"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ
3.18K subscribers
14K photos
3.52K videos
4 files
16.7K links
Каналга аъзо бўлинг! 👉 🌏 t.me/uzmetaxborotxizmati Call centre рақами +998 (55) 500-5545 9:00 дан 18:00 гача, тушлик 13:00 дан 14:00 гача — юқори кучланишли электр тармоқлари ҳамда подстанциялар фаолияти билан боғлиқ саволларга жавоб берилади.)
Download Telegram
Yong‘in xavfsizligi tadbirlarining mashg‘ulotlari malaka oshirish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi

📑 “O‘zbekiston MET”AJ ning 2023-yil 16-noyabrdagi 219-sonli buyrug‘i hamda “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining 2023-yil 16-noyabrdagi 178-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Filial tasarrufidagi “So‘g‘diyona”, “Samarqand”, “Ishtixon”, “Cho‘pon-Ota”, “Suvli” podstansiyalari xodimlari ishtirokida 220 kV kuchlanishli “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on tumani Yong‘in o‘chirish bo‘limi xodimlari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

⤵️ Davomi
🔥Tadbirda “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga rioya etilishi, elektr uskunalarini sovuq ob-havo mavsumida yong‘inga xavfsiz holatda ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalarini faollashtirish, davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✍️ A.J.Safarov, «Samarqand MET» filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi yetakchi muhandisi

FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ
📢 Диққат, эълон! Нишон туманида янги қурилаётган қуёш электр станциясини умумтизимга боғлаш ишларини хавфсиз бажариш мақсадида истеъмолчилар электр таъминотида узилишлар кузатилиши мумкин ⚡️ «Ўзбекистон миллий электр тармоқлари» акциядорлик жамияти «Қашқадарё…
📢 Диққат, эълон! Қашқадарё вилоятининг Нишон туманида олиб бориши режалаштирилган қурилиш-монтаж ишлари совуқ об-ҳаво шароити туфайли бошқа кунга қолдирилди

🗓 Аввал хабар берганимиздек, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 14 июндаги ПҚ–191-сонли қарори асосида Нишон туманида янги қурилаётган, қуввати 500 МВт бўлган қуёш фотоэлектрстанцияси ҳамда «Талимаржон ИЭС» АЖнинг 220 кВ очиқ тақсимлаш қурилмасини боғловчи 220 кВ кучланишли электр узатиш тармоғида бугун, 12 декабрь куни 09:00 дан 14:00 гача бажарилиши режалаштирилган қурилиш-монтаж ишлари совуқ об-ҳаво шароити туфайли бошқа кунга қолдирилди.

⚡️ Нишон тумани истеъмолчилари, шу жумладан, Нуристон қўрғончасининг айрим ҳудудларидаги истеъмолчилар диққатига! Техник-муҳандислик номи Нишон-1 ва Нишон-2 бўлган 110 кВ кучланишли электр узатиш ҳаво тармоқлари тармоқдан узилмайди.

Facebook ‖  Instagram  ‖ Youtube

🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
500 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabr sanasidagi «Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi" 513-sonli qaroriga muvofiq «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi energetika obyekt — 500 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasida «Zilzila sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakati» mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati