O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
39.2K subscribers
4.13K photos
1.3K videos
1 file
2.41K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy kanali

📌 Reklama: @mahalla_marketing
Download Telegram
🔍 Diqqat, diqqat!

👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasidan yana bir yangi loyiha!

✈️ "Mahalla — mening taqdirimda"

✈️ yangi loyiha tez kunda.....

#Mahallalaruyushmasi #mahalla_mening_taqdirimda

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Farg’ona viloyatidagi 1062 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, 3296 nafar farg‘onaliklar Haj amalini ado etgan yurtdoshlarimiz, 850 nafardan ziyod sohaga mas’ul rahbarlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

🔍Uchrashuvlar ma’ruzachilikdan holi, aniq taklif va tavsiyalar, amaliy ishlarni bajarishga qaratildi.

🔍Bugun targ‘ibotchilar safi yanada kengayib, Haj ziyoratini ado etgan yurtdoshlarimiz biz bilan birga ishlashni boshladi.

🔍Demak, katta bir jamoa qanday harakat qiladi, vazifalarni qanday birlashtirish, amaliyotda samarali ishlash mumkin? Shular haqida gaplashib oldik.

🔍Bundan tashqari, maxsus QR kodlar orqali kirib targ‘ibot ishlarini tashkil qilishda metodik qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyati ham yaratilgan. Bu imkoniyatlar bilan ham targ‘ibotchilar tanishtirildi.

#Mahallalaruyushmasi #uchrashuv

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Mahalladagi real holatni real vaqtda ko'rsatamiz.

✈️ Namangan shahar "Yangi qurilish" mahallasidan jonli reportaj.

#Mahallalaruyushmasi #reportaj

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔍 Hozirgi jazirama kunlarda sog‘lom bo‘lay, immunitetim baland bo‘lsin desangiz kuniga qancha suv ichishingiz kerakligini bilib oling!

✈️ Tana vazni — Suv miqdori:

🔍45kg — 1.9l
🔍50kg — 2.1l
🔍55kg — 2.3l
🔍60kg — 2.5l
🔍65kg — 2.7l
🔍70kg — 2.9l
🔍80kg — 3.5l
🔍85kg — 3.7l
🔍90kg — 3.9l
🔍95kg — 4.1l
🔍100kg — 4.3l

✈️ Yaqinlarga ham ulashing!

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbarini qabul qildi.

🔍Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, loyihalarning barchasi inson qadrini taʼminlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor taʼkidlandi.

🔍Uyushma raisi Qahramon Quronboyev bugun mahallalar biznes markazlariga aylanayotgani, bank mutasaddilari bevosita mahallaga kirib borgani odamlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishi ortishiga sabab bo‘layotganini qayd etdi. Bu borada “Biznesni rivojlantirish banki”ning xizmatlari katta ekani alohida eʼtirof etildi.

🔍Bank rahbari Saxi Annaklichev bank mutasaddilari mahallada yurib odamlar bilan ishlayotgani ikki tomon uchun ham juda manfaatli bo‘layotganini qayd etdi. “Prezidentimizning bu tashabbusi odamlarni chinakamiga uyg‘otdi, biznes, ishbilarmonlik, tomorqadan keladigan daromadni tushunib yetdi”, - dedi Saxi Annaklichev.

🔍Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari tomonidan mahallalarda 25 mingdan ortiq fuqarolarga kreditlar taqdim etilgan.

🔍Tomonlar mahallalarda biznesni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish borasida bundan buyon ham faol hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

🔍Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bilan katta loyihalarni boshlaydi

#Mahallalaruyushmasi #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o'rtasida memorandum imzolandi

🔍Hamkorlikning maqsadi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalar taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan eng yaxshi biznes loyihalarni aniqlash, saralash va moliyalashtirish hamda biznes loyihalar tashabbuskorlarini rag‘batlantirish, mahalla taraqqiyotiga faol hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar faoliyatini jamoatchilik orasida targ‘ib qilishdan iborat.

#Mahallalaruyushmasi #memorandum #hamkorlik

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 "Mahalla" gazetasining 31-sonida:

🔍"Mahalla yettiligi" aholiga hisobot beradi

🔍Subsidiyaga arizani mahalladan berish mumkin

🔍Xorijda 600$ topgan yaxshimi yoki...?

🔍"Yoshlar daftari"dan qanday holatda chiqariladi?

🔍Soliq imtiyozi qachongacha uzaytirildi?

🔍Er-xotin o‘rtasidagi umumiy mulk qanday bo‘linadi?

🔍Mashina olib qochganga qanday jazo bor?

🔍 Va boshqa ko‘plab qiziqarli maqolalar gazetamiz sahifalarida!

#Mahallalaruyushmasi #gazeta

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 MAHALLA MA’RIFAT TARGʻIBOTCHILARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🔍Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil qilingan Respublika seminari tushdan so‘ng Uychi tumanida davom etdi.

🔍Dastlab Qumtepa MFYda “Ma’naviyat sektori” hamda mahalla ma’rifat targ‘ibotchisining  faoliyati, ziyo ulashish maktabi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Qumtepa yoshlar kichik sanoat zonasi imkoniyatlari mehmonlarga ham manzur bo‘ldi. Shu yerning o‘zida bir guruh yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔍18-maktabda “Maktab–ota-ona–mahalla-ma’naviyat hamkorligi hayotiy zaruratdir” mavzusida, 48-DMTTda “Tarbiyada o‘zbek milliy o‘yin  va ertaklarning ta’siri” mavzusida mahalla ma’rifat targ‘ibotchilari tomonidan amalga oshirilayotgan  ishlar bilan tanishildi.

🔍Bo‘ston MFYda shoir Mulla Yo‘ldosh To‘raboy o‘g‘li Xilvatiy yashab o‘tgan xonadondagi  ma’rifiy tadbir  uychilik ijodkor Adhamjon Ahmadjonovning “Bedor ruh” nomli yangi kitobining taqdimotiga hamda mahallada istiqomat qilib o‘tgan qatag‘on qurboni Salohiddin Soliyevning nabirasi yashayotgan xonadonda “Qatag‘on qurbonlari - Vatan fidoyilari”  shiori ostidagi xotira va qadrlash tadbiriga  ulanib ketdi.

🔍Seminar Gulzor MFYning “Yangiobod-3 ko‘chasida “Qadriyatlar - ma’naviy kamolot maktabi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan yakunlandi. Mahallaning ushbu ko‘chasida o‘zbek xalqining ming yillik tarixi, go‘zal va ma’naviy ildizlari boy bo‘lgan qadriyatlarining boqiyligini ta’minlash, ularni yoshlar qalbiga singdirish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan  "Kim oladi-yo shuginani-yo”,  "Oq terakmi - ko‘k terak”,  belbog‘li kurash kabi bir qator milliy o‘yinlar namoyish qilindi. “Pazzanda oila”, “Hunarmand oila”, “Kitobxon oila”, “Ma’rifatli oila“, “Sportchi oila”, “Namunali oila”, “Tadbirkor oila” yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatgan oilalar munosib rag‘batlantirildi.

🔍Uychi tajribasi asosida tumandagi 56 ta MFYda faoliyat ko‘rsatayotgan ma’rifat targ‘ibotchilarining faoliyati seminar ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

#Mahallalaruyushmasi #tajriba

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM