ХУК! – янги Ўзбекистон учун ОАВ
97 subscribers
309 photos
7 videos
209 links
Hook Report нашрининг ўзбек таҳририяти.

Веб-саҳифамиз: http://uz.hook.report
Инстаграм: https://instagram.com/uz.hook.report
Ютюб: https://hook.report/yt

Рус тилидаги каналимиз: https://t.me/hook_report

E-mail: editor@hook.report
Download Telegram
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 18 842 127 nafar erkak va 18 579 598 nafar ayol istiqomat qiladi

1 oktyabrda aholi soni 37,355 million kishiga yetdi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 2,1% ga o‘sdi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Nuroniylar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kambag‘allikdan chiqishga yordamlashadi

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga mahallalarda hurmatga ega nuroniylar jalb etiladi. Faollar «Nuroniy» jamg‘armasi va O‘zbekiston mahallari uyushmasi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ko‘magida tanlanadi

Nuroniylarning vazifalari:

◦ xonadon tomorqasidan foydalanishda yordamlashish
◦ kichik ishlab chiqarish uskunalari ijaraga olishga yordam berish
◦ oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish
◦ ijtimoiy shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish

Nuroniylar piyoda yurishni ommalashtirishi, aholiga yomon odatlardan voz kechishni taklif etishi, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga undashi, musobaqalar tashkil etishi kerak bo‘ladi

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar, muammoli oilalar ommaviy tadbirlarga jalb etiladi

Nuroniylar kambag‘al oilalarga olti oyga biriktiriladi. Ularga MHTEKMning 50% i — 577,5 ming so‘m miqdorida rag‘bat to‘lanadi. Musobaqalarni tashkil etish va transport xarajatlari «Nuroniy» jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan 2025-yil uchun byudjetdan 504 milliard so‘m ajratilib, bu mablag‘ oqsoqollarni ijtimoiy ishlarga jalb etishga yo‘naltiriladi

Hukumat fuqarolarning ortiqcha vazni bilan qanday kurashishga harakat qilgani haqida — bizning materialimizda

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT TD korrupsiyaga qarshi dasturlarni ishga tushirmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida «Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Dastlabki bosqichda dastur Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax shahri va Buxoro viloyatining Vobkent tumanida amalga oshiriladi

«Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar», ularda «korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini istisno etadigan halollik, shaffoflik va axloqning yuqori standartlari amal qiladigan» maxsus yaratilgan hududlardir. Metodologiya 2011-yilda davlat xizmatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun BMT mukofotiga sazovor bo‘lgan

Dasturlarning maqsadi — korrupsiyani aniqlashning mavjud usullarini tahlil qilish va «xalqaro standartlarni O‘zbekiston xususiyatlariga moslashtirish»dir. Asosiy tamoyillar: shaffoflik, javobgarlik, ta’lim va madaniyat, texnologiyalar va innovatsiyalar, o‘z-o‘zini boshqarish

Agentlik mansabdor shaxslar korrupsiyani kamaytirishda aniq qanday yo‘l tutishi va qaysi xalqaro standartlarga murojaat qilishiga aniqlik kiritmagan

Davlat organlari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy va boshqa risklarning oldini olish uchun risklarni boshqarish qo‘mitalari tashkil etiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Prezident fermerlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Joriy yilda oziq-ovqat eksporti 2 milliard dollardan oshdi. O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallamoqda

Prezident 650 ming gektar yerlardan oqilona foydalanish, ularni yangi «Agroplatforma» raqamli tizimiga kiritilishini ta’kidladi. Aholi va fermerlarga sifatli urug‘ tanlash, dori va o‘g‘itni qo‘llash, saqlash texnologiyasidan foydalanishda yordam beriladi

Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fitosanitariya sertifikatlari bepul beriladi, yer solig‘i ikki yilga bo‘lib to‘lanadi hamda 100 million so‘mgacha kredit olish osonlashadi

Organik yer maydonlarini 2025 yilga borib 10 ming gektarga, kelgusi uch yil ichida esa 100 ming gektarga yetkazish kerak. Organik maydon tashkil qilgan fermer va dehqonlarga yerni lazer bilan tekislash xarajati davlat tomonidan qoplanadi

Kelgusi yil har bir vazirlik, viloyat va tumandagi ishlarning tizimli hisobi olib boriladi. Bu elektron platformaga o‘tkazilib, so‘rov ham, maosh ham shunga bog‘lanadi
Mutasaddilar ushbu chora-tadbirlar kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi

2025-yilda O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish loyihasiga 100 milliard so‘m ajratiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
Markaziy bank jismoniy shaxslar uchun bank kartalari limitini belgilashi mumkin

MB bank kartalari bo‘yicha jismoniy shaxslarga limit joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shubhali operatsiyalarning oldini olish va firibgarlik sxemalarida hisobvaraqlar va kartalarning ishtirokini kamaytirish uchun har bir fuqaro 20 tagacha kartani rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi

Talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga ta’sir qilmaydi

Jismoniy shaxslarning taxminan 97 foizi 5 tagacha, 3 foizi 5 dan 20 tagacha, 0,03 foiz esa 20 dan ortiq kartaga ega. Ayrim hollarda bank kartalaridan (aksar hollarda egasining xabarisiz) firibgarlik maqsadlarida foydalaniladi

Muhokama qilinayotgan me’yorlar aholining bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda noqulayliklar keltirib chiqarmaydi va ushbu talablar tijorat banklarining bank kartalarini emissiya qilish faoliyatini tartibga solishga qaratilgan

Markaziy bank tegishli talablar tayyor bo‘lgach, ularni jurnalistlar va keng jamoatchilik muhokamasiga havola qilishini ma’lum qildi

1 noyabrdan MB mobil ilova orqali jismoniy shaxslarga kredit rasmiylashtirishda 48 soatlik «muzlatish davri»ni joriy qildi. Rejim firibgarlikning oldini olish uchun kerak

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Sug‘urta polislari insonni kutilmagan xarajatlardan himoya qilish uchun zarurdir. Ba’zi mijozlar hamon sug‘urtani yordamchi vosita sifatida emas, balki pul ishlash usuli deb o‘ylaydi va asossiz foyda olish uchun ataylab sug‘urta holatlarini yaratadilar. GROSS sug‘urta kompaniyasining katta yurist maslahatchisi Xurshed Shakarov va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bilan birgalikda biz nega sug‘urta hodisasini tashkil etish va sug‘urta kompaniyalarini aldash — yomon fikr ekanligini ko‘rib chiqamiz

Material «Sug‘urta hikoyalari» maxsus loyihasi doirasida tayyorlandi

@uzhookreport da #Hamkorlik_materiali
😱1
Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga 2025-yil 1-yanvarga qadar islom sug‘urtasi tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasini ko‘rib chiqish topshirilgan

Hozirda O‘zbekistonda takaful sug‘urtasi ham boshqa polis turlari kabi tartibga solinmoqda. Shu bilan birga, sug‘urta kompaniyalari xalqaro islom sug‘urta me’yorlariga amal qilmoqda

GROSS kompaniyasi bilan qo‘shma — «Sug‘urta hikoyalari» maxsus loyihasi doirasida biz mutaxassislar bilan birgalikda islom sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz

Bu yerda o‘qing: https://uz.hook.report/2024/12/takaful/

@uzhookreport da #Hamkorlik_materiali
😱2👍1