O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
44.8K subscribers
3.48K photos
1.07K videos
1 file
2.06K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
🇨🇳 Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔍O‘zbekiston delegatsiyasi Butun Xitoy sanoat va savdo federatsiyasi, tadbirkor ayollar savdo palatasi ijrochi prezidenti Chjao Sinszu boshchiligidagi xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashdi.

🔍Uchrashuv avvalida O'zbekiston va Xitoy Prezidentlarining siyosiy irodasi bilan davlatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar misli ko'rilmagan darajada har sohada rivojlanayotgani e'tirof etildi.

🔍Qahramon Quronboyev xitoylik investorlarga mamlakatimizda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun mahallalar biznes markazlariga aylanib, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani ta'kidlandi.

🔍O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Xitoy investorlarini O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

🔍Chjao Sinszu ko‘rsatilgan ehtirom va taklif uchun minnatdorlik bildirib, Xitoy tomoni O‘zbekistondagi biznes muhitiga doimo ishonch bilan qarashini, hamkorlikda yangi loyihalarni boshlashga tayyorligini bildirdi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga tashrif buyurdi

🔍Xabaringiz bor, O’zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo'lgan edi. Uyushma rahbari taklifiga binoan Shenchjen tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi raisi Chjao Sinszu boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi.

🔍Tashrifning birinchi kunida mehmonlar O’zbekiston mahallalari uyushmasi markaziy apparati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv avvalida delegatsiya vakillariga Uyushma faoliyati, "mahalla yettiligi"ning tashkiliy tuzilmasi haqida ma’lumot berildi.

🔍O'z o'rnida Chjao Sinszu ko’rsatilgan ehtiromdan mamnun ekanini bildirdi.

🔍Uchrashuvda ikki mamlakat tadbirkor ayollari ishtirokida forum tashkil etish, amaliy va nazariy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, investitsiya va tashqi savdo imkoniyatlarini kengaytirish, mahallalardagi xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularni qo’llab-quvvatlash borasida doimiy hamkorlikka kelishib olindi.

🔍Shenchjen tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi raisi Chjao Sinszu boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O’zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

#Mahallalaryushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri O‘zbekistonda zavod qurmoqchi

🔍O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Xitoyning Shenchjen Chjongyi korporatsiyasi vakillarini qabul qildi.

🔍Shenchjen Chjongyi – Xitoyning eng mashhur korporatsiyalaridan biri. 1983-yilda tashkil topgan. Uy joy uchun kerakli barcha jihozlarni ishlab chiqaradi. Mahsulotlarining mahalliylashtirish darajasi 100 %. Korxona Germaniya, Italiya texnologiyasi, standarti asosida ish yuritadi. Korporatsiyaning yillik aylanmasi 5 mlrd dollar. Korxona olti oy avval “Kosmik uy” loyihasini boshlagan. U 100 % quyosh energiyasi asosiga loyihalashtirilgan. Eng asosiysi, ushbu smart uylarning o‘rtacha qiymati 40 ming dollar atrofida, ya’ni juda hamyonbop.

🔍Xitoyning ushbu yirik korporatsiyasi vakillari O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish istagida ekanini bildirdi. Mamlakatimizda 100 % Xitoy kapitali asosida yirik zavod qurish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

🔍Uchrashuvda mehmonlarga O‘zbekistonda tadbirkorlar, investorlarga yaratilgan sharoitlar haqida qisqacha ma’lumot berildi. Toshkent va Jizzax viloyatlarida bu boradagi imkoniyatlarga mehmonlar katta qiziqish bildirdi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyatini rivojlantirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

🔍Bugun Oʻzbekiston mahallalari uyushmasida Xitoyning “Gansu Lanmei Vocational Skills Training School Co.n Ltd'' kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi.

🔍Mehmonlarni raisning birinchi oʻrinbosari Javdat Inogʻomov boshchiligidagi mas’ullar kutib olishdi.

🔍Uchrashuvda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Javdat Inog'omov mehmonlarni sinov tariqasida mahallalarda yoʻlga qoʻyilgan “mahalla servis kompaniyalari” faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Bunda Xitoy tajribasini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda faoliyat olib borish oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔍Oʻz oʻrnida delegatsiyasi rahbari Yang Ji Fan xonim Xitoy boshqaruv kompaniyasining bu borada katta tajribasi borligi va bu tajribani ommalashtirishdan mamnun ekanini qayd etdi.

🔍Uchrashuv soʻngida delegatsiya vakillari Uyushma faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyatini rivojlantirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xitoylik ekspertlar ishtirokida "mahalla servis kompaniyalari" rahbarlari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi

🔍Oʻquv mashgʻuloti davomida Xitoyning “Gansu Lanmei Vocational Skills Training School Co.n Ltd'' kompaniyasi delegatsiyasi vakillari Xitoydagi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda xizmat koʻrsatish turlari haqida ma’lumot berdi.

🔍Seminarda Uyushma rahbari Qahramon Quronboyev tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Unda bildirilgan takliflarni ijobiy hal qilish boʻyicha mas’ullarga topshiriq berildi.

🔍Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida O'zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurib Chin yurtining kambag'allikni qisqartirish borasidagi tajribasi, u yerdagi boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini o'rgangan edi. Bu Xitoy delegatsiyasining javob tashrifi bo'lib, kelgusida samarali hamkorlik muhim platforma hisoblanadi.

🔍Faol ishtirok etgan servis kompaniyalari rahbarlari tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xitoylik ekspertlar ishtirokida "mahalla servis kompaniyalari" rahbarlari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi.

🔍Batafsil videoda

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xitoylik ekspertlar Farg'ona mahallalarida...

🔍Delegatsiya vakillari dastlab Marg'ilon shahridagi Pir Siddiq majmuasida bo'ldilar. Mahalliy aholi "kabutarli mozor" deb atovchi ziyoratgohning tarixi, o'ziga xos jihatlari haqida mehmonlarga so'zlab berildi.

🔍Marg'ilon shahridagi Hunarmandlar markazi. Atlas, adras kabi milliy matolar hamda ipak gilamlar to'qilayotgan korxonada ayni vaqtda 350 dan ortiq ayolning bandligi ta'minlangan. Asosan qo'l mehnati bilan yaratilayotgan hunarmandlik mahsulotlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xitoylik mehmonlar "Uzunhovuz"ning yangi binosi ochilishida qatnashdi

🔍Marg‘ilon shahridagi "Uzunhovuz" mahallasi binosi 1957-yilda qurilgan.  Hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatishga yaroqsiz, ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi.

🔍“Uzunhovuz" MFY binosi yangidan qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi.

🔍Bugun mahalla binosining tantanali ochilish marosimida Yang Ji Fan xonim boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi, Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i, shahar hokimi, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🔍Mehmonlar yangi binoda mahalla xodimlari uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

🔍Shuningdek tantanali tadbir davomida mahallada “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi ayollarga zamonaviy tikuv mashinalari ham topshirildi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Uyushma delegatsiyasi Ostonada

🔍O‘zbekiston mahallalari uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonning Ostona shahridagi elchixonasida bo‘lib, elchixona, konsullik xodimlari va o‘zbek etnomadaniy markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔍Uchrashuvda dastlab O'zbekiston mahallalari uyushmasi, "mahalla yettiligi" tizimi xususida ma'lumot berildi. Bu borada qardosh qozoq xalqining tajribasi e'tirof etilib, birgalikda o'zaro malaka almashinuvini yo'lga qo'yilishi ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekani qayd etildi.

🔍Uchrashuvda xavfsiz migratsiya masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔍Tashrif davom etmoqda.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Uyushma raisi AQSH elchisini qabul qildi

🔍Bugun O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev AQShning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik va USAIDning O'zbekistondagi missiyasi direktori Devid Hofman bilan uchrashdi.

🔍Uchrashuv avvalida Qahramon Quronboyev O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan "mahalla yettiligi" faoliyati, mahalla tizimidagi islohotlar haqida mehmonlarga batafsil ma'lumot berdi.

🔍O'z o'rnida AQSH elchisi Jonatan Xenik ko'rsatilgan yuksak ehtirom uchun o'zining samimiy minnatdorligini bildirdi.

🔍Elchi janoblari mahalla tizimida jamoatchilik bilan aloqalar, biznes-marketing va boshqa qator loyihalarda birga ishlashdan mamnun ekanini ta'kidladi.

🔍USAIDning O'zbekistondagi missiyasi direktori Devid Hofman tashkilotning mamlakatdagi loyihalari bevosita mahalla uyushmasi bilan bog'liq ekanini ta'kidlab, USAID bu borada hamkorlikka tаyyor ekanini qayd etdi.

🔍Uchrashuv so'ngida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonning Ostona shahridagi elchixonasi xodimlari bilan birgalikda Qozog‘iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga tashrif buyurdi.

🔍U yerda vazirlik huzuridagi Migratsiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Y. Abulxatin, IIV tashqi migratsiya boshqarmasi katta inspektori A. Musabekov va qo‘mita vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔍Uchrashuvda chet el fuqarolarini Qozog‘iston hududida mehnat faoliyatini olib borish tartibi, mehnat migrantlariga kvotalar ajratish va o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek dehqonchilik hamda boshqa sohalarda ham kvotalar ajratish masalasi muhokama qilindi.

🔍Migratsiya qo‘mitasi vakillarining ma’lum qilishicha, joriy yilda 260 mingta uy xo‘jaligi xizmatkori, yuridik shaxslar uchun 22 mingta kvotalangan ish o‘rinlari ajratilgan.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇿O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Qozog'istonda bo'ldi

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Mahalliy boshqaruvda Turkiya tajribasi o'rganilmoqda

🔍O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi. Safardan ko'zlangan maqsad mahalliy boshqaruvda Turkiya tajribasini o'rganish.

🔍Dastavval delegatsiya a'zolari Turkiyaning Anqara shahridagi "Sanchak" mahallasi faoliyati bilan tanishdi.

🔍Ayni paytda mazkur mahallada 15 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Delegatsiyamiz vakillariga Turkiyada mahalla raislari saylovini o'tkazish jarayonlari xususida ma'lumot berildi.

🔍Mahalla raisligiga nomzodlarni mahalliy aholining o'zi ko'rsatadi va saylaydi.

🔍Qayd etilishicha, mamlakatda mahalla tizimidagi faoliyat 2009-yildan to'liq elektron shaklga o'tkazilgan. Aholi barcha jarayonni onlayn kuzatish imkoniyatiga ega.

🔍O'zbekistondagi amaldagi tizimdan farqli o'laroq turk mahallasini bir kishi, ya'ni rais boshqaradi. Rais infratuzilma va boshqa masalalardagi muammolarni hokimiyatga yetkazadi.

🔍Tashrif davom etmoqda.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi a'zolari Anqara shahridagi Respublika migratsiya agentligida turk tomoni bilan uchrashuv o'tkazdi.

🔍Unda mamlakatning migratsiya bo'yicha besh yillik dasturi bilan tanishildi. Hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Turkiyada safarda

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Turkiya mehnat vazirligida bo'lib, mutasaddilar bilan mozokara olib bordi.

🔍Unda o'zbekistonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishda Turkiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔍Fuqarolarimizga mamlakatda erkin mehnat qilishi uchun qulayliklar ko'lamini oshirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Elchixonada vatandoshlar bilan suhbatlashildi

🔍Delegatsiyamiz a'zolari O'zbekistonning Anqaradagi elchixonasida 50 nafarga yaqin vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

🔍Uchrashuvda dastavval, O'zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma'lumot berildi.

🔍Yurtdoshlarimiz duch kelayotgan muammolar tinglanib, ularning yechimi bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

🔍Uchrashuvda 11 nafar vatandoshimiz shu oyning o'zida yurtimizga qaytish istagini bildirdi. Ular vatanga qaytgach bandligiga ko'maklashiladi. Ijtomoiy himoyaga olinadi.

🔍Tashrif davom etmoqda.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Ishchi guruh Istanbulda o'zbekistonliklar hayotini o'rganmoqda

👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Istanbulda ham bo'lib, u yerdagi yurtdoshlarimiz ish faoliyati, hayotida uchrayotgan muammolarni o'rganmoqda.

🔍Ishchi guruh O'zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi migratsiya masalalari muhokama qilindi.

🔍Shu yerning o'zida Istanbulda yashab mehnat qilayotgan, ta'lim olayotgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Turkiyada safarda

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM