O'zLiDeP - Toshkent viloyati
1.91K subscribers
9.87K photos
695 videos
17 files
3.64K links
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi Toshkent viloyat Kengashining rasmiy telegram sahifasi

☎️Tel: +99897 837 84 87
facebook.com/uzlidep.toshkentviloyati

📩 E-mail: tv-uzlidep@mail.ru
www.uzlidep.uz
Download Telegram
#Маҳаллий_кенгашларда
Ангренда йўл бўлими тузилди. Ҳадемай ички йўлларни таъмирлаш ишлари бошланади

Халқ депутатлари Ангрен шаҳар кенгашининг бугун, 25 апрель куни бўлиб ўтган сессиясида бу ҳақда қарор қабул қилинди.

https://t.me/Ulug_yul_online
#Маҳаллий_кенгашларда
Ангренда йўл бўлими тузилди. Ҳадемай ички йўлларни таъмирлаш ишлари бошланади

Халқ депутатлари Ангрен шаҳар кенгашининг бугун, 25 апрель куни бўлиб ўтган сессиясида бу ҳақда қарор қабул қилинди.

Сессияни бошқариб борган Кенгаш раиси Алишер Раиймов Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 11 октябрдаги 665-сонли қарорига асосан шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси тасарруфидаги ички йўлларни сақлаш ва жорий таъмирлаш бўйича 2025 йил учун тасдиқланган дастлабки манзилли рўйхат ҳақида маълумот берди.

Масала юзасидан шаҳар ҳокимлиги қурилиш, тўсиқларсиз муҳит яратиш, коммуникациялар, коммунал ҳужалик, экология ва кўкаламзорлаштириш, масалалари бўлими бош мутахассиси Ҳ.Қаюмовнинг ҳисоботи тингланди.

Ҳисобот юзасидан музокараларда депутатлар Атабек Аноров, Аброр Назиров, Неъмат Душаев ва бошқалар сўз олиб, шаҳардаги ички йўлларнинг ҳолати ва таъмирлаш ишлари юзасидан ўз фикр-мулоҳазалар ва таклифларини билдиришди.

Ушбу муҳокамаларда йўл бўлими қай йўсинда иш олиб боради, қайси йўллар аввал таъмирланади ва кейинги ишлар қандай бўлиши ҳақида саволлар бўлди.

Маълум бўлишича, шаҳардаги энг асосий кўчалардан бири - "Ўзбекистон мустақиллиги"да таъмир ишлари ўн кун ичида бошланади. Йўллар жорий таъмири учун бу йил бюджетдан 4 миллиард сўм ажратилган. Йўл бўлимига олти штат бирлиги берган бўлиб, улар шаҳар йўлларига масъул ҳисобланади.

Таъкидландики, Ободонлаштириш бошқармаси таркибида тузилган йўл бўлими ушбу маблағ доирасидаги ишлар билан чекланиб қолмаслиги, балки ташаббус ва таклифлар киритиши, қонун доирасида пулли хизматларни ҳам жорий этиши лозим.

Сессияда кун тартибидаги масала атрофлича муҳокама этилди ва тегишли қарор қабул қилинди.

Ангренда йўллар бўлими тузилиши шаҳарнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишига ижобий таъсир кўрсатиши кутилмоқда.

Неъмат Душаев,
Халқ депутатлари Ангрен шаҳар кенгашига ЎзЛиДеП депутати


https://t.me/Ulug_yul_online
#uzlidep
#deputat
#deputat_hududda

DEPUTAT SAYYOR QABULDA SAYLOVCHILARI BILAN MULOQOTDA BO‘LDI

😎 "Taraqqiyot" mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tadbirkor, okrug deputati Otabek Qahramonov saylovchilari bilan uchrashdi va ularning murojaatlarini qabul qildi.

😎 Qabulda murojaat qilgan fuqarolardan bir nafarining bandligini ta’minlashda ko’maklashadigan bo‘ldi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep
#deputat
#deputat_hududda

Deputat ishtirokida o‘tgan sayyor qabul amaliy natijalarga boy bo‘ldi

😎 "Taraqqiyot" MFYda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi partiya deputati Otabek Qahramonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabuldan so‘ng, fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, baho berish va ijobiy hal qilish maqsadida shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bekzod Shomirzayev, hokim o‘rinbosari Mavluda Abduraxmonova, mutasaddi rahbarlar, mahalla raisi va xodimlari hamrohligida hududda joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi stadioniga tashrif buyurildi.

😎 Ta’lim maskanida joylashgan stadionni rekonstruksiya qilish zarurati borligiga guvoh bo‘lgan mutasaddilar bilan birga masalani ijobiy hal etish choralari xususida fikrlashildi.

😎 Shu yerda 2/2 dahasi 23-uyda yashovchi aholining yerto‘lada yuzaga kelgan nosozlik bo‘yicha murojaati ham tinglandi. Mas’ullarga muammoni hal etish chorasini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi va ijrosi nazoratga olindi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep
#deputat
#deputat_mahallada

Chirchiqda saxovatpesha deputat yana bir oilani tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, oyoqqa turishiga ko‘maklashdi

😎O‘zLiDeP mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali farovonlikka chiqarish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.

😎 Partiyaning mana shunday ezgu maqsadlarini ro‘yoga chiqarishda kamarbasta bo‘lib kelayotgan Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashidagi O‘zLiDeP vakili Rajabbuvi Imomberdiyeva tashabbusi bilan yana bir kambag‘al oila qo‘llab-quvvatlanib, o‘z tadbirkorligini davom ettirish orqali moddiy farovonlikka erishadigan bo‘ldi.

😎 Deputat Rajabbuvi Imomberdiyeva tashabbusi bilan amaliy yordam ko‘rsatilgan “Madaniyat” MFY Haqiqat ko‘chasi, 66-uyda istiqomat qiluvchi kambag‘allik reyestridagi oila — Umida Zarmatova hamda uning oila a’zolari saxovatpesha xalq vakilidan minnatdor.

😎 Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Umida Zarmatova ikki nafar farzandni tarbiyalamoqda. Turmush o‘rtog‘i va qaynonasi nogiron. Shuningdek, vasiylikka olingan ikki nafar jiyani ham bor. Oilaning daromad manbai sifatida novvoyxona faoliyat yuritgan. Ammo, uning holati qoniqarsiz bo‘lib, ta’mirlashga muhtoj edi.

😎 Mazkur holat deputat Rajabbuvi Imomberdiyevaning e’tiboridan chetda qolmadi. U novvoyxonani kapital ta’mirlash va uni faoliyatga qayta tiklash ishlarini o‘z zimmasiga oldi.

😎 Hozirgi kunda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, qisqa fursatda novvoyxona to‘liq faoliyat yuritadigan holatga keltiriladi. Bu esa oilaning o‘z mehnati bilan daromad topishi va ijtimoiy ahvolini yaxshilashi uchun mustahkam zamin yaratadi.

😎 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z dasturiy maqsadlariga muvofiq aholi farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash uchun bundan keyin ham faol amaliy ishlar olib boradi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM