Uzpharmcontrol
13.6K subscribers
2.22K photos
687 videos
502 files
3.1K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01

Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Dorilar bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi


“Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab:

☑️ dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uchun masʼul bo‘lgan tashkilot sifatida eʼtirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi;

☑️ dori vositalaridan foydalanish bilan bog’liq, potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi:

"Zarur farmakologik nazorat amaliyoti-GVP" standartini joriy etish;

Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimining barcha bo'g‘inlaridan dori vositalarining nojo‘ya taʼsirlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratish;

dori vositalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etishda ularning xavfsizligini nazorat qilish tizimi joriy etiladi. Bunda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan farmakologik nazorat tahlili natijalari asosida inson salomatligiga zarar yetkazish xavfi yuqori bo‘lgan moddalar ro‘yxati shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
USAID "PQM+" dasturi doirasida tashkil etilgan o'quv seminar yakunlandi

Bugun poytaxtimizdagi Radisson Blu mehmonxonasida USAID "PQM+" dasturi doirasida soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan 4 kunlik trening o'z ishini yakunladi.

"Vaksinalar seriasini chiqarish" mavzusida o'tkazilgan seminar yakunida tinglovchilarning o'zlashtirigan bilimlari test sinovlaridan o'tkazilib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda dori vositalarini donalab sotishga ruxsat etiladi?

Ushbu savolga Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari O.Qayumova javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Zarur dorixona amaliyoti GPP setifikatini olish muddati uzaytirildi

Prezident Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026-yil 1-yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozimligi belgilandi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Markaz faoliyatiga ISO 9001 standartini joriy etish bo'yicha amaliy ishlar boshlandi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO 9001) joriy etish maqsadida jalb etilgan konsultantlar ishtirokida ilk yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр предельных цен 26.01.2024.xlsx
1.5 MB
Referent narxlar 26.01.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.

@uzpharmcontrol
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dori vositalarini kunning qaysi mahalida qabul qilish kerak?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmakologik nazorat bo'limi mutaxassisi Aziza Ismailova dori vositalarini ichish oralig'i va ularni kunning qaysi qismida qabul qilish kerakligi yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.N.” MCHJga qarashli dorixonada sotuvchisi J.X. fuqaroga 50 dona “Gabapentin” nomli dori vositasini shifokor reseptisiz 250 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 3 xil turdagi 640 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangixayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ph.I.” MCHJga qarashli dorixonda 456 dona “Zardeks” va 500 dona “Gabapentin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

☝️ Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Продлен срок получения сертификата надлежащей аптечной практики (GPP)

Согласно Указу Президента, сетевые аптеки, осуществляющие розничную продажу фармацевтической продукции, должны быть сертифицированы до 1 января 2025 года, а остальные аптеки – до 1 января 2026 года в соответствии с национальными требованиями Надлежащей аптечной практики (GPP).

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 Новости мировой фармацевтики

Российские ученые разработали новые способы доставки лекарственных препаратов

В России разработали пластырь для безболезненного введения вакцин. Такую технологию введения препаратов подготовил Институт тонких химических технологий имени М.В. Ломоносова РТУ МИРЭА.

Компания AstraZeneca выпустит новый препарат от диабета и ожирения

Акции AstraZeneca взлетели в цене после того, как компания объявила о заключении многомиллиардной сделки с китайским партнёром Eccogene по производству нового препарата для борьбы с диабетом и ожирением.

Индийских производителей лекарств обязали в течение 2024 года улучшить систему оценки качества фармингредиентов

Индийские власти опубликовали правительственное постановление, согласно которому местные игроки фармацевтической отрасли должны перейти на новые стандарты работы.

FDA предупредило о риске развития злокачественных заболеваний после CAR-T-клеточной терапии

FDA потребовало указать в инструкциях к применению CAR-T-терапий предупреждение о риске возникновения Т-клеточных злокачественных новообразований. Побочный эффект должен быть выделен в черную рамку.

Регуляторы и фармацевтический бизнес: каким будет диалог на Евразийском фармацевтическом форуме

Более 15 лет на площадке Евразийского фармацевтического форума представители бизнеса и власти обсуждают актуальную повестку развития фармацевтической отрасли в регионе ЕАЭС. В этом году ожидается более 350 участников и 100 спикеров на площадке форума, который пройдет с 29 февраля по 1 марта 2024 в Rixos Almaty (Казахстане, г. Алматы).


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Xalq xizmatchisi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi "Xalq xizmatchisi" nomli ijtimoiy rolikni taqdim etadi.

Rolikda og‘ir ijtimoiy muhitdan ilmi va mehnati bilan chiqib, davlat xizmatiga ishga kirgan, odamlarning duosini olayotgan xalq xizmatchisi ichki kechinmalari, og‘riqlari, armonlari va maqsadlari aks etgan.

Bugun davlat xizmatida qahramonimizga o‘xshagan kadrlar juda ko‘p. Har biringizni qadrlaymiz.Toki bugun davlat xizmatchisi bo‘lish qanchalik sharafli yo‘l ekanligini anglagan ekansiz, O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil boradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Hafta dayjesti:

22-28 yanvar kunlari Axborot resurslarimiz orqali e'lon qilingan eng muhim postlar.
--
Самые важные публикации за 22-28 января на наших новостных ресурсах.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🗓 Hafta dayjesti:

🔘 Yunusobod tumani 8-mavze, 22-uy, 38-xonadon manzilida joylashgan “Med-X” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

🔘 Postmarketing nazorati boshqarmasi boshlig‘i Shoira Nazarova dori vositasini xarid qilayotganda qalbakilariga aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida tushuntirish berdi

🔘 “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

🔘 Dori vositalari reklamasi SSV xulosasiga ko'ra efirga uzatilishi belgilandi

🔘 2026-yil 1-yanvardan maxsus sertikifatga ega bo'lmagan omborlarda dori vositalarini saqlash taqiqlanadi

🔘 “PQM plus” dasturi doirasida “Vaksinalar seriyasini chiqarish” mavzusida o'quv seminar bo'lib o'tdi. Unda markazning 50 nafarga yaqin mutaxassisi ishtirok etdi

🔘 Prezident Farmoniga muvofiq, Zarur dorixona amaliyoti (GPP) setifikatini olish muddati uzaytirildi

🔘 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatiga ISO 9001 standartini joriy etish bo'yicha amaliy ishlar boshlandi

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yangiyo’l shahridagi “Ilhom doctor pharm” dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahri, Oltinobod MFY, Toshkent ko'chasi, 42-uy, 86-xonadon manzilida joylashgan “Ilhom doctor pharm” MCHJga tegishli dorixonada tekshiruv oʻtkazilganda, tahlillar natijasiga koʻra, dorixona sotuv zalida muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan, shuningdek, davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan dori vositalari sotilayotganligi aniqlandi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxslarga qanday hollarda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan olib kirishga ruxsat etiladi?

Mazkur savolga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Ro'yxatga olish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Nigora Nuriddinova batafsil javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sohadagi korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish zarurligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari viloyat hokimlari boshchiligida tashkil etilgan farmatsevtika kengashlari faoliyati ko‘rib chiqildi.

Hali birorta hududda ushbu kengashlar amaliy ishlarni boshlamagani qayd etildi.

Mahalliy dorilarni ro‘yxatga olish jarayonida byurokratik to‘siqlarni tugatish, sohada korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish zarurligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Yaqinda farmatsevtika sohasida qabul qilingan 1,9 milliard dollarlik loyihalar dasturi bo‘yicha amaliy ishlarni tezroq boshlash zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha" chora-tadbirlar rejasiga muvofiq:

✍️ Shifokorlar tomonidan yozilayotgan retseptlarda qonunchilikda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish, tibbiyot xodimlarini farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalar tomonidan moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish holatlari ustidan nazorat o‘rnatiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Tayyorlangan dori vositalarini tarqatishdan oldingi nazorat nimalardan iborat?

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanishi ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр предельных цен 30.01.2024.pdf
14.9 MB
Referent narxlar 30.01.2024

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.

@uzpharmcontrol