat uchrashuvi o'tkazildi

Norasmiy shaklda bo'lib o'tgan muloqotda markaz mutaxassislari "PQM+" programmasi texnik direktori Dr. Sule bilan 5-fevraldan start oladigan "Dori vositalarini CTD formati ro'yxatdan o'tkazish" bo'yicha seminar treningga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan muhim mavzularni muhokama qildi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#bilasizmi

Yaxshi dorixona amaliyoti – bu jahonning barcha rivojlangan mamlakatlaridagi dorixonalar tomonidan amal qilinadigan xalqaro (GPP) standartidir.


Mazkur standart farmatsevtlar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan farmatsevtika xizmatlarining tegishli sifatini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan qoidalar bo‘lib, dorixonalar kundalik faoliyatining barcha masalalari va jihatlarini qamrab olishi kerak.

"Yaxshi dorixona amaliyoti" (GPP - Good Pharmacy Practice) atamasi birinchi bor, 1991-yilda farmatsevtika bozorining chakana savdo tarmoqlari rivojlangan 10 ta davlatning yetakchi ekspertlari yig‘ilishida kiritilgan.

1993-yilda esa GPP yo‘riqnomasi Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIPP) tomonidan qabul qilinib, JSST tomonidan har bir mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy standartlarini yaratish uchun asos sifatida tasdiqlandi.

Dorixona tomonidan GPP qoidalarining joriy etilganligi, Zarur amaliyotar markazi tomonidan beriladigan "Yaxshi dorixona amaliyoti" (GPP) O‘z DSt 3127:2016 Davlat standarti talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.

Eslatma: Prezident Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026-yil 1-yanvarga qadar boshqa dorixonalar GPP milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozimligi belgilangan.

Ushbu sertifikatni olish tartibi haqida quyidagi havolada batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🗓 Hafta dayjesti:

🔘 Yangiyo’l shahridagi “Ilhom doctor pharm” dorixona litsenziyasi bekor qilindi

🔘 Mahalliy dorilarni ro‘yxatga olish jarayonida byurokratik to‘siqlarni tugatish, sohada korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish zarurligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi

🔘 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari FM 103.1 O'zbekiston radiokanalining "Ochiq muloqot" dasturida ishtirok etdi

🔘 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida muassasa direktori Agzam Nartayev boshchiligida Ekspertlar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

🔘 Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sohasini tartibga solish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yigi'ilish o‘tkazdi

🔘 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo'mitasi raisi Ismatjon Azizov Yoshlar press-klubi ko'rsatuvida ishtirok etdi

🔘 "PQM+" dasturi texnik direktori Dr. Sule Fanuvong va maslahatchi Amanda Levin Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi

🔘 Markazi direktori Agzam Nartayev, AQSh Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish idorasi direktori Cherri Gumapas boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Radisson Blu mehmonxonasida "USAID PQM +" dasturi doirasida "Dori vositalarini CTD formatida ro'yxatdan o'tkazish" mavzusida seminar trening start oldi.

"PQM+" dasturi texnik direktori Dr. Sule Fanuvong va maslahatchi Amanda Levin boshchiligida o'tkazilayotgan seminarda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ayni damda, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda taʼlim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda, Mamlakatimizda farmatsevtika bozori hajmi 2 milliard dollarga yetganligi ta‘kidlandi.

Lekin, bu bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi fizik hajmda 40-45 foiz bo‘lsa-da, pul qiymatida 20 foizdan oshmaydi. Oddiy qilib aytganda, o‘zimizda ishlab chiqarish bint, spirt, shpris, analgin va sitramondan nariga o‘tmayapti.

Dorilarni yashirin aylanmasi bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti. Dori vositalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yo‘q. Protokollarga amal qilmasdan, “pul ishlash” uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. Bundan xalqimizni sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘rayapti”, - dedi Prezident.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️ Bosh prokuraturaga onkologik preparat ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, dorixonalar, qo‘lda sotuvchilarni, umuman barcha ishtirokchilarni tartibga keltirish, joylarga yetib bormagan 17 turdagi preparat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, jazo muqarrarligini taʼminlash topshirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga oylab omborlarda turgan, ruxsati haligacha chiqmagan dorilarni xatlov qilib, bu masalada tartib o‘rnatish, davlat xaridlari orqali olingan dorilarni “buyurtmachi – xaridor – yetkazib beruvchi – bemor” zanjiri asosida shaffof marshrut tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dorixona ochish uchun litsenziya necha yilga beriladi?

Savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmasevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassisi Xolida O'ralova javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Антиструмін-Дарниця” dori vositasidan bolalar nobud bo‘lgani mutlaqo asossiz!

Telegramda Ukraina kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Антиструмін-Дарниця” preparati surati ilova qilingan xabarda, mazkur dori vositasidan yurtimizda bolalar nobud bo‘lganligi hamda ushbu preparatni qo‘llamaslik to‘g‘risida nomaʼlum ayol kishiga tegishli audio tarqalmoqda.

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda qalbaki dori vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin B6” nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda poytaxtimizda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari uchun maxsus o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

🎙 PQM+ dasturining Oʻzbekistondagi kordinatori Aleksandr Kvitashvili ushbu trening haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube