Axborot Resurs Markazi💡 | Информационно ресурсный центр
511 subscribers
3.65K photos
308 videos
35 files
504 links
📚 O'zDJTU Axborot Resurs Markazining rasmiy kanali :
https://t.me/uzlibuz
Rasmiy sayti : https://uzlib.uz/
Download Telegram
📅 15-dekabr kuni Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova, Roman-german filologiyasi fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Abdurahmonova hamda talabalar ishtirokida 📚 “Talaba o‘qishi zarur bo‘lgan 100 kitob” loyihasi doirasida P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

👩‍🏫 Suhbatda M. Abdurahmonova yozuvchining hayoti va ijodi, asarning yaratilish tarixi hamda unda aks etgan tarixiy voqealar haqida ma’lumot berdi. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangani ta’kidlandi.

🗣 Talabalar asar orqali Boburning nafaqat sarkarda va shoir, balki inson sifatidagi murakkab kechinmalari ochib berilganini, asarning tarixiy ruhi va til boyligi yuksak ekanini e’tirof etdilar.

🇺🇿 Ushbu asar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. 📚 Bunday uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasidagi Ochiq eshiklar kuni tadbiri

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Shayxontohur tumanidagi 84-umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi muhim tadbir — Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida 84-maktabning 8-sinf o‘quvchilari universitetga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning muzeyi, kutubxonasi, sport zali, zamonaviy seminar xonalari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ularga universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va o‘qish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq eshiklar kuni o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular universitet muhitini ko‘rib, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishdi. Tadbir o‘quvchilarda oliy ta’limga bo‘lgan rag‘bat va motivatsiyani oshirishga xizmat qildi.

Mazkur tashrif O‘zDJTU va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📅 2024-yil 16-dekabr kuni Axborot-resurs markazi bo‘limi mudiri S. Inagamova boshchiligida 📚
🎓 Tarjimonlik fakulteti tyutori M. Yo‘ldosheva hamda talabalar ishtirokida
📖 “Talaba o‘qishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” loyihasi doirasida
✍️ P. Qodirovning “Avlodlar dovoni” asari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

💬 Tadbir davomida talabalar asarning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan g‘oyalar va badiiy obrazlar haqida atroflicha fikr almashdilar.
🧠 Ishtirokchilar asar orqali avlodlar davomiyligi, inson taqdiri va hayot sinovlari chuqur hamda ta’sirchan tarzda aks ettirilganini ta’kidladilar.

📘 “Avlodlar dovoni” romani o‘tmish va bugun o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berib, o‘quvchini chuqur mushohada yuritishga undaydi.

🌱 Mazkur tadbir talabalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
📚 Kitobxonlik haftaligi doirasida ochiq muloqot

Axborot-resurs markazi hamda Roman-german filologiyasi fakulteti hamkorligida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi 🎓

💻 Mazkur tadbir davomida talabalarga kutubxonada mavjud elektron kutubxona bazalari bilan ishlash, 📖 raqamli resurslardan unumli foydalanish hamda 🌐 internet tarmog‘idan samarali va xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.

🔍 Shuningdek, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, axborotni tez va aniq izlash usullari, internet resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanish tartiblari batafsil tushuntirib o‘tildi.

💬 Ochiq muloqot davomida talabalar tomonidan berilgan savol va takliflar e’tibor bilan tinglanib, mutaxassislar tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi.

🌱 Mazkur tadbir talabalarning axborot madaniyatini oshirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.
🟦🟦🟦

Abdulla Qodiriy romanlarining ko‘p tilli nashrlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

16-dekabr kuni “Turon” axborot-kutubxona markazi majlislar zalida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan o‘zbek tarixiy romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining o‘zbek, rus hamda ingliz tillaridagi nashrlari taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va tarjimonlar, nashriyot vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining Bosh muharriri Azimboy Babaniyazov ochib berib, nashriyotning 101 yillik faoliyati, bugungi taraqqiyot bosqichi hamda Abdulla Qodiriy romanlarining ko‘p tillarda nashr etilishi milliy adabiyotimizni jahon miqyosida targ‘ib etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov nutq so‘zlab, mamlakatimizda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini xorijiy tillarga tarjima qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi. U Prezident va Hukumat qarorlari asosida milliy adabiy merosni xalqaro maydonga olib chiqish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Shuningdek, nashriyot direktori Xushnudjon Maxmudov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, adib avlodlari Xondamir va Sherkon Qodiriy, taniqli adabiyotshunos olimlar va ijodkorlar mazkur nashrlarning adabiy, tarixiy va ma’naviy ahamiyati xususida fikr bildirdilar.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligida, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining ingliz tiliga tarjimalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda universitetning tajribali tarjimonlari tomonidan amalga oshirildi. Tarjimalarni tayyorlash va tahrir qilish jarayonida Omon Muminov, Nosir Qambarov, Elmira Muratova, Adhambek Alimbekov, Muhammadavaz Irisqulov hamda xorijiy mutaxassislar Elis Brittan va Barsum Peter faol ishtirok etdi. Tarjimalar bir necha bosqichda mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan tahrirdan o‘tkazilib, asarlarning badiiy ruhi va milliy koloritini saqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida Bosh muharrir Azimboy Babaniyazov kelgusida Oybekning “Navoiy”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” hamda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlarini ingliz tilida nashr etish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Taqdimot ishtirokchilariga “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📅 16-dekabr kuni Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova, Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Abduraxmonova hamda talabalar ishtirokida 📚 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yozuvchi ✍️ Tohir Malik asarlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

🗣 Davra suhbati davomida M. Abduraxmonova yozuvchining hayoti va ijod yo‘li, shuningdek, uning asarlarining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

📖 Tadbir jarayonida talabalar yozuvchining “Alvido, bolalik” asarining mazmun-mohiyati, undagi obrazlar, voqealar rivoji hamda asarning tarbiyaviy ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🌱 Ushbu tadbir talabalarning mutolaa madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan mehr va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek, Tohir Malik ijodini yoshlar orasida keng targ‘ib etishga xizmat qildi.