Uzmobile
188 subscribers
307 photos
26 videos
1 file
97 links
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
https://myurls.co/uzmobile_dealer_ferghana
Savollar uchun: 👉 @uzmobileferg
Download Telegram
Hamma o'zining yangi 2021 yilini rejalashtirayotgan bir paytda, biz UZTELECOM dan UNLIM seriyasidagi o'zgarishlar bilan sizlarni batafsil tanishtiramiz. 😊

Biz narxlarni o'zgarishsiz qoldirgan holda, Internetga ulanish tezligini 1,5-2 baravar oshirdik. 👍

Endi, UNLIM 10 tarif rejalari abonentlari xuddi shu 119 000 so'm evaziga UNLIM 20 tarif rejasidan foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritdilar va Internetga ulanish tezligi esa, 10 Mbit/s dan 20 Mbit/s gacha oshirildi;

UNLIM 20 tarif rejasidagi abonentlarga abonent to'lovini oshirmagan holda UNLIM 30 tarif rejasida xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi - atigi 149 000 so'm evaziga, Internetga ulanish tezligi 20 Mbit/s dan 30 Mbit/s gacha oshirildi;

Abonentlarimizni shuningdek, boshqa tarif rejalarida ham ko'plab yoqimli o'zgarishlar kutmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Biz endi 7 000 000ta bo’ldik! 🥳

🚀 Do'stlar, biz Yangi yil arafasida 7 millioninchi abonentimizni kutib olganimizni mamnuniyat bilan e'lon qilamiz! Ushbu baxtli inson — Rajapov Asliddin.

An'anaga ko'ra biz Asliddin aka va ularning oila a’zolarini o'z ofisimizda iliq kutib olib, ularga qimmatbaho esdalik sovg'alarini topshirdik! 🎁

2020 yil biz uchun muhim voqealarga to’la bo'ldi — biz GSM standartidagi mobil aloqamizning 5 yillik yubileyini nishonladik, aloqa sifatini oshirish bo'yicha ko'plab yirik loyihalarni amalga oshirdik, qulay tariflar va foydali aksiyalarni ishga tushirdik va barcha say-harakatlarimiz xalqimizning ishonchini qozona oldi deb o’ylaymiz! Shu sababli, 2020 yilda UZTELECOM mobil aloqasining abonent bazasi 2 000 000 ga ko'paygan! 👏

Oilangiz va do'stlaringiz bilan aloqangizni bizga ishonganingiz uchun minnatdormiz va har bir abonentimizni qadrlaymiz!

UZTELECOM — Milliy operator.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Futbolni zavq bilan tomosha qiling! 😉

Va bu vaziyatda UZTELECOM dan IPTV+Video on demand xizmati — a'lo sifatli eng yaxshi, futbool matchlari, filmlar va ko'rsatuvlarning raqamli televideniye uchun eng maqbul tanlovdir. 💥

Siz faqat shaxsiy kabinetga VOD IPTV-ni ulashingiz, «uyga yetkazib berish» orqali tomosha qilmoqchi bo'lgan videoingizni buyurtma qilishingiz va sizga mos raqamli televideniye tarifini tanlashingiz kerak: ⬇️

🎞 IPTV – oyiga 15.000 evaziga siz 65 dan ziyod kanallarga ulanish imkoniga ega bo'lasiz:

🎞 IPTV +VOD – 20.000 so'm evaziga, siz 65 dan ortiq kanallarni tomosha qilishdan tashqari, Video on Demand va UZTELECOM dan IPTV ga kirish imkoniga ega bo'lasiz. Shuningdek, VoD kontentni tomosha qilish uchun oylik obuna bo'lish imkoniyati ham mavjuddir.

*Ushbu tarif rejalaridan faqat jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Qiziqarli lahzalarni ortga surib tomosha qiling! 😊

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ular doimo yonimizda, yordam berishga oshiqadilar, tinchligimizni ta'minlaydilar. 💪

Kuchli, jasur, irodali va jasorat ko'rsatishga tayyor, tinchlik va ezgulik yo'lida tinim bilmay mehnat qilayotganlarning barchasini — Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz. 😊

Biz har kuni amalga oshirayotgan ishingizni qadrlaymiz va siz bilan cheksiz faxrlanamiz! 🤜

Qudratimiz oshib borsin, mahoratimiz va ko'nikmalarimiz ko'paysin, yutuqlarimiz esa kutilgandanda ziyoda bo'lsin. Hayotingiz zavqqa to'la bo'lsin, oilangiz kuch va ilxom bag'ishlasin, ishingiz esa, o'z mevasini bersin.

Jasorat, matonat va omad yor bo'lsin!

O'zbekistonimiz uzra musaffo osmon uchun sizdan minnatdormiz. 🇺🇿

Hurmat bilan, UZTELECOM.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
ORZIQIB KUTILGAN RAQAMNI UYDAN CHIQMAGAN HOLDA QO‘LGA KIRITISH — JUDA OSON! 😉

Mobil aloqa, shubhasiz, har birimizning hayotimizda yangi imkoniyatlar yaratuvchi va chegaralarni bartaraf etuvchi ajralmas qismdir.

Mobil aloqa operatori tanlovida har kim sifat, foyda va tezlikka e’tibor beradi. Ammo, operatorni tanlashda yana bir jihatni hisobga olish kerak — bu, raqam egasiga savlat va o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydigan «tashrif qog‘ozi» kabi chiroyli, unutilmas raqamni tanlab olish imkoniyatidir. 😎

2021-yil 12-yanvardan UZTELECOM milliy operatoridan «Chiroyli raqam» ni endilikda, O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining savdo tizimi www.mobilraqam.uzex.uz orqali xarid qilish mumkin.

Mazkur loyiha O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va «O‘zbektelekom» AK o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshirilmoqda. ☝️

Auksion onlayn tarzda o‘tkaziladi. Mobil telefon raqamlari UZTELECOM milliy operatori tomonidan birja ma’lumot tizimida sotuvga qo‘yiladi.
Onlayn-auksionda xaridor sifatida ham yuridik, ham jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. 🤝

Onlayn-auksionda qatnashish uchun foydalanuvchilar faqat www.mobilraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-ro‘yxatdan o‘tishlari va garov puli to‘lashlari lozim.

uzex.uz saytidagi onlayn-auksionda ishtirok eting va sanoqli daqiqalarda esda qolarli raqamning baxtli sohibiga aylaning! 🤩

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Zamonaviy odamlar uchun aloqasiz qolish bamisoli — dahshatli tush! 🤯

MB va daqiqalar tugadi, hisob-kitob davri vaqti hali kelmagan, biroq ish/o'qish bo'yicha savollarni hozir va shu yerda hal qilish kerakmi? 😔

Biz sizga yordam berishga tayyormiz! 😊

UZTELECOM dan GSM standarti mobil aloqa abonentlari muddatidan avval sarf etilgan o‘z tarif rejalari resurslarini «yangilash» imkoniyatiga egadirlar. 📱

Batafsil: 👇

🔵 Units (tariflar seriyasi), Street, Flash, Royal, OnLime, Street Upgrade, Flash Upgrade abonentlari *555 # USSD buyrug'ini terish orqali (yoki UZTELECOM ofislarida va Call-markazida) o'zlarining tarif manbalarini «qayta yuklashlari» mumkin;

🔵 Xizmatni faollashtirish uchun hisobda abonent to'loviga teng (yoki undan ko'p) miqdorida mablag 'bo'lishi lozim.

Milliy operator bilan birga o'z muloqotingizni RESTART lang. 📲

UZTELECOM – Milliy operator.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Xalqaro raqamlarga qo'ng'iroqlar bir necha baravar arzonroq!

«O‘zbektelekom» AK doimo o‘z abonentlari haqida qayg‘uradi va xalqaro yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar uchun telefon kartalaridan foydalanishning yangi, qulay shaklini taklif etadi. 🌎

Endilikda, xalqaro telefon aloqalaridan arzon tariflar bo‘yicha foydalanish uchun chakana savdo nuqtalaridan xalqaro kartalarni sotib olish shart emas. 😊

Abonentlarga qulay bo‘lishi uchun maxsus Telegraf Card mobil ilovasi ishga tushirildi va bunda mobil ilovani o‘rnatish orqali foydalanuvchi bank kartasi yordamida «Markaziy Telegraf» hamda UZTELECOM xalqaro telefon kartalari seriya raqami bo‘yicha o‘z hisob raqamini sotib olish va to‘ldirish, shu bilan birga o‘tkazilgan to‘lovlar haqida ma’lumot olish hamda kartalarni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.💳

Sotib olingan kartalar yordamida foydalanuvchilarga Kompaniyaning intellektual platformasi orqali arzon tariflar bo‘yicha xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati beriladi.

Bunda xalqaro qo‘ng‘iroqlarni bir necha barobar arzon narxga amalga oshirish imkoni yaratiladi. Tariflarning yo‘nalishlarga qarab xalqaro telefon aloqa xizmati uchun mavjud an'anaviy tariflariga nisbatan 1,5 barobardan 3 barobargacha farq qiladi. 👍

Android platformasi uchun mobil ilovani yuklab olish quyidagi 👉 havola orqali mavjud.

UZTELECOM karta platformasi orqali xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar bilan 👉 bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

UZTELECOM – Milliy operator.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
2️⃣8️⃣-yanvar kuni Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish kuni ta'sis etildi, bu kun ba'zi mamlakatlarda «Maxfiylik kuni» yoki «Shaxsiy hayotni himoya qilish kuni» deb ham nomlanadi.

💻 Internet hayotni ancha osonlashtiradi. Shu bilan birga, u shaxsiy ma'lumotlarni (hisob raqamlari, kartalar, pasport ma'lumotlari va boshqalarni) har tomonlama himoya qilish zaruratini kelib chiqishiga sabab bo'ldi. 🔐

Muayyan xavfsizlik choralarini qo'llash, ma’lumotlarni yo'qotish, noqonuniy o'zgartirish yoki tarqatishning oldini olish uchun sifatli himoya qilishning kafolati bo'ladi. 🙅

📌 Ushbu kunda barcha Internet foydalanuvchilariga shaxsiy ma'lumotlarni puxtalik bilan himoya qilish, ayniqsa, ularda bank kartalari, hisob raqamlari, elektron hamyonlar to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lsa, parollar va saytlarga kirish kodlarini oshkor etmaslikni eslatib o'tmoqchimiz.

UZTELECOM ga ishonib topshirgan shaxsiy ma'lumotlaringiz esa, ishonchli himoya ostidadir! 🤗

Shaxsiy ma'lumotlaringizni saqlash bo'yicha barcha qoidalarga rioya qilamiz va ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz!

💡Ehtiyotkorlik hali hech kimga ortiqchalik qilmagan, aksincha ko'pchilikni tajovuzkorlarning harakatlaridan himoya qildi — buni doimo yodingizda tuting!

Biz bilan birga bo'lganingiz uchun rahmat! 😊

Telegram | Instagram | Facebook | Website
«UZTELECOM aloqada»

Bugungi rejamizda yana mashhur ruknimiz #UZTELECOMaloqada, uning doirasida UZTELECOM uy interneti foydalanuvchilari eng ko‘p beradigan savollarga javob berib borishga harakat qilamiz. 😊

Demak, boshladik: 👇

1️⃣ Wi-Fi tarmog'ini himoya qilish usullari.

Tarmog'ingizning SSID identifikatorini, shuningdek router boshqaruv konsoliga kirish uchun login va parolni o'zgartiring. Bundan tashqari, iloji bo'lsa, SSID aks etish tasvirini o'chiring;
Wi-Fi parolingizni hech kimga bermang;
Routeringizda WPA2 shifrlashdan foydalaning;
Wi-Fi dan foydalanishda WPS, UPnP, masofaviy kirishni o'chirib qo'ying va MAC manzilini filtrlashni yoqing;
Routerni sizning uyingizning o'rtasiga joylashtiring, shunda uning signali sizning uyingiz yoki kvartirangiz tashqarisiga chiqmaydi.

2️⃣ Trarfik va kiruvchi / chiquvchi trafik nima?

Trafik - bu sizning kompyuteringizga tarmoqdan kiradigan va undan tarmoqqa yuboriladigan ma'lumotlarning miqdori. Har safar Internetdagi sahifalarni ko'rib chayotganingizda, pochta xabarlarini qabul qilganingizda, fayllarni yuklab olganingizda, baytlar bilan o'lchangan ma'lum miqdordagi ma'lumotlar kompyuteringizga kelib tushadi.
Kiruvchi trafik — bu, sizning kompyuteringizga tarmoqdan keladigan ma'lumot hajmidir.
Chiquvchi trafik esa, mos ravishda, bu sizning kompyuteringizdan tarmoqqa tushuvchi ma'lumot hajmidir.

3️⃣ Nima uchun xDSL texnologiyasi bo'yicha chiqadigan tezlik kiruvchi tezlikdan past?

Shuni nazarda tutish kerakki, ADSL texnologiyasi (aniqrog'i, uning zamonaviy versiyasi - ADSL 2+) abonentdan ma'lumotlarni 1 Mbit/s dan yuqori tezlikda uzata olmaydi. Shuning uchun ushbu texnologiya «asinxron» nomini olgan, chiquvchi va kiruvchi oqimlarning tezligi teng emas.

4️⃣ Agar balans faol bo'lmasa, qanday manbaalardan foydalanish mumkin?

Agar balans faol bo'lmasa (abonent to'lovi to'lanmagan bo'lsa) Kompaniya rasmiy sayti va Shaxsiy kabinet manbaalaridan foydalanish mumkin.

5️⃣ Internet ishlamasa nima qilish kerak?

Avvaliga routeringizni qayta ishga soling. Bu hatto bir necha marta amalga oshirish ham mumkin.
Internet uchun pul to'langanligiga va provayder tomonida muammolar yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak. Shuningdek, siz Internetni to'g'ridan-to'g'ri kompyuteringizga ulab, uning routersiz ishlashini tekshirishingiz mumkin.
Simlarning to'g'ri ulanganligini tekshiring.
Shuningdek, marshrutizatotning o'zida joylashgan indikatorlarni ko'rib chiqing.
Agar Internet routersiz ishlayotgan bo'lsa, unda siz sozlamalarni tekshirishingiz kerak. Ehtimol, sozlamalar noto'g'ri kiritilgan va router Internetga ulana olmayotgan bo'lishi mumkin.
Agar hech narsa yordam bermasa, iltimos, 1084 raqamiga texnik yordamga murojaat qiling, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda yoki operatorga kompaniya saytida yozing.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Uy Interneti hisobingizda pul tugagan taqdirda ham siz bilan birga qoladi! 💪

Agar siz yangi hisob-kitob davri uchun pul to'lamagan bo'lsangiz - UZTELECOM uy Interneti abonentlari uchun «VA'DA QILINGAN TO'LOV» xizmatini yoqing va virtual fazoda sayohat qilishda davom eting! 🌐

Xizmat haqida batafsilroq: ⬇️

📌 «VA'DA QILINGAN TO'LOV» ni shaxsiy kabinetingizdan yoki UZTELECOM savdo va xizmat ko'rsatish ofisidan ulashingiz mumkin;

📌 To'lov muhlati 3 kun amal qiladi — shu vaqt ichida hisobingizni har qanday qulay usulda to'ldirishingiz kerak.

Siz va'da qilasiz — biz ishonamiz. 😊

UZTELECOM – Milliy operator. 🇺🇿

Telegram | Instagram | Facebook | Website
UZTELECOM Kompaniya xizmatlariga ulanganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID-kartalarni ham qabul qiladi. 😊

«O‘zbektelekom» AK «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasi bilan hamkorlikda UZTELECOM mijozlariga barcha xizmatlarini ulashda va ulardan foydalanishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya kartasidan (ID-karta) foydalanishga imkoni mavjudligi to‘g‘risida xabar beradi.

Endilikda O‘zbekiston fuqarosining pasporti bilan teng ravishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat sifatida, Kompaniyaning barcha xizmatlaridan cheklovlarsiz ulanish va foydalanishda fuqarolarning identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) qabul qilinadi.

Keyinchalik O‘zbekiston fuqarosining ichki pasporti o‘rnini bosuvchi identifikatsiya kartalarini (ID-kartalar) berish butun O‘zbekiston bo‘ylab 2021-yil 4-yanvar oyidan boshlandi. 👉

❗️ Identifikatsiya kartada karta egasining biografik ma’lumotlari, raqamli fotosurat, barmoq izlari (16 yoshga to‘lganida), elektron raqamli imzo kalitining sertifikati (16 yoshga to‘lganda) mavjud bo‘ladi.

UZTELECOM – Milliy operator. 🇺🇿

Telegram | Instagram | Facebook | Website
«CHIROYLI» raqamni qayta rasmiylashtirish uchun 90 % chegirma! 🤩

2021-yil 3-fevraldan 4-martga qadar aksiya doirasida pullik toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirishda raqam narxidan atigi 10% ni to'lang. 👍

UZTELECOM «Shartnomani qayta rasmiylashtirish» xizmati yordamida qulay shartlarda mobil aloqa abonenti boʻlishni taklif qiladi.

Endi, aksiya doirasida Siz chiroyli raqamingizni doʻstlaringizga yoki yaqinlaringizga «tuhfa qilmoqchi» boʻlsangiz, uni yangi foydalanuvchi nomiga imtiyozli shartlarda, ya’ni 90% chegirmali narxlarda qayta roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin boʻladi. 👌

❗️ Aksiya GSM va CDMA-450 standartidagi mobil aloqa abonentlari (jismoniy va yuridik shaxslar) uchun amal qiladi. Aksiyada pullik toifadagi raqam uchun toʻliq toʻlovni amalga oshirgan foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. «Shartnomani qayta rasmiylashtirish» xizmati narxi - 8 400 soʻm.

UZTELECOM bilan imtiyozli shartlarda chiroyli raqam sohibiga aylaning. 😊

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Alisher Navoiy tavallud kuni nishonlanmoqda!

Bugun mamlakatimiz va butun dunyo hamjamiyati Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlamoqda.

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Bugungi kunda vatanimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘yib, yangi Uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevori shakllanmoqda. Bu borada Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Atoqli adibning ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar va ilmiy anjumanlar nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda.

“O‘zbektelekom” AK butun dunyo ahlini ushbu buyuk sana bilan muborakbod etadi!

Buyuk shoirning ezgu satrlarini yod etib....

Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.

Telegram | Instagram | Facebook | Website