O'zLiDeP - Toshkent viloyati
1.92K subscribers
9.87K photos
695 videos
17 files
3.64K links
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi Toshkent viloyat Kengashining rasmiy telegram sahifasi

☎️Tel: +99897 837 84 87
facebook.com/uzlidep.toshkentviloyati

📩 E-mail: tv-uzlidep@mail.ru
www.uzlidep.uz
Download Telegram
#uzlidep
#deputat
#OAV_biz_haqimizda

😎 “Piskent hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati tashabbusi bilan salohiyatli va fidoyi deputatimiz, shu bilan birga partiya tuman Kengashining jonkuyar apparat rahbari Zaynab Mahmudova bilan suhbat tashkil etildi.

🧾"Siyosatning muvaffaqiyati ham mehnatda" sarlavhasi ostida chop qilingan suhbatni batafsil “Piskent hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2025-yil 19-apreldagi 15-sonida mutolaa qilishingiz mumkin.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep
#deputat
#deputat_mahallada

😎 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi partiya deputati Mirzoferuz Nigmatov 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi asosida 2-Bog‘ saylov okrugidagi “mahalla yettiligi”ning faoliyatini bevosita o‘rgandi. Hududdagi mavjud muammolarga yechim topish maqsadida mahallalarga tashrif buyurgan xalq vakili MFY raislari, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi va soliq inspektori bilan muloqotda bo‘ldi.

😎 Hududdagi muammolarni o‘rganish asnosida deputat unda joylashgan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

😎 Tibbiyot muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanisharkan, bu yerda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, poliklinikaning qamrov imkoniyati, ishchi-xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini ham sinchiklab o‘rgandi. Tibbiyot maskani rahbariyati hamda ishchi-xodimlari bilan kechgan suhbatlarda ularning aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish borasidagi fikr-mulohozalari, takliflarini ham eshitdi.

😎 Deputatning mahallalarga tashrifi aholining turmush farovonligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda “mahalla yettiligi”ning joylardagi faolligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qutlov

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi jamoasi Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, “Zarkent gavhari” MCHJ rahbari Rizayeva Gavxar Nig‘monovnani tavallud ayyomi munosabati bilan ko‘p sonli partiya a’zolari va deputatlari nomidan samimiy muborakbod etadi!

Qadrli, Gavxar Nig‘monovna!

Sizning xalqimizning farovon hayoti, yurtimizning barqaror ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi samarali mehnatlaringiz alohida e’tirofga sazovor!

Sizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayz-barokat, baxt va omad hamisha yor bo‘lishini Yaratgan Parvardigordan so‘rab qolamiz.


Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Gavxar Nig‘monovna!

Kamoli ehtirom ila

To‘lqinjon Fayziyev,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi
#uzlidep
#deputat
#deputat_mahallada

Boʻstonliqda deputat xalqqa hisobot berdi


😎 XXalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga 15-“Xondoyliq” saylov okrugidan saylangan deputat Baxtiyor Azmetov saylovchilariga joriy yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

😎 Hisobot yigʻilishida deputat oʻz faoliyati davomida saylovchilar bilan samimiy suhbat qurarkan, ularning muammolariga ijobiy yechimlar topish, hududni har tomonlama rivojlantirish yo’lida o’zi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi:

▶️
Saylovchilarning murojaatlari oʻrganilib, ularning koʻpchiligi ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, yoʻl-transport infratuzilmasi bilan bogʻliq edi.

▶️ Murojaatlarning aksariyati hal etildi, qolganlari esa tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijobiy hal etilishi nazoratga olindi.

▶️ Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning fikr-mulohazalarini tinglash va muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qilindi.

▶️ Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalar boʻyicha takliflar berildi va ularning amalga oshirilishiga koʻmak berildi.

😎 Shuningdek uchrashuvda saylovchilarga aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borgan ishlar, tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan yangiliklar haqida ham ma’lumot berildi.

😎 Saylovchilar tomonidan deputatning faoliyati ijobiy baholandi va kelajakda ham xalq bilan yaqin aloqada boʻlib, ularning muammolarini hal qilishga harakat qilishini soʻrashdi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎 Салласини деса, калласини олиб келадиган ижрочиларимиз бор

🔍Ижтимоий тармоқларда пойтахтимизнинг “Содиқ Азимов” кўчасидаги “Тесто” ресторанлар тармоғи ҳамтаъсисчиси Замира Раҳмонованинг мурожаати чоп этилди. Тадбиркор мурожаатида корхонаси электр таъминотидан узиб қўйилгани, бу эса унга катта иқтисодий зарар келтирганини маълум қилган. Шунингдек, тадбиркор масъулларни тизимли ёндашув, очиқ мулоқот ва ўзаро ҳурматга чақирган.

🔍 Мурожаатдан сўнг O'zLiDeP вакиллари тадбиркор билан учрашди. Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги депутатимиз Абдуманноп Буриев жойига чиқиб муаммони ўрганди.

🔹 Видеони тўлиқ варианти

🔍Батафсил

#uzlidep #deputat_nazorati

🖥 Расмий саҳифаларимизга уланинг
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM