ХУК! – янги Ўзбекистон учун ОАВ
97 subscribers
309 photos
7 videos
209 links
Hook Report нашрининг ўзбек таҳририяти.

Веб-саҳифамиз: http://uz.hook.report
Инстаграм: https://instagram.com/uz.hook.report
Ютюб: https://hook.report/yt

Рус тилидаги каналимиз: https://t.me/hook_report

E-mail: editor@hook.report
Download Telegram
2014 yilda IBelong kampaniyasi boshlandi. Uning maqsadi — 10 yil ichida fuqarolikka ega emaslikka barham berish hisoblanadi. Markaziy Osiyoda 252,2 ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs aniqlangan bo‘lib, 2024-yil 30-oktabr holatiga ko‘ra ularning soni 34,2 ming nafarni tashkil etgan

Ayni paytda O‘zbekistonda 22 400 nafar, Qozog‘istonda esa 7 400 nafar shaxslar fuqarolikka ega emas. Qirg‘iziston va Turkmaniston dunyoda birinchilardan bo‘lib fuqaroliksizlikka barham bergan davlatlar

2020-yilda O‘zbekistonda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi Qonunda 60 ming atrofidagi shaxsga fuqarolikka ega bo‘lish huquqini bergan yangi qoida qabul qilindi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Rasmiylar saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxatini kiritdi

Hukumat jismoniy shaxslar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatini tasdiqladi. Taqiq 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi

Ro‘yxatga yirtqichlar, zaharli va inson salomatligi uchun xavfli boshqa jonivorlar kiradi

Davlat va mobil sirklarda yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanadi

Ro‘yxatdagi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ruxsatnomalari asosida yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘lari va pitomniklarda saqlanishi mumkin. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlarni faqat maxsus pitomniklarda saqlash mumkin

Ro‘yxatdagi yovvoyi hayvonlar mavjud bo‘lgan fuqarolar va sirklar ularni 2026-yil 1-yanvargacha pullik va bepul asosda hayvonot bog‘lari yoki pitomniklarga topshirishlari mumkin. Hayvonlar tabiiy yashash joylariga qaytariladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik bilan Mudofaa vazirligi shug‘ullanadi

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligi zimmasiga o‘tmoqda. Ushbu lavozimga zaxiradagi harbiy xizmatchilar qabul qilinadi

Ayni paytda maktablarda 10 000 atrofida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Ularning 27% i mutaxassis emas, 2750 ta maktabda ushbu fanni o‘qitish uchun sharoitlar yo‘q

Jismoniy tarbiya darslarining o‘quv dasturlari ham takomillashtiriladi. Mutasaddilar o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining bilim va malakasini baholashning milliy tizimini joriy qilinadi

Yangi o‘quv yilidan maktablarda sport to‘garaklari tashkil etilib, sport bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Ko‘chmas mulk, suv va yer uchun soliq stavkalari oshadi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga oshiriladi. Toshkent shahrida 1 m² uchun minimal qiymat 3,3 mln so‘mgacha, Nukus va viloyat markazlarida 2,2 mln so‘mgacha, boshqa hududlarda 1,3 mln so‘mgacha oshiriladi

Yangi stavkalar:

• O‘zbekiston bo‘ylab 200 m² gacha — 0,34%
• shaharlarda 200 dan 500 m² gacha va boshqa aholi punktlarida 200 m² dan ortiq — 0,45%
• shaharlarda 500 m² dan ortiq — 0,6%

Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 0,65% gacha oshiriladi. Hududda bog‘lar, uzumzorlar va tut plantatsiyalari mavjud bo‘lsa, yuridik shaxs qishloq xo‘jaligi yerlari uchun stavkadan 50% ga kam soliq to‘lashi kerak bo‘ladi

Sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 foizga oshiriladi

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari va suv o‘lchash uskunalari foydalanadigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun soliq 0,5 foizni tashkil etadi. Agar faqat bitta texnologiya joriy etilgan bo‘lsa — 0,7%, ushbu texnologiyalarsiz esa bu ko‘rsatkich — 1,1% ni tashkil qiladi

1 m³ uchun foydali qazilmalarni qazib olishda soliq stavkalari:

• qum-shag‘al aralashmasi uchun 5000 so‘m
• marmar uchun 20 000 so'm + narxning 5%
• granit va tabiiy bezaktosh uchun 30 000 so'm + narxning 5%

Oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev soliq ma’murchiligini takomillashtirish biznesga aralashmasdan, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va yashirin iqtisodiyotni qonuniylashtirish orqali amalga oshirilishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
👍1😱1
Sug‘urta polisini sotib olishda ko‘pchiligimiz: «Sug‘urta o‘zi qanday ishlaydi?» — deya o‘ylanganmiz

Sug‘urta agentlariga nimaga ko‘ra maosh to‘lanadi? Nega men kamroq to‘layman, lekin to‘lovimdan ko‘ra ko‘proq pul olishim mumkin? Sug‘urta kompaniyalari kompensatsiya narxini qanday hisoblaydi?

Hook shu va boshqa savollar bilan ekspertlarga yuzlandi. GROSS kompaniyasi bilan birgalikda biz «Sug‘urta hikoyalari» turkumini boshlamoqdamiz, turkumda O‘zbekistonning sug‘urta sohasidagi barcha mashhur miflar haqida so‘zlashamiz.

Bu yerda o‘qing: https://uz.hook.report/2024/11/sugurta-kompaniyalari/

Sug‘urta haqidagi savollaringizni ushbu post tagida izohlarda qoldirishingizni tavsiya qilamiz. Ehtimol, keyingi matnda aynan sizning savolingizga javob berarmiz

@uzhookreport da #Hamkorlik_materiali
22🔥2😱2
O‘zbekistonda film va musiqalar «ma’naviy ekspertiza»dan o‘tkaziladi

Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning ma’lum qilishicha, ekspertlar guruhi filmlar, teleseriallar, multfilmlar va musiqalarning davlat siyosati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga mos kelishi yoki kelmasligini baholaydi. Ekspertlar guruhiga aynan kimlar kiritilishi hozircha ma’lum emas

Bundan tashqari, ekspertlar kontentning yoshlar tarbiyasiga ta’sirini baholaydilar. Agar guruh axloqsizlik yoki odobsizlik tashviqotini topsa, mahsulot taqiqlanadi

Oktyabr oyida ikki bloger musiqiy klip uchun 15 sutkaga qamalgan edi. Ijtimoiy rezonansdan so‘ng ular 6 kun o‘tib qo‘yib yuborilgan

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
O‘zbekiston falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyor — Mirziyoyev

Arab-islom sammiti chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Falastin va Livandagi mislsiz gumanitar inqirozning oldini olish uchun ishtirokchi davlatlar yordam ko‘lamini kengaytirishi kerakligini aytdi

Shu o‘rinda biz urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyorligimizni bildiramiz


Prezident Islom hamkorlik tashkiloti muqaddas Al-Aqso masjidi va Quddusning boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarining daxlsizligini ta’minlash hamda ularni beshikast saqlab qolishga katta e’tibor qaratish kerak, deb hisoblaydi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Prezident global isish oqibatlari bilan kurashish yo‘llarini taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida iqlim o‘zgarishlari asosiy global tahdidga aylanayotgani va geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi

Prezidentning global isish oqibatlari bilan kurashish bo'yicha takliflari:

• Rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim xatarlarini aniqlash uchun yetakchi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik ko‘magini kengaytirish. Buning uchun Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etish

• Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani ishlab chiqish

• O‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirish

• Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda tajriba almashish uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tuzish. Prezident birinchi forumni Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi

• Prezident kelasi yili Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivaliga boshqa davlatlar vakillarini taklif qildi

Iyul oyida ekologiya bo‘yicha olim Metyu Fitspatrik 2084 yilga kelib dunyo iqlimi qanday o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadigan interaktiv xaritani nashr etdi. Toshkentda o‘rtacha havo harorati 6,8 darajaga ko‘tariladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
🔥1😱1
BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini quradi

O‘zbekiston Energetika vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Shamol stansiyasi yiliga 3,5 mlrd kVt⋅soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 800 tagacha ish o‘rni yaratadi

Stansiya atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga kamaytiradi va 1 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Energetika vazirligi ma’lum qiladi:

BAAning “Uch baravar ko‘p qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish” tashabbusi bilan birgalikda, biz ham dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarga qo‘shilamiz. O‘zbekiston, o‘z navbatida, Parij shartnomasi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi global hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan

Mart oyida prezident matbuot xizmati BAAning yana bir kompaniyasi Tepelen Grup Holding Limited Namangan viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishi haqida xabar bergan edi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
2😱1
O‘zbekiston EF English Proficiyency Index 2024 tadqiqotida 98-o‘rinni egalladi, mamlakatdagi o‘rtacha ball 700 balldan 439 ball (CEFR shkalasi bo‘yicha B1 darajasi)

Eng yaxshi natijalar qayd etildi:

Andijonda — 461 ball
Toshkentda — ​​457 ball
Farg‘onada — 456 ball
Buxoroda — 436 ball
Samarqandda — 431 ball

Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax (384), Qashqadaryo (404) va Xorazmda (405)

Hisobotga ko‘ra, global ingliz tilini bilish darajasi ham pasaygan, 60% mamlakatlarda natija o‘tgan yilga nisbatan pastroq. Ingliz tilini eng yaxshi Gollandiya, Norvegiya va Singapurda bilishadi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Germaniya O‘zbekistonga «yashil» iqtisodiyot uchun €3 mln yevro ajratadi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) xususiy sektorni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga €3 mln ajratadi. Loyiha davlat va xususiy sektorning yashil iqtisodiyotdagi imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi

Tomonlar issiqxona gazlarini o‘lchash va sertifikatlash bo‘yicha tajriba almashishni rejalashtirmoqda. Xususiy sektor ekologik toza yechimlarni amalga oshirish va yashil sanoat parklarini yaratishda ko‘mak oladi

Loyiha bo‘yicha kelishuv o‘tgan yili BMTning Dubaydagi konferensiyasida imzolangan edi. O‘shanda GIZ O‘zbekistonga «yashil» iqtisodiy yechimlar va sanoat texnologiyalarini joriy qilish uchun 9 million yevro ajratgandi

Avgust oyida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston uchun 5 yillik hamkorlikning yangi strategiyasini ishga tushirdi. OTB O‘zbekiston hukumati bilan yashil iqtisodiyotga o‘tish, xususiy sektorni rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
🔥2😱1
Rivojlangan mamlakatlarda migratsiya bo‘yicha rekord daraja qayd etildi

Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda tarixiy maksimumiga yetdi. Migrantlar oqimi ushbu mamlakatlarga COVID pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli yuzaga kelgan inflyatsiya inqirozidan so‘ng tiklanishga yordam berdi

O‘tgan yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi 38 davlatga 6,5 ​​millionga yaqin odam ko‘chib o‘tdi. AQSH ulardan 1,2 millionini qabul qildi

Goldman Sachs ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil boshidan buyon Kanada, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada bandlikning deyarli barcha o‘sishi immigratsiya ta’minlagan

Ko‘pchilik saylovchilar immigratsiyaning ko‘payishidan norozi. AQSHda noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishni va’da qilgan Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Kanada, Avstraliya va Britaniya migratsiyani cheklash choralarini kiritdi. Britaniyada endilikda magistratura talabalariga o‘zlari bilan oila a’zolarini olib kelish taqiqlandi, Avstraliya va Kanadada esa o‘qish to‘lovlari oshirilgan va talabalar soniga cheklov kiritilgan

OECD xalqaro migratsiya bo‘yicha rahbari Jan-Kristof Dyumonning ta’kidlashicha, migratsiya 2025-yilda qisqaradi, bu «keskinlikning oshishi»ga olib kelishi mumkin

OECD — rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy tashkiloti bo‘lib, vakillik demokratiyasi va erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tan oladi. Tashkilotga 38 ta davlat a’zo, jumladan: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Kolumbiya, Meksika, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqalar

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
2😱1
Saylangan senatorlar ichida 68% — parlamentning avvalgi tarkibi a’zolari

MSK hududlardan saylangan Senat a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular 7-12 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari deputatlarining qo‘shma majlislarida saylangan. Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi 19 noyabrga belgilangan

Hududlardan 56 ta o‘rniga 51 ta senator saylandi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng har bir hududdan 6 senator o‘rniga 4 senator bo‘lishi kerak edi, shu bois Senat a’zolarining umumiy soni 100 tadan 65 taga qisqargan

Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha ravishda 9 nafar senatorni tayinladi. Ulardan 6 nafari 2020 yilda ham tayinlangan

Saylangan senatorlarning 35 nafari (68%) bungacha ham Senat tarkibida bo‘lgan

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis va xalq deputatlari kengashlariga saylovlarda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72%i ovoz berdi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Probatsiya nazoratini buzganlarni hibsga olishga ruxsat etildi

Prezident ma’muriy va probatsiya nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qonunni imzoladi. O‘zgartirishlar rejimni buzish holatlari ko‘payganligi sababli kiritildi

Ma’muriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun BHMning 1 dan 3 baravarigacha jarima va 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazolari kiritilmoqda. Endilikda probatsiya xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jazo choralarini, shu jumladan hibsga olish chorasini qo‘llash huquqiga ega bo‘lmoqda

Probatsiya — mahkumning xulq-atvorini va sud tomonidan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishini, uning xulq-atvorining to‘g‘irlanishi, ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish va uni jamiyatdan ajratib qo‘ymagan holda takroran jinoyat sodir etishining oldini olish ustidan maxsus organlar tomonidan majburiy nazorat qilishdir

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
OTB iqlim o‘zgarishi bilan kurashish uchun $250 mln ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga iqlim o‘zgarishiga moslashish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish dasturi uchun $250 mln kredit beradi

Dastur uchta vazifani o‘z ichiga oladi:

• davlat moliya boshqaruvini mustahkamlash
• suv va yer boshqaruvi, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy himoyada iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish
• transport va energetika sohasida kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish

OTB ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning energiyani ko‘p iste’mol qiladigan iqtisodlari qatoriga kiradi, shu bois dastur hukumatni issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishda qo‘llab-quvvatlaydi. Bunga erishish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari rivojlantiriladi va energiya samaradorligi oshiriladi

OTB joriy yilda O‘zbekistonga yana qanday qarzlar berdi?

• Moliyaviy bozorlarni mustahkamlash va barqaror energetika sektorini rivojlantirish uchun iyul oyida umumiy qiymati $400 mlnlik ikkita qarz ma’qullandi
• Shu bilan birga, O‘zbekiston perinatal xizmatlarni yaxshilash uchun $100 mln miqdorida imtiyozli qarzni oldi
• Avgust oyida bank O‘zbekiston uchun 5 yillik hamkorlikning yangi strategiyasini ishga tushirdi
• Sentyabr oyida mikromoliyani rivojlantirish uchun $300 mln dollar ajratildi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
Inflyatsiyani pasaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirish va JSTga a’zo bo‘lish — yangi hukumatning vazifalari

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazirning lavozimiga tayinlanishiga bag‘ishlangan majlisida nutq so‘zladi. Prezident 2019-yildan buyon kambag‘allik darajasi 23% dan 11% ga tushgani, bu yil esa 9% ga tushishi kutilayotganini aytdi

Mirziyoyev 5 yil ichida mamlakat iqtisodiyoti 2 barobarga oshganini aytib o‘tdi: YAIM ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Joriy yilda rasmiylar YAIM 110 milliard dollargacha oshishini, 2030 yilga borib esa bu ko‘rsatkich 200 milliard dollarni tashkil etishini kutmoqda. Jahon banki O‘zbekistonni Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchligiga kiritdi

Aholi jon boshiga o‘rtacha daromad, prezidentning ta’kidlashicha, 3000 dollarga yaqinlashmoqda. Eksport qariyb ikki baravar ortib, 25 milliard dollardan, oltin-valyuta zaxiralari 40 milliard dollardan oshdi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 6 barobar oshib, 1,5 million ish o‘rni yaratildi

Yangi hukumatning vazifasi — inflyatsiyani — 5-6% ga, budjet taqchilligini esa — 3% gacha tushurishni o‘z ichiga oladi. Investitsiyalar hajmi 2030-yilgacha 100 milliard dollarga yetishi kerak. Chet ellik sayyohlarning yillik oqimini 15 million kishiga yetkazish, shu bilan birga turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish. Onlayn tranzaksiyalarning ulushi barcha to‘lovlarning 60% gacha yetishi kerak

Prezident O‘zbekiston yaqin yillarda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi kerakligini ta’kidladi

Noyabr oyi boshida O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Shu haftada Shavkat Mirziyoyev parlamentdagi muxolifat huquqlarini kengaytirish to‘g‘risida aytib o‘tgan edi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
O‘zbekistonning tashqi savdosi yil davomida 6,7% ga o‘sdi

Statistika agentligi xabar qilishicha, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 oyda 54,36 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7% ga ko‘proq

Eksport 9,6% ga, import — 4,7% ga o‘sdi. Xitoy Oʻzbekiston bilan savdo boʻyicha birinchi oʻrinda, umumiy aylanmasi — 10,23 mlrd dollar, tovar yetkazib berish hajmi — 8,51 mlrd dollar, Rossiya 9,69 mlrd dollar bilan savdo bo'yicha ikkinchi o‘rinda

Birinchi beshlik tashqi savdo hamkorlari qatoriga kiruvchi boshqa davlatlar:

◦ Qozog‘iston — 3,42 mlrd dollar
◦ Turkiya — 2,42 mlrd dollar
◦ Janubiy Koreya - 1,65 mlrd dollar

O‘zbekiston eksportining asosini sanoat (3,4 mlrd dollar) va oziq-ovqat mahsulotlari (1,7 mlrd dollar) tashkil etadi. Importda mashinasozlik (11,21 mlrd dollar) va sanoat mahsulotlari (4,96 mlrd dollar) ustunlik qiladi

O‘zbekiston oltin sotishda davom etmoqda. Oktyabr oyida mamlakat yil boshidan buyon 833,4 mln dollar daromad oldi, qimmatbaho metallar eksporti hajmi — 6,6 mlrd dollarni (yil uchun -3,5%) tashkil qildi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
2😱1
Rivojlangan mamlakatlarga 200 mingdan ortiq migrant yuboriladi

Bosh vazir Abdulla Aripovning ma’lum qilishicha, prezident hukumatga mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan. Migrantlarni ish bilan ta’minlash — «O‘zbekiston-2030» strategiyasining bir qismidir

«2025-yilning o‘zida Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Isroil, Kanada, Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA va shu kabi boshqa iqtisodiy rivojlangan 21 davlatda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda», — Aripov

Kelgusida mutasaddilar tomonidan fuqarolarning xorijda ishlash uchun kasbiy ko‘nikma va chet tillarini o‘rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi

Joriy yilda hukumat tashkillashtirilgan migratsiya dasturlari bo‘yicha fuqarolarga ketish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplashni boshladilar

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Xorijdagi vatandoshlarga «Vatandosh» guvohnoma va kartalari beriladi

Prezident xorijdagi vatandoshlarga O‘zbekistonga vizasiz kirish, ko‘chmas mulk sotib olish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun «Vatandosh» kartalarini berish tartibini tasdiqladi. O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan yoki xayriya faoliyatini amalga oshirayotganlar guvohnomadan foydalanishi mumkin bo‘ladi

Guvohnomalarni berish bo‘yicha qaror maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi

Karta 5 yilgacha amal qiladi. Karta egalari quyidagi huquqlarga ega bo‘lishadi:

• O‘zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish
• mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi
• xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
Xususiy maktablar va bolalar bog‘chalari 2030 yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Shavkat Mirziyoyev xususiy maktablar va bolalar bog‘chalarini 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqdan tashqari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Bundan tashqari, xususiy muassasalar o‘quv uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, ilmiy-metodik adabiyotlar va boshqa materiallarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lamaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab chet ellik o‘qituvchilar uchun ishlashga tasdiqnoma olish yig‘imi miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi. Chet elliklar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi. Bunday xodimlarga qo‘shimcha ravishda o‘qituvchilik vizalari beriladi, ular avvallari faqat davlat idoralari yoki xorijiy universitetlar filiallari xodimlariga berilgan

Maktablar qurilishi uchun davlat tomonidan imtiyozli kreditlar va soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
Dunyo bo‘ylab har kuni 140 nafar ayol va qiz partnyori yoki yaqin qarindoshi qo‘lidan vafot etadi

BMT Ayollar tashkiloti va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik haqida hisobot e’lon qildi. Dunyoda o‘rtacha 1 ayol oiladagi zo‘ravonlikdan vafot etadi

2023-yilda 85 ming ayol va qiz qasddan odam o‘ldirish qurboni bo‘ldi. Ushbu jinoyatlarning 60% i partnyor yoki oila a’zolari tomonidan sodir etilgan

O‘z partnyorlari tomonidan o‘ldirilgan ayollarning 22% dan 37% gachasi jismoniy, jinsiy yoki psixologik zo‘ravonlik haqida xabar bergan

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1