3.85K subscribers
40 photos
21 videos
32 links
Mobil qurilmangizni IMEI - kodini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi (UzIMEI)

Bizning rasmiy kanalarimiz:

www.uzimei.uz
www.instagram.com/uzimeiofficial
www.facebook.com/people/Оператор-системы-Uzimei


📧 E-mail: info@uzimei.uz
📞 Call-centre: 1170
Download Telegram
📱Hurmatli foydalanuvchilar!

✍️ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qaroriga asosan, 2019-yil 1-noyabrdan olib kiriladigan mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirilgan.

📌Mazkur qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, jismoniy shaxslar (shu jumladan, norezidentlar) o‘zi bilan mobil qurilmani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona postlarida deklaratsiya to‘ldirishi lozim, aks holda Uzimei tizimida ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar.

Ushbu qoidalar “O‘zbekiston 24” telekanali, Bojxona qo‘mitasining rasmiy telegram kanali hamda Tizim operatorining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yoritilgan.

👉 Ma’lumot uchun: Norezidentlarga tegishli mobil qurilmalardan mobil aloqa operatorining tarmog‘ida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 60 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Ular mamlakatimizga
60 kalendar kunidan ortiq muddatga tashrif buyurgan taqdirda, olib kirilayotgan mobil qurilmalarni “yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”da ko‘rsatishlari orqali mobil qurilmani Uzimei tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

✈️ Aviatsiya o‘tkazish punktlari orqali chegarani har bir bosib kelishda – qo‘shimcha bojlarsiz 2 dona mobil qurilma olib kirilishi belgilangan (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 463-son qarori).
Rezidentlar uchun chetdan olib kirilayotgan va tizimda ro‘yxatga olinmagan mobil qurilmalarni “yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”da ko‘rsatish haqida eslatmalar xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallariga joylashtirilgan.
Mobil qurilmalarni quyidagilar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin:
- www.uzimei.uz rasmiy veb sayt orqali (rezidentlar, norezidentlar);
- my.gov.uz portali orqali (rezidentlar);
- Tizim operatorining bosh ofisi (rezident, nerezidentlar);
- Mobil kompaniyalarning ofislari: Ucell, Uzmobile, Mobiuz (rezident, nerezidentlar);
- Pochta bo‘linmalari (rezident, nerezidentlar).

❗️Bilish muhim: “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”ni O‘zbekiston Respublikasiga kirish chegaralaridagi Bojxona postlaridan olib, to‘ldirishni ututmang!


❗️Deklaratsiyaga doir ma’lumotlar uchun Bojxona qo‘mitasining 📱 1108 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

📞Mobil qurilmani ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

🌐 Veb-sayti

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi operatorining (UZIMEI tizimi operatori) fuqaro V.N.Lomakinning video murojaati bo‘yicha rasmiy bayonoti

UZIMEI tizimi operatori fuqaro V.N.Lomakinning “Platforma Uz” Telegram kanali orqali 2025-yil 11-fevral kuni e’lon qilgan videomurojaatida keltirilgan masalalar yuzasidan fuqaro Lomakin Vyacheslav Nikolayevich 2025-yil 5-fevral kuni UZIMEI tizimi operatori ofisiga kelib, shaxsiy mobil qurilmasining IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga koʻra bojxona qoʻmitasining sayti orqali deklaratsiya toʻldirganligi hamda belgilangan bojxona boji to‘lovlarini taqdim etilganligini bildirib, mobil qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam so‘rab yozma murojaat qoldirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentyabrdagi 778-sonli qarorga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlaridan qat’i nazar, deklaratsiya to‘ldirilishi belgilangan.

Tizim operatori ofisida fuqaro bilan uchrashilib, mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, tegishli qaror talablari va ularni amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Joriy yil 6-fevral kuni fuqaro UZIMEI tizimi operatoriga tashrif buyurib, bojxona deklaratsiyasi yuzasidan masalani ijobiy hal etganligini bildirib, o‘ziga tegishli mobil qurilma muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazilganligi sababli 5-fevraldagi murojaatini koʻrmay qoldirilishi yuzasidan yozma iltimosnoma qoldirgan.

2025-yil 6-fevral soat 13:22 da fuqaroga tegishli bo‘lgan mobil qurilma IMEI kodlari faollashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz!
UZIMEI tizimi operatori ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib boradi va foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

❗️Deklaratsiyaga doir ma’lumotlar olish uchun Bojxona qo‘mitasining 1108, 55-502-76-00 raqamlariga, shuningdek, Mobil qurilmani ro‘yxatga olish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Официальное заявление Оператора системы регистрации мобильных устройств (Оператора системы UZIMEI) относительно видеообращения гражданина Ломакина В.Н.

По вопросам, освещенным в видеообращении гражданина Ломакина В.Н. опубликованному 11 февраля 2025 года в Telegram-канале «Platforma Uz» – гражданин Ломакин Вячеслав Николаевич 5 февраля 2025 года посетив офис оператора системы UZIMEI, оставил письменное обращение, в котором указал что, в соответствии с порядком регистрации IMEI-кодов мобильных устройств заполнил декларацию на сайте Таможенного комитета и получил счет на оплату таможенной пошлины, имея возражения о размере суммы предоставленного счета и оказать содействие с регистрацией IMEI-кодов мобильного устройства.

Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 17 сентября 2019 года №778 установлено, что при ввозе физическими лицами мобильных устройств декларация заполняется независимо от предельных норм ввоза товаров, не подлежащих обложению таможенными платежами.
В офисе Оператора системы UZIMEI гражданину разъяснили процедуру регистрации мобильных устройств, требования соответствующего постановления и порядок их выполнения.

6 февраля текущего года гражданин повторно обратился к Оператору системы UZIMEI и оставил новое обращение об отклонении предыдущего от 5 февраля, указав, что вопрос с таможенной декларацией им решен положительно и его мобильное устройство успешно зарегистрировано.

IMEI-коды мобильного устройства, принадлежащего гражданину Ломакину В.Н. были активированы 6 февраля 2025 года в 13:22.

Напоминаем!

Оператор системы UZIMEI внимательно следит за публикациями в СМИ и социальных сетях и поддерживает усилия, направленные на защиту прав пользователей.

❗️По вопросам декларирования можно обращаться в Таможенный комитет по номеру телефона 1108, 55-502-76-00.
Информацию по регистрации мобильных устройств можно получить по короткому номеру 1170.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mobil qurilmalarni olib kirishda deklaratsiya to‘ldiriladi!

2025 yil 20 fevral kuni soat 05:30 atrofida “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti”ning uchib kelish zalida olib kirilgan mobil qurilmaga deklaratsiya to‘ldirish jarayonida jismoniy shaxslarning biri tomonidan ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan post yuzasidan UZIMEI Tizim operatorining rasmiy munosabati.

Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy shaxs o‘zi bilan respublikamiz xududiga aviatsiya orqali olib kirgan mobil qurilma uchun deklaratsiya rasmiylashtirish maqsadida Aeroport xududida bojxona xodimlariga murojaat qilgan. Ushbu jarayon ma’lum vaqt talab etishi sababli navbat ko‘paygan. Va mazkur shaxs bu xaqida o‘zining ijtimoiy saxifalariga post joylagan.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 778-son qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar (shu jumladan, norezidentlar) bojxona postlari orqali o‘zi bilan respublikamiz hududiga olib kirgan mobil qurilmalarini UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishlari uchun deklaratsiya to‘ldirgan bo‘lishlari lozim.

Bojxona deklaratsiyalarida o‘zi bilan respublika xududiga (avval ro‘yxatdan o‘tmagan) olib kirilayotgan mobil qurilmalarni ko‘rsatish sabablaridan biri, mobil qurilmalarni respublikamizga noqonuniy olib kirilishini oldini olish, olib kirilayotgan mobil qurilmalarning shaxsga tegishliligini belgilash va shu orqali iste’molchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hisoblanadi.

Aviatsiya o‘tkazish punktlari orqali respublikamiz chegarasini har bir kesib o‘tishda – qo‘shimcha bojlarsiz 2 dona mobil qurilma olib kirilishi belgilangan.

O‘zbekiston fuqarolari va yurtimiz mexmonlari uchun chetdan olib kirilayotgan va avval Tizimda ro‘yxatga olinmagan mobil qurilmalarni “yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi”da ko‘rsatish haqida eslatmalar xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallarida, Bojxona qo‘mitasining rasmiy telegram kanali hamda Tizim operatorining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yoritilgan.

Jismoniy shaxslar deklaratsiya rasmiylashtirilganidan so‘ng Tizim operatori tomonidan Aeroport xududida tashkil etilgan ro‘yxatga olish nuqtasiga murojaat etishlari yoki aeroport hududini tark etgandan taqdirda, quyida keltirilgan usullar orqali (ortiqcha navbatlarsiz) qulay tarzda mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin:
- www.uzimei.uz rasmiy veb sayt orqali;
- “BIRDA” mobil ilovasi;
- my.gov.uz portali orqali;
- Tizim operatorining bosh ofisi;
- Tizim operatorining “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” ning qatnovlar uchib kelish zalida joylashgan ro‘yxatga olish nuqtasi;
- Mobil kompaniyalarning ofislari: Ucell, Uzmobile, Mobiuz;
- Pochta bo‘linmalari.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar ariza berilgan kundan boshlab o‘n kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.

Deklaratsiyalashga doir batafsil ma’lumotlar uchun Bojxona qo‘mitasining 55-502-7600 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Mobil qurilmani ro‘yxatga olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olish uchun 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

«O‘zbektelekom» AK tomonidan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli 2025 yil 25 fevraldan 7 mart kuni soat (19:00-06:00)gacha Mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatga olish jarayonida xizmat sifati pasayishi va uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida ma’lum qilamiz!

Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun avvaldan uzr so‘raymiz!

_______________________

Уважаемые граждане!

Информируем что в связи с проведением технических работ на сетях АК «Узбектелеком» с 25 февраля по 7 марта 2025 года, при регистрации IMEI кодов мобильных устройств возможно снижение качества обслуживания и могут наблюдаться перебои.

Приносим извинения за причиненные неудобства!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM