"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ
3.58K subscribers
16.2K photos
4.13K videos
4 files
18.1K links
Каналга аъзо бўлинг! 👉 🌏 t.me/uzmetaxborotxizmati Call centre рақами +998 (55) 500-5545 9:00 дан 18:00 гача, тушлик 13:00 дан 14:00 гача — юқори кучланишли электр тармоқлари ҳамда подстанциялар фаолияти билан боғлиқ саволларга жавоб берилади.)
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

Joriy yilning 11-iyul kuni soat 11:30 da “Hududgaztaʼminot” AJ markaziy apparatida press-tur tashkil etilmoqda.

Press-tur davomida mutaxassislar tomonidan tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUG) orqali tabiiy gaz iste’molining sutkalik, oylik va yillik nazorati yuritilishi hamda iste’molchilardan kelib tushayotgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlar beriladi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy kо‘chasi, 98-uy.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6

📨 Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz   
📩 E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545 

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📻 FM.103.1 to‘lqinlarining «TAHLIL +» dasturida dolzarb mavzu muhokamasi — mtrk.uz

⚡️ Mavzu: Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash; Ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish; Profilaktik tadbirlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son «Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi xususida.

🎙 Dasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan.

📊 FM.103.1 to‘lqinlari — «O‘zbekiston» radiokanalining «TAHLIL +» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov hamda Aksiyadorlik jamiyati Ekspluatatsiyaga qabul qilish sektori boshlig‘i Amon Artikbayevlar ishtirok etdi va mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berishdi.

❗️Radiomuloqot takroran efirga uzatilishi mumkin.

Facebook ‖  Instagram  ‖ Youtube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
✔️ Murojaatchi: «Ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz?»

✍️ Murojaat egasi: Ergashov Jo‘rabek G‘ofurovich.

📨 Elektron pochta: jurabekergashov2001@gmail.com

📥 Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! O‘qishni yaqinda tugatgan yosh muhandislarga deyarli hech qaysi idorada ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz? Staj uchun o‘rganish dasturi ham tuzilmagan. Javob uchun oldindan rahmat.

📤 Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Ergashov Jo‘rabek! Sizning uzbekistonmet.uz veb-sayti «Onlayn maslahatchi» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Shu o‘rinda bir jihatni alohida taʼkidlash lozimki, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan avvalgi murojaatingizga ham tegishli tartibda javob berilib, javob mazmuni elektron pochta manzilingizga yuborilishi bilan birga uzbekistonmet.uz veb-sayti «Murojaatlar» rukni orqali ham eʼlon qilingan edi.

📎 23.02.2024 — Murojaatchi: «Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi?»

📧 «Onlayn maslahatchi» rukni orqali berilgan javob matni: Va alaykum assalom! Ish-tajriba, asosan, boshqaruv funksiyasiga ega tashkilotlarga ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarga qo‘yiladi va bu to‘g‘ri. Oliygohni yoki o‘rta-maxsus o‘quv yurtini tamomlagan mutaxassis quyi korxonalarda ishlab, ish-tajriba orttirib, karyera zinasidan ko‘tarilib, keyin mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra boshqaruv funksiyasiga ega boshqarmalarga ishga o‘tishi maqsadga muvofiq.

📌 Qo‘shimcha izoh: Nafaqat energetika sohasida, balki barcha soha va yo‘nalishlarda ham har bir lavozim uchun qo‘yiladigan alohida malaka talablari mavjud bo‘lib, bu o‘sha lavozim egasining zimmasiga yuklatiladigan vazifa-majburiyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Oliygohni bitirgan talaba o‘z ish tajribasini maʼlum bir sohaning boshqaruv organidan boshlashi — juda kam hollarda kuzatiladigan holat. Negaki, maʼlum bir tashkilotning yuqori boshqaruv tizimidagi shtat birliklari quyi tizimda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni maʼmuriy boshqarish uchun tuzilgan bo‘lib, tabiiyki, mazkur xodim maʼlum ish tajribasi va bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi lozim.

🔘 Misol uchun, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun malaka tajriba talablari qo‘yiladi. Ushbu bo‘sh ish o‘rni shtat birligining vazifa-majburiyatlarida quyi tashkilot ishchi-xodimlari — Magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari bilan ishlashda aynan shu talab, yaʼni bilim-tajriba salohiyati hududiy bo‘linmadagi mutaxassislardan kam bo‘lmasligi lozim, hatto biroz yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shu jihatni eʼtiborga olib, Siz rasmiy veb-sahifamiz va uning ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilib borilayotgan hududiy tuzilmalarimiz bo‘sh ish o‘rinlariga taklif eʼlonlarini ham kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.

⤵️ Davomi
↕️ Davomi

Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonida, eng avvalo, nomzod tarjimai holi, yaʼni uning maʼlumoti, mutaxassisligi hamda tahsil olish va mehnat faoliyatining bo‘sh ish o‘rni lavozimiga qo‘yilgan malaka talablariga mosligi inobatga olinadi. Xodimning, dastavval, davlat tilini mukammal bilishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi kadr bo‘lishi, so‘ng xorijiy tillarini bilishi suhbat jarayonida ustunlik berishi mumkin.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni maʼlum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@uzbekistonmet.uz elektron pochtasi orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

▶️ Maʼlumot o‘rnida: «Onlayn rezyume»

📍 MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
☎️ Murojaat uchun: 71-236-6615.
🌐 Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
📧 Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:
Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjat topshirgan nomzodlardan oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga maʼqul kelsa, ya’ni ma’lum bir bo‘sh ish o‘rni uchun qo‘yilgan talablar nomzodning ish-tajribasi va boshqa talab ko‘rsatkichlariga mos/muvofiq kelsa, unda hujjat topshirgan nomzodlar bevosita suhbatga chaqiriladi.

❗️ Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

🗞 Maʼlum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilmoqda. Eʼtiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

↘️ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni

🔘 Maʼlumot o‘rnida: Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 11 ta rukn, 54 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil maʼlumotlar joylashtirilgan infografika maʼlumotnomasi mavjud.

⚡️ Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi maʼlumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

📎 Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Реализация задач, поставленных Президентом на видеоселекторном совещании по приоритетным задачам в области инвестиций, экспорта и промышленности на 2024 год mtrk.uz

FacebookInstagram Youtube

🛎 Информационная служба АО «НЭС Узбекистана»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев йўловчиларга хизмат кўрсатиш учун янгидан очилган Қўқон аэропорти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilasizmi

🔰 Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a'zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta'qib etish:

BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

▶️ Manba

Facebook ‖  Instagram  ‖ Youtube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi — mtrk.uz

FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
#Press_tur

Jurnalistlar va blogerlar uchun ASKUE va ASKUG markazlarida press-tur tashkil qilindi


Bugun, 11-iyul kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE va ASKUG) markazlarida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Unda mazkur markazlar orqali iste’mollarning sutkalik, oylik va yillik elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli nazorati yuritilishi hamda ulardan kelib tushayotgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌐 uzbekistonmet.uz: «QIZIQARLI XABARLAR» RUKNINI KUZATIB BORING!

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytidagi «QIZIQARLI XABARLAR» rukni rasmiy xabarlarni mutolaa qilishdan toliqqan mushtariylar uchun maxsus tashkil etilgan. Uning sahifalarida siz energetika, xususan elektr energiyasi bilan bevosita bog‘liq qiziqarli ma'lumotlar, tarixiy faktlar, energiya samaradorligi va tejamkorligiga oid tahliliy maqolalar bilan tanishishingiz mumkin:

1️⃣ ELEKTR ENERGIYASI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?

💬 «…elektr energiyasi, u qanday ishlab chiqarilishi, umuman, ko‘zga ko‘rinmas, idishga solinmas ushbu mahsulotning alohida turi qanday xususiyatlarga ega?»

2️⃣ TEJAMKORLIK SABOQLARI

🗯 «...Ushbu turkum multfilmlar uchun yosh cheklovi mavjud emas. U birinchi marta 2015-yilning 24-martida namoyish etilgan. Multfilm barcha iste'molchilarga, ayniqsa bolajonlarga tavsiya qilinadi.»

3️⃣ ELEKTR YOYI

💭 «..moddaning to‘rtinchi shakli, ya'ni plazma holatining maxsus ko‘rinish bo‘lib, u ionlangan neytral gazlardan iborat. Uning hosil bo‘lishini birinchi marta 1802-yilda rus olimi V.Petrov «4200 dona mis va rux idishlaridan iborat katta quvvatlagich ishtirokidagi galvanik-voltaik tajribalar haqida ma'lumotlar» (Sankt-Peterburg, 1803) kitobida tasvirlangan.»

4️⃣ LAMPOCHKANI KIM IXTIRO QILGANINI BILASIZMI?

💬 «…1840-yilda vakuumli trubkaning ichiga sim ulab, elektr qarshiligi tufayli yorug‘lik paydo bo‘lishini tajriba qilib ko‘radi. Uning aynan mana shu tajribasi keyinroq elektr lampochkasining ixtiro qilinishiga sabab bo‘lgan. Mazkur tajribani keyinroq germaniyalik soatsoz usta yanada takomillashtirgan. 1878-yilda esa...»

5️⃣ O‘ZBEKISTONDA O‘RNATILGAN DASTLABKI TRANSFORMATOR BUDKALAR

🗯 «…Turkiston o‘lkasiga elektr ta'minotining dastlabki uskuna-jihozlari, umuman olganda ushbu atamaning o‘zi ham XX asrning boshlarida kirib kelgan. 1917-yilgacha o‘rtacha 3,3 mln kVt•soat…»

6️⃣ HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR

💭 «...Energiya tejamkorligi va samaradorligi — bu energoresurslardan foydalanishdan tiyilish, iste'mol hajmini cheklash emas, aksincha, tejamkorlik va samaradorlik yosh avlodga bolalik davridanoq o‘rgatilishi lozim bo‘lgan iste'mol madaniyatining yuksak namunalaridan biri. Harakat sensori...»

7️⃣ ILMIY FARAZLARGA ASOSLANGAN SINOV REAKTORI

💬 «...Bunday sintezning har bir harakati natijasida 17,6 MEV (megaelektronvolt) hosil bo‘ladi. Tushunarli bo‘lishi uchun: atigi 86 gramm deuteriy-tritiy aralashmasi 1000 tonna ko‘mirni yoqishdan olinadigan energiya bilan teng quvvat hosil qilish imkoniyatini beradi.»

8️⃣ ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI VA BUGUNI

🗯 «...Shunday qilib, 1600-yilda Uilyam Xilbert elektr atamasini o‘zining asarida «amber», ya'ni yunon tilida ἤλεκτρον: «elektron» — «qahrabo» deb atab, uning xususiyatlarini yozganidan so‘ng bu tabiat ne'mati ilmiy asarlarda tez-tez uchraydigan bo‘ldi. Uilyam Xilbertning XVII asr boshidagi ilk tajribalaridan so‘ng «elektr» atamasi el orasida mashhur bo‘lib, turli tajriba-sinovlar o‘tkazish boshlandi.»

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘lish uchun 👉 🌏 t.me/uzmetaxborotxizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Информационная служба АО «НЭС Узбекистана» рекомендует 👆

📹 © Медиапродукт компании АО «Региональные электрические сети» — Российская Федерация
https://www.youtube.com/channel/UCBk9LLJJfX2rrAuNPuXU5XA

📌 О компании: АО «РЭС» занимает доминирующее положение в Новосибирской области на рынке оказания услуг по передаче электрической энергии, основными видами деятельности организации являются передача и распределение электрической энергии.

🌐 Веб-сайт: https://www.eseti.ru

FacebookInstagram Youtube

🛎 Информационная служба АО «НЭС Узбекистана»