"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ
3.52K subscribers
15.1K photos
3.86K videos
4 files
17.5K links
Каналга аъзо бўлинг! 👉 🌏 t.me/uzmetaxborotxizmati Call centre рақами +998 (55) 500-5545 9:00 дан 18:00 гача, тушлик 13:00 дан 14:00 гача — юқори кучланишли электр тармоқлари ҳамда подстанциялар фаолияти билан боғлиқ саволларга жавоб берилади.)
Download Telegram
"Марказий Осиё: барқарор энергия йўлида" номли ялпи мажлисда Ўзбекистон энергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар муҳокама этилди

📋 Аввал хабар берганимиздек, бугун, 2023 йил 17 май куни Европа тикланиш ва тараққиёт банки Бошқарувчилар кенгашининг Самарқанд шаҳридаги йиллик йиғилишида ACWA Power компанияси ҳамда "Ўзбекистон миллий электр тармоқлари" АЖ ўртасида биринчи водородли ўғит лойиҳаси доирасида электр энергиясини сотиб олиш шартномасини имзолаш маросими бўлиб ўтди.

📊 Шунингдек, халқаро тадбир доирасида ташкил этилган "МАРКАЗИЙ ОСИЁ: БАРҚАРОР ЭНЕРГИЯ ЙЎЛИДА" номли ялпи мажлисда Ўзбекистон энергетика соҳасидда амалга оширилаётган лойиҳалар муҳокама этилди. Унда "Ўзбекистон миллий электр тармоқлари" АЖ бошқаруви раиси Д.А.Исақулов ҳамда Акциядорлик жамиятининг бошқа вакиллари иштирок этишди.

Веб-саҳифа FacebookInstagramYoutube

🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
Aksiyadorlik jamiyati yuristlari III Xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda

🗓 Joriy yilning 17–18-may kunlari mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent law spring” (“Toshkent huquq bahori”) III Xalqaro yuridik forumi ishtirokchilari orasida “O‘zbekiston MET” AJ yuridik xizmat xodimlarini ham uchratish mumkin.

⚡️ Tashkilot va idora yuristlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur forumda Aksiyadorlik jamiyati Yuridik boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ахмedov, Yuridik boshqarma bosh yuriskonsulti Sanjarbek G‘ulomov, shuningdek, “Samarqand MET” filiali yuriskonsulti Ulug‘bek Yuldoshev hamda “Surxondaryo MET” filiali yuriskonsulti Komiljon Xomedovlar ishtirok etmoqdalar.

📊 Huquqshunoslarning bilim-malakasi oshishi energetika sohasida olib borilayotgan o‘nlab loyihalar ish samaradorligiga o’zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, degan umiddamiz.

Veb-sahifa FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Европа тикланиш ва тараққиёт банкининг Самарқанд саммити доирасида Еврокомиссия Раисининг ижрочи ўринбосари Валдис Домбровскис бошчилигидаги Европа иттифоқи делегациясини қабул қилди.

На полях Самаркандского саммита Европейского банка реконструкции и развития Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Европейского союза во главе с исполнительным заместителем Председателя Еврокомиссии Валдисом Домбровскисом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #YeI #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from MINENERGY.UZ
Rasmiy munosabat: ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari bekor qilingan

Ijtimoiy tarmoqda “Quyosh panellariga trillionlar — ularni kim yetkazib bermoqda?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Joriy yil mart oyida ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quyosh elektr stansiyalarini sotib olish, o‘rnatish va kafolatlangan texnik xizmat ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Ushbu tanlovda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha 18 ta kompaniya ishtirok etgan va mazkur loyiha aholi va davlat manfaatlarini to‘liq himoya qilishini inobatga olgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shunga asosan, tanlov natijalari bo‘yicha yutgan kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar mazkur kompaniyalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi sababli bekor qilindi.

Hozirgi kunda ajratilgan mablag‘larni inobatga olib, umumiy quvvati 2,5 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha yangi tanlov e’lon qilindi.

Keyingi bosqichda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarning asosiy qismini moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda bu yo‘nalishda muzokaralar olib borilmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida loyihalarning narxini pasaytirish va ularning sifatli amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3947

📢 Murojaatchi: «Qaysi tashkilotga ish so‘rab borsam, ish staji so‘ralmoqda... Shu adolatdanmi? Talabaga ishlashga ruxsat etilmasa, qilib ish stajiga ega bo‘lsin?!»

✍️ Murojaat egasi:
Tirkashov Bobur Uchqun o‘g‘li, Toshkent shahri.

📨 Elektron pochta: boburbek7279899@gmail.com

📥 Murojaat mazmuni: Men 2019-yili Toshkent davlat texnika universiteti Elektr energetika yo‘nalishiga to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilindim va shu yil tamomlamoqdaman.

Murojaatim mazmuni shundan iboratki, qaysi tashkilotga ish so‘rab borsam, ish staji so‘ralmoqda... Shu adolatdanmi? Talabaga ishlashga ruxsat etilmasa, energetika sistemasida talabalar 0.5 stavka ishlashi ham mumkin bo‘lmasa, talaba qanday qilib ish stajiga ega bo‘lsin?!

Murojaatim yakunida sizdan shuni so‘rab qolardimki, ushbu tashkilotda ishlash xohishim borligi sababli sizdan ish so‘rab qolaman. Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, yurtimizda korrupsiya, tanish-bilish hali ham kurtak otmoqda. Biz bechora talabalarni nazarda chetda qoldirmaysiz, degan umiddaman...

📤 Murojaatga javob:
Hurmatli fuqaro Bobur Uchqun o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma'lum qilamizki, ...

▶️ Batafsil

📎 Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Bobur Uchqun o‘g‘li, Sizning e'tirozli murojaatingiz tarkibida ish stajiga ega bo‘lmasdan turib qanday ishga kirish mumkinligi so‘ralgan...

Savolingizga batafsil javob shundan iboratki, Siz murojaat yo‘llagan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z maqomiga ko‘ra shu yo‘nalishdagi, aniqrog‘i O‘zbekiston energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘ida yuqori kuchlanishli (220–500 kV kuchlanishli) elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanib, uning Markaziy boshqaruv apparati — o‘z tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda boshqa loyihalashtiruvchi, qurilish-montaj tashkilotlariga yuqori turuvchi boshqaruv organi hisoblanadi.

Yuqoridagi ta'kiddan ko‘rinib turibdiki, qariyb 4300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat faoliyati yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatining Markaziy apparatiga bilimli (ma'lumoti, ixtisosligi) va tajribali (ish tajribasi, mehnat faoliyatidagi karera bosqichlari, erishgan natijalari) mutaxassislar tanlab olinadi, negaki ular asosiy ish faoliyati — elektr tarmoqlari ekspluatatsiyasi, loyihalashtirish, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari bilan band mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

✔️ Yuqoridagilarni inobatga olib Axborot xizmati murojaat egasi Tirkashov Bobur Uchqun o‘g‘li avval o‘z yashash manziliga yaqin elektr ta'minoti korxonalariga tanlov suhbatlari asosida ishga kirib, mehnat faoliyatini amaliy ishning eng oddiy bosqichlaridan boshlab, tajriba orttirib, keyin yuqori turuvchi tashkilotlarga tegishli tartibda ishga kirishga harakat qilishini tavsiya etadi.

📌 Misol uchun:
Agar siz uzbekistonmet.uz veb-sayti “Rahbariyat” ruknini ochib, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbar kadrlarining tarjimai holi bilan tanishsangiz, ayni paytda rahbar lavozimidagi barcha mutaxassislar tahsil davridan oldin ham, keyin ham mehnat faoliyatini quyi tashkilotlarda, oddiy chilangar, usta, nazoratchi, buxgalter, elektr chilangari sifatida boshlab, so‘ng tajriba-malakasi, bilim-salohiyati oshib borgan sari yuqori lavozimlarga ko‘tarilib borgan. Aksariyat hollarda talaba yuqori turuvchi boshqaruv organlariga ishga kirib mehnat faoliyatini boshlaganini uchratish qiyin.

✔️ Kompaniya haqida > Rahbariyat 🔽
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/guide

✔️ Ijtimoiy tarmoq sahifalari 🔽
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/19744

Veb-sahifa FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xizmat safari hisoboti: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ishtiroki (2023-yil 16–17-may)

Veb-sahifa FacebookInstagramYoutube

🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Европа тикланиш ва тараққиёт банки Бошқарувчилар кенгаши йиғилишидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Board of Governors of the European Bank for Reconstruction and Development

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: "Европа тикланиш ва тараққиёт банки Бошқарувчилар кенгашининг бу йилги йиғилиши қадимий ва бетакрор Самарқандда ўтказилаётганини биз мамлакатимизга, ислоҳотларимизга юксак ишонч ва эътибор ифодаси сифатида қабул қиламиз"

Президент Шавкат Мирзиёев: "В этом году ежегодное заседание Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития проходит в древнем, неповторимом Самарканде, и мы воспринимаем это как проявление высокого уважения и доверия к нашей стране и реформам"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: "Бугунги муҳим анжуман давлатлар ўртасидаги кўп қиррали ва узоқ муддатли алоқаларни янги босқичга олиб чиқади, иқтисодиётларимиз ривожи учун сармояларни янада кўпайтиради, барча аъзо мамлакатлар тараққиётига беқиёс ҳисса қўшади"

Президент Шавкат Мирзиёев: "Сегодняшний важный форум выведет на новый уровень многогранные и долгосрочные связи между странами, внесет огромный вклад в увеличение инвестиций в развитие наших экономик, обеспечение прогресса всех государств-членов"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ўзбекистондаги яшил қувватлар ҳажмини оширадиган янги лойиҳалар — mtrk.uz

Веб-саҳифа FacebookInstagramYoutube

🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати