"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ
3.52K subscribers
14.8K photos
3.76K videos
4 files
17.2K links
Каналга аъзо бўлинг! 👉 🌏 t.me/uzmetaxborotxizmati Call centre рақами +998 (55) 500-5545 9:00 дан 18:00 гача, тушлик 13:00 дан 14:00 гача — юқори кучланишли электр тармоқлари ҳамда подстанциялар фаолияти билан боғлиқ саволларга жавоб берилади.)
Download Telegram
HASHAR — ELGA YARASHAR

🗓 Ramazon hayiti arafasida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Mazkur hasharda “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining barcha xodimlari faol ishtirok etishmoqda.

📎 Bugun hasharda:

✔️ Ma'muriy bino hududida — 80 tup archa, chinor va mevali daraxtlar oqlandi, 100 tup gul ko‘chatlari ekildi.

✔️ “Samarqand” podstansiyasida — 400 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi, 50 tup gul ko‘chatlari ekildi.

✔️ “So‘g‘diyona” podstansiyasida — 900 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi, 60 tup gul ko‘chatlari, 70 pomidor ko‘chatlari ekildi, 30 tup daraxt ko‘chatlari oqlandi.

✔️ “Cho‘pon-ota” podstansiyasida — 700 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi, 40 tup gul ko‘chatlari, 15 tup tokning orticha novdalari olinib, 40 tup daraxt ko‘chatlari oqlandi.

✔️ “Ishtixon” podstansiyasida — 800 kvadrat metr maydon begona o‘tlardan tozalandi. 1 ta kirish darvozasining singan joyi elektr payvandlandi. 50 tup rayhon gul ko‘chatlari, 50 pomidor ko‘chatlari ekildi, 40 tup daraxt ko‘chatlari oqlandi.

⚡️ Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan umumxalq xayriya hasharida samarqandlik energetiklar ham faol ishtirok etishib, yurt obodligi va ko‘rkamligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishmoqda.

✍️ "Samarqand magistral elektr tarmoqlari”filiali Kasaba uyushmasi boshlang'ich tashkiloti a'zolari

Veb-sahifa FacebookInstagram TwitterUtubeYoutube

✍️ «O'zbekiston MET» AJ Axborot xizmati