Axborot Resurs Markazi💡 | Информационно ресурсный центр
511 subscribers
3.65K photos
308 videos
35 files
504 links
📚 O'zDJTU Axborot Resurs Markazining rasmiy kanali :
https://t.me/uzlibuz
Rasmiy sayti : https://uzlib.uz/
Download Telegram
📅 17-dekabr kuni Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti M. Aripova, Ingliz filologiyasi yo‘nalishi tyutori N. Ilyasova hamda talabalar ishtirokida 📚 “Talabalar o‘qishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” loyihasi doirasida yozuvchi ✍️ Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🗣 Tadbir davomida M. Aripova talabalarga yozuvchining hayoti, ijod yo‘li hamda asarlarining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

📖 Shuningdek, talabalar “Ot kishnagan oqshom” asarining mazmun-mohiyati, undagi obrazlar tizimi, voqealar rivoji va asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🌱 Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda Tog‘ay Murod ijodini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
📚 18-dekabr — Kitobxonlik haftaligi doirasida
🏛 Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova boshchiligida
🎓 Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Abduraxmonova hamda
👩‍🎓👨‍🎓 talabalar ishtirokida
“Uchrashuv va taqdimot” tadbiri tashkil etildi.

🎤 Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
🇺🇿 Harbiy-vatanparvarlik o‘quv-metodika bo‘limi boshlig‘i,
✍️ shoira Mamura Zohidova mehmon sifatida ishtirok etdi.
📖 Shoira o‘z nutqida talabalarga kitobxonlikning ahamiyati, vatanparvarlik g‘oyalari hamda
📚 adabiyotning yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida atroflicha fikr bildirdi.

💬 Uchrashuv davomida talabalar shoiraning ijodi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.
🤍 Shoira esa savollarga mazmunli va samimiy javoblar qaytardi.
🎶📜 Shuningdek, tadbir jarayonida shoira hamda talabalar tomonidan she’rlar o‘qildi.

🎉 Tadbir juda qiziqarli va 🌟 ko‘tarinki ruhda o‘tdi!
0️⃣0️⃣0️⃣

18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi tashabbusi bilan “Globalizatsiya va barqaror rivojlanish davrida tarjima masalalari, ularning yechimlari hamda chet tillarini o‘qitishdagi innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shuningdek, Tarjimonlik fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Jumabek Tashenev nomidagi universitet Xalqaro hamkorlik markazi boshlig‘i, PhD Shaxlo Naraliyeva, Xalqaro Nordik universiteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Dilshod Nasriddinov, filologiya fanlari nomzodi, shoir Gulshan Rahim ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, anjumanda xorijiy mehmonlar — Misr vakili Rasha Aldeeb, Hindistondan Dr. Maya Gola hamda Filippindan Caroline N. Gabis ishtirok etib, tarjima va chet tillarini o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va dramaturg Shaxodatxon Isaxonova ham ishtirok etdi.

Anjuman doirasida jadid adabiyoti namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub kitoblar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kutubxonasiga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, PhD, dotsent Otabek Yusupov tomonidan anjuman ishlariga yakuniy xulosa qilinib, ilmiy hamkorlik va muloqotlarni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Kitob — ma’naviyat manbai!

📅 2025-yil 23-dekabr kuni
🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
👤 Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Alijonovich Sadiyev
📖 Axborot–resurs markaziga talaba-yoshlar sevib mutolaa qiladigan eng sara badiiy adabiyotlar to‘plamini hadya qildi.

Ushbu ezgu tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

📌 Kitob — bilim, tafakkur va kelajak poydevori!